2-ma’ruza: O’lchov vositalari. Reja



Yüklə 24,95 Kb.
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü24,95 Kb.
#180944
  1   2   3   4   5
2-ma’ruza O’lchov vositalari. Reja-fayllar.org


2-ma’ruza: O’lchov vositalari. Reja




2-ma’ruza: O’lchov vositalari. 
Reja: 
1. O’lchov birligini ta’minlash tizimi.
2. O’lchov vositalari.
3. O’lchash usullari.
4. Etalon va me’yorlar.

Tayanch so‘z va iboralar: metrologiya,o’lchov birligi, o’lchov vositalari, 
o’lchash usullari, o’lchash asboblari, graduirovka, optik-mexanik, etalon va 
me’yorlar. 

Metrologiya – fizik kattaliklarni o’lchash, bu kattaliklarning birligini


ta’minlash usullari va vositalari, hamda talab qilingan o’lchash aniqligini olish
usullari to’g’risidagi fandir.
Metrologiyaning asosiy vazifasi fizik kattaliklar, davlat etalonlari, namunali
o’lchash asboblarini belgilash, o’lchash nazariyasini, metodlarini, vositalarini,
nazorat va o’lcham birliklarini baholash usullarini ishlab chiqish, o’lchash
asboblarining holatini baholash va o’lcham birliklarini etalonlardan ishchi o’lchov
asboblariga uzatishlardan iboratdir.
Fizik kattaliklar amaliy yo’l bilan aniqlanadi. Aniqlashda texnik vositalardan
foydalaniladi. O’lchash natijasida fizik kattalikning miqdori aniqlanadi:
Q=q·U 
(2.1)

bu yerda, q- qabul qilingan birlikda olinadigan fizik kattalikning son


miqdori; U - fizik kattalik birligi.
O’lchash natijasida aniqlangan kattalik haqiqiy o’lcham deb ataladi.
Me’yorlangan metrologik ko’rsatkichlarga ega bo’lgan va o’lchash ishlarida
qo’llaniladigan texnik qurilmalar o’lchash vositalari deb ataladi.
Oʼlchash asboblari oʼlchash oʼzgargichi, oʼlchash mexaiizmi va
oʼlchanadigan kattalikning qiymatiii aniqlash imkonini beradigan hisob
qurilmasidan tashkil topadi. UzRST 8.010-93 ga muvofnq birlamchi,
oralikuzatuvchi va masshtab oʼlchash oʼzgartgichlari boʼadi. Oʼlchash zanjirida
birinchi oʼrinni egallagan va unga oʼlchanadngan kattalik uzatiladigan oʼzgartgich
birlamchi oʼzgartgich deb ataladi. Undan keyin oraliq oʼzgartgich turadi.
Uzatuvchi oʼzgartgich oʼlchanadigan axborotni (malumotni) mavjud masofaga
uzatish uchun xizmat qiladi. Masshtab oʼzgartgichlar, bir fizik kattalikni
oʼzgartirmasdan oʼlchanadigan kattalik haqidagi signalni zarur marta oʼzgartirish
uchun xizmat qiladi. Koʼrsatuvchi asbobning hisob qurilmasi shkala va strelka yoki
yorugʼlik nuri koʼrinishidagi koʼrsatkichga ega boʼladi. Xozirgi vaqtda raqamli
indikatsiya koʼrinishidagi hisob qurilmasi keng tarqalgan. Shkala oʼlchanadigan
kattaliklar qatoriga mos keluvchi raqamlar yoki boshqa simvolni quyilgan belgilar
yigʼindisidan iborat boʼlib, hisob qurilmasining bir qismidir. Shkalaning ikkita
qoʼshni belgisi orasidagi masofa shkala darajasi deb ataladi.
Oʼlchash asbobining asosiy metrologik koʼrsatkichlariga shkalaning ikkita
qoʼshni belgilari orasidagi farqni bildiruvchi shkala larajasiniig qiymati;
shkalaning eng qisqa belgilari oʼrtasidan oʼtuvchi faraz qilinadigan chiziq boʼylab



oʼlchanadigan, shkalaning ikkita yonma-yon belgilari orasidagi masofani


bildiruvchi shkala darajasining uzunligi; shkalada oʼlchanadigan kattalikning eng
katta va eng kichik kiymatlarini bildiruvchi shkalaning boshlangʼich va oxirgi
qiymatlari; shkalaning oxirgi va boshlangʼich qiymatlari bilan cheklangan shkala
qiymatlarining oraligʼini bildiruvchi koʼrsatish oraligʼi; oʼlchash vositalarining
ruxsat etilgan xatoliklari meʼyorlangan oʼlchanadigan kattaliklar qiymatlarini
bildiruvchi oʼlchash oraligʼi; oʼlchash vositalarining ruxsat etilgan xatoliklari
meʼyorlangan oʼlchanadigan kattaliklar qiymatlarini bildiruvchi oʼlchash oraligʼi;
oʼlchash oraligʼining eng katta va eng kichik qiymatlarini bildiruvchi oʼlchash
chegarasi; oʼlchash asbobi koʼrsatadigan signal oʼzgarishining uni keltirib
chiqaruvchi oʼlchanadigan kattalik oʼzgarishiga nisbatini bildiruvchi uzatish nisbati
(bu termin chiziqli oʼlchashlar uchun moʼljallangan asboblar uchun qabul qilingan,
boshqa asboblar uchun esa «oʼlchash asbobining sezgirligi» termini ishlatiladi)
kabi koʼrsatkichlar kiradi. Uzatish iisbatini daraja uzunligini shkala darajasining
qiymatiga boʼlib topish mumkin; oʼlchash kuchi buyum bilan kontaktda boʼlganda
oʼlchov chizigʼi boʼyicha taʼsir etadigan asbob hosil qiluvchi kuchdir; oʼlchash
asbobining absolyut xatoligi deb, asbob koʼrsatishi bilan oʼlchanadigan
kattalikning haqiqiy qiymati orasilagi farqqa aytiladi (kattalikning haqiqiy qiymati
nomaʼlum boʼlganda, uning oʼrniga amaldagi qiymatidan foydalaniladi). Oʼlchash
asbobining keltirilgan xatoligi deb, asbob absolyut xatoligining meʼyorlangai
qiymatiga boʼlgan nisbatiga aytiladi: meʼyorlangan qiymat sifatida oʼlchashlarning
yuqori chegarasi, oʼlchashlar oraligʼi, koʼrsatishlar oraligʼi va boshqalar
tushuniladi; asosiy xatolik - normal sharoitda (20
0
S temperaturada, 101324,72 Pa
yoki simob ustunining 760 mm ga teng atmosfera bosimida 58% nisbiy namlikda)
ishlatilgan oʼlchash vositalarining xatoligidir. Oʼlchash vositalarining aniqlik klassi
oʼlchash vositalarining umumlashgan tavsifi boʼlib, ruxsat etilgan asosiy va
qushimcha xatoliklarning chegaralari bilan, shuningdek oʼlchash vositalarining
aniqlikka taʼsir qiluvchi boshqa xossalari bilan belgilanadi; aniqlik klassi oʼlchash
vositalarining ayrim turlari uchun standartlarda koʼrsatilgan boʼladi.




Yüklə 24,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə