2-ma’ruza: O’lchov vositalari. Reja


-rasm. Hisoblashda parallaks hodisasi



Yüklə 24,95 Kb.
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü24,95 Kb.
#180944
1   2   3   4   5
2-ma’ruza O’lchov vositalari. Reja-fayllar.org

2.1-rasm. Hisoblashda parallaks hodisasi 
2.2-rasm. Abbe prinsipi buzilganda xatoliklarning paydo bo’lishi 
Obʼekt xatoligi tekshirilayotgan sirtning tugʼri geometrik shakldan chetga
chiqishi, sirtning gʼadir-budurligi, materialning eskirishi, detal shaklining va
oʼlchamlarining oʼzgarishi tufayli yuzaga keladi. Oʼlchash usulining xatoligi
tanlangan oʼlchash usulining mukammal emasligidan paydo boʼladi. Bu xatolik
deyarli, barcha usullarga tegishlidir.
Asbobning absolyut xatoligi oʼlchamlari avvaldan maʼlum boʼlgan
xatoliklari inobagga olinmaydigan obʼektni (namuna detalli, andazani) oʼlchash
bilan aniqlanadi. Asbob koʼrsatkichlari bilan obʼekt oʼlchamlari orasidagi farq
asbobning absolyut xatoligini biddiradi.
Oʼlchashlarda (shuningdek, tayyorlashda) muntazam paydo boʼladigan
xatoliklar aniqlanishi va kerakli tuzatiishar kiritib 3 yoki asbobni rostlab
yoʼqotilishi mumkin.
Tasodifiy xatoliklarni baholash uchun ularning paydo boʼlish qonuniyatini
bilish kerak. Tasodifiy xatoliklarni detallarni tayyorlash hamda oʼlchashda ularning
paydo boʼlishi ehtimoli bilan bogʼlovchi qonunlar mavjud. Ular tasodifiy
qiymatlarning taqsimlanish qonunlari deb ataladi. Mashinasozlikda tasodifiy
xatoliklarning paydo boʼlishi va taqsimlanishi normal taqsimlanish qonuni
boʼyicha yoki Gauss qonuni boʼyicha sodir oʼulada. Paydo boʼlishi juda koʼp
sabablarga bogʼliq boʼlgan (lekin bu sabablarning birontasi ham hal qiluvchi
ahamiyatga ega boʼlmaydi) tasodifiy kattaliklar bu qonunga boʼysunadi.
Etalon –rasmiy tasdiqlangan va ishlash o’lchov asboblariga tekshirish tizimi
orqali o’lchamlarni uzatish vositasidir.
Zarur bo’lgan miqdorlarni hosil qilish uchun foydalaniladigan o’lchash
vositalari me’yoriy o’lchash vositalari deyiladi (toshlar, paralel ko’ndalang yuzali
tugal plitalar, kondensatorlar va h.k).
Namuna o’lchash asboblari ishchi o’lchash asboblarini solishtirib tekshirish
uchun xizmat qiladi. Ishchi o’lchash vositalari bevosita o’lchash uchun
qo’llaniladigan asboblardir. Etalondan ishchi asboblarga o’lcham birligini uzatish
belgilangan bosqichlar bo’yicha ma’lum ketma-ketlikda amalga oshiriladi.



O’lchash usullari (GOST 16263-70) fizik printsiplar va vositalarning


qo’llanilishiga qarab quyidagilarga bo’linadi: bevosita, bilvosita, obsolyut, nisbiy,
defferentsial, kompleks, kontaktli va kontaktsiz.
Agar, parametr kattaligi o’lchash asosida to’g’ridan-to’g’ri aniqlansa, bu
bevosita o’lchash usuli deyiladi. Kattalikni aniqlashda asbob ko’rsatkichi va
ma’lum bir fizik bog’lanishdan foydalanib hisoblansa, bilvosita usuldan
foydalanilgan bo’ladi.
Absalyut usuldan foyladanilganda kattalik to’g’ri o’lchab aniqlanadi
(shtangentsirkul, mikrometr, leneykalar yordamida o’lchamni aniqlash). Nisbiy
usuldan foydalanganda esa olingan natija oldindan belgilangan kattalik bilan
solishtirib aniqlanadi. Bunga nutromer yordamida ichki yuzalarning o’lchamlarini
aniqlashni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Differensial usulda mahsulot ko’rsatkichlari alohida–alohida o’lchanadi.
Kompleks usulda o’lchanganida esa mahsulot sifati ko’rsatkichini yoki boshqa
turdagi bir nechta ko’rsatkichlarini umumlashtirib aniqlanadi.
O’lchash asboblari, ularning metrologik ko’rsatkichlari bilan xarakterlanadi.
O’lchash asboblarining asosiy parametrlari jumlasiga shkala bo’limlari oralig’i
uzunligi, bir-biriga yondashgan shkalaning ikki belgisi (shtrixi) oralig’idagi
masofa, shkala bo’limi bahosi-yondosh belgilariga to’g’ri keluvchi o’lchamlarning
farqi kabi ko’rsatkichlar kiradi.

Yüklə 24,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə