2-ma’ruza: O’lchov vositalari. Reja



Yüklə 24,95 Kb.
səhifə5/5
tarix22.03.2024
ölçüsü24,95 Kb.
#180944
1   2   3   4   5
2-ma’ruza O’lchov vositalari. Reja-fayllar.org

Etalonlar o’lchash va nazorat asboblarining aloxida turini hosil qiladi. Ular
umumdavlat va halqaro ko’lamda fizik kattaliklarni qayd qilish va o’lchov
birliklarining doimiyligini saqlash uchun xizmat qiladi. Uzunlik birligi “metr
etaloni sifatida 1.650.763,73 ta yorug’lik to’lqinlari olingan. Yangi ta’rif bo’yicha
1metr qilib – yorug’likning vaakumda 1/ 299.792.458 sekundda bosib o’tgan yo’li
tushiniladi va hakozo.
Sanoatda uzunlikni qayd qilish maqsadida shtrixli va tekis yassi yuzali
o’lchash vositalari (me’yor) qo’llaniladi.
Universial asboblar turlicha geometrik parametrlarni o’lchash uchun
qo’llaniladi. Maxsus asboblar esa alohida olingan paramertlarni o’lchash uchun
mo’ljallangan bo’ladi.
Universal o’lchash asboblariga shtangen va mikroasboblar kiradi.
O’lchash kallakchalari – mexanik qurilma bo’lib, ko’pchilik o’lchash
asboblarida tashkil etuvchi bo’lib xizmat qiladi.
Optik-mexnik asboblar sanoatda ko’p qo’llanilib, o’zining yuqori aniqligi
bilan ajralib turadi.
O’lchash vositalarini tanlash har-xil faktorlarni hisobga olgan holda amalga
oshiriladi. Ulardan muhimlari ishlab chiqarish ko’lami (donalab, seriyada hamda
ommaviy) va o’lchash aniqligi darajasiga qo’yiladigan talab hisoblanadi. Ishlab
chiqarish ko’lami o’lchash asbobining turi va ish unumdorligini belgilaydi. Odatda
donalab ishlab chiqarishda – universial, seriyalab ishlab chiqarishda – maxsus va
ommaviyda- mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan o’lchash asboblari
qo’llaniladi.
Shuning bilan bir qatorda mahsulotning konstruktiv shakli, nazorat qiluvchi
paramertlar soni, o’lchamlari va massasi ham o’lchov vositalarini tanlashga
bevosita ta’sir qiladi.
Har bir parametr uchun o’lchash asbobini tanlashda o’lchashda ruxsat
qilingan xatolik hal qiluvchi ahamiyatiga egadir. Detallarni ishga yaroqlilik
chegaralari ham parametrlarning muhim ko’rsatkichi hisoblanadi, chunki
o’lchashda ruxsat qilinadigan xatolik detalni tayyorlash aniqligiga qo’yilgan
talablarga bog’liq bo’ladi. Bu esa o’z navbatida nominal o’lcham va kvalitetga
bog’liq.dir (T=ai).
Odatda o’lchash xatoligi tayyorlash (xatoligining) joizligining aniq ishlov
berishda 35%ni, qo’pol ishlov berishlar uchun 20%ni tashkil qiladi. Bu xatolik
tasodifiy, tizimli va boshqa turdagi barcha xatoliklarni o’z ichiga oladi.

http://fayllar.org



Yüklə 24,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə