2-ma’ruza: O’lchov vositalari. Reja


Oʼlchash xatoliklari va ularga baho berish



Yüklə 24,95 Kb.
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü24,95 Kb.
#180944
1   2   3   4   5
2-ma’ruza O’lchov vositalari. Reja-fayllar.org

Oʼlchash xatoliklari va ularga baho berish 
Oʼlchash xatoligi, shuningdek, ishlov berish xatoligi turli sabablar tufayli
yuzaga keladigan elementar xatoliklar yigʼindisidan paydo boʼladi. Asbob hosil
qiladigan oʼlchash xatoligi ishlatiladigan oʼlchash vositalaridagi mavjud
xatoliklarga bogʼlik boʼladi. Bu xil xatoliklar paydo boʼlishiga asbobning
printsipial sxemasi yoki mexanizmi nomukammalligi tufayli uni tayyorlash va
sozlashda yoʼl qoʼyilgan xatoliklar sabab boʼladi. OʼqISh xatoligi oʼlchash
vositalari koʼrsatuvini noaniq uqish tufayli yuzaga keladi. Parallaksdan boʼladigan
xatolik shkala sirtidan kuzatish sharoiti oʼzgarishi tufayli paydo boʼladi. Parallaks
xatoligi shkaladan koʼrsatkichgacha boʼlgan masofaga va koʼz nurining shkala
sirtiga tushirilgan normaldan chetga ogʼishiga proportsional boʼladi. 15.1-rasmda
qabul qilingan belgilarga muvofiq parallaks xatoligi

n



htg

boʼladi.
Qiyshayish tufayli boʼladigan xatolik Abbe printsipi buzilganda paydo
boʼladi. Abbe printsipi shundan iboratki, oʼlchash vositalarini yaratishda


ularning shkalalarini oʼlchanadigan oʼlchamlar bilan bir chiziqda yotishiga


erishish lozim, yaʼni oʼlchov chizigʼi go’yo shkala chizigʼining davomi
boʼlishi kerak. 15.2-rasmda ramkasi qiyshaygan shtangentsirkul tasvirlangan.
Bunday shtangentsirkul jagʼlari orasidagi masofa bir xil emas.
Shtangentsirkul «a» oʼlchamga oʼrnatilganda ramkaning qiyshayishi tufayli
uning jagʼlari orasidagi oʼlchamlar «v» va «s» boʼladi. Qay tomonga
qiyshayishiga qarab bu oʼlchamlar «a» dan katta yoki kichik boʼlishi
mumkin. Bunda paydo boʼladigan xatolik

a=c-a=l

formula boʼyicha
hisoblanadi.
Normal oʼlchash sharoitidan chetga chiqish sababli hosil boʼlgan
kattalik taʼsiridan oʼlchash asbobining koʼrsatishi oʼzgaradi. Masalan,
temperatura normal kiymati 20°C dan chetga oʼgganda oʼlchash vositalari
detallarining va tekshirilayotgan buyumning uzunligi oʼzgaradi. Bunda
oʼlchash vositasi detalining materiali bilan buyum materialining chiziqli
kengayish koeffitsienti turlicha boʼlganligi uchun bu oʼzgarishlar har xil
boʼladi. Temperatura taʼsiridan paydo boʼladigan xatolik
formula asosida hisoblanadi.
Temperatura taʼsiridan paydo boʼladigan xatolikni, normal temperaturada
oʼlchash, tekshirilayotgan buyum bilan asbob temperaturasini tenglashtirish,
oʼlchash natijalariga temperatura taʼsiridan paydo boʼladigan xatolikka teng
tuzatish kiritish bilan kamaytirish mumkin. Oʼlchash vositasi (oʼlchov uchligi)ning
buyum sirtlariga tegadigan joylaridagi kontakt deformatsiya, yupqa devorli detallar
deformatsiyasi, ustun yoki shtativnipg elastik deformatsiyasi tufayli oʼlchash kuchi
taʼsiridan
xatolik
paydo
boʼladi.
Agar
yupqa
devorli
va
oson
deformatsiyalanadigan buyumim oʼlchashda asbob uzunlikning tugal oʼlchovlari
boʼyicha sozlansa, oʼlchash kuchi taʼsiridan paydo boʼladigan xatolik pasta boʼlishi
mumkin. Uni kamaytirish uchun oʼlchash natijalariga tugatish kiritish lozim. Bu
tuzatish tajriba yoʼli bilap aniqlanadi yoki asbob namuna detal boʼyicha rostlanadi.
Bunda asbobni sozlashdagi va keyingi oʼlchashdagi deformatsiyalar bir xil boʼldi
va toʼldiriladi.






Yüklə 24,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə