Laboratoriya ishi: O‘zgaruvchan tok zanjirida rezonans hodisasini o‘rganish ishning maqsadi



Yüklə 21,75 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü21,75 Kb.
#167884
11-sinf. LABORATORIYA ISHI. O‘ZGARUVCHAN TOK ZANJIRIDA REZONANS HODISASINI O‘RGANISH  (3-BSB 20 ball)






LABORATORIYA ISHI: O‘ZGARUVCHAN TOK ZANJIRIDA REZONANS HODISASINI O‘RGANISH


Ishning maqsadi.  O‘zgaruvchan tok zanjirida kuchlanishlar rezonansi hodisasini o‘rganish.
Kerakli asboblar.
1. O‘zgaruvchan tok (tovush) generatori (TG).
2. Ferromagnit o‘zakka ega bo‘lgan induktiv g‘altak (L=1 H).
3. Sig‘imi 10 μF gacha o‘zgaradigan kondensatorlar batareyasi.
4. Ikkita multimetr.
5. Qarshiliklar to‘plami.
6. Uzib-ulagich va ulovchi simlar.


I shni bajarish tartibi
Rasmdagi chizma bo‘yicha asboblarni ulab, zanjir yig‘iladi.
1. TG dan chiqishda 100 Hz va 10 V bo‘ladigan holga to‘g‘rilanadi.
2. Multimetrlarni o‘zgaruvchan kuchlanishni o‘lchaydigan va o‘lchash diapazoni 20 V bo‘lgan holatga o‘tkaziladi va ularni parallel holda kondensatorga va g‘altakka ulanadi.
3. Kalitni ulab, kondensatorga (UC) va g‘altakka (UL) ulangan multimetr ko‘rsatishlari yozib olinadi. Bunda UC > UL bo‘lishiga e’tibor beriladi.
4. Generator chiqishidagi o‘zgaruvchan tok chastotasini 10 Hz dan oshirib borib, UC va UL lar yozib boriladi.
5. Tajribani UC = UL bo‘lgunga qadar davom ettiriladi. Natijalari jadvalga yoziladi.
6. UC = UL shart bajariladigan hol uchun 2πvL=1/2πvC dan zanjirning rezonans chastotasi hisoblanadi:  .
Hisoblab topilgan chastotaning qiymati tajribada aniqlangan chastota qiymati bilan solishtiriladi.

1-TAJRIBA: [jami: 7,5 ball]


v1 = _______________________________ (Hz) [0,5 ball]


UL1 = ______________________________ (V) [2 ball]


UC1 = ______________________________ (V) [2 ball]


vr1 = _______________________________ (Hz) [3 ball]


2-TAJRIBA: [jami: 7,5 ball]


v2 = ______________________________ (Hz) [0,5 ball]


UL2 = ______________________________ (V) [2 ball]


UC2 = ______________________________ (V) [2 ball]


vr2 = ______________________________ (Hz) [3 ball]





Xulosalovchi topshiriqlar

1. Chastotasi 50 Hz bo‘lgan o‘zgaruvchan tok zanjirida induktivligi 100 mH bo‘lgan induktiv g‘altak va C sig‘imli kondensator ulangan. Kondensator sig‘imi nechaga teng bo‘lganda rezonans hodisasi ro‘y beradi? [3 ball]



2. Kondensatordagi UC va induktiv g‘altakdagi UL kuchlanishlarning generator chastotasiga bog‘liqlik grafigi chiziladi. [2 ball].


Yüklə 21,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə