Kirish Dissertatsiya ishining dolzarbligi



Yüklə 28,62 Kb.
səhifə1/3
tarix13.06.2023
ölçüsü28,62 Kb.
#116985
  1   2   3
Dissertatsiyaga kirish Yuldasheva X.T


Kirish
Dissertatsiya ishining dolzarbligi. Hozirgi kunda dunyo bo’ylab barcha sohalarda axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni ortib bormoqda, ya’ni, avtomatlashgan informatsion texnologiyalar va kompyuter tizimlari sohalarda yechilishi kerak bo’lgan masalalarni hal qilish uchun qulay vosita sifatida qo’llanilmoqda hamda tadbiq qilinmoqda. Bu esa IT texnologiyalarning yangidan-yangi yo’nalishlari paydo bo’lishiga zamin yaratmoqda. Bunday yo’nalishlardan biri elektron xabarlardagi spamni aniqlash va tasniflash hisoblanadi. Elektron pochta va boshqa elektron xabar almashish platformalaridan keng foydalanish natijasida spam xabarlarga duch kelish katta muammo tug'dirmoqda. Ushbu nomaqbul va ko'pincha zararli xabarlarning kirishi qutilarni buzish, foydalanuvchilarni aldash va xavfsizlikni buzish kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday muammolarni tizimli hal qilish bugungi kunda axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining dolzarb muammolaridan hisoblanadi.
Tadqiqot obyekti. Elektron xabarlar, avtomatik tahrir va intellektual tahlil qilish yo’nalishlari, elektron xabar almashish sohasidagi matematik modellar, algoritmlar, dasturiy majmualar asosida tizimlar yaratish texnologiyalari.
Tadqiqot predmeti. Spamlarni aniqlash jarayonini tavsiflovchi matematik modellar, algoritmlar va zamonaviy dasturlash texnologiyalari elektron xabarlarda spamni aniqlash masalalarini hal qilish uchun mo’ljallangan sun’iy intellektga asoslangan algoritmlar.
Tadqiqot maqsadi. Elektron xabarlarda spamni aniqlash, filtirlash va tasniflash algoritmlarini ishlab chiqish hamda algoritmlarni tahlil qilish va baholash.
Tadqiqot vazifalari. Yo’qoridagi maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar shakllantirildi:

  • Elektron xabarlarda spamni aniqlash, filtirlash va tasniflash algoritmlarini ishlab chiqishning axborot modelini ishlab chiqish;

  • Elektron xabarlarda xavfli, samarali spamlarni aniqlash algoritmlarini takomillashtirish va ishlab chiqish;

  • Elektron xabarlarda spamlarni filtirlash algoritmlarini takomillashtirish va ishlab chiqish;

  • Takomillashtirilgan va ishlab chiqilgan algoritmlarni tahlil qilish hamda baholash.


Yüklə 28,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə