1-Mavzu: Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti



Yüklə 331,92 Kb.
səhifə1/20
tarix17.06.2023
ölçüsü331,92 Kb.
#117672
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Mehnat va muhandislik psixologiyasi


1-mavzu: Mehnat psixologiyasi faniga kirish.
Reja:
1. Mehnat psixologiyasi tarixi.
2. Mehnat psixologiyasining fan sifatidagi predmeti.
3. Mehnat psixologiyasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi
4. Xulosa .


Tayanch tushunchalar: mehnat huquqi, mehnat muhofazasi, mehnat gigiyenasi, ishchilar, mehnatkashning ishchanligi, ishlab chiqarish, mehnatkashlar, inson mehnat faoliyati.
Mehnat psixologiyasini o’rganishda birinchi bo’lib inson, ya’ni uning mehnat faoliyati yotadi. Insonning mehnat faoliyatini o’rganishda yana boshqa fanlar ham ishtirok etadi. Bular sosial va biologik fanlardir: mehnat jarayonida fiziologiya, mehnat gigiyenasi, iqtisodiyot, mehnat huquqi, mehnat muhofazasi, etika, sosiologiya, mehnat tarbiyasining nazariyasi, inson mehnat faoliyatining paydo bo’lishida va rivojlanishida arxeologiya va madaniyat tarixi fanlari asosiy rol o’ynaydi. Bu to’g’rida B.G.Ananyev shunday fikr bildirgan edi: "Gapimiz hayot va amaliyot haqida borar ekan, biz, albatta, mehnat faoliyatini butun borligicha o’rganish uchun faqat sosial, psixologik, fiziologik fanlarning o’zigina kifoya emas".
Mehnat psixologiyasining paydo bo’lishi va rivojlanishi
Mehnat psixologiyasi I.M.Sechenov nomi bilan uzviy bog’liqdir. Tabiat psixologik jarayonlari bilan qiziquvchi I.M.Sechenov ularni o’rganishda asosan mehnat faoliyatida ularning roliga karatdi va birinchi bo’lib, ularni o’rganishda, ya’ni tabiatida regulyasiya xarakterli ekanligini kursatib berdi. I.M.Sechenov yangi tushunchani oldinga surdi, u yaxshi hordiq chiqarmoq mehnat faoliyatining saqlanib qolishi va uning o’sishiga katta omil ekanligini kursatib berdi. Mehnat faoliyatining keyingi etapi uning chet elda paydo bo’lishi, o’sishi bilan keyinchalik esa bizning mamlakatimizda psixotexnika degan nom olishi bilan bog’liqdir. Psixodiagnostika XX asrning birinchi yillarda paydo bo’ldi. Uning o’sishida psixologiya va fiziologiyadagi faktlar, ya’ni ilmiy faktlarga, aniqroq qilib aytganda ishlab chiqarishning har xil sohalarida, medisinada, pedagogikada yig’ilgan faktlarga asoslanadi. Mehnat faoliyatining keyingi etapi chet elda kapitalizmning eng yuqori pog’onasi, ya’ni imperializm bosqichiga o’tishi bilan xarakterlidir. Chunki bu jarayonda raqobatning kuchayishi natijasida kapitalistlar ishchilar mehnat faoliyatining o’sishi, foyda miqdorining ko’payishi uchun bor kuchlarini, ya’ni imkoniyatlarini ishga soldilar. Psixotexnikaning eng ahamiyatli joyi shundaki, u kasb o’rganish va mutaxassis tanlashdir. Bu bo’limlarni o’rganishda ajoyib psixolog Myunsterbergning ishlarini aytib o’tish joizdir. U mutaxassis tanlashda, ya’ni telefonchi, vagon yetaklovchi, dengiz shturmanlari mutaxassisligi uchun maxsus testlar ishlab chiqdi. Uning bir ishi hammaning qiziqishini uyg’otadi. U tramvaychilar uchun, ya’ni ularni tanlash uchun harakat tezligini baxolash, ikkinchi tomondan esa ehtiyotkorlik ekanligini ta’kidladi. O’sha paytda ilmiy laboratoriyalar bilan cheklanib qolmay, balki amaliyot bilan bog’lanish shu davrning ijobiy tomonlaridan biri edi. Bu to’g’rida har xil maxsus jurnallarning nashr qilinishi, har xil psixotexnik kongresslarning tashqil etilishi buning aniq va yaqqol misoli edi. Bizning mamlakatimizda psixotexnika laboratoriyalari XX yillarda rivojlandi. Chunki bu davrga kelib psixotexnika haqidagi bilimlar ancha oshdi. Moskvada, Sankt-Peterburgda, Qozonda, Xarkovda birinchi laboratoriyalar paydo bo’ldi. 1927 yili Butun Rossiya psixotexniklar jamoasi tuzildi va "Mehnat psixofizikasi va psixotexnika" jurnali nashr etildi. Bora-bora yillar o’tgan sari psixotexnika rivojlanib, bu borada bilimlarimiz ancha oshdi.

Yüklə 331,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə