1-Mavzu: Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti


-mavzu. Inson va mashina hamkorligi



Yüklə 331,92 Kb.
səhifə14/20
tarix17.06.2023
ölçüsü331,92 Kb.
#117672
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Mehnat va muhandislik psixologiyasi

10-mavzu. Inson va mashina hamkorligi.
Reja:

  1. Inson va mashina hamkorligi.

  2. Ishlab chiqarish jarayonida operator ishining obyektlari. Mehnat faoliyatida operatorning vazifalari.

  3. Operator faoliyatining psixologik tuzilishi.

  4. Inson va mashina sistemasida axborot almashish. Mashina xossasining ishchi faoliyatiga ta’sir etishi.



Tayanch tushunchalar: inson-mashina tushunchasi, operator, axborot almashish, mashina xossasi, signallar chastotasi, material xususiyati, mashinaning fazilati, operator faoliyati.
Inson mehnat jarayonida mehnatkash tushunchasi tarkibiga kiradigan har xil xususiyatlarni namoyish qilishi mumkin. U jamoaning oddiy a’zosi yoki peshqadami, shogird, mustaqil ishchi yoki ishlab chiqarish rahbari bo’lishi mumkin. O’zi boshqarayotgan mashina bilan hamkorlik qilib operator bo’lib qoladi. Mehnat faoliyatida operator ishning bosh obyektlari - u o’zgartiradigan material (xom-ashyo, yarim fabrikat, buyum yoki boshqa materiallar) mashina (stanok, agregat yoki texnologik qurilma) ning texnik holati hamda ish rejimidir. Bunda operatorning vazifasi quyidagilardan iborat bo’ladi:
1) materialning xususiyatlarini bilish, hamda uni ishlash tajribasi asosida to’g’ri va aniq baxolash.
2) mashina konstruksiyasini bilim asosida tekshirib ko’rish, ishlashni kuzatish va tekshirish yuli bilan uning ishga tayyorgarligini aniqlash.
3) mashinani boshqarish malaka va boshqarish o’quvi yordamida ishlashga mos texnik rejimini o’rnatish. Mazkur rejimlardan chetlashishni o’z vaqtida payqash va barham berish maqsadida mashinaning ishlash jarayonini kuzatish.
Vazifalarni bajarishda operator faliyatining kerakli sturkturasi asosan quyidagi harakat va operasiyalardan iborat.
a) materialni qayta ishlashda mumkin bo’lgan harakat usullarini tanlash yo’li bilan faoliyatning obyektiv vazifasini fikran aniqlash yoki ishlov berish texnologiyasida aytilganlarni xotirada qayta tiklash.
b) harakatlar tartibi haqida bir fikrga kelish hamda ularning natijalarini oldindan bilish.
v) mashina ishlashining borishi haqida axborot signallarini idrok etish. Eng jiddiylarini tanlash, ularning ahamiyatini taqqoslash va baholash.
g) mashinaning ishlash rejimini sozlash va mashinaga komanda axborotlarini berish va ayni choqda mashinani boshqaruvchi ta’sirning natijalarini kuzatish bo’yicha karorlarni ishlab chiqish.
Tashqi muhit, operator va mashina o’rtasidagi axborot almashinish, biroq, bu hamkorlikning operatorga bo’lgan asab psixik yukining, uning emosional sohasiga ta’sirining aqliy qobiliyati, bilimi, malaka va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar xususiyatlari u tomondan qayta ishlanadigan materiallarning xususiyatiga, rejimlarning murakkabligi, quvvati, harakatchanligi, eskirganligi, chidamliligi va mashinaning boshqariluvchanligi, shuningdek, ishlab chiqarayotgan materialar va mashinaning ish rejimidagi o’zgarishning borishi haqida signal beruvchi indikatorlarning yetarli va aniq ishlashiga bog’liq.
Operator tomonidan mashina vositasida ishlov berilayotgan material oddiy va murakkab xavfsiz va xavfli, oson va qiyin o’zgaruvchan bo’lishi mumkin. Uning xossalari va o’zgartirishning sermehnatliligiga ko’ra operatorning ishi oson va qiyin bo’lishi mumkin. Material qanchalik murakkab bo’lsa, operator uning xususiyatlarini shunchalik bilishi talab qilinadi, uning harakati shunchalik xilma - xil bo’ladi, shunchalik ko’proq malaka va ko’nikma talab qilinadi. Material qanchalik xavfli bo’lsa, operatorda asab psixik taronalik shunchalik kuchli bo’ladi, material bilan ishlaganda u shunchalik ehtiyotkor va e’tiborli bo’lishi lozim, undan shunchalik hissiy barqarorlik o’z vaqtida xatosiz harakat qilishi talab etiladi. Mashinaning xossasi operator faoliyatiga material xossasining xam ko’proq ta’sir etadi, chunki operator ish jarayonida u bilan bevosita munosabatda bo’ladi. Mashina qanchalik murakkab, quvvatli va serharakat bo’lsa, uning ishlash rejimlari kambarqaror, boshqarilishi qiyin va oson bo’lsa operatorning asab psixik tarangligi va hayajoni shunchalik yuqori, uning o’z-o’zini tuta bilishi, malaka va ko’nikmasi shunchalik takomillashgan, hissiyot va barqaror iroda kuchli shunchalik takomillashgan bo’lishi lozim. Unday umumiy va kasbiy qobiliyat shunchalik ko’p talab qilinadi, hamda uning xatolari shunchalik xavfli bo’ladi. Texnologik jarayon qanchalik murakkab va mashinaning ishlash sur’ati qanchalik yuqori bo’lsa, materialga ishlov berish haqida mashinaning ishlash rejimi va unga bo’lgan boshqaruv ta’siri natijasi haqida operatorni xabardor qiladigan indikasiya vositalari operator faoliyatiga shunchalik ko’p ta’sir qiladi.
Operatorga axborot beruvchi induksiya yetarli bo’lmasa, uning asab psixik tarangligi ortadi. Signallar chastotasi haddan tashqari yuqori bo’lishi xatolarni ko’paytiradi. Signallarni ko’rishga xalaqit bersa, ularni ko’rish vaqti tuziladi, axborot ishini va idrokning navbatdagi operasiyasiga o’tishni sekinlashtiradi. Signallar fondan qanchalik keskin farq qilsa, axborotni ko’rish va ishlash vaqti shunchalik qisqa bo’ladi hamda diqqatning boshqa obyektga ko’chishi tezlashadi.
Mashina va material xususiyati, shuningdek, texnologik jarayonlar indikasiya sifatida ham operatorlar ishlab chiqarish vazifalarini hal qilishiga, material va unga ishlov berish jarayonini baholashga, mashina ish rejimining sozligiga, texnologik jarayonni, o’z-o’zini nazorat qilish va boshqarishga shu darajada ta’sir qiladi. Mashinani boshqarish bo’yicha operator harakatining (mo’ljallash, ijro etish, tuzatish va yakunlash kabilar psixologik strukturasi (yuqoridagi "faoliyat" bobida qarang) ham ko’p jihatdan ana shu xususiyatlarga bog’liq. Operator va mashinaning hamkorligida mashinaning xususiyatlari katta ahamiyatga ega: bir xil konstruksiyadagi mashina) hatto bir xil eskirganda ham rejimning barqarorligi va boshqarilishda o’z xususiyatlariga ega bo’ladi. Operator uning "injiqliklari" ni bilishi kerak. Mana shuning uchun xam operator o’ziga o’zi bekitilgan mashinaga ega bo’lishi, ularni almashtirish zarur bo’lgan taqdirda har birining xususiyatlari bo’lishi lozim. Shuningdek, o’z mashinasining joriy remontini o’zi bajarishi yoki o’zi nazorat qilishi, saqlashda shaxsan ishtirok etgani ma’qul. Har qanday mashina uzoq o’zlashtirish va hatto unga odatlanishini talab qiladi. Aks holda u operator uchun xavfli manba bo’lib qolishi ham mumkin. U yoki bu kasbdagi operator va mashina hamkorligining konkret tahlilini quyidagi izchillikda amalga oshirish qulaydir.
1) materialga ishlov berishning xususiyatlari va texnologiyasi.
2) mashinaning fazilati va nuqsoni;
3) operatorlar mashina va material xususiyatini belgilash.
4) indikatorlar kursatkichlarini vaqtida idrok etish va to’g’ri baholash.
5) mashinani boshqarish bo’yicha qarorlarning vaqtida va aniq bo’lishi.
6) ijrochilik harakatlarining aniqligi;
7) harakat natijalarini puxta nazorat qilish va ularga vaqtida tuzatish kiritish;
8) harakat natijalari va mahsulot sifatini obyektiv baholash.
Bunday analiz nafaqat ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish mashinani ekspluatasiya qilish qoidalari va xususiyatlari, mehnat unumdorligining oshirish bo’yichagina emas, balki operator tajribasini, uning bilimi, malakasi, ko’nikmasi va uning o’qish davridagi mahoratini takomillashtirish bo’yicha ham xulosalar chiqarish imkonini beradi. Operator va mashina hamkorligi asosiy qonuniyatlaridan o’zlashtirilishini tekshirish.
1) Operator faoliyatining asosiy obyekti nima?
2) Ishchi qanday vazifalarni bajarganda operator bo’ladi?
3) Ishlab berilayotgan material xususiyati operatorga qanday ta’sir kursatadi.
4) Mashinaning xususiyati operatorga qanday ta’sir kursatadi.
5) Operator va mashinaning hamkorligini qanday izchillikda tahlil qilgan ma’qul?

Yüklə 331,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə