1-Mavzu: Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti


-mavzu. Mehnat rejimi va uning psixologik mohiyati



Yüklə 331,92 Kb.
səhifə17/20
tarix17.06.2023
ölçüsü331,92 Kb.
#117672
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Mehnat va muhandislik psixologiyasi

12-mavzu. Mehnat rejimi va uning psixologik mohiyati.
Reja:

  1. Mehnat rejimi haqida umumiy tushuncha.

  2. Mehnatdagi charchoqdan dam olish.

  3. Psixogigiyena. Psixopatologiya haqida tushuncha, charchash, uning psixofizologik mazmuni.

  4. Kasbiy toliqish. Ishga yaroqlilik tushunchalari.

  5. Toliqish va o’ta toliqishning sabablari.

  6. O’ta toliqishning oldini olishda dam olishning o’rni va uni tashqil etish psixologiyasi.



Tayanch tushunchalar: mehnat rejimi, psixogigiyena, psixopatologiya, kasbiy toliqish, ishga yaroqlilik, o’ta toliqish, mehnatdagi charchoq, mehnatdagi mikrodaqiqa, jismoniy toliqish, aqliy toliqish.
Mehnat unumdorligini oshirish maqsadida mehnat jarayonini o’zgartirishning 2 ta asosiy yo’li bor: mehnatni intensivlash va rasionalizasiyalash mehnatni intensivligiga ishdan bo’sh qolishi va bekorga vaqt sarflash, ortiqcha harakatlarga barxam berish, uning harakat sur’atini tezlashish, dam olish daqiqalarini kamaytirish jismoniy nagruzkani tekshirish va hokazo yo’l bilan erishiladi.
Agar mehnatni intensivlash rasionalizasiyalash bilan qo’shilsalar hamda oqilona doirada amalga oshirilsa, uning natijasi ijobiy bo’ladi. Haddan tashqari norasional intensiv mehnat sifatining pasayishi hamda ishchining tashqi kolishga olib koladi. Mehnatni intensivlash, mehnatni to’g’ri rejimda uzaytirish bilan birga olib borish kerak. Mehnat rejimi bu ish va dam olish ham kun davomida, ham vaqt qisqa bo’lagida taqsimlanishdir. Mikrodakikani xisobga olish va tashqil etish mikrorejimga kiradi.
Mehnat rejimi hamma vaqt dam olish rejimini ham o’z ichiga oladi. Mehnatdagi mikrodaqiqa - dam olishning bir formasi. Shu bilan birga cho’zilib ketgan daqiqa faoliyatga xalaqit beradigan tanaffus va bekor qolish bo’ladi. Mehnat rejimi muammosi kun davomida ish vaqti davomiyligiga ko’ra bir-biriga qanday nisbatda bo’lishi mumkinligini aniqlashdan iborat. Toki mazkur kunning ishdan charchash, keyingi kunga eng kam miqdorda o’tsin. Mehnat faoliyati jarayonida vujudga keladigan charchash yoki kasbiy toliqish - mehnat psixologiyasining muhim muammosidir. Psixogigiyena psixologiya, gigiyena va psixistriya fanlari uchrashgan joyda turuvchi fan bo’lib, maqsadi charchashni pasaytirishga karatilgan tadbirlarni ishlab chiqish va asoslash hamda muhitning salbiy ta’siri keltirib chikaradigan psixopotologiyaning oldini olishdan iborat.
Psixopotologiya - psixikaning kasallanishi. U psixologiyaning patopsixologiya deb ataluvchi sohasi va medisina fani sifatidagi psixiatriyani o’rganadi. Charchash faoliyat natijasida mehnat qobiliyati vaqtinchalik pasaytirishning qonuniy jarayonidir. Charchash faoliyatga normal reaksiyadir. Kupincha charchashni toliqishning rejasini xisoblab, ularni aralashtirib yuboradilar. Biroq charchash - psixik hodisa, toliqish keltirib chiqaradigan kechinma, o’z tabiatiga ko’ra og’riq, ochlik, chanqash kechinmalarga yaqin turadi.
Faoliyatning ijobiy va salbiy emosional charchash boshlanayotgan toliqish haqida aniq natural ogohlantiruvchidir. Nisbiy toliqish muammosida mehnat psixologiyasi uchun eng o’ziga xos vazifa ishga layoqatli toliqish ta’sirida o’zgarishga o’rganishdir. Ishga layoqatlilik tushunchasi pedagogik tushuncha: faoliyatning aniq turini xatosiz bajarish uchun belgilaydi. Ishga iqtidorli
biologik tushuncha bo’lib, u fiziologik tomonidan inson va xayvonning bir xil kursatkich asosida o’rganiladi. Mehnatga yaroqlilik sosial tushuncha bo’lib, mazkur inson to’g’risidagi bir necha ma’lumotlarga qarab, mehnat ekspertizasi tomonidan baholanadi. Iroda kuchi, hayajon bajarayotganligiga qiziqish boshlanayotgan fiziologik kursatkichlar obyektiv isbotlangan toliqishni niqoblash, uning o’rnini bosish mumkin: birinchi holda ishga layoqat pasaymaydi, ikkinchisida pasayadi, lekin charchoq sezilmaydi.
Ishga qiziqish, tashabbus kursatishga topshirikni bajarishning yalpi usullarini izlashga da’vat etadi. Bunday ishga layoqatlilik ba’zan pasaytiriladi, balki ancha ortadi. Bunday charchoq bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin. Aksincha ishga qiziqish bo’lmasa, astenik emosiya ifodalangan charchoqning paydo bo’lishiga hamda ishga layoqatsizlikning toliqishini xarakterlaydigan fiziologik siljish boshlanishidan oldin pasayishiga yordam beradi. Toliqish bilan dam olish o’rtasidagi nomuvofiqlik oqibatida toliqishning ortishi insonni sifat holatiga o’ta toliqishga olib keladi.
Mehnat psixologiyasida kerak tadbirlar ishlab chiqish uchun toliqish o’tab toliqish boshlanishining asosiy qo’shimcha va yordamchi omillarni farklash muhimdir. Toliqish va o’ta toliqishning asosiy sababi - mehnat faoliyatining o’zidir. Biroq ishlab chiqarishning paydo bo’lishi toliqish o’z-o’ziga toliqishni keltirib chiqaradigan qo’shimcha omillar tufayli ancha murakkablashishi mumkin. Ishga borishda noqulay transport, ishning yomon tashkil qilganligi va boshqa kamchiliklar, kichik qo’shimcha ish, sport bilan haddan tashqari, o’z-o’zicha toliqishni keltirib chikarmaydigan, biroq uning paydo bo’lishiga ko’maklasha borib, uni oldilashtiradigan yordamchi ishlarni hisobga olish lozim. Bunga xronik kasalliklar hamda jismoniy, rivojlanmaganlik ovqatlanish rejimini buzish, chekish va alkogol, muhitning noqulayligi va hokazolar kiradi. Pedagogik va psixologiyani tadbirlari boshlanayotgan toliqish va o’ta toliqishning asosiy omilini yengillashtirishga kushimcha va yordamchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan bo’lmog’i lozim. Toliqish va o’ta toliqishni 3 xil yo’li bo’ladi:
1) jismoniy (o’tin yorish, yer ishlari va hokazolar)
2) Aqliy (pedagogik yoki o’quv mehnati va hokazo)
3) Emosional (xavfli sharoitlarda ishlash).
Bular ko’pincha mos bo’ladi. O’ta toliqish turli darajada bo’lishi mumkin: agar ular kundan-kun ish kilib bormaganda edi, dam olish kunlari, ta’tilda dam olish uylari ham zarur bo’lmas edi. Yengil toliqish navbatdagi ta’til oldidan bo’lishi to’la qonuniydir. Aniq seziladigan toliqish faqat psixologiya qoidalari buzilgan hollardagina vujudga keladi. O’ta og’ir toliqish bu kasallik. Toliqishning kerakli alomatlari nihoyatda rang-barang va barqarordir. Sektorli doira toliqish ta’siri ostida turli xil analizatorlarning sezgirligi pasayadi. harakat sohasida sensormotorli muvofiqlashtirilishi yomonlashadi. Ortiqcha harakatlar paydo bo’ladi, oddiy va murakkab sezgirlik tezligi pasayadi. Aqliy faoliyat va diqqat intensivligi ham susayadi: Xotiradan tushib qolish va eslashning qiyinlashuvi keng paydo bo’ladi, diqqatni taqsimlash va boshqa tomonga qaratish qiyinlashadi. Toliqishning juda xarakterli alomati kunduzi uyquchanlik va kechasi uyquning buzilishidir. Ishni maromiga solish va mikrodaqiqa muammolari hali juda kam o’rganilgan hamda mohiyatiga ko’ra ziddiyatlidir. Bir tomondan, ishni maromlashtirish shubhasiz, ijobiy omil. Birok, ikkinchi tomonidan maromlashtirish bilan bog’liq bo’lgan bir xil maromda bo’lishi, bir xillik holatiga - diqqatning pasayishi va uyqu bosishiga olib keladi.
Bir xillikning ish layoqatiga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi.
a) o’ta oddiy va bir xil operasiyani mazmuniga ko’ra murakkabroq va xilma-xil bo’lgan operasiyalar bilan birlashtirish.
b) har bir ishchi tomonidan bajariladigan operasiyalarni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish.
v) ish ritmini vaqti-vaqti bilan o’zgartirib turish.
g) chetdan qo’zg’aluvchi (xususan, musiqa) kiritish.
Shu bilan birga bir xillikka karshi kurashning yana bir sof psixologik yo’li bor. Bir xil tarzda qilinadigan va juda maydalab yuboriladigan ishga. Masalan: kichik pressda, hatto yuqori avtomatlashgan harakatlar; olish, quyish, bosish, chiqarish bilan bajariladigan ishga hamma kishilar ham salbiy munosabatda bo’lmaydi. Ba’zilarni bu ish o’ta toliqtiradi. Biroq, 2 guruhchaga maxsus shaxslar uni jon dilidan bajaradilar. Bir guruhcha - katta yoshdagi ayollar, ular uchun bu ish paypoq to’qishga mos keladi, chunki bu vaqtda ularning "ong vakuumi" ularga xos bo’lgan uy ishlari haqidagi bechora fikr bilan to’ldirilgan bo’ladi. 2 guruhchadagilar - chiqarishdan ajralmagan holda takomillashtirish va hokazolar bilan bo’lgan o’quvchi yoshlar. Albatta, bu xavfsizlik texnikasi yaxshi bo’lgan hamda, harakat malakalari juda yuqori darajada avtomatlashgan hollarda mumkin. O’ta toliqishning oldini olishda faol dam olish katta ahamiyatga ega. Shu narsa yodimda yaxshi saqlanib qolganki, adabiyot o’qishning yoki ishning almashinib turishi tarjimadan adabiyot o’qishga, yozishni gimnastikaga, jiddiy adabiyot o’qishning balitristikaga o’tib turishi benihoya katta yordam beradi.
Faol dam olishga fakat jismoniy daqiqa razminkagina emas, balki mehnat harakatlari almashinishiga oqilona tartib berish va mehnat jarayonidagi faoliyat xarakterni o’zgartirish ham kiradi. Keyingisida tuyg’ular almashsa yoki hissiyotlar hisobga olmasa yaxshi. Biroq, mehnat faol dam olish holini o’ynashi uchun u haddan tashqari emas, balki normal bo’lishi lozim. Mehnat rejimini ishchi pedagogikasiga ta’sirining o’zlashtirishini tekshirishdir.
1. Mehnat rejimi deb nimaga aytiladi.
2. Mehnat psixologiyasining maqsadi nimadan iborat?
3. Layoqatlilik, ishga layoqatlilik va mehnatga layoqatlilik tushunchalarning farqi nimada?
4. Ishga qiziqish layoqatlilik va charchashga qanday ta’sir kursatadi?
5. Toliqishning qanday turlari bor?
6. Toliqishning ko’proq ma’lum bo’ladigan pedagogik alomatlarini sanab bering?

Yüklə 331,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə