Tekshirdi: Avezov Hikmatjon 2023 yil Reja: Kirish "Paxta ishi" "O‘zbek ishi" nomli kompaniyalar



Yüklə 302,74 Kb.
səhifə1/3
tarix28.09.2023
ölçüsü302,74 Kb.
#124599
  1   2   3
Begmatova Diyora





Bajardi: Begmatova Diyora


Tekshirdi: Avezov Hikmatjon

2023 yil
Reja:



  1. Kirish

  2. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar.

  3. O'zbekiston ekologiyasining buzilishi.

  4. “Paxta ishi” ning yashirin sabablari

  5. “Paxta ishi” da Sharof Rshidovning aybi nima edi?

O‘zbekistonda “O‘zbeklar ishi”, “paxta ishi” deb atalgan jinoiy ishlar to‘qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O‘zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo‘ldi. Guruh a’zolari hech kim bilan hisoblashib o‘tirmay odamlarni qamash bilan shug‘ullandilar. Oddiy dehqondan tortib O`zKP MQ kotiblari va hukumat a’zolarigacha bo‘lgan xodimlarni qamash uchun birovlardan zo‘rlab yozdirib olingan bir parcha qog‘ozning o‘zi kifoya edi. O‘zbekistonda qonunchilik buzildi, o‘zboshimchalik va qatag‘onchilikning yangi davri avj oldi. Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlar, mirishkor paxtakorlar, ter to‘kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olindi. Hibsga olingan respublika partiya va davlat organlarining rahbarlari esa Moskva qamoqxonalariga tashlandi. Tergov xodimlari 30-yillarda ishlatilgan yaramas usullardan foydalanib, hibsga olinganlarni qiynab, boshqalar ustidan to‘qilgan aybnomalarni ularning qo‘li bilan qaytadan yozdirib olardi va “aybnoma” tobora ko‘p begunoh odamlarni qamashga asos bo‘lib xizmat qilardi. Butun SSSRda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham kamchiliklar, qo‘shib yozishlar, poraxo‘rlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi, albatta. Lekin bu illatlarni O‘zbek xalqi emas, balki sovet hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi.


O‘zbekiston fuqarolari o‘z haq-huquqlarini himoya qilishni so‘rab tuman, viloyat va respublika partiya va sovet organlariga murojaat qildilar. Yuz minglab fuqarolar O`z KP MQga, mahalliy hokimiyat organlariga o‘z haq-huquqlarining, qonuniy manfaatlarining buzilganlagini shikoyat qilib koridorma-koridor, eshikma-eshik turtinib yurdilar. Norozilik ayniqsa xotin-qizlar orasida ko‘paydi. 1986-1987 yillarda respublikada 270 nafar ayol o‘zini-o‘zi yondirib yubordi. Bu holat ularning sha’ni qadr-qimmatining toptalishi, haq-huquqlarining buzilishiga nisbatan songgi norozilik ifodasi edi. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o‘lkaning o‘ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni istamagan kelgindilar, ularga laganbardorlik qilgan ayrim mahalliy amaldorlar xalqning urf-odatlari, an’analarini oyoq osti qildi. Xalqimizning boy madaniyati va ma’naviy qadriyatlari kamsitildi. Ona tilimizning qo‘llanish doirasi sun’iy tarzda yanada cheklab qo‘yildi. Hatto milliy libos kiyib yurish ham qoralandi. Milliy an’analar bo‘yicha to‘y qilgan yoki vafot etgan qarindosh-urug‘larni milliy, diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, shafqatsiz jabzolandi. Bunday vaziyat xalqni ranjitdi, hafsalasini pir qildi, siyosiy loqaydlikni kuchaytirdi. Ko‘plab olimlar, yozuvchilar va boshqa ijodiy xodimlar mislsiz aziyat chekdilar. Ularning ko‘pchiligi mahalliychilikda, milliy cheklanganlikda, xurofot-bid’atga berilganlikda, sinfiy va partiyaviy tamoyillardan og‘ishlikda, o‘tmishni, xonlar va amirlar hayotini bo‘rttirib ko‘rsatishda ayblandilar. Respublika matbuoti xalq turmushiga doir masalalarni, noxush holatlarni, xalq dardi, orzu-armonlarini oshkoralik bilan yorita boshladi, xalqning o‘zligini anglashga ko‘maklashdi.
Siyosiy va mafkuraviy zug‘umlarga qaramasdan ijtimoiy ong o‘zgara boshladi. O`tmish va hozirgi zamon muammolari to‘g‘risida munozaralar, turli qarashlar, nuqtai nazarlar bildiriladigan bo‘lib bordi. Jamoatchilik paxta yakkahokimligini tugatish, O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish, ekologik holatni sog‘lomlashtirish kabi masalalarni ko‘tara boshladi. Norasmiy guruhlar va tashkilotlar paydo bo‘la boshladi. Bularning norasmiy deyilishiga sabab, hali mamlakatda tashkilotlarni ro‘yxatga olish va ularga qonuniy maqom berishga asos bo‘ladigan qonun, huquqiy hujjatlar yo‘q edi. Norasmiy harakat asta-sekin siyosiy tusga kira boshla di. 1989-yilda tashkil topgan “Birlik” xalq harakati respublikadagi dastlabki norasmiy harakat edi.
Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar.
“O‘zbekiston erkin yoshlar ittifoqi”, xotin-qizlarning “To‘maris” nomli tashkiloti, rusiyzabon ziyolilarning “Intersoyuz” deb atalgan harakati tuzildi. Bu harakatlar dastlabki paytlarda xalqning ma’naviy qadriyatlarini tiklash, Orol fojeasining oldini olish, O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usulidan voz kechish kabi dolzarb masalalarni ko‘tardilar, biroq, bu harakatlar g‘oyaviy, siyosiy, tashkiliy jihatdan yetarli darajada uyusha olmadi. “Birlik” xalq harakati rahbarlari mamlakat manfaatlari dan kelib chiqadigan dasturlar ishlab chiqish va aniq maqsadlarni amalga oshiriash yo‘lida siyosiy kurash olib borish.
“Paxta ishi”, “qo‘shib yozishlar” masalasi ham aslida 1983-yilda boshlangan. O‘zbekiston Kompartiya MQsining XVI Plenumi va unda Inomjon Usmonxo‘jayevning Markazdan O‘zbekistonga kadrlar bilan “yordam berish”ni so‘rab qilgan murojatidan so‘ng bu ish avj oldi. O‘zbekistonga yuzlab, minglab kadrlar yuborildi. Bular – Anishchev, Ogarok, Klepikov, Satin, Nesterenko, Buturlin, O.Gaydanov, E.Didarenko, Lyubimov, Kalinichenko, Korolyov, Maydanyuk, Mavrin, Litvinenko, Ivanov, Galkin, Kartashyan va boshqalardir. “Paxta ishi” bo‘yicha juda ko‘p guruhlar tashkil qilindi. Mahalliy xalqning “harakter va psixologiyasi”ni yaxshi bilgan amaldorlar bu guruhlarga tub yerlik prokuror va tergovchilarni bosh qilib, ularga “yaxshi konsultatsiya”lar berdilar va shu tariqa sopini o‘zidan chiqardilar. Yuqori saviyada “maslahat” olgan guruh a’zolari amaliy ishga tushib ketdilar. Ular 70-80-yillarda mamlakatda keng tus olgan qo‘shib yozishlar bo‘yicha jinoyatchilarni aniqlab berishlari kerak edi. Haqiqatan ham shu yillarda paxta, chorva va boshqa sohalar bo‘yicha qo‘shib yozishlar davlat rejalarini sun’iy ravishda bajarish usuli bo‘libgina qolmay, millionlab so‘m davlat mablag‘larini suiste’mol qilish va talon-taroj etishning "Science and Education" Scientific Journal October 2020 / Volume 1 Issue 7 www.openscience.uz 676 sinalgan usuli edi. Poraxo‘rlik avjiga mingandi. Bunday qo‘shib yozishlar, poraxo‘rliklarning asosiy ilhomchisi va tashkilotchisi Moskvaning o‘zi bo‘lib, respublika, viloyat, tuman rahbarlari, davlat xo‘jaligi direktorlari, jamoa xo‘jaligi raislari, paxta tayyorlash korxonalari va paxta tozalash zavodlari rahbarlari bu ish bilan bog‘liq edilar. Ular asosli ravishda jinoiy javobgarlikka tortildilar va sudlandilar. Shu bilan bir qatorda, qo‘shib yozishlarga bevosita aloqador bo‘lmagan, bu ishga ongsiz sur’atda yoki tasodifan o‘ralashib qolgan, rahbarlarning ta’siri va tazyiqi ko‘zbo‘yamachiliklarga noiloj qo‘shilib qolgan, undan shaxsan hech qanday moddiy manfaatdor bo‘lmagan yuzlab va minglab gunohsiz kishilar ham jabr ko‘rib, aziyat chekdilar. “O‘zbeklar ishi”, “Paxta ishi” bo‘yicha qancha odamning qamoqqa olinganligi to‘g‘risida turlicha ma’lumotlar bor. Ba’zi manbalarda 22 ming, boshqasida 30 ming, hatto 48 ming odam hibsga olinganligi ko‘rsatiladi. O‘zbekiston janubida shu jumladan, Qarshi cho‘li, Surxon - Sherobod cho‘llarini o‘zlashtirib, Respublikaning janubida joylashgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan XX asrning 80 - yillariga kelib, o‘rtacha 1 million tonna paxta yetishtirish vazifasini kun tartibiga qo‘ydi. Gektaridan olinishi lozim bo‘lgan hosildorlik yildan - yilga ortib borib, uni bajarishning iloji bo‘lmagandan keyin, qo‘shib yozish degan bir illat paydo bo‘ldi. Shu yo‘sinda O‘zbekistonda “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” degan uydurma vujudga keldi. Bu ishning yaqqol ko‘zga tashlangani 1981- yilga to‘g‘ri keladi. O‘zbek xalqining fidokorona mehnatiga qaramasdan, Markaz o‘ylab topgan «paxta ishi», «o‘zbeklar ishi» siyosatining asorati XX asrning 80-yillaridan boshlab Qashqadaryoda yaqqol ko‘zga tashlandi. Birgina 1981-83 yillarda Qashqadaryoda halol mehnat qilib obro‘ topgan mashhur kolxoz raislari, sovxoz direktorlaridan, viloyat rahbarlari 36 kishi ishdan bo‘shatilib, ma’muriy yo‘l bilan jazolandi . Ular orasida shahrisabzlik mashhur raislar A.Turopov, Qurbonov, sovxoz direktori N.Sharopov, Kasbi rayon xalq kontroli qo‘mitasinig raisi Ziyod Arabov, O‘zbekiston KP Bahoriston tuman qo‘mitasining ikkinchi kotibi R.Suyarov, Qarshi tuman paxta tozalash zavodi direktori Tohirovlar bor edi «Paxta ishi» bo‘yicha surishtirish ishlariga jalb etilgan «malakali» tergovchilar «talon-taroj» qilingan boyliklarni undirib olish bilan ovora bo‘lib ketib, qishloq–xo‘jalik va sanoatdagi qo‘shib yozishlarning tub mohiyatini tabiiyki, ochib bera olmaganlar. Mamlakatda yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy sohadagi inqiroziy holatlar, avvalo, sovet hukumatining ma’muriy-buyruqbozlik siyosati natijasi ekanligini tergov guruhi mutlaq anglab yetmas edi. Shahrisabz tuman partiya qo‘mitasining birinchi kotibi X.Xoliqov S.Jo‘rayev bilan birgalikda 4.651.000 ming so‘m pulni paxtaga qo‘shib yozish hisobiga pora sifatida olganliklarida ayblanganlar. Aslida, bu miqdordagi pulning 3.100.000 so‘mi Serpuxovo, Kutaisi, Boku, Orexovo-Zuevo va boshqa shaharlardagi to‘qimachilik korxonalariga qabul qilinmagan xomashyo uchun pora sifatida berilgan edi. "Science and Education" Scientific Journal October 2020 / Volume 1 Issue 7 www.openscience.uz 677 Xullas, “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” siyosati markazning SSSR inqirozi kuchayib ketib, tanazzul topishi muqarrar bo‘lgan davrdagi uydurmasi edi. Ushbu o‘zbek xalqiga qaratilgan nohaq siyosat va ayblovdan O‘zbekiston xalqi, jumladan, uning janubiy viloyatlari ahli juda og‘ir, tuzatib bo‘lmaydigan moddiy va ma’naviy zararga duchor bo‘ldilar. Nohaq ayblangan kishilarni oqlash, adolatni qaror toptirish uchun o‘zbek xalqiga mustaqillik zarur edi va mustaqillik tufayli nohaq ayblangan kishilarning yuzlari yorug‘bo‘lib, mustabid tuzum qamoqxonalariga bardosh berib, sog‘–omon qolganlari o‘z oilalariga qaytib kelishga muvaffaq bo‘ldilar. Azob-uqubatlarga chiday olmay olamdan o‘tganlari esa, qatag‘on qurbonlari singari oqlanib, ularning farzandlari oldidagi munosib nomlari tiklandi, insoniy qadriyatlari o‘rniga qo‘yildi. 1990-yil boshlarida “Birlik” harakati faollarining Muhammad Solih boshliq bir guruhi siyosiy partiya tuzishga kirishdilar. 1990-yil 30-aprelda “Erk” demokratik partiyasining ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoy “Erk”partiyasi tuzilganligi haqida qaror qabul qildi, partiyaning dasturi va nizomi qabul qilindi. Biroq “Erk” partiyasi rahbarlari jamiyatni yangilash uchun bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tish zaruriyatini, qanday islohotlar o‘tkazish kerakligini va uning mazmun-mohiyatini, odamlar ongi va psixologiyasini o‘zgartirish lozimligini, buning uchun mashaqqatli o‘tish davrini bosib o‘tish lozimligini anglab, tushunib yetolmadilar.
Iqtisodiyot tobora tanglik holatiga tushib bordi. 1985-yilda iqtisodiy rivojlanishning negizi sifatida qabul qilingan jadallashtirish konsepsiyasi asossiz ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. Respublikada sanoat korxonalarini, qurilish va transport sohalarini, ko‘pgina kolxoz va sovxozlarni xo‘jalik hisobiga yoki jamoa pudratiga o‘tkazish hech qanday samara bermadi. 1987-yilda iqtisodiy tuzilmalarni qayta qurish, xo‘jalikni boshqarish va xo‘jalik mexanizmini isloh qilish, ma’muriy rahbarlikdan iqtisodiy rahbarlikka o‘tish yuzasidan ko‘rilgan tadbirlar ham natija bermadi. Ma’muriy-buyruqbozlik usuli bilan ishlaydigan vazirliklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo‘qqa chiqarish, iqtisodiyot taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘lib qolaverdi. Respublikaning tog‘-kon, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo‘lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni avvalgidek Markaz belgilab berardi, aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. Maktab va maorif ishlarini isloh qilish va o‘rta maxsus ta’limni qayta qurish borasidagi sa’y-harakatlar ham behuda ketdi. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ham mutaxassislar tayyorlash sifati pasayib ketgan edi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muammolar toplanib bordi, ularni ma’muriy-buyruqbozlik usullari bilan hal qilishga urinishlar hech qanday natija bermadi. Xalq orasida pinhona o‘sib borayotgan ishonchsizlik, loqaydlik kayfiyatlari asta-sekin yuzaga chiqa boshladi. Ruxsat etilmagan mitinglar, namoyishlar o‘tkazish hollari, hatto noxush voqealar ham sodir bo‘la boshladi.
XX asrning 90 yillarida O'zbekiston ekologiyasining buzilishini quyidagi tabiiy holatlar belgilaydi:
1989 yil o’rtalariga kelib sobiq markazda nashir etilayotgan gazeta va jurnallarda kutilmaganda O’zbekiston haqida ketma ket tanqidiy maqolalar paydo bo’la boshladi. O’radan ko’p o’tmay tanqid shiddatli tus oldi. Biron soxa tanqiddan chetta qolmadi. Eng daxshatlisi bu tanqidlar tig’i millatning shani qadr qimmatini yerga urish obrosini to’kishga qaratilgan edi. Undan ham daxshatlisi juda puxta o’ylangan bu haddi harakatlar ortida o’ta yovuz maqsad yashiringan edi. Odamlar nimalar bo’layotganini anglay olmay sarosimaga tushib qolgan edi . kechagina emasmidi O’zbek xalqini mehnatkash, mehmondost va bag’ri keng deb ko’klarga ko’tarishgani, qora mehnatdan boshi chiqmagan tonna tonna paxta bexisob tillayu pilla kabi nodir xom ashiyolar yetkazib lekin biri ikki bo’lmay ammalab ro’zg’or tebratib kelayotgan xalq qanday qilib birdan yoppasiga jinoyatchiga aylanib qoldi. Yetim-yesirlani bir burda nonini boshqalar bilan baham ko’rishni uysiz odamlarga o’z uyining to’rini bo’shatib berishni insoniy qadritay deb bilgan bunday savobli amallar qon qongiga sindib ketgan xalq qachon ko’z bo’yamachiga firibgarga aylanib qoldi. Asosiz tan’a dashtnom va bo’xtonlardan bag’ri ezilgan jabridiyda insonlar millionlarni o’g’irlaganga o’xshaydimi ular. To’g’ri har bir elning ichida yaxshi yomoni bo’ladi amma sobiq sho’ro hukumati uning makkor amaldorlari ayrim shaxslarniemas balki butun o’zbeklarni O’zbekistonni yomon otliqqa chiqarishga harakat qiladi. Buning sababi nima edi. Bundan ko’zlangan maqsad edi. 1984-yilning 23-iyunida O’zbekiston kompartiyasi markaziy qo’mitasi mashxum 16-pleniumi bo’lib o’tti. Pleniumda qilinadigan maruza so’zga chiquvchi notiqlar nutqlari sobiq KBSS markaziy qo’mitasi kotibi Lgachov boshchiligida uning hodimlari tomonidan tayyorlangan edi. Kadrlar bilan ishlashni yaxshilash degan so’zlar bilan niqoblangan aslida sobiq markaz o’z qora niyatini asmalaga oshirishi mo’ljallangan bu maruzani O’zbekiston rahbari Usmonxo’jayevga o’qitishdi. Maruzada O’zbekistonga qora bo’yoq chaplab tashlandi. Go’yoki hamma narsa izidan chiqqan botqoqqa botgan mahaliy rahbarlarga ishonib bo’lmaydi demak zudlik bilan tozalash choralarini ko’rmoq yordam uchun markazdan kadr so’ramoq zarur. Bu plenium ommaviy qatag’on o’tkazishga berilgan fatvo edi. Qatag’onni avvaliga Paxta ishi deb niqobashdi go’yo Paxta topshirish bo’yicha planlar qalbaki topwirilgan ko’p miqdorda paxta qo’shib yozilgan va shu yo’l bilan davlatning millionlab rublli o’zlashtirilgan. Qaydnoma ham unga beriladigan jazo ham juda og’ir edi. Aslida nima bo’lgani sir emas. Sobiq sho’ro zamonida qo’shib yozishlar hamma joyda hamma soxada bor edi. Bu ellatning kelib chiqishiga jumladan paxtachilikdagi salbiy holatlarga ham oddiy mehnatkash odamlar emas balki o’sha tuzumning raxbarlari , o’sha tuzumda yuzaga kelgan muhit aybdor edi. Qamoqxonalarda azob tortib yotayotgan minglab begunoh hamyurtlarimiz esa adolatni ozodlikni yatargandan iltijo qilib so’rashardi haloskorini kutishardi. Sobiq sho’ra tuzumi davrida necha kishi otib tashlangani, osilgani yoki qamoqxonalarda hayotdan ko’z yumganini aniq aytishi qiyin. Kim birinchi bo’lib qatil etilgani ham nomalum. Ammo Qizil imperiya sudi qarori bilan otilgan so’ngi odam O’zbekiston fuqarosi Vaxobjon Usmonov bo’ldi. "SSSRda paxta "oq oltin" deb atalgan. Moskva paxta yetishtiruvchi respublikalardan uni juda past narxlarda sotib olgan va jahon narxlarida eksport qilgan. Olingan valyuta mablag‘lari, xuddi neft dollarlari va tabiiy resurslardan boshqa daromadlar kabi, qurollanish poygasiga sarflangan. Qiyin iqtisodiy vaziyat tufayli Kreml paxta yetishtirishni doimiy ravishda oshirish haqida talab qo‘ygan. Belgilangan majburiyatlarni bajarish imkonsizligi qo‘shib yozishga sabab bo‘ldi. SSSRda qo‘shib yozish amaliyoti keng tarqalgan bo‘lib, deyarli barcha hududlarda kuzatilgan. KGB ham bu narsani yaxshi bilgan, biroq, korrupsiyaga qarshi kurash, deb atalgan kampaniya hammani ham qamrab olmadi. Biz tushunamiz — qo‘shib yozish, hiyla-nayranglar, poralar. Lekin savol tug‘iladi: O‘zbekiston korrupsiyaga eng botgan respublika edimi yoki yo‘q. Hozir istalgan odam shunday deydi: yo‘q, albatta. Boltiqbo‘yi va ikkita Kavkazorti respublikalarida (ularning nomlarini aynan aytmayman) korrupsiyaning ta’siri juda katta edi. Lekin nima uchun ularga hech kim tegmagan? Keyinchalik bu respublikalarning rahbarlari qayta qurishda katta rol o‘ynadi. Nima uchun prokuratura brigadasini korrupsiyaga butunlay botib ketgan Stavropol o‘lkasiga tashlashmadi? Korrupsiyaga qarshi kampaniya bahonasi bilan O‘zbekistonga berilgan zarba tashabbusi SSSR Bosh kotibi Yuliy Andropovdan chiqqan, u o‘z dunyoqarashi bo‘yicha g‘arbga yaqin va bozor munosabatlari pozisiyasiga ega bo‘lgan. "Paxta ishi"ni boshlagan Gdlyan va Ivanovni hamma biladi. O‘zbekiston KGB raisi Levon Melkumovni deyarli hech kim bilmaydi. Bularning barini Andropov, Melkumov, Gdlyan, Ivanovlar qilishdi. U yerda boshiga ikki marta o‘q uzib, o‘z joniga qasd qilganlar bo‘lgan. Va bu korrupsiyaga qarshi kurashish deb atalgan. Sovet nomenklaturasining ustunlaridan biri — urush faxriysi, harbiy nishonlar kavaleri Sharof Rashidovni qulatishga sabab bo‘lgan "o‘zbek ishi" respublikalarda juda salbiy qabul qilingan. Boshqa rahbarlar markazga ishonchini yo‘qotib, sovet davlatining siyosiy asoslarini zaiflashtirdilar. Rashidov sovet qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishiga qarshi chiqqani va islom olami bilan munosabatlarni mustahkamlashni xohlagani paxta ishining yashirin sababiga aylangan. Rashidov har doim Afg‘onistonga qo‘shinlar kiritilishi xato bo‘lganini ko‘rsatib kelgan va urushni tugatishni talab qilgan. U musulmon respublika yetakchisi sifatida bundan manfaatdor bo‘lgani aniq. Bu mamlakatimizning musulmon dunyosi bilan munosabatlariga juda kuchli geosiyosiy zarba bo‘ldi. Bu nafaqat Rashidovning shaxsiga, balki sovet ittifoqidagi asosiy islom omili sanalgan butun O‘zbekistonga qarshi kampaniya bo‘lgan. Toshkent o‘zining mashhur kinofestivali bilan Osiyo poytaxti edi. Endilikda Osiyo poytaxti Shanxay, o‘sha vaqtalarda Toshkent edi. Faqat Osiyo emas, balki arab davlatlarining ham. U yerga kelishgan, bu shahar mamlakatning oziq-ovqat eshigi edi. Va aynan shu respublikaga shunday zarba berildi."

Yüklə 302,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə