1-Mavzu: Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti


Mehnat psixologiyasining vazifalari



Yüklə 331,92 Kb.
səhifə4/20
tarix17.06.2023
ölçüsü331,92 Kb.
#117672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Mehnat va muhandislik psixologiyasi

Mehnat psixologiyasining vazifalari.
Psixologiyaning oldida turgan asosiy vazifalardan biri - bu insonning mehnatparvarlashtirilishi va uning ishlab chiqarishdagi o’sishi. Mehnatning insonparvarlashtirishi biz mehnatning juda toliqtiradigan darajada bo’lmasligi, maxsus kasallardan ehtiyot bo’lish, ishlab chiqarishda jarohatlanishdan ehtiyot bo’lish, mehnatkashlarning ishlashga qulay sharoitni tayyorlash. Bu masalalarni hal etishda har xil yig’inlarni tashqil etish. Masalan: eski stanokni almashtirib, yangisi bilan ishlaganda (ya’ni aytishimiz mumkinki, takomillashtirilgan) mehnat ish koeffisiyentining oshishiga, ishchining sog’ligiga ham yaxshi. Bu yig’inishlarning hammasi mehnat psixologiyasining o’sishiga olib keladi va uning oldida turgan bir qancha muammolarni hal etishda yordam beradi. Bundan oldingi mavzuda ko’rib o’tilgan mehnat psixologiyasining predmeti va asosiy muammolari hozirgi paytda uning oldida turgan vazifalarni belgilab beradi. Agar uning eng dolzarb muammosi kasbni mustahkamlash psixikasiga talabi va shaxsning psixologik imkoniyati o’rtasidagi ziddiyatni yo’qotish bo’lsa, mutlaqo ravshanki, bu talabni u yoki bu kasbdan mehnat jarayonini psixologik tahlil qilish kerak, so’ngra esa mazkur kasbda ishlamoqchi bo’lgan yoki ishlayotgan kishining psixologik xususiyati ishlab chiqish talabiga nimasi bilan mos kelishi yoki nimasi bilan mos kelmasligini o’rganish lozim.
Bundan kelib chiqadiki, mehnat psixologiyasining birinchi navbatdagi vazifasi - kasb tanlashga yo’naltirish, konsultasiya berish, kasbga layoqatli yoshlarni tanlash hamda ularning hunar-texnika bilim yurtlari o’quvchilarida kasbiy qobiliyat va qiziqishni shakllantirishni psixologik o’rganish va tavsiflashdir. Bu vazifa mehnat psixologiyasi bo’limlaridan biri bo’lgan psixologik professiografik tomonidan hal qilinib, muammoni ishlab chiqishda psixologlar, muallimlar ishtirok etadilar. Ikkinchi vazifa - u yoki bu kasbda ishlashni mo’ljallayotgan yoki ishlayotgan lekin hali uni, to’la egallagan kishilardan yoki yuqori darajadagi kasbiy qobiliyatining mohiyatini tushunish maqsadida ular qobiliyatini o’rganishdir.
Kasbni egallamagan kishilar ular qobiliyatini ishlab chiqarish talablariga mos kelishini aniqlash ham faoliyatning mazkur turi uchun yetarli darajada rivojlanmagan qobiliyatlarini rivojlantirishga doir choralarni izlash yoxud uni qobiliyatiga mosroq boshqa kasbga ko’chirish uchun o’rganiladi. Bu ikkinchi vazifa pedagogik-psixologik va ishlab chiqarish xarakteristikasi, zarur bo’lgan taqdirda esa mutaxassis psixologlar va vrachlar kuzatuvi asosida ham mehnat ekspertizasi (xususan, kasbiy konsultasiya) yordamida hal qilinadi.
Kishilarning mehnatga layoqati, shuningdek, mehnat rejimi ishning sur’ati va maromi, mehnat va dam olishning almashinib turishi, jismoniy, aqliy va asab holatlariga bog’liq. Shuning uchun ham mehnat psixologiyasi vazifasi mehnat layoqatini saqlash va mehnat unumdorligini oshirish maqsadida charchash va talqin oldini olish chorralarini izlashdan iborat. Bu vazifa psixologlar va vrachlar tomonidangina emas, balki ishlab chiqarish tashqilotchilari, shuningdek, hunar o’quv yurtlarining rahbarlari va pedagoglar bilan ham birgalikda hal qilinadi. Hozirgi sharoitda mehnat unumdorligi asosan ishlab chiqarishning texnik vositalariga, uning quvvati, tez harakat qilishi, ishonchliligiga, xavfsizligiga, ularni boshqarishning qulayligiga bog’liq.
Ishlab chiqishning hozirgi texnik vositalari juda murakkab va u yanada murakkablashib boradi. Shuning uchun uni boshqarayotgan operator texnikani egallash tobora qiyinlashadi. Shu sababli ham ishlab chiqarish texnika vositalarini operatorning umumiy psixik xususiyatiga moslashtirish zaruriyati vujudga keladi. Ana shu jihatning texnik vositalarini insoniylashtirishdan iborat bo’lib, bu vazifa mehnat psixologiyasining yaqinda vujudga kelgan, biroq tez rivojlanayotgan bo’lishi muhandislik psixologiyasi tomonidan hal qilinadi. Muhandislik psixologiyasi o’zining spesifik vazifasini muhandis konstruktorlar va ishlab chiqarish xodimlari, psixologlar kuchi bilan hal qilinadi. Albatta, bular moddiy ishlab chiqarish va xizmat kursatish sohasidan barcha kasblarga tegishli bo’lgan umumiy vazifalaridir. Ayrim kasblarga tadbiq qilinganda unga kasbning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olinadi, konkret hal qilinadi.
Kasblar ko’p va turli-tuman bo’lgani hamda ular abadiy bo’lmay, ba’zilari yo’qolib, boshqalarni mutlaqo boshqacha xarakter kasb etib to’rgani uchun mehnat psixologiyasining umumiy va xususiy vazifalarni hal qilish qiyinlashadi. Faqat birgina psixologiyaning o’zi o’z vaqtida hal qilinishi mumkin emas. Shuning uchun ham mehnat psixologiyasining eng muhim vazifalaridan yana biri mehnat psixologiyasida, to’plangan bilimlarni muhandis-texniklar va muhandis pedagog xodimlar, murabbiylar, ishlab chiqarish masterlari, shuningdek, texnika predmetlari o’qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi masterlari o’rtasida yoyishdan iborat bo’lib qoldi. Ular o’z kasblari mohiyatini tushunib, mehnat psixologiyasi bilimlari bilan qurollanib, bu umumiy vazifalarni o’z kasbi va ixtisoslarga tadbiqan konkretlashtirib, o’zlarining pedagogik ishlarida amalga oshirmoqlari lozim.
Mehnat psixologiyasi umumiy vazifalarning o’zlashtirilishini tekshirish:
1) Mehnat psixologiyasining umumiy vazifalarini nimalar oldindan belgilaydi?
2) Nima uchun kasbni psixologik o’rganish mehnat psixologiyasining birinchi vazifasi bo’lib qoldi?
3) Nima uchun kasb-hunar bilim yurtlarining barcha o’qituvchilarining kasbiy qobiliyati shakllanishining psixik qonuniyatlarini o’rganishlari zarur?
4) O’quvchilarning xato harakatlarini o’rganish nima uchun zarur?
5) Mehnat psixologiyasining qaysi vazifalarini hal qilishda muhandis-pedagoglar bevosita ishtirok etishi zarur?
6) Mehnat psixologiyasi sohalarini sanab bering.
7) Mehnatni tashqil qilish psixologiyasi deganda nimani tushunasiz?

Yüklə 331,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə