Mavzu: Zardushtiylik negizida vujudga kelgan Markaziy Osiyo tamadduni Tekshirdi: D. O’rinboyev Bajardi: J. Zaylidinov reja



Yüklə 133,81 Kb.
səhifə1/13
tarix22.03.2024
ölçüsü133,81 Kb.
#180092
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ZAYLIDDINOV JAMSHEDJON FURQATZODA




Mavzu: Zardushtiylik negizida vujudga kelgan Markaziy Osiyo tamadduni


Tekshirdi: D.O’rinboyev
Bajardi: J.Zaylidinov
REJA:
I.Kirish………………………………………………………………………. 3-bet
II.Asosiy qism.
1. Zardushtiylikning paydo bo’lishi………………………………………….. 5-bet
2. Zardushtiylik negizida vujudga kelgan Markaziy Osiyo tamadduni……. 25-bet
3. Zardushtiylik diniy iyerarxiyasi…………………………………………...33-bet
III. Xulosa ………………………………………………………………….. 44-bet
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………… 45-bet


KIRISH

Tarixdan ma’lumki dunyoda juda ko’plab dinlar mavjud bo’lgan. Ularning ba‟zilari esa hozirga qadar saqlanib qolgan. Bu mavzuda gap boshlar ekanmiz avvalo “Din bizga nimaga kerak?”- degan savol paydo bo’ladi. Gap shundaki nafaqat tarixda, balki bugungi kunda ham ijtimoiy hayotni diniy e’tiqodsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Negaki din bo’lmasa insoniyat ham bo’lmaydi. Din bu jamiyatni bir maromda ushlab turuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Chunki din bo’lmasa jamiyatda har xil buzg„unchilik, talonchilik, jinoyat, faqat bugungi kun bilan yashash kabi bir qancha salbiy g’oyalar jamiyatning har bir jabhasiga o’zining ulkan ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi. Ayni paytda din tarixning har bir bosqichida xalqlarning ijtimoiy iqtisodiy rivojiga ulkan hissa qoʻshib kelgan.


Dunyo tarixini o’rganar ekanmiz, har bir davr aholisining diniy qarashlarini o’rganish orqaligina o’rganilayotgan mavzu bo’yicha to’liq xulosa chiqarish mumkin bo’ladi. Chunki aynan din odamlar turmush sharoitida asosiy ta’sir o’tkazuvchi omil sanalib, diniy qoidalar axloqiy qoidalar sifatida qabul qilinadi va ijro etilishi majburiy sanaladi. Dinlarning paydo bo’lish tarixi olis mingyilliklarga borib taqaladi. Aynan, Zardushtiylik dini ham o’sha olis mingyilliklarga tutash qadimgi Markaziy Osiyo dinlaridan sanaladi. Zardushtiylik o’sha davr uchun o’ziga xos g’oyalar, buyruq va amrlarni ishlab chiqa olgan.
Tenglik. Ushbu din doirasida barcha insonlar teng deb hisoblanadi, shuning uchun hech kim irqi, jinsi yoki diniga qarab kamsitilmaydi.
Hayotga hurmat. Zardushtiylar barcha tirik mavjudotlarni hurmat qilish kerakligini tasdiqlaydilar, shuning uchun ular zulm va shafqatsizlikdan nafratlanishadi. Xuddi shunday, ular hayvonlar qurbonligiga rozi bo’lmaydilar.
Ekologiya. Zardushtiylik amaliyotidoirasida tabiat asosiy rol o’ynaydi. Darhaqiqat, ushbu dinning ko’plab bayramlari ochiq havoda nishonlanadi. Bu yangi yilda va suv bayramida, bahor bayramining birinchi kuni, olov bayrami va kuz bayramida, har doim fasllar va iqlim o’zgarishi bilan bog’liq voqealar paytida yuz beradi.
Zardushtiylar mehnatsevarlikka murojaat qilishadi, chunki bu ko’plab mukofotlar keltiradi va bekorchilikdan qochadi. Ular, shuningdek, halol xayriya va oila, vatanparvarlik va jamiyat kabi boshqa qadriyatlarni qo’llab-quvvatlaydilar.
Axloqiy tanlov zardushtiylikda katta ahamiyatga ega, chunki inson hayoti yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi uzluksiz kurash deb ta’riflangan. Oldindan yozilgan taqdirga kelsak, bu qat’iyan rad etiladi, chunki odamlar erkin va o’z hayotlari uchun mas’uldirlar, shuning uchun har qanday vaziyatni o’zgartirmoqchi bo’lsalar, harakat qilishlari kerak. Binobarin, baxt yoki jazo butunlay shaxsga bog’liq deb qaralgan.


  1. Yüklə 133,81 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə