Mavzu: Zardushtiylik negizida vujudga kelgan Markaziy Osiyo tamadduni Tekshirdi: D. O’rinboyev Bajardi: J. Zaylidinov reja



Yüklə 133,81 Kb.
səhifə3/13
tarix22.03.2024
ölçüsü133,81 Kb.
#180092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
ZAYLIDDINOV JAMSHEDJON FURQATZODA

_______________________
M.Is’hoqov. “Avesto, uning insoniyat taraqqiyotidagi o’rni” konferensiyasidagi tezislar to’plamidan. O’zR FA. 2001-yil.

Zardushtiylik ta’limoti. Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo’lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «eski dini»ga) nisbatan monoteitsik ta’limotdir. U behuda qon to’kuvchi qurbonliklar, harbiy to’qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o’troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanishga da’vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo’riq er ochib, uni bog’u rog’ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog’lar, ekinzorlarni, sug’orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o’rgatmoqchi bo’ladi. Bunga ko’ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri ham bo’lajak, har bir inson o’lgandan so’ng o’zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari ko’p bo’lsa na xursandlik va na xafalik ko’rmaydigan arosat joy – misvongatuga tushadi.
Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va o’lim o’rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so’zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig’inishi shart. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi.
Ularda dunyodagi to’rt unsur – suv, olov, er va havo ulug’lanadi. Zardushtiylik dafn marosimi o’ziga xos bo’lib, o’lganlar bir necha pats, baland «sukut minoralari» – daxmalarga solinadi, u erda murdalarning go’shtlarini qushlar eb, suyaklarini tozalaydi. Go’shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol idishlarga solinib minora o’rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda poklik bilan nopoklikning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi.


Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri hisoblanib, mil. av. XII-XI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari unga e’tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uning muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan og’zaki rivoyatdan yig’ilib, birinchi marta kitob shakliga keltirilgan. Ayrim qismlariga, ayniqsa «Videvdat» bo’limiga o’zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan. VII asrda O’rta Osiyoga islom dini kirib kelib, keng tarqalguniga qadar zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan, arxeologik tadqiqotlar isbotlaydi. Hozirgi kunda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi diniy jamoalar mavjud. Ular Hinditsonning Mumbay (Bombey, G’ujarot shtatlarida; 115 ming kishiga yaqin), Pokitson, Shri Lanka, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh, Avsraliya va Eronning (Tehronda 19 ming kishidan ortiq) ba’zi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan.


Eron Islom Respublikasida zardushtiylik diniga e’tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan. Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi insitut faoliyat olib boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida dunyo zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960 yilda zardushtiylarning I umumjahon kongressi Tehronda o’tkazildi. Keyingi kongresslar Bombeyda o’tkazildi.
Zardushtiylik o'zining qadimiyligi tufayli Eron tarixi, madaniyati va san'atiga, shuningdek, Ibrohim dinlarining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatgan. Olimlarning fikricha, zardushtiylik farishtalarga ishongan birinchi din, hukm kuni, shayton qiyofasi va koinotda yorug'lik va zulmat kuchlari o'rtasida davom etayotgan jang edi. Bu g'oyalar keyinchalik yahudiylikning (va, umuman, nasroniylik va islom) diniy rivojlanishiga ta'sir ko'rsatdi.
Ibrohim an'analarining nurdan yaxshilik ramzi sifatida foydalanish tendentsiyasi qisman olov va poklikka ehtirom bilan bog'liq zardushtiylik marosimlaridan kelib chiqishi mumkin. Xuddi shunday, halo tushunchasi hanuzgacha azizlar va san'atdagi muqaddas shaxslar bilan bog'liq bo'lib, birinchi bo'lib zardushtiylik dinida paydo bo'lgan. Biroq, zardushtiylar G'arb dunyosida eng aniq tanilgan sehrgarlardir, ularning chaqaloq Isoga tashrifi Xristian Yangi Ahdida tasvirlangan.
Bir paytlar zardushtiylik dunyodagi eng qudratli din edi; bugungi kunda u qisman izdoshlari sonining qisqarishi evaziga nikoh tuzish talabiga binoan qisman qisqargan. Zardushtiylar aholisi Hindiston, Eron va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlarida yashaydi.



Yüklə 133,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə