1-Mavzu: Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti


Mehnat jarayonlarini modellash metodi



Yüklə 331,92 Kb.
səhifə7/20
tarix17.06.2023
ölçüsü331,92 Kb.
#117672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Mehnat va muhandislik psixologiyasi

Mehnat jarayonlarini modellash metodi.
Ayrim mehnat jarayonlaridan g’oyat murakkabligi va yuqori darajada jinsliligi ularni ko’rib o’tilgan metodlar va texnik vositalar bilan zarur aniqlikda o’rganish imkonini bermaydi. Bunday jarayonlar modellashtiriladi, ya’ni soddalashtiriladi. O’rganilayotgan mehnat jarayoni yig’indisidan ishning muvaffaqiyatini belgilaydigan eng muhim jarayon ajratiladi, modellashtiriladi, ba’zan esa sun’iy sharoit vujudga keltiriladi va ana shu modellashtirilgan sharoitda murakkab mehnat jarayoni o’rganiladi. Odatda buning uchun agregatlar yoki texnologik qurilmaning soddalashtirilgan maketidan iborat trenajyordan foydalaniladi.
Tarjimai hol metodi
Ishlab chiqarish ixtirochilar, mashhur ustalarning sifatlari shakllanishi o’rganilganda ko’proq qo’llaniladi. Bunda kishining hayotiy yo’li og’zaki so’rash, xujjatlar va boshqa ma’lumotlar orqali o’rganilayotgan kasbiy faoliyati va maxsus bilim olish malaka va ko’nikmani tarkib toptirish mahorat, professional qobiliyat hamda turli sifatlar orttirish ta’siri nuqta nazaridan o’rganadi. Biroq tarjimai holni hamda u bilan bog’liq bo’lgan savollarni o’rganishda tarjimai holning adabiy ishlanmasidan emas, balki bevosita asosiy manbadan foydalaniladi.
Mehnat psixologiyasi uchun fakat ishlab chiqarish ilg’orlarinigina emas, balki mazkur kasb talablariga javob berolmagan, boshqa ishga o’tib ketgan, o’z orzusiga kechikib erishgan shaxslar tarjimai holining tahlili xam qiziqarlidir. Bu ayniqsa kasbga yo’naltirish, kasb bo’yicha konsultasiya berish va kasb talabiga binoan saralash muammolarini xal qilish uchun ham muhim.
Anketa metodi - anketalar yuborilish yoki tarqatish yo’li bilan ommaviy so’rashdan iborat. Bu metod o’ziga xos qisqacha suhbatdir. Anketa yordamida olingan materiallar sayozligi, ba’zan esa ayrim javoblardan ishonchsizligi bilan yutqazadi, ammo ommaviyligi bilan yutadi. Anketa metodining muvaffaqiyati ko’p jihatdan savollarning qanchalik puxtaligiga bog’liq. Misol: anketadagi yo’naltiruvchi savollar ko’pincha javob xarakterini oldindan belgilab, ularni ishonchsiz qilib qo’yadi. Savollar aniq va tushunarli bo’lishi lozim. Psixologik xulosalarni anketa savollarga berilgan javoblar asosida so’ragan kishining o’zi chiqarishi lozim. Misol: hunar texnika bilimi yurti undan - "Sizning ko’rib tasavvur qilish tezligingiz yaxshimi" deb so’rashni, balki "Siz kino ekspertizasidagi so’rovni o’qishga uringanmisiz?" deb so’rab aniqlash lozim. Albatta, bunda so’ralayotgan kishining savodliligiga amin bo’lishi kerak. Anketalarning "ha" yoki "yo’q yoqadi", "farqsiz", "yoqmaydi" kabi javob anketada belgilangan shartli belgilar bilan ifodalanadi, bu esa javoblarni statistik ishlar yordamida ularning xulosalar chiqarishni osonlashtiradi.
Xronometrik metodi - bu ish u yoki bu sutka (ish kunidan xronometraj) ni ulchashdan iborat. O’rganilayotgan mehnat faoliyatiga kiritilgan turli xil sensomotor va sensonutq reaksiyalaridan yashirin davrni o’lchash ham mumkin bo’lgan, buning uchun qayd etishning xronosiplografiya, kimograflar, asiplograflar hamda tegishli axborot kursatgichlaridan foydalanadi. Mehnat psixologiyasi maqsadlari uchun texnik parmalash amaliyotining olinayotgan xronometrajdan foydalanish mumkin. Mehnat jarayonidagi fiziologik faoliyatlarni qayd etish bevosita kuzatish mumkin bo’lmagan hodisalar, xususan emosional holatlarni qilish imkonini beradi. Mehnat psixologiyasi uchun muhim bo’lgan fiziologik psixologiyani bunday o’lchashda allaqachon stanok laboratoriyalarda foydalanayotgan elektrokardiografiya hamda puls chastotalari, qon bosimi, nafas olishning chastotasi va chuqurligi, boshqarish richaglaridan qisish darajasini o’lchash kiradi.

Yüklə 331,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə