1-Mavzu: Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti


Mehnat psixologiyasi ba’zi metodlarining mohiyati



Yüklə 331,92 Kb.
səhifə6/20
tarix17.06.2023
ölçüsü331,92 Kb.
#117672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Mehnat va muhandislik psixologiyasi

Mehnat psixologiyasi ba’zi metodlarining mohiyati
Quyida hunar-texnika bilim yurti o’qituvchilari va muhandis pedagoglar hamda ishlab chiqarishdagi murabbiylar tomonidan qo’llanishi mumkin bo’lgan ayrim asosiy metodlarning mohiyati yoritiladi.
Mehnat metodi. Qandaydir kasb va ixtisoslikning psixologik mohiyatini o’rganish uchun tekshiruvchining o’zi xam bu faoliyatiga kirishib uni o’zlashtiradi. Bunda u o’zining ishlab chiqarishdagi faoliyatini har kuni tegishlicha qayd etib o’z ishini tahlil qiladi. Mehnat metodi umumiy fan pedagoglari va muhandis pedagoglarga o’rganilayotgan mehnat faoliyatini shaxsan ko’rib bilish hamda shaxsiy tajribaga ega bo’lish uchun ayniqsa zarur. Ishtirokli kuzatish - agar oldingi metod faoliyatni o’rganishga mo’ljallangan bo’lsa, bu endi shuni ijro etuvchi shaxsni o’rganishga mo’ljallanadi. Uni g’oyat mahorat bilan qo’llaganda, kishi o’zi o’rganish obyekti bo’lib, xizmat qilayotganini sezmaydi, binobarin u o’rganayotgan kishiga mehnat jamoasining bir a’zosi deb qaraydi. Bu ularning tabiiy bo’lishiga hamda ko’proq obyektiv ma’lumot to’plashga imkon beradi.
Mehnat operasiyalarini obyektiv qayd etish. Butun mehnat faoliyati psixik xolatlar aloxida harakatlar yig’indisidan hosil bo’ladi. Tekshirishning zamonaviy texnik vositalari barcha mehnat jarayonlarini tekshiruvchining shaxsiy kuzatuvlari bilangina emas, balki o’rganilayotgan hodisalarni obyektiv qayd etib borish bilan o’rganish imkoniyatini beradi. Ishchi holatini yoki yuz tasvirini suratga olish qayd etishning ana shunday namunasidir, kamera bilan sezdirmay suratga olgan ma’qul. Mazkur yoki boshqa obyektni, masalan, ishga kuzatayotgan kontrol asboblardan kursatganlarini, mimika-pantomimikani, kinoga olish psixologik hodisani qayd etish eng yaxshi metodik mulohazadir. Kinoga olish odatdagicha, tez, tezlatish va aksincha sekin, impulsli bo’lishi mumkin, bu mehnat operasiyasini batafsil tahlil qilish va mehnat jarayonida qonuniyatlarini aniqlash imkonini beradi. Oddiy kolyugraf yoki nozik sosiolografda pnevmatik yoki axborotlar elektr datchiklar yordamida stanok uzellaridan ayrim harakatlarini, ishchilar harakatini va reaksiyasini qayd etish mumkin. Magnitofon yozuvi, nutq, mashinalarning soz va nosozligidan shovqinni, tovushlar signali, rasiyasi va boshqalarni obyektiv qayd etish imkonini beradi. Ilg’or hunar-texnika bilim yurtida paydo bo’la boshlagan stanok laboratoriyada bunday obyektiv qayd etishlar mehnat jarayonlarini samaraliroq o’rgatish uchun xilma-xil mehnat operasiyalarini o’rgatish imkonini beradi.
Faoliyat mavsumlarining tahlili. Usta, kopdosligi mahsulidan yaratgan buyumlar ma’lum tayyorlangan mahsulot uning qo’polligini ham, ishga sovuqqonlik bilan qora ishni xam, ehtiyotsizligi ishidagi xato va nosozlikni xam kursatadi. Tayyorlangan buyumga qarab kishining qobiliyatini ammo funksiyasizligi va mazkur ishga mutlaqo layoqatsizligini bilish mumkin. Agar buyumlarning soni va sifatini ish kunining ayrim qismlariga ko’ra tahlil qilinsa, ishga kirishishning cho’zilib ketganini, eng serunum davrni va yaxshi mehnat rejimi haqida xulosaga kelishi mumkin. Moloks darajasini xisobga olgan xolda vaqt birligida tayyorlangan buyumlar miqdori shoshilganlik yoki sustlik, diqqatning barkarorligi, malakaning mustaxkamligi,chandoli uzilish va boshqa xolatlarni kursatadi.
Xato harakatlar tahlili. Xato harakatlar tahlilining samaradorligi "Buzilmaydigan qonuniyat ko’rinmasligi mumkin, ammo qonunning buzilishi uchun namoyon bo’lishiga yordam beradi"- deb ta’riflagan qonun bilan belgilanadi. Misol: normal holda ko’rinmaydigan narsa potologiyada yaxshiroq namoyon bo’ladi. Xato harakatlar - bu o’ziga xos faoliyat patologiyasidir. Mehnatdagi xatolar ularning xarakteri barqarorligi va takrorlanishi uddalay olmaydigan harakatlarni bajarish qobiliyatining bor-yo’qligini, bu harakatlarni to’g’ri bajarish qobiliyatining yo’qligini, e’tibor bo’lmaslikni, sovuqqonlik yoki extiyotsizlikni, o’z-o’zini bo’sh nazorat qilganligini tez toliqish ruhsizlik yoki holjonlik psixologik holat va hokazolarni kursatdi.
O’quvchilar xatolarining tekshirilishini hisobga olish malaka, ko’nikma va maxoratning shakllanishi jarayonini, bu asosda esa mashqlar samaradorligini baxolash imkonini beradi. Xato harakatlarning sabalarini aniqlash va bartaraf etish hunar texnika ta’limi metodikasini, mehnat sharoiti va rejimini takomillashtirish, shu bilan birga, mehnat faoliyatining unumdorligi va sifatini oshirish imkonini yaratadi. Bu metod ana shuning uchun xam zarurki, mustahkam malakaga ega bo’lgan tajribali ishchi faoliyat jarayonida normal ish sharoitida bu avtomatlashtirilgan harakat qanday amalga oshirilayotgan harakat sezmaydi, shuning uchun xam ularni tahlil qilish tushuntirish mumkin emas, chetdan kuzatayotgan kishi esa o’rganilayotgan harakatning psixologik strukturasini topish imkoniyatiga hamisha ham ega bo’lavermaydi. Malakalar avtomat harakatini buzish, ishlayotgan va ular harakatini kuzatayotgan kishiga sezilmagan narsalarni ochadi.

Yüklə 331,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə