Yanada islox qilishning ustuvor



Yüklə 21,77 Kb.
tarix30.05.2022
ölçüsü21,77 Kb.
#88347
QONUN USTUVORLIGIII TA


QONUN USTUVORLIGIII TA’MINLASH VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOX QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish jarayonida sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda odil sudlovga erishish orqali sudning nufuzini oshirish va xalqning sudga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash sud – huquq tizimini isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev 2018 yil 28 dekabr kuni Parlamentga qilgan Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, “...yurtimizda so‘nggi yillarda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu o‘zgarishlar inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash va odil sudlovga erishish, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan”. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr – qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi mustahkamlanib qo‘yilgan (13-modda). Ijtimoiy qadriyatlarning davlat foydasini emas, balki inson foydasini ko‘zlab o‘zgartirilishi jamiyat tomonidan to‘la qo‘llab – quvvatlanadi. Zero, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi tamoyilining Konstitutsiyamizda belgilanganligi (11-modda) mustaqilligimizning eng muhim yutuqlaridan biri hisoblanadi. Ta’kidlash kerakki, faqat shunday umum e’tirof etilgan, jahon tajribasida sinovdan o‘tgan demokratik yo‘l bilangina odil sudlov lozim darajada amalga oshirilishi, Konstitutsiyaga va inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarga so‘zsiz rioya etilishi, ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlash, qonuniylik va huquqiy tartibotning mustahkamlanishiga erishish mumkin.
Sud hokimiyatining tashkil etilishi va amal qilishi asoslarini belgilovchi qonunlarning qabul qilinishi so‘zsiz jamiyatni demokratlashtirish borasidagi jiddiy yutuqlar sirasiga kiradi. Ular jumlasiga O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunlari, Fuqarolik, Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual, Jinoyat, Jinoyat protsessual, Ma’muriy javobgarlik, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslar va boshqa qonun hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmonlari va qarorlarini kiritish mumkin. Sud hokimiyatining yagonaligi, sudyalarning mustaqilligi, sud korpusining shakllantirilishini belgilaydigan huquqiy qoidalar, shuningdek sudlar faoliyatini moliyalashtirish va moddiy – texnika masalalari ayni shu hujjatlarda bayon qilingan. Protsessual kodekslarda esa huquqiy demokratik davlat barpo etish sharoitida odil sudlovni amalga oshirish tamoyillari, sud ishlarini xalqaro andozalarga muvofiq tarzda yuritish qoidalari, ya’ni sud ishlarini yuritishda tortishuv, aybsizlik prezumpsiyasi, protsessda tomonlar tengligi kabi tamoyillar o‘z aksini topdi. Sudyalar korpusini shakllantirish tizimini sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipiga to‘liq moslashtirish, bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirokini ta’minlash, ichki ishlar vaziri, Milliy gvardiya qo‘mondoni va Bosh prokurorning respublika hududlariga shaxsan mas’ul etib tayinlanishi, “mahalla posboni” lavozimi tugatilib, uning o‘rniga profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilishi, jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish va liberallashtirish maqsadida jinoyat va jinoyat-protsessual kodekslarining yangi loyihalarini tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar sud-huquq sohasidagi islohotlarning izchilligi va qat’iyligidan dalolatdir.
O‘tgan davr mobaynida sud tizimi faoliyati samardorligini oshirish, sudyalarni tanlash va joy – joyiga qo‘yish tartibini takomillashtirish, har bir ish bo‘yicha qonuniy, asoslantirilgan va adolatli sud qarori chiqarilishini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora – tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi – Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va uning tarkibida harbiy sudlar, fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy sudlar to‘la – to‘kis tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi tuzildi, sudyalik lavozimiga muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibi joriy qilindi. Ta’kidlash joizki, barcha toifadagi sud ishlarini sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqish amaliyotining kengaytirilganligi aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va sud hokimiyatining ochiqligini oshirish yo‘lida ko‘rilgan muhim chora bo‘ldi. Sudyalar tomonidan aholi bilan ochiq muloqotlar tashkil etilayotgani, mahalla, korxona va tashkilotlarda sayyor sud majlislari o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgani tizimning ochiqligini ta’minlash bilan birga, aholining sud tizimiga, adolatga, davlatga ishonchini oshirishga xizmat qiladi.
SHu bilan birga, sud hokimiyati organlari faoliyatining tahlili ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan chora – tadbirlar rejasini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Sud hokimiyati organlarining xususiyatlari shundaki, ular konstitutsiyaga asosan (106 - modda ), qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. Lekin, bu davlat hokimiyati tizimiga kirgan har bir hokimiyat amaliy ish yuritishda qarama – qarshi ish olib borishi mumkin, degan ma’noni anglatmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11 – moddasiga muvofiq davlat hokimiyatining tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linsada, ularning biri ikkinchisidan ajralgan holda ish yuritmaydilar. Davlat hokimiyati tizimining bo‘linish prinsipiga asoslanishi, hokimiyatni o‘ta markazlashtirishdan, uni yagona yuqori mansab egasi qo‘lida bo‘lishidan saqlaydi, bitta hokimiyatning o‘zboshimchalik bilan ish yuritishiga yo‘l qo‘ymaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106 - moddasida va O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunining 2 – moddasida ko‘rsatilganidek, sud o‘z faoliyatini mustaqillik, sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi prinsiplari asosida amalga oshiradi. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron – bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Bugungi kunda sud hokimiyati davlat hokimiyatining mustaqil tarmog‘i ekanligi to‘g‘risidagi nuqtai – nazar to‘la qaror topdi. Huquqiy davlat g‘oyasining e’lon qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida sud hokimiyati davlat hokimiyatining alohida va mustaqil tarmog‘i sifatida e’tirof qilinganidan keyingina qonunlarda o‘z aksini topgan muayyan nazariy baza yaratildi.
SHaxsning huquqlarini himoya qilish muammolari bilan bevosta bog‘liq bo‘lan sud nazorati g‘oyasi, shubhasiz, ma’naviy jahatlarga ega bo‘lib, o‘z ildizlari bilan teran o‘tmishga singib ketadi. Hokimiyat bo‘linishi haqidagi ta’limot amalda dunyodagi barcha demokratik rivojlangan mamlakatlarning konstitutsiyaviy qonunchiligida va davlat qurilishida mujassam bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida sud hokimiyatiga maxsus bob bag‘ishlangan bo‘lib, unda “sud hokimiyati” atamasi sud tizimining tashkil etilishi va sudlar faoliyatining tamoyillarini qamrab oladigan qator asosiy qoidalar orqali ochib beriladi.
Fanda sud hokimiyatining ta’rifi bo‘yicha ikkita asosiy yondoshuv mavjud bo‘lib, birinchi konsepsiyaga ko‘ra, “sud hokimiyati qonunga bo‘ysundirilgan va sud ishlarini yuritish tartibida qonunni qo‘llashga da’vat etilgan organlar tizimini tashkil qiladi” deyilsa, “ikkinchisida” sud hokimiyatini sud ishlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyat sifatida talqin etiladi. Muhimi, har ikkala konsepsiyada sud hokimiyatini ifodalovchi uzviy birlikdagi ikkita asosiy jihat ajratib ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublaikasi Oliy sudi Plenumi sud hokimiyati tushunchasiga birinchi marta quyidagicha ta’rif beradi: ”Sud hokimiyati – bu sudlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvorligi prinsipiga so‘zsiz rioya qilish asosida jinoiy, fuqarolik, xo‘jalik ishlarini va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish bo‘yicha vakolatidir”1.
“Oliy sud Plenumi ta’rifida sud hokimiyatining muhim funksiyalari qayd etilgan bo‘lsada, ...O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga yuklangan konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirish o‘z aksini topmagan” deb, ba’zi protsessualchi olimlar yuqorida keltirilgan ta’rifga qo‘shimcha tarzda “O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati davlat hokimiyatining bir tarmog‘i sifatida inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga doir davlat faoliyatining ham ma’nosi va mazmunini belgilab beradi”2.
Mazkur ta’rif “sud hokimiyati” atamasiga singdirilgan teran mazmunni hozirgi davr, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi oldida turgan g‘oyat katta ahamiyatga ega vazifa – davlat organlarini inson huquqlarini hurmat qilishga majbur etish, huquqiy me’yorlarni real huquq va majburiyatlarga aylantirish, davlatning inson oldidagi o‘z vazifalarini bajarishini ta’minlash nuqtai – nazaridan to‘liq ochib beradi. Zero, sud hokimiyati alohida qonun hujjatlarida belgilangan, bir necha ko‘rinishlarda (konstitutsiyaviy, fuqarolik, iqtisodiy, harbiy, jinoiy va ma’muriy) qaror topgan tartib – qoidalar asosida faqat maxsus ta’sis etilgan davlat organlari - sudlar tomonidan amalga oshiriladi. Ularning asosiy maqsadi - qonuniy, asoslantirilgan va adolatli echimga erishilishini ta’minlashdan iborat.
Sud tizimining huquqiy negizlaridan biri – Konstitutsiyaning 107- moddasiga muvofiq, respublikada Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, harbiy sudlar, fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy sudlar amal qiladi. Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilanib, favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
1993 yil 6 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonun3 Konstitutsiyaviy sudning faoliyatini tashkil qilish masalalariga bag‘ishlangan ilk hujjat bo‘lgan.
Umumiy yurisdiksiya sudlari, shuningdek xo‘jalik (hozirda iqtisodiy) sudlarining faoliyati dastlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun4 bilan tartibga solingan. Ushbu huquqiy hujjatda sud tizimining tashkiliy asoslaridan tashqari demokratik huquqiy davlatning faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashning zaruriy sharti sifatida sudyalarning mustaqilligi kafolatlari belgilab qo‘yilgan.
Inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradigan sud hokimiyatining shakllantirilishi, davlatda ijtimoiy barqororlik va qonunchilikning ta’minlanishi, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunlarning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasida sud islohoti ilk bosqichining asosiy mazmunini tashkil etdi.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash va sud organlarining nufuzini oshirishga qaratilagan islohotlarning dastlabki bosqichida sud tuzilishiga oid asosiy tamoyillarining hozirgi zamon andozalariga va xalqaro huquq me’yorlariga mos bo‘lishiga erishildi. Unda, sud ishlarini yuritish, aybsizlik prezumpsiyasi, tortishuv jarayoni, himoya huquqi singari muhim tamoyillar mustahkamlandi, sudning demokratizmi, ob’ektivligi, har qanday fuqaroning sudga murojaat qilish imkoniyati kengaytirildi.
SHuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, sud hokimiyati sohasidagi chuqur tub o‘zgarishlar birinchi va ikkinchi avlod qonunlari qatorida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Ma’muriy javobgarlik, Fuqarolik kodeslari, “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti – harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi, “Advokatura to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar muhim ahamiyat kasb etdi va sud – huquq tizimini qayta qurish sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, sudning jamiyat va davlatdagi o‘rnini belgilash va sud tizimini demokratlashtirish asoslarini yaratish jarayonida zaruriy qadam bo‘ldi.
Hozirgi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) hayotimizning har bir sohasiga keng kirib kelib, mamlakatimizning iqtisodiy va ma’naviy yo‘nalishlarini jadal sur’atda rivojlantirmoqda.

1 Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленуми қарорларининг тўплами. 1991 -1997. – Т.: “Шарқ”, 1997. – Б. 5-6.

2 Ўзбекистонда суд ҳокимияти: Ислоҳотлар даври/ Муаллифлар: А. А. Полвонзода, Ғ. А. Абдумажидов ва бошқ. – Т.: “Адолат”, 2002. – Б. 14 – 15.

3 Мазкур Қонун Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 31 майдаги ЎРҚ – 434-сонли “Ўзбекистон Республикасининг Конституциявий суди тўғрисида”ги Конституциявий қонунига асосан ўз кучини йўқотган.

4 Мазкур Қонунга ўзгартиришлар ва қўшимчалар киритилиб, 2000 йил 14 декабрь 162-II сон Ўзбекистон Республикасининг “Судлар тўғрисида”ги янги таҳрири қабул қилинди.

Yüklə 21,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə