Referat mavzu: tergovgа qаdаr tekshiruv orgаnlаri tushinchаsi vа fаoliyati



Yüklə 20,01 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü20,01 Kb.
#160373
növüReferat
Referat


Referat
MAVZU:TERGOVGА QАDАR TEKSHIRUV ORGАNLАRI TUSHINCHАSI VА FАOLIYATI
TERGOVGА QАDАR TEKSHIRUV ORGАNLАRI TUSHINCHАSI VА FАOLIYATI
Tergovga qadar tekshiruv deganda, jinoyat protsessida jinoyatlarni dastlabki tergov qilishning shakllaridan biri tushuniladi. U jinoyatchilikka qarshi kurash vazifalarini bajarishga qaratilgan boʼlib, protsessual xususiyatga ega. Bu shuni bildiradiki, tergovga qadar tekshiruv organlarining tergov oʼtkazish tartibi Jinoyat-protsessual kodeks bilan tartibga solinadi, surishtiruv davomida olingan faktik maʼlumotlar esa jinoyat ishi boʼyicha daliliy ahamiyat kasb etadi.
Tergovga qadar tekshiruv JPKning 391-moddasida koʼrsatilgan organlarning faoliyati boʼlib, quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: 1) jinoyatning oldini olish yoki unga yoʼl qoʼymaslik; 2) dalillarni toʼplash va saqlash; 3) jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarni ushlash va yashiringan gumon qilinuvchilarni, hamda ayblanuvchilarni qidirib topish; 4) jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy ziyon qoplanishini taʼminlash uchun kechiktirib boʼlmaydigan tergov harakatlarini yuritish.
Shu bilan birga, qonunda tergovga qadar tekshiruv vaqtida sodir etilgan jinoyatning holatlarini aniqlashga yordam beradigan tergov harakatlari (soʼroq qilish, koʼzdan kechirish, tintuv oʼtkazish, guvohlantirish, ekspertiza tayinlash va oʼtkazish, eksperimentlar va h.k.) oʼtkazish nazarda tutilgan. Tergovga qadar tekshiruv organlari yoki surishtiruvchilar va tergovchilar jinoyatni ochish va aybdorlarni fosh etish, yetkazilgan zararning qoplanishini taʼminlash, jinoyat sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan sabablarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida muayyan izchillikda amalga oshiriladigan ushbu harakatlar majmui, shuningdek ular qabul qiladigan protsessual qarorlar dastlabki tergovning mazmunini tashkil qiladi. Koʼp hollarda surishtiruv organlari «kechiktirib boʼlmas» deb ataluvchi tergov harakatlarini oʼtkazadilar.
Taʼkidlash joizki, JPKda kechiktirib boʼlmas «tergov harakatlari» tushunchasi ham, ularning roʼyxati ham berilmagan. Bunday roʼyxat ilgari amalda boʼlgan JPKning 97-moddasida mavjud edi. Ish holatlariga koʼra har qanday tergov harakati muayyan vaziyatda kechiktirib boʼlmas ahamiyatga ega boʼlishi mumkinligi sababli amaldagi JPKda ilgari boʼlgan qoida takrorlanmadi. Yangi qabul qilingan qonunda bu masalani yechimini topish lozim deb oʼylaymiz. Tergovga qadar tekshiruv organlari – jinoyat sodir etilganligiga doir axborot kelib tushganligi munosabati bilan tergovchilar kabi, protsessual faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʼlgan organlar hisoblanadi.
Oʼzbekiston Respublikasida Tergovga qadar tekshiruv quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi: 1) ichki ishlar organlari; 2) harbiy qismlar, qoʼshilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va harbiy oʼquv yurtlarining boshliqlari — ularga boʼysunuvchi harbiy xizmatchilar, shuningdek oʼquv mashqlari oʼtkazilayotgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar boʼyicha; Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining xizmat majburiyatini bajarish bilan bogʼliq jinoyatlari yoki qism, qoʼshilma, muassasa yoxud oʼquv yurti joylashgan yerda sodir etgan jinoyatlariga doir ishlar boʼyicha; 3) davlat xavfsizlik xizmati organlari — qonunga koʼra ularning yuritishiga berilgan ishlar boʼyicha; 4) Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov hibsxonalari hamda turmalarning boshliqlari — shu muassasalar xodimlari xizmatni oʼtashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar boʼyicha; 5) davlat yongʼindan nazorat qilish organlari — yongʼinlarga doir va yongʼinga qarshi qoidalarni buzganlikka doir ishlar boʼyicha; 6) chegarani qoʼriqlash organlari — davlat chegarasini buzganlikka doir ishlar boʼyicha; 7) olis safarda boʼlgan dengiz kemalarining kapitanlari; 8) davlat bojxona xizmati organlari — bojxona toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar boʼyicha; 9) Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʼlinmalari — byudjet, soliq va valyuta toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar boʼyicha; 10) Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi boʼlinmalari — voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy taʼminlashdan boʼyin tovlashga, sud qarorini bajarmaslikka, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etishga doir ishlar boʼyicha, shuningdek elektr, issiqlik energiyasi, gaz, suvdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʼliq boʼlgan ishlar boʼyicha; 11) Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasining Chakana savdo va xizmat koʼrsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʼlimlari — bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʼlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga doir ishlar boʼyicha. 12) Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi boʼlinmalari — qonun bilan ularning ish yuritishiga berilgan ishlar boʼyicha. 13) Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati — uning yurituviga taalluqli ishlar boʼyicha.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshligʼining va uning mansabdor shaxsining vakolatlari-tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning boshligʼi sifatida harakat qila turib, tergovga qadar tekshiruvni boshlashga yoki oʼziga boʼysunuvchi boshqa mansabdor shaxsga uni yuritishni topshirishga, jinoyat ishini qoʼzgʼatishga yoki ish qoʼzgʼatishni rad etishga yoxud arizani, xabarni tergovga tegishliligiga koʼra oʼtkazishga haqlidir. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs zimmasiga tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishga doir vazifalarni yuklatish tartibi mazkur organ tomonidan belgilanadi.
Boshliqning topshirigʼiga binoan va uning rahbarligida ishlayotgan mansabdor shaxs jinoyatning oldini olish yoki uning sodir etilishiga yoʼl qoʼymaslik, dalillarni toʼplash va saqlash, jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarni ushlash va yashiringan gumon qilinuvchilarni qidirib topish hamda jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy zararning oʼrni qoplanishini taʼminlash uchun zarur boʼlgan, kechiktirib boʼlmaydigan barcha harakatlarni amalga oshirishi shart. Tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi zimmasiga tergovchi, surishtiruvchi yuritayotgan ish boʼyicha ayrim protsessual harakatlarni va tezkor-qidiruv tadbirlarini oʼtkazish toʼgʼrisidagi topshiriqlarini bajarish hamda tergovchiga, surishtiruvchiga protsessual harakatlarni bajarishida koʼmaklashish majburiyati ham yuklatiladi.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotganda, xuddi shuningdek tergovchining, surishtiruvchining topshirigʼini bajarayotganda, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga amal qilgan holda protsessual harakatlarni amalga oshiradi va qarorlar qabul qiladi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qarorlari mazkur organ boshligʼi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Boshliqning yozma koʼrsatmalari ularni bajarishni toʼxtatmay turib, ushbu koʼrsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilishga haqli boʼlgan unga boʼysunuvchi mansabdor shaxs uchun majburiydir. Prokurorning yozma koʼrsatmalari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshligʼi va uning mansabdor shaxsi uchun majburiydir. Ular prokurorning koʼrsatmalaridan norozi boʼlgan taqdirda, koʼrsatmalarni bajarishni toʼxtatmay turib, yuqori turuvchi prokurorga ularning ustidan shikoyat qilishga haqlidir.
Аmaldagi JPKga binoan tergovga qadar tekshiruv organlari quyidagi maqsadlarda kechiktirib boʼlmas tergov harakatlarini amalga oshiradilar: Oʼz navbatida, tergovga qadar tekshiruv organlarining jinoyat-protsessual faoliyati quyidagilarni oʼz ichiga oladi: jinoyatlar haqidagi ariza (xabar)larni koʼrib chiqish va hal qilish; jinoyat ishini qoʼzgʼatish uchun boshqa sabablarning mavjudligi sababli tekshiruv harakatlari, tergovga qadar tekshiruv oʼtkazish; surishtiruvchilar va tergovchilarning topshirigʼi boʼyicha qidiruv va tergov harakatlarini amalga oshirish; surishtiruvchilar va tergovchilarning oʼzlari oʼtkazadigan ayrim tergov harakatlarida ishtirok etish. Ilgari amalda boʼlgan JPK boʼyicha tergovga qadar tekshiruv organlari, yaʼni oldingi surishtiruv organlarining ikki turdagi faoliyati mavjud boʼlgan: surishtiruv organlarining dastlabki tergov oʼtkazish shart boʼlgan ishlar boʼyicha faoliyati, hamda surishtiruv organlarining dastlabki tergov oʼtkazish shart boʼlmagan ishlar boʼyicha faoliyati.
Quyidagi hollarda surishtiruv yuritish muddati oʼtishini kutmasdan surishtiruvchi ishni darhol tergovchiga oʼtkazishi lozim, basharti: 1) ogʼir yoki oʼta ogʼir jinoyat aniqlangan boʼlsa; 2) muayyan shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan boʼlsa; 3) ishni tugatish uchun asoslar aniqlangan boʼlsa; 4) tergovchi ishning oʼz yurituviga berilishini talab qilgan boʼlsa. Tergovga qadar tekshiruv ishini tergovchiga oʼtkazish haqida qaror chiqaradi. Surishtiruvchi bundan keyingi barcha ishlarini tergovchining amaliy rahbarligida bajaradi. U tergovchining tergov va qidiruv harakatlarini bajarish toʼgʼrisidagi topshiriqlarini ijro etish shartlari, tartibi va muddatlari xususidagi koʼrsatmalariga muvofiq bajarishi shart. Topshiriqni belgilangan muddatda bajarish imkoniyati boʼlmasa, surishtiruvchi bu haqda tergovchini xabardor qiladi va bajarish muddatini uzaytirishni yoki ijro etish shartlari va usullarini oʼzgartirishni iltimos qiladi.
Tergovchining talabiga asosan surishtiruvchi tergov harakatlarini yuritishda unga yordam berishi, shuningdek, jinoyat ishi uchun daliliy ahamiyatga ega boʼlishi ehtimol tutilgan hujjatlar va boshqa materiallarni tanishib chiqish yoki ishga qoʼshib qoʼyish uchun taqdim qilishi shart. Tergovchi oʼzining barcha topshiriqlari, koʼrsatma va talablarini surishtiruvchiga surishtiruv organining boshligʼi orqali yuboradi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda jamiyatning turli jabhalarida bir qator islohotlar amalga oshirildi. Shular qatori, sud-huquq tizimida amalga oshirilgan islohotlarni va ularni yuzasidan qilinayotgan ishlarni alohida eʼtirof etish joiz. “2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirishga doir ikkinchi ustuvor yo’nalish asossida qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda qonuniylikni qat’iy ta’minlash, “Qonun — ustuvor, jazo — muqarrar” tamoyilini bosh mezonga aylantirish[1] masalasiga alohida urg’u berilgan. Xususan, Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida huquqiy davlat barpo etish va unda huquqni muhofaza qiluvchi organlarini mamlakatda huquq-tartibotni ta’minlashdagi rolini inobatga olib, ”Hech kimning unutishga haqqi yo‘q – qonun talablari va inson huquqlari – biz uchun oliy qadriyat” , deb ta’kidlaganlarini aytib o’tish joiz[2]. Qonun ustuvorligini, insonning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlash har bir davlat organining asosiy vazifasi hisoblanadi. Zero, davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi[3]. Bu tamoyillar Konstitutsiyamizda aniq belgilab berilgan bo’lsada, ular amalda o’zining to’liq ijrosini topmoqda deya olmaymiz. Buning muhim sabablaridan biri tergovga qadar tekshiruv jarayonida fuqarolarning huquqlari va erkinliklari davlat organlari hamda mansabdor shaxslar tomonidan cheklanishi, poymol qilinishining ehtimoli ko’pligi bilan bog’liq. Shuning uchun ham bugungi kunda huquqiy normalarni erkinlashtirish va yangilash tergov organlari faoliyatining tashkiliy shakllarini takomillashtirish bo’yicha rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasini har tomonlama chuqur o’rganib chiqish dolzarb vazifa bo’lib qolmoqda. O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 17-SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.03.2023 Shu jumladan, tergov organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida keyingi paytlarda bir qator tadbirlar amalga oshirildi.Tergovga qadar tekshiruv davomida protsess ishtirokchilaridan tushuntirishlar olish va bu tushuntirishlarni protsessual hujjatlarda rasmiylashtirish, shuningdek ulardan isbotlash jarayonida foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratish dolzarb masala ekanligi o’z isbotini topmoqda. 2018-yilning 14-may kuni “Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomilllashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-3723-sonli qarorida jinoyat-protsessual qonunchiligining samarali tizimini yaratish davlatning qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, inson huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, tinchlik va xavfsizlikni ishonchli himoya qilish bo’yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi[4]. Jinoyat-protsessual huquq tizimida tergovga qadar tekshiruv institutini takomillashtirish borasida ushbu hujjatning ahamiyati beqiyos bo’lib, unda bevosita tergovga qadar tekshiruv jarayonida shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga doir chora-tadbirlar, jinoyat alomatlari bor yoki yo’qligini aniqlash maqsadida ayrim protsessual va tergov harakatlarini amalga oshirishning optimal mexanizmlarini yaratish vazifalari belgilab berildi. Darhaqiqat, ishni sudga qadar yuritish bosqichining dastlabkisi bo’lgan tergovga qadar tekshiruv jarayonini tartibga soluvchi normalarni tahlil qilar ekanimiz, ushbu jarayonda bir qator muammoli vaziyatlar mavjud ekanligini kuzatishimiz mumkin. Barchamızga ma’lumki, tergovga qadar tekshiruv jarayonida ish yuritish ariza yoki xabar kelib tushgan vaqtdan boshlanib to jinoyat ishini qo’zg’atish jinoyat ishini qo’zg’atishni rad etish yoki ariza va xabarni tergovga tegishliligi bo’yicha yuborish to’g’risida qaror chiqarish bilan yakunlanadi. Shuningdek, amaldagi Jinoyatprotsessual kodeksining 3202-moddasiga muvofiq tergovga qadar tekshiruv jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni tekshirish, ularni ko’rib chiqish natijasi yuzasidan qaror qabul qilishga doir choralarni o’z ichiga oladi[5]. Tergovga qadar tekshiruv Jinoyat-protsessual kodeksining 391-moddasida ko’rsatilgan tergovga qadar tekshiruv organlari mansabdor shaxslari, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan olib boriladi. Ya’ni tergovga qadar tekshiruv organlari mansabdor shaxslari surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa ma’lumotlar ro’yxatga olinishi bilan darhol, jinoyat ishini qo’zg’atish uchun sabab qonuniyligi va asoslar yetarli ekanligini tekshirish zarurati bo’lgan taqdirda esa o’n sutkadan kechiktirmasdan hal qilinishi lozim. Yuqorida ko’rsatilgan muddat ichida tergovga qadar tekshiruv o’tkazilib, uning davomida qo’shimcha hujjatlar, tushuntirishlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish, shaxsiy tintuv va olib qo’yish, hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish, ekspertiza o’tkazish, taftish tayinlash hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini o’tkazish haqida topshiriqlar berish mumkin. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini o’tkazish man qilinadi[5]. Ya’ni tergovga qadar tekshiruv O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA 17-SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.03.2023 davrida beshta tergov harakatlari va bir nechta protsessual harakatlar amalga oshirilishi mumkin. Tergovga qadar tekshiruv olib boruvchi mansabdor shaxs tergovga qadar tekshiruv yakunida jinoyat ishini qo’zg’atish haqida, ishni qo’zg’atishni rad qilish haqida va ariza yoki xabarni tergovga tegishliligiga qarab yuboorish haqida qarorni qabul qiladi. Jinoyat-protsessual kodeksining 94-moddassiga muvofiq ish bo’yicha qabul qilinadigan qaror sinchkovlik bilan to’la, har tomonlama va xolisona tekshirilgan dalillargagina asoslangan bo’lishi lozim ekanligi ifodalangan[6]. Tergovga qadar tekshiruv jarayonida to’plangan dalillar esa aksariyat hollarda hal qiluv qarori qabul qilish uchun yetarli va ishonchli bo’lmaydi yoki ushbu jarayonda to’plangan ma’lumotlar daliliy ahamiyat kasb etmaydi. Bu esa o’z navbatida tergovga qadar tekshiruv jarayonini tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish zarurligini ko’rsatadi[7]. Jinoyat-protsessual kodeksining 90-moddasi birinchi qismida ma’lumotlar va narsalardan, ular tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasiga qayd etilganidan keyingina dalil sifatida foydalanishi mumkinligi ifodalangan. M.G.Kovaleva esa jinoyat to’g’ridagi xabarda jinoyat alomatlarining mavjudligini aniqlash uchun har qanday harakatlar natijasida olingan ma’lumotlar asos bo’lmasligini qayd etib, sodir bo’lgan voqeaning huquqiy tavsifidagi noaniqlar qonunda belgilangan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida o’tkazilishi va o’rganilishi shart deb hisoblagan[8]. Bu borada L.M.Volodinaning fikriga ko’ra “Taxminga asoslangan xulosa qabul qilinayotgan qaror uchun yetarli kafolat bo’la olmaydi”[9]. V.G.Kosixning fikricha, “Tergovga qadar tekshiruv davrida – hattoki arizachi qilmishning barcha tafsilotlarini bayon qilgan bo’lsa ham ushbu xabarga asoslanib jinoyat ishini qo’zg’atish uchun zarur bo’lgan hajmdagi axborotga ega bo’lishning imkoni yo’qdir”[10]. Darhaqiqat, bu holda kamida arizachining shaxsini aniqlash, uni yolg’on xabar berganlik uchun JK ning 237-moddasi bilan javobgarlikka tortish bo’yicha ogohlantirish zarur bo’ladi, bu esa aynan tergovga qadar tekshiruvning tarkibiy qismi hisoblanadi. Chunki ushbu faoliyat tufayli jinoyat ishini qo’zg’atish uchun sababning haqqoniyligi aniqlanadi. Yuqorida bildirilgan fikrlarning aksariyatiga qo’shilgan holda, tergovga qadar tekshiruv bosqichida ma’lumotlar yoki dalillar faqat qonunda belgilangan tartibda o’tkazilgan tergov natijasida to’plangan bo’lishi lozimligini qayd etish mumkin. Bugungi kunda tergov amaliyotida tergovga qadar tekshiruv jarayonida jinoiy hodisa yuz bergan yoki bermaganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni ifodalovchi hujjat sifatida tergovga qadar tekshiruv jarayonini olib borayotgan shaxslardan olinadigan tushuntirishlar keltirilgan. Biroq amaldagi Jinoyat-protsessual kodeksida tushuntirishlar olish tartibi keltirib o’tilmagan.
Yüklə 20,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə