9-mavzu: Ijtimoiy rivojlanishida pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalar



Yüklə 43 Kb.
səhifə1/6
tarix22.03.2024
ölçüsü43 Kb.
#183655
  1   2   3   4   5   6
Ижтимоий 9-мавзу


9-mavzu: Ijtimoiy rivojlanishida pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalar

1. Ijtimoiy rivojlanishida pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalar


2. Ijtimoiy rivojlanishda pedagogik trening o‘tkazish hususiyatlari
3.Maktabgacha yoshdagi bolalarda muloqotchanlikni shakllanishiga yordam beruvchi o‘yinlar

Bolalar ijtimoiylashuvida, ularning deviant xulq-atvorini oldini olishda, ularga yordam berish ijtimoiy pedagog oldida turgan muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bu muammoni hal qilish uchun ijtimoiy pedagog o‘z kasbining xususiyatlarini chuqur o‘rgangan va o‘z faoliyati davomida zamonaviy pedagogik faoliyat metodlar va texnologiyalarni qo‘llay bilishi zarur.


Pedagog o‘z amaliy faoliyatida pedagogika-psixologiya va ijtimoiy ishda qo‘llanilayotgan metodlardan foydalanadi. Metoddan tashqari, ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” tushunchalari qo‘llaniladi
Vosita, usul va metoddan ko‘ra kengroq tushuncha hisoblanadi. Chunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar—ijtimoiy pedagog tomonidan kutilgan maqsadga erishish uchun qo‘llanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar majmuasidir.
Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy pedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi. “Ijtimoiy pedagogik texnologiya” tushunchasi “pedagogik texnologiya” va “ijtimoiy texnologiya” tushunchalaridan kelib chiqqan. Pedagogik texnologiya ikki sohada o‘z ildizlariga ega. Birinchisi, texnik fanlar o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga yordam beruvchi texnik vositalarni qo‘llash va ishlab chiqish, ikkinchisi, ijtimoiy fanlar
Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy pedagogik faoliyat metodlari va usullari majmuasidir..
Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy pedagogning ishtirokini talab qiluvchi har qanday muammoni hal qilish unga tashxis qo'yishdan boshlanadi.
1.Tashhis qo‘yish axborot tahlili, to‘plash va tizimlashtirishdan iborat.
2.Keyingi bosqich bu muammoni hal qilish yo'llarini qidirish. Buning uchun tashxis asosida maqsad qo'yiladi va unga muvofiq faoliyatning aniq vazifalari belgilanadi.
3.Ijtimoiy pedagog qanday texnologiyani qo‘llashiga ko‘ra, shunga mos tushuvchi faoliyat metodlari va shakllarini tanlaydi
Ijtimoiy ta’lim fani shaxs ijtimoiylashuvini organar ekan, albatta, shaxslar guruhi, bu guruhda shaxslar ortasida amalga oshuvchi munosabatlarni etibordan chetda qoldirmaydi. Ayniqsa, bolaning tengdoshlari va kattalar bilan bolgan muloqoti va uning bola rivojlanishiga tasirini organishga alohida etibor qaratadi
Bolalar ijtimoiylashuvini o`rganish “tabiiy zot” bo`lib tugilgan bolaning inson ijtimoiy tajribasini egallab, “shaxs” bo‘lub yetishini o‘rganishda to‘gri yo‘l topishga yordam beradi.




1Eksperiment metodi – o'z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi. Tabiiy tajriba metodlarining ilmiy asoslarini 1910 yilda rus psixologi A.F.Lazurskiy kichik maktab yoshidagi bola shaxsini shakllantirishni o'rganish maqsadida qo'llagan. Tabiiy metoddan foydalanishda, ishlab chiqarish jamoalari a'zolarining, ilmiy muassasalar xodimlarining, o'qituvchilar, keksaygan kishilarning psixologik o'zgarishlari, o'zaro munosabatlari, ish qobiliyatlari, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini hal qilish nazarda tutiladi.
Tabiiy sharoitda inson psixikasini o'rganishda sinaluvchilarning o'zlari bexabar bo'lishi ta'lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta'sir o'tkazish, kundalik mehnat doirasida amalga oshirilishi lozim.

Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə