9-mavzu: Ijtimoiy rivojlanishida pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalar


Hozirgi vaqtda sotsiometriya metodidan psixologlar, sotsiologlar, o‘qituvchilar, konfliktologlar va ijtimoiy ishchilar faol foydalanmoqda



Yüklə 43 Kb.
səhifə3/6
tarix22.03.2024
ölçüsü43 Kb.
#183655
1   2   3   4   5   6
Ижтимоий 9-мавзу

Hozirgi vaqtda sotsiometriya metodidan psixologlar, sotsiologlar, o‘qituvchilar, konfliktologlar va ijtimoiy ishchilar faol foydalanmoqda.
Sotsiometriya shaxsning bir-birini tanlash motivlarini keng ifodalash imkonini beradi. Ayniqsa sotsiometriyaning ya.M.Kolominskiy ishlab chiqqan o‘zgartirilgan turi bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida to‘laroq axborot beradi.

Suhbat metodi
Anketa, yozma, ogzaki
Suhbat metodi bilan inson psixikasini o‘rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi. Uning ob'ekti va sub'ekti tanlanadi, mavzu o'tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar guruh va jamoa bilan o‘tkazish rejalashtiriladi, o'rganilayotgan narsa bilan bogliq savol – javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi ma'lum bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql – zakovati, xulq – atvori, qiziqishi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to‘grisidagi ma’lumotlar olinadi. Suhbat chogida o‘zaro izchil boglangan savollar beriladi.
Suhbat metodining yuqorida takidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Qaytarik so'zlar “galiz” iboralar nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarliligi, muvaffaqiyatsizlikka sabab bo‘ladi. Shuningdek savol-javobning bir xil shaklda emasligi sinaluvchida o‘ziga xos ishlash uslubi oshkoralikning yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma’lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to‘gri keladi.
So‘rovnoma metodi-ijtimoiy pedagogikada keng qo'llaniladigan metodlardan biridir. So‘rovnoma savollari odatda 3 xil tuzilishda bo‘ladi:
Birinchisi xayoli anglatilgan motivlarni aniqlashga mo‘ljallangan savollardan tuziladi.
Ikkinchi xilida har bir savolning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchisida sinaluvchiga yozilgan to‘g'ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi.
So‘rovnomadan turli yoshdagi odamlarning layoqatlarini muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini, o'ziga tengdoshlarga, katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlashda foydalaniladi.


Test metodi
Intellektual, psixokorreksion
So`ngi yillarda keng qo`llana boshlagan metodlardan biri, test metodidir
Test so`zi inglizcha so`z bo`lib, o`lchash degan ma`noni bildiradi. Test metodi orqalibolalarning umumiy aqliy taraqqiyoti darajalari va ayrim psixik jarayonlarning (tafakkur, hayol, hotira) qanchalik rivojlanganlik darajasi aniqlab taqqoslanadi. Test metodi boshqa metodlarga qaraganda ancha universal metod hisoblanadi.test metodi yordamida bolalarning yoshlariga nisbatan normal taraqqiy etganliklari yoki orqada qolganligini ham aniqlash mumkin



Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə