Jizzax turizm zonalari



Yüklə 0,67 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137788
JIZZAX TURIZM ZONALARI

JIZZAX TURIZM ZONALARI

  • Jizzax viloyati O'zbekistonning markaziy mintaqasida joylashgan bo'lib, shu tufayli har taraflama keng ko'lamli xo'jalik yuritish imkoniyatiga egadir. Uzunligi sharqdan g'arbga, ya'ni Yangiobod tumanidan Forish tumanigacha 180 km, janubdan shimolga, ya'ni Baxmal tumanidan Mirzacho'l tumanigacha 175 km. ni tashkil etadi. Maydoni 21,1 ming kv.km. Shundan 4,8 ming kv.km. (22,7 %) qishloq xo'jaligida foydalanishda bo'lgan yerlardir. O'rmon va o'rmonchilik bilan bog'liq ekinlar ekiladigan maydon 1,8 ming (8,5 %) kv.km dan iboratdir. Maydonining katta qismini sharqdan g'arbga va qisman shimoli-g'arb tomonga cho'zilgan Chimqortog' va Molguzar, g'arbdan sharqqa, sharqi-janubga va janubga tomon cho'zilgan Nurota tizma tog'lari, shimol tomondan Qozog'istondagi Chordora to'g'onidan viloyatning shimoli-g'arbidan Navoiy viloyati hududiga qadar cho'zilgan Aydarko'l tashkil etadi. Bu qadimiy yurtda ajdodlarimiz zakovati, salohiyatidan darak beruvchi - qadimiy turkiylarning quyosh yili timsoli - "Quyosh taqvimi", ("Saklar taqvimi"), 19 fevraldan 21 martgacha quyosh nuri tushadigan Huttosh, shuningdek, Qantartosh, Hamaltoshlarning o'zi sirli bir olam.
  • Viloyatda ziyorat turizmini rivojlantirish uchun ham Sa'd ibn Vaqqos, Usmand ota, Novqa ota, Xo'jamushkent ota, Parpi ota, Sayfin ota, Savruk ota, Qulfisar ota kabi ziyoratgohlarlar xizmat qiladi. E'tiborli jihati bu yerdagi tabiiy buloqlardan yiliga o'rtacha 16-20 mln. kubometr suv olish imkoniyati mavjud. Eng asosiysi viloyatning Baxmal, Zomin, G'allaorol tumanlari hamda Sh. Rashidov va Forish tumanlarining tog'li hududlarida yog'ingarchilik nisbatan mo'l bo'ladi. Shuningdek, haroratning mo'tadilligi tufayli Baxmal, G'allaorol va Forish botiqlarida, Zominsoy, Ettikechuv va Ko'rpasoyda suvning parchalanishi nisbatan kam. 
  • Viloyatda turizm va uning zaminidagi rekreatsiya klasterlarini rivojlantirish uchun ham birmuncha sezilarli imkoniyatlar, ya'ni viloyat tabiatining o'ziga xos xususiyatlaridan biri tog'lar va tog' yon bag'irlarida tarkibida temir, oltingugurt, vodorod, radiy, kremniy kislotasi, karbon gazi, ishqorli termo-minerallar bo'lgan bir qator shifobaxsh suv manbalari mavjud.
  • Darhaqiqat, ayni paytda viloyatning G'allaorol, Forish, Mirzacho'l tumanlarida ana shunday balneologik suvlar bilan davolovchi "Marjonsuv", "Birlashgan", "Gagarin" nomli sanatoriylar va bir nechta profilaktoriylar ishlab turibdi. Shuning bilan birgalikda viloyatning Zomin, Jizzax, Baxmal tumanlarida ham ma'danga boy manbalari bor. Viloyatdagi barcha ma'danli suvlar kimyoviy va balneologik tarkibiga ko'ra eng tabiiy o'ziga xosligi bevosita hududning ancha qismini egallagan tog'liq zona ekanligi bilan bog'liqdir. Mazkur hududlarning tog' yon bag'irlarida bir-biridan go'zal tabiat go'shalari, archazorlar bodomzorlar yong'oqzorlar, shifobaxsh o'tloqlar, soyliklar, zilol suvlar, hatto, musaffo toza havo qatlamining o'zi bir olam. Ulkan daralarda qir-adirlar va soyliklarda kamyob o'simliklar va hayvonlar, parrandalarning turfa xillari mavjud. Baxmal va Zomin tumanlaridagi qir-adirlar, ulkan bog'-rog'lar, shuningdek, Baxmaldagi dengiz sathidan 2600 metr balandlikdagi ma'danli suv, Xalq bog'i va qo'riqxonalar, ajoyib sharsharalar, qirlar bag'ridagi o'nlab chashmalar insoniyatni o'ziga chorlovchi saxiy tabiatning o'ziga xos ne'matidir.
  • Viloyatda turizm klasterlarining asosiy poydevori sanalgan Zomin tumanidagi 1976 yilda tashkil etilgan 48 ming gektarli Xalq bog'ining tabiati o'ta go'zal. Balandligi dengiz sathidan 4 ming metrgacha cho'zilgan tog' yon bag'rida yoz va bahorda havo qatlami kamalak rangida tovlanadi. Qalin archazorlar va bahaybat daralar, soyliklardagi toshqin suvlar go'yo tabiatning haqiqiy tabiiy ko'rgazmasini namoyish etadi. Albatta bu kabi jarayonlarning xususiyati shundaki, inson hamisha ko'pincha o'zlashtirilmagan, inson qo'li tegmagan tabiiy go'shalarga ehtiyoj sezishidadir. Xalq bog'i yonida Zomin qo'riqxonasi tashkil etilgan, Xalq bog'i va qo'riqxonaning umumiy maydoni 78 ming gektarni tashkil etadi. Bu qo'riqxonada 100 dan ortiq shifobaxsh va dorivor o'simliklar, oq tirnoqli ayiq, yovvoyi cho'chqa, bo'rsiq, alqar, (tog' echkisi), jayra kabi hayvonlar, kemiruvchilar, kalxat, qora turna, bulduruq, tuvaloq, kaklik, tustovuq kabi parrandalarning 150 dan ortiq turlari uchraydi. Ushbu tabiat maskanida "Zomin" sanatoriysi, O'riklisoy dam olish maskani, sayyohlar uchun ko'plab mexmonxona uylari faoliyat ko'rsatib turibdi. Shu sabab mazkur rekreatsion hududlarda yil mobaynida dam oluvchilarning, sayyohlarning, ya'ni rekrentlar oqimi uzilmaydi.
  • Viloyat rel'efi shimol, shimoli-g'arb tomondagi pasttekisliklar, cho'l va dashtlardan qirlar, tog'lar sari balandlab borishi bilan bog'liq ravishda hayvonlar turlari ham ko'payib boradi. Viloyatda baliqchilik sanoatini rivojlantirish uchun ham keng ko'lamli imkoniyatlar mavjud, xususan, Aydarko'l-Tuzkon Arnasoy ko'llarida baliqlarning zog'ora, laqqa, suzak va ilonbaliq kabi turlari bor. Buning ajablanarli tomoni shundaki, aydarko'l-tuzkon Arnasoy ko'llari viloyatda baliqchiliq sanoatini rivojlantirish bilan bir paytda rekreatsiyani rivojlantirishga ham xizmat qiladi [Aynaqulov M.A. Xudayberdiyev B.B,2020].
  • Viloyatning tabiiy iqlim sharoiti keskin mo'tadil.Yozi quruq va issiq, qishi nisbatan yumshoq. Baxmal, qisman Zomin, Forish tumanlarining tog'liq hududlarida yoz fasli biroz salqin o'tadi. Yilning eng issiq oyi cho'l zonalarida iyun-iyul, tog' zonasida iyul-avgust. Kunning uzunligi kunduz yozda 15 soat, qishda 9 soat davom etadi. Yanvar oyida harorat +1+4 daraja, iyul oyida esa +26+28 daraja. Bir yillik yog'in miqdori 400-500 mm. Vegetatsiya davri 240-260 kun. Havoning namlik
  • Scientific Journal Impact Factor
  • darajasi qishda 70-80 %. Bir yilda quyoshli kunlar 2800-3000 soat atrofida. Birinchi qorning yog'ishi asosan oktyabr oyiga to'g'ri keladi.
  • Viloyat hududining nisbatan yaxlitligi va subtropik kengliklarga yaqinligi harorat rejimining birxilligini ta'minlaydi. Yil davomida o'rtacha 250-270 kun havo ochiq, osmon beg'ubor bo'ladi. Fevraldan noyabrgacha quyosh energiyasi nisbatan ko'proq bo'ladi. Havoning harorat yig'indisi janubiy pasttekisliklarda 5,5 ming daraja, shimoliy pasttekisliklarda 4,3-4,5 ming darajaga yetadi.
  • Viloyat hududida yog'ingarchilik asosan qish va bahor fasllariga to'g'ri keladi. Shimoldan janubga tomon yog'ingarchilik ko'payib boradi. Yillik yog'in miqdori balandligi 276 metr bo'lgan Mirzacho'lda 295, balandligi 392 metr bo'lgan Sangzorda 400 mm.dan oshadi. Qor turib qoladigan kunlar bir yilda tekisliklarda 2022 kun, tog'li hududlarda 60-70 kunni tashkil etadi. Hududning tekislik qismida yillik yog'in miqdori 200 mm. atrofida. Bug'lanish darajasi 100-120 mm.ga teng. Viloyat hududida shimoli-g'arbda vaqti-vaqti bilan kuchli shamol bo'lib turadi. Aprel va may oylarida kuchli shamol, do'l va jala yog'ish holatlari uchraydi.
  • Viloyat aholisi 2021 yil yanvar oyi holatiga 1403100 kishini tashkil etib, yil boshidan 29700 kishiga yoki 102,2 foizga ko'paydi. Shundan 647900 kishi -shahar joylarida (46,2%) va 755200 kishi qishloq joylarida (53,8 foiz) istiqomat qiladi.
  • Tarkibiga ko'ra 70 dan ortiq millat vakillari bor. Umumiy aholisining 83 foizini o'zbeklar tashkil qiladi. O'rtacha zichligi bir kv.km. ga 65,5 kishi
  • Yuqorida qayd etilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, aholisi 163,6 ming kishi bo'lgan viloyatning Zomin tumanida (viloyat aholisining 11,8 %), aholisi 155,8 ming kishi bo'lgan Baxmal tumanida (viloyat aholisining 11,3 %), aholisi 171,4 ming kishi bo'lgan G'allaorol tumanlarida (viloyat aholisining 12,4 %) negizida rekreastiya mavjud bo'lgan turistikmehmon uylarini, shuningdek, ularning o'zaro kooperastiyasi asosidagi turizm klasterlarini tashkil qilish uchun keng qamrovli imkoniyatlar mavjud.
  • Hozirgi paytda nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo bo'yicha turizm sohasi uncha katta mehnat sarfini talab etmaydigan, ammo serdaromad soha hisoblanadi. Mazkur soha o'ziga yarasha madaniyatni, etika, estetikani talab qilgan holda birmuncha jozibadorlikning tarafdori sanaladi. Turizm sohasining iqtisodiy jihatidan tashqari uning ham ijtimoiy ham ma'naviy jihatlarini alohida ta'kidlab o'tish darkor. Ya'ni iqtisodiy jihatdan mehnatning 1 so'miga to'g'ri keladigan ko'p mehnat sarfi talab etadigan ba'zi, masalan qurilish tarmog'i kabilarga nisbatan kam

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə