Lim jarayonida videodarslar yaratish texnologiyasi va ularning ahamiyati



Yüklə 266,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix22.12.2023
ölçüsü266,95 Kb.
#154357
  1   2   3   4
868-Текст статьи-2061-1-10-20210324



TA’LIM JARAYONIDA VIDEODARSLAR YARATISH TEXNOLOGIYASI 
VA ULARNING AHAMIYATI 
 
Murodqosimova Shodiya 
Jizzax davlat pedagogika instituti talabasi 
Tangirov Xurram Ergashevich 
Jizzax davlat pedagogika instituti katta 
o‘qituvchisi 
E-mail: 
xurramtangirov@gmail.com
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida videodarslar yaratish 
texnologiyasi va ularning ahamiyati haqida keng ma’lumot keltirilgan bo‘lib, 
undan ta’lim jarayonida foydalanish jihatlariga ham to‘xtalgan. Nafaqat 
mamlakatimizda balki, butun dunyo ta’lim tizimida axborot texnologiyalari 
yordamida elektron darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanmalar, pedagogik dasturiy 
vositalar, turli ta’lim resurslari, o‘qitishning elektron vositalari, multimediali 
darsliklar yaratish va ulardan foydalanish rivojlanib bormoqda. Bular o‘z navbatida 
ilm-fan taraqqiyotiga, ta’lim sifati va samaradorligining oshishiga katta hissa 
qo‘shmoqda.
Kalit so‘zlar:
axborot komunikatsiya texnologiyalari, dars jarayoni, 
multimedia vositalari, videodars, elektron ta’lim resurslari. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng ta’lim tizimimizga va uning 
sifatini oshirishga juda katta e’tibor qaratila boshlandi. Xususan, “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ishlab chiqildi, o‘n ikki 
yillik uzluksiz ta’lim tizimi joriy etildi. Bu tizimning mohiyati shundan iboratki, 
yoshlarga umumiy o‘rta ta’lim berish bilan birga o‘rta maxsus ta’lim ham berish, 
o‘quvchi yoshlarni kasbga yo‘naltirish va kelajak hayotga tayyorlash hisoblanadi. 
Ta’lim tizimi samaradorligini yanada oshirish maqsadida ta’lim muassasalari 
tubdan modernizatsiya qilindi. Shu jumladan, ta’lim muassasalari tubdan 


rekonstruksiya qilinib, laboratoriya va lingafon xonalari, axborot resers markazlari 
tashkil etildi, eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan 
jihozlandi, barcha zarur moddiy va texnik ta’minot bilan ta’minlandi. 
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga 
aylanib bormoqda. XXI asr “Axborot asri”, “Axborot texnologiyalari asri” 
hisoblanadi, shuning uchun bugungi kunda axborot tеxnologiyalarini puxta 
egallamoqlik zamon talabidir.
Rеspublikamizdagi maktablar, akadеmik litsеylar va kasb-hunar kollеjlarida 
bugungi kunda kompyutеr tеxnologiyalari va butun jahon o‘rgimchak to‘ri - 
Intеrnеtni o‘quv jarayoniga tadbiq etishni rivojlantirishga katta ahamiyat 
bеrilmoqda. Buning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Prеzidеntining va 
Vazirlar Mahkamasining Farmoni va Qarorlarida, maxsus dasturlarda ko‘rsatib 
o‘tilgan.
Mamlakatimizdagi maktablar, akadеmik litsеy va kasb-hunar kollеjlari, oliy 
ta’lim muassasalarining zamonaviy tеxnika vositalar va kompyutеrlar bilan 
ta'minlanishi davom etayotgan bo‘lsada, ulardan foydalanish sustroq olib 
borilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan ta’lim muassasalarida unumli 
foydalanish, 
uni 
dars 
jarayonlariga 
qo‘llash, 
dasturchilar 
va 
undan 
foydalanuvchilarning imkoniyat darajalarini oshirish davr talabi hisoblanadi. 
Shuning uchun ham o‘quv yurtlarimizda informatika va axborot tеxnologiyalari 
fanining o‘qitilishiga va zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali 
foydalanishga, ularni amalda qo‘llovchi pеdagoglarning malakalarini oshirishga 
juda katta e’tibor bеrilayapti. 
Nafaqat mamlakatimizda balki, butun dunyo ta’lim tizimida axborot 
texnologiyalari yordamida elektron darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanmalar, 
pedagogik dasturiy vositalar, turli ta’lim resurslari, o‘qitishning elektron vositalari, 
multimediali darsliklar yaratish va ulardan foydalanish rivojlanib bormoqda. Bular 
o‘z navbatida ilm-fan taraqqiyotiga, ta’lim sifati va samaradorligining oshishiga 
katta hissa qo‘shmoqda. Bunday darsliklardan keng qo‘llaniladiganlaridan biri 
videodarsliklar hisoblanadi. Bu videodarsliklarning samaraliligi shundaki, 


o‘quvchilar masofadan turib, mustaqil ta’lim olishi va istalgan vaqtda 
videodarsliklardan 
foydalanishlari 
mumkin. 
Bu 
esa 
bilimlarni 
doimo 
mustahkamlab borish imkonini beradi. 
Bunday videodarsliklarni qanday yaratish mumkin va qanday yaratish 
kerak? Videodarslikni yaratishning bir qancha usullari mavjud bo‘lib, bu 
o‘rgatilayotgan fanga bog‘liq. Videodarsliklar oldindan tuzilgan reja asosida 
yaratilib, xatoliklar qayta ishlanadi. Shuning uchun ham ilmiylik darajasi yuqori 
bo‘ladi. 
Videodarsliklarni yaratishda avvalambor mavzu tanlanib, mavzu yuzasidan 
reja tuziladi. Reja asosida videodarslikni tashkil etish tartibi belgilab olinadi. 
Videodarslikka qo‘shimcha materiallar, taqdimotlar tayyorlanadi.
Darsliklar videotasvir ko‘rinishida saqlab boriladi. Videotasvir hosil qilishda 
real hodisalar uchun web-kamera yoki video-kamera qurilmalaridan; taqdimotlar 
va turli animatsion jarayonlarni tasvirga olish uchun maxsus dasturlardan 
foydalanishimiz mumkin. Bunday dasturlarga FastStone Capture, iSpring Suite, 
Bandicam, Camtasia Studio, SnagIt, CamStudio kabi ko‘plab dasturlarni misol 
qilib keltirishimiz mumkin. Hozirda keng tarqalgan va optimallashtirilgan, ko‘p 
funksiyali dastur bu 

Yüklə 266,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə