9-mavzu: Ijtimoiy rivojlanishida pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalar



Yüklə 43 Kb.
səhifə2/6
tarix22.03.2024
ölçüsü43 Kb.
#183655
1   2   3   4   5   6
Ижтимоий 9-мавзу

Kuzatish metodiikki xil bulib, ob'ektiv (tashqi) va sub'ektiv (ichki) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
a)kuzatishning maqsad vazifasi belgilanadi;
b)kuzatilayotgan ob’ekt tanlanadi;
v)tadqiqot o‘tkazish vaqti rivojlantiriladi;
g)kuzatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi;
d) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o‘qish, o‘yin, mehnat, sport) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi
e) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa) tanlanadi;
y) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafon) tayyorlab qo'yiladi
Kuzatish orqali turli yoshdagi odamlarning diqqati xis-tuyg'ulari, asab tizimining tashqi ifodalari, imo-ishoralari, sezgirligi, xulq-atvori, nutq faoliyati kabilar o'rganiladi. Ammo o‘ta murakkab ichki kechinmalar, yuksak xissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etmaydi.
Tashqi kuzatishda ba'zan tafakkur buyicha ham ma'lumotlar olish mumkin. Ish ustidagi kayfiyatni chehradagi tashvish va iztirobni, sinchkovlik va ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkurdagi o'zgarishni aniqlash mumkin.
Bundan tashqari qo'lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi ham insonning ruhiyatidagi o'zgarishlar bo'yicha ma'lumotlar beradi.
sotsiometriya(lot. “jamiyat” va yunoncha. “Men o'lchayman”) kamida olti oy davomida mavjud bo‘lgan kichik aloqa guruhlarida shaxslararo munosabatlarni tashxislash uchun ishlatiladi. Sotsiometrik metod kichik guruh a’zolari o‘rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o‘rganish va ularning darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi. Bunga amerikalik sotsiolog J.Moreno(1892-1974) asos solgan.Uning fikricha, insonning ruhiy holati, xulq-atvorining adekvatligi ko‘p jihatdan uning kichik guruhning norasmiy tarkibida egallagan pozitsiyasiga bogliq. Simpatiyaning yetishmasligi ham shaxslararo muammolarning oqibati, ham ularning manbasiga aylanadi mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatida kim bilan birga qatnashilishi so‘raladi. Bu ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko‘rinishini aks ettiradi.
Sotsiometriya- shaxslararo munosabatlar tavsifiga asoslangan kichik guruhlar uchun tadqiqot usullari majmuidir:
a) guruhdagi birlashish-tartibsizlik darajasini o'lchash;
b) “sotsiometrik pozitsiyalarni” aniqlash, yani. guruh a’zolarining simpatiya-antipatiya asosidagi obro‘si belgilanadi. Bunda guruhning “rahbari” va “rad etilgan bola” aniqlanadi.
v) o'zlarining “norasmiy liderlari” tomonidan boshqarilishi mumkin bo‘lgan birlashgan shakllanishlar - guruh ichidagi “quyi guruhchalarni” aniqlash.
Ushbu usuldan foydalanib, guruhning alohida a’zolarining mashhurligini - nomaqbulligini aniqlash, jamoaviy faoliyat sharoitida odamlarning ijtimoiy xulq-atvori tipologiyasini o‘rganish, guruhning norasmiy tuzilishini ochib berish, ijtimoiy darajani aniqlash mumkin 
Savollarning ma’nosi guruhning barcha a’zolari uchun nihoyatda tushunarli bo‘lishi kerak, bu tuzuvchidan respondentlarning yoshi, intellektual va boshqa xususiyatlarini hisobga olishni talab qiladi;
barcha savol iloji boricha aniq tasvirlanishi kerak (masalan, "Kim bilan o‘ynashni xohlaysan?" emas (qaerda? qachon? qanday sifatda? qanday sharoitda? va hokazo)

Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə