9-mavzu: Ijtimoiy rivojlanishida pedagogik faoliyat metodlari va texnologiyalar


Bolalarda muloqatchanlikni shakllantirishga yordam beruvchi o'yinlar



Yüklə 43 Kb.
səhifə5/6
tarix22.03.2024
ölçüsü43 Kb.
#183655
1   2   3   4   5   6
Ижтимоий 9-мавзу

Bolalarda muloqatchanlikni shakllantirishga yordam beruvchi o'yinlar
Ismlar – fazilatlar”
Bu o'yin guruh tarbiyalanuvchilarining kayfiyatini ko'tarish va o'zlarini erkin his qilishlari uchun tashkil qilinadi.
Har bir bola biron-bir ismning birinchi harfi bilan boshlanadigan shaxsning ijobiy xarakter xususiyati, kishi fazilati nomini aytish lozim (masalan, Rustam - rostgo'ylik, Murod — mardlik va hokazo).
Orqama-orqa”
Ishtirokchilar xona bo'ylab harakat qiladilar. Tarbiyachi tana a'zolaridan birining nomini aytadi, masalan, "orqa" deydi. Shunda ishtirokchilar o'zlariga juft topib, bir-biriga suyanishlari kerak. O'ziga sherik topa olmagan ishtirokchi esa o'rtaga chiqadi va o'yinni davom ettirish uchun boshqa tana a'zolarining nomini aytadi (masalan qo'l, oyoq, bosh barmoqlar, elka va hokazo).
Qaerga, qaerga”
Guruh a'zolarining har biri raqam bilan nomlanadi. Ishtirokchilar o'z raqamlarini eslab qolishlari kerak. Shundan so'ng ular aralashib ketishadi. Boshlovchi o'rtada turib ikkita sonni aytadi. Shu raqamlar
bilan nomlangan ishtirokchilar "qaerga, qaerga" deb bir-birlarining o'rinlariga o'tib olishlari zarur. Boshlovchi ham bu orada ochiq qolgan joyni egallashga urinadi. Joysiz qolgan ishtirokchi o'yinni davom ettiradi.
Yomg'ir”
Bolalar aylana ko'rinishida turib olishadi bunda jimlik hukm surishi kerak. Tarbiyachi hozir siz yomg'ir tovushini eshitasiz, lekin buning uchun mening harakatlarimni takrorlashingiz kerak", — deydi.
Tarbiyachi o'rtada turib har bir bolaning oldiga keladi va uning ko'ziga qarab, muayyan harakatlarni bajarib ko'rsatadi. Har bir tarbiyalanuvchi toki tarbiyachi butun davrani aylanib kelib boshqa harakatni ko'rsatmagunicha shu harakatni bajarib turishi zarur.
Harakatlar:
Kaftlarni bir-biriga ishqalash;
Tizzalarni shapatilash;
Oyoqlarni do'pillatish;(yana qanday harakatlar?)

Rangli kaftlar”


Maqsad: guruhda hissiy qulaylikni yaratish.
Tarbiyachi 3-xil (qizil sariq va ko'k) "rangli kaft"lardan birini ishtirokchilarga ko'rsatganda, ularning har biriga mos ko'rishish (salomlashish) harakatlari bilan javob qaytarishlari kerak.
Masalan qizil kaft - qo'lni siqib, sariq kaft - orqaga qoqib, ko'k kaft - elkani silab. Ishtirokchilar ko'rsatmaga binoan iloji boricha ko'pchilik bilan ko'rishishga erishishlari kerak. Sarflanadigan vaqt: 20 daqiqa.


Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə