O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 0,88 Mb.
tarix27.02.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#101552
01 41 guruh Sharipova Muborak Bola nutqini o\'stirish Tt tovushi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA
TA’LIM VAZIRLIGI

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari
direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti kasbiy qayta tayyorlash kursining “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi” yo’nalishining
41-guruh tinglovchisi
Sharipova Muborakning “Bolalar nutqini o’stirishi” moduli “Tt tovushini talaffuz qilish” mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi



Sana :__________
Guruh :_________
Mavzu: Tt tovushini talaffuz qilish
Maqsadlar:
Tt tovushining to’g’ri talaffuzini mustahkamlash. Tt tovushini to’g’ri talaffuz etish ularni farqlay olish. So’zdan tovushni ajrata olishga o’rgatish.
Vazifalari: T t tovushuninh o’renini aniqlash: so’z boshi, o’rtasi va oxirida kelishini aniqlash.So’zlarni bo’g’inlarga ajratish,so’z boyligini boyitish.
Kutilayotgan natija: Tt tovushining undosh tovush ekanini bilib oladilar, : so’z boshi, o’rtasi va oxirida kelishini bilib oladilar. Tt tovushidan so’zlar topa oladilar.
Kerakli jihoz:Tt tovushiga rasmlar, tarqatmalar, ta’limiy o’yinlar uchun materiallar.
Mashg’ulotning borishi

  1. Tashkilliy qism:

Bolalarni mashg’ulotga tayyorlash.
--Bolalar bugun biz sizlar bilan Tt tovushi bilan tanishamiz. Diqqat qiling Tt tovushuni eshitganinggizda chapak chalasiz:
G, R, D, T, K, F…

  1. Asosiy qism.

--Bolajonlar hozir sizlarga rasm ko’rsataman. Nomlarini aytasiz:

Demak to’g’ri- tuya, tulki, tovuq, gugurt, tugma, kitob.



-T tovushi undosh tovush. So’z boshi, o’rtasi va oxirida kelishini aniqlaymiz:
Tu-ya, tul-ki, tov-uq, , tug ma- so’z boshida keladi:
Ki-tob- so’z o’rtasida, gu-gurt- so’z oxirida keladi.
-Bolajonlar endi o’zlaringiz Tt tovushi ishtirok etadigan so’zlar ayting va chapak chalib bo’g’inlarga bo’lib, o’rnini topamiz.

-Bolajonlar hozir sizlarga topishmoq aytaman;
Juda sevamiz uni, U barchaning ulfati,
Xilma-xildir mazmuni. Bo`lar ba`zan surati,
O`qituvchi emas-ku, Qani,o`rtoq,buni top!
Bilim bera olar u. Eslagan der: bu……(kitob)
-Demak,bugungi suhbatimiz nima haqida ekan? –Kitob haqida ekan.
Bolajonlar sizlarga kitob haqidda qissa aytib beraman.
Buyuk hakim va faylasuf Ibn Sino yozadi:Arastunung “Metafizika”(tabiatdan tashqaridagi hodisalar haqidagi fan) asarini to yod bo`lguncha qayta-qayta o`qidim.Lekin baribir hech narsani tushunmadim.Tushunarsiz narsa ekan,degan xulosaga kelib tashlab qo`ydim.Bir kuni muqovasozlar bozoridan o`tayotib,bir savdogarning o`z kitoblarini maqtayotganini eshitib qoldim.Do`konga yaqin bordim.Savdogar menga kitoblardan birini ko`rsatdi.Bu Abu Nasr Farobiyning “Metafizikaning asosiy qoidalari” deb nomlangan asari edi.Men biroz tajang bo`lib,tushunarsiz ilmdan hech qanday foyda yo`qligini aytib, kitobni rad etdim. Sotuvchi esa qo`yarda -qo`ymay kitobni arzon bahoda sotib olishga undardi.Axiyri kitobni bor-yo`g`I uch dirhamga sotib oldim.Uyga qaytib,kitobni mutolaa qilishga kirishdim: u menga o`z sirlarini ochdi va men falsafaga oid barcha savollarimga javob topdim.
-Bolajonlar biz o’zimizga kitobni do’st qilishimiz kerak ekan.
- “So’zni to’ldir” o’yini.
Ki-....(tob), ta-...(bib), ta-...(na),....

  1. Yakunlovchi qism

-Bolajonlar bugun biz sizlar builan qaysi undosh tovushni bilib oldik?
-Tt tovushi bilan boshlanadigan ismlarni aytamiz.
- Tt tovushi qatnashgan qushlar, hayvonlarni bilasizmi?
Mashg’ulotda faol qatnashgan bolajonlar rag’batlantirib boriladi.
Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə