Psixologiyaning tadqiqot metodlari Kuzatish metodi



Yüklə 117,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix29.11.2023
ölçüsü117,24 Kb.
#142238
  1   2   3   4   5   6   7
Psixologiyaning tadqiqot metodlari



Psixologiyaning tadqiqot metodlari 
 
Kuzatish metodi.
Psixologiya fanida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va 
sub’ektiv (o’zini o’zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni 
kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilardi:
1.
Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi; 
2.
Kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi; 
3.
Sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi; 
4.
Tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi; 
5.
Kuzatishqancha davom etishi qat’iylashtiriladi; 
6.
Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat va sportda) 
amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; 
7.
Kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazishi) tayinlanadi; 
8.
Kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish 
varaqasi, magnitafon, videomagnitafaon, fideoapparat, fotoapparat va 
boshqalar) taxt qilinadi. 
Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi 
ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, 
ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va xokazolari o’rganiladi. Ammo o’ta 
murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy 
xotira va aql zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etishmaydi. Masalan, 
go’dag bolani kuzatishda uning harakatlari, o’yinchoqlarga munosabati, his-
tuyg’usi, talpinishi, maylli, hoxishi aniqlanadi.
Tashqi kuzatishda ba’zan tafakkur bo’yicha ham ma’lumotlar olish: ish 
ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan ob’ektga yo’naltirilganligini, tashqi 
o’zg’atuvchilar ta’siriga berilmaslikni, chehradagi tashvish va iztirobni, ko’zdagi 
g’ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni 
kuzatib, tafakkurning kechishidagi o’zgarishlarni aniqlash mumkin. Bulardan 
tashqari, qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning 
beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot beradi.
Psixologiya fanida o’zini o’zi kuzatishdan (introspeksiyadan) ham 
foydalaniladi. Ko’pincha tajribali psixolog yoki malakali mohir o’qituvchi, 
salohiyatli rahbar o’zini o’zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, 
o’z tafakkurini kuzatib o’zidagi emotsional o’zgarish haqida, shuningdek, 
tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi va ketishi to’g’risida ma’lumot 
oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati qay tarzda, qanday tezlikda, 
qay shaklda ro’y berishini kuzatadi.
Shunday qilib, kuzatish metodining qulay va samarali jihatlari bilan birga zaif 
tomonlari ham mavjud. Shu sababli insonning murakkab psixikasi boshqa 
metodlardan foydalanib tadqiq qilinadi.
Suhbat metodi.
Bu metod bilan inson psixikasini o’rganishda suhbatning 
maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, 
o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish 
rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy bog’liq savol-javob tartibi 
tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal 


qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali 
odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atqori, qiziqishi, ziyrakligi, bilim 
saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risida ma’lumotlar olinadi.

Yüklə 117,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə