So‘zning morfemik tahlili. So‘z yasalish tahlili. Grammatik ma’no, shakl va kategoriya turlari bo‘yicha tahlili



Yüklə 66,82 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü66,82 Kb.
#164597
  1   2   3
1-amaliy mashg\'uloti (2)


So‘zning morfemik tahlili. So‘z yasalish tahlili. Grammatik ma’no, shakl va kategoriya turlari bo‘yicha tahlili

Tezkor savollar va topshiriqlar:

  1. Morfemika nimani o‘rganadi?

  2. So‘zlarni tarkiblarga ajratishda nimaga e’tibor berish kerak?

  3. Morfemika va morfonologiya qanday munosabatda?

  4. Morfonologiya haqida tushuncha bering.

  5. Morfemik tahlil qilish tartibini ayting.

  6. Lug‘aviy shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar haqida gapiring?

  7. Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar haqida gapiring?

  8. So‘z yasovchi qo‘shimchalar qanday qo‘shimchalar?

1-mashq. So‘zlar tarkibidagi derivatsion morfemalarni farqlang. Mashqlar asosida so‘z yasovchi morfemalarning farqlovchi va birlashtiruvchi belgilarini tiklang.


Ixtirochi, gulchi, tashkilotchi, xizmatkor, suratkash, mahsido‘z, saharlik, qimmatchilik, og‘riq, buyruq, qavariq, chiqim, eslatma, yig‘in, cho‘kindi, kuyundi, maqtov, qarsak, jizza, sergap, bebosh, barkamol, sayroqi, zaruriy, bahori, og‘zaki, angla, ho‘pla, afsuslan, salomlash, ulg‘ay, sarg‘ay, ko‘kar, o‘yna, qiyna, o‘rnash, birik, changi, tinchi, saharlab, uycha, yigitcha.
2-mashq. Gaplarni ko‘chiring. So‘zlar tarkibidagi lug‘aviy shakl yasovchilarning so‘z lug‘aviy ma‘nosiga qay (aniqlashtirish, muayyanlashtirish, toraytirish va h.) darajada ta‘sir etayotganligini aniqlab, qavs ichida yozing. Qaysi turkum so‘zlari bilan ishlatilishiga diqqat qiling. Mashqlar asosida lug‘aviy shakl hosil qiluvchilarning birlashtiruvchi belgilarini tiklang.
1. Zum o‘tmay no‘xtadan changallagan kuyi jar bo‘yidan kelayotgan odam g‘ira-shira ko‘rindi. 2. Lazakat xola piyolaning og‘zicha keladigan kulchani beshik boshiga qo‘ydi. 3. Mening o‘g‘illarim bekorga o‘lib ketadigan bolalarmas. 4. Chiqmagan jondan umid (maqol). 5. Qo‘rqaman deb yig‘lashimga qaramay meni yolg‘iz qoldirdi. 6. Shundoq otang falaj bo‘lib yotsa-yu, traktor haydashga balo bormi. 7. Kichkinaligimda tol bargak taqishni yaxshi ko‘rardim. 8. Odam esdan og‘ishi hech gap emas ekan. 9. Iltijoli termulishini qara. 10. Kechalari yostiq quchoqlab yotish joniga tekkandir. 11 Uydagi sirni ko‘chaga olib chiqishning nima keragi bor (O‘.H.)
Uyga vazifa: Quyidagi keltirilgan jadval asosida morfemik tahlil qiling.
MORFЕMIK TAHLIL
Har bir so‘zning tarkibi
1. __________________________________
2. _________________________________
3. __________________________________
4. _________________________________

So‘z

Asos

So‘z yasovchi

Shakl yasovchi

Lug‘aviy shakl

Lug‘aviy-sintaktik shakl

Sintaktik shakl





































Har bir so‘z yasovchi qo‘shimchaning alohida tahlili



Qo‘shimcha

Tuzilishiga ko‘ra

Shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra

Yasash darajasiga ko‘ra

Zamonaviylik darajasiga ko‘ra

Qo‘shilish tartibi

Sinonimi

Antonimi

Omonimi

ko‘pma’noli
bo‘lsa ma’nolari





Yüklə 66,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə