So‘zning morfemik tahlili. So‘z yasalish tahlili. Grammatik ma’no, shakl va kategoriya turlari bo‘yicha tahlili



Yüklə 66,82 Kb.
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü66,82 Kb.
#164597
1   2   3
1-amaliy mashg\'uloti (2)

sodda m


urakkab











mahsuldor
kammahsul

unumli
unumsiz

Prеfiks affiks
Sufiks

Uyga vazifa
1-mashq. Berilgan gaplar asosida quyida topshiriqlarni bajaring.
1. Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim, Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo. (A.Oripov) 2. Bo‘shagan tog‘orani dasturxonga o‘rab ko‘tarayotgan edim, Fotima kelin qo‘ymadi. 3. Dimoqqa qizigan asfalt hidi uriladi . 4. O‘rtasiga qor o‘yib qo‘yilgan katalakdek hovli.. 5. Ko‘z o‘ngimda yana o‘sha qor bosgan hovli, muzlagan perrondan yugurgan onam jonlandi.
1-topshiriq. Gaplarni kuzatib, ajratilgan so‘zlardagi ma‘noli va ma‘nosiz qismlarni aniqlang.
2-topshiriq. Qo‘shimchalarni o‘zaro qiyoslab, o‘xshashlik va farqlarini aniqlang.
2-mashq. So‘zlarni ma‘noli qismlarga ajrating. Morfemaning boshqa lisoniy birliklar bilan munosabatini yoriting. Affiksal morfemalarni funktsional belgisiga ko‘ra guruhlarga ajrating.
Chanqoq, anglamoq, shaxsiyatiga, aqlsizlik, mardikorchilak, kelishmovchilik, so‘roq, yutug‘ini, ko‘nglidagi, bilimdonlarimizning, yuragimdan, ulg‘aytirgan, og‘zaki, yumshoq, o‘ynab, uyum, uyim, issiq, tilim, uylanmoq, o‘ylanmoq, terim, changi, ranji.
Uyga vazifa: Berilgan topshiriqlarni bajarish



Tezkor savollar va topshiriqlar:

  1. So‘z yasalishi deganda nimani tushunasiz?

  2. So‘z yasalishining qanday turlarini bilasiz?

  3. Sizningcha, so‘z yasalishining eng keng tarqalgan turi qaysi?

  4. So‘z yasalish tahlilini o‘tkazayotganda nimalarga e’tibor qaratiladi?

  5. So‘z yasalishining affiksatsiya usuli haqida nimalar bilasiz va ular qaysi turkumlar uchun xos?

  6. Kompozitsiya usulida so‘z yasalish deganda nimani tushunasiz?

  7. Abreviatura va okkazionalizm haqida ma’lumot keltirib o‘ting

1-mashq. Quyida berilgan matndan yasama so‘zlarni toping.


Qadriyat
Qadriyat — voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy, axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar – erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, ma’rifat, haqiqat, yaxshilik, go‘zallik, moddiy va ma’naviy boyliklar, an’ana, urf-odat va boshqalar qadriyat hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida qadriyatlarga doir tadqiqot olib borilgan bo‘lsa, bu tushunchaga shu jihatdan ta’rif berishga intilishgan.
Holbuki, qadriyat aksiologiyaga xos kategoriyadir. Qadriyatni aksiologiya nuqtai nazaridan talqin qilish, uni kategoriya sifatidagi mohiyati, mazmuni, ob’yektiv asosi, namoyon bo‘lish shakllari va xususiyatlarini o‘rganish imkonini beradi. Qadriyatlar kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qimmatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega bo‘lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar. talab va tartiblar va boshqalarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy jarayonlar ta’sirida kishilarning qadriyatlatlar to‘g‘risidagi qarashlari o‘zgarib boradi. Tarixiy zaruriyatga qarab goh u, goh bu qadriyat jtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi. Masalan, yurtni yov bosganida – ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida – istiqlol, urush davrida – tinchlik, tutqunlikda – erkinlik, kasal yoki bemorlikda – sihat salomatlikning qadri oshib ketadi. Qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida o‘z tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega. Qadriyatlar mehnat, ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xatti-harakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, xatti-harakatini ma’lum yo‘nalishga buradigan, tegishli me’yorga soladigan ma’naviy hodisaga aylanadi. Qadriyatlar umumbashariy, milliy, shaxsiy bo‘lishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, qonun-qoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga ega. Bunday qadriyatlar o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan, abadiy qadriyatlardir. Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, ma’naviyati, urf-odat va an’analari, o‘tmishi va kelajagi bilan bog‘liq qadriyatlat milliy qadriyatlatlardir. Inson, uning faoliyati, turmush tarzi, e’tiqodi, umr ma’nosi, odobi, go‘zalligi bilan bog‘liq qadriyatlatlar shaxsiy qadriyatlatlardir. Qadriyatlatlar komil insonni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
2-mashq. Matnda so‘z yasalishining qanday turlari keltirilganini jadval asosida belgilang.
So‘z yasalish turlari jadvali

1.

2.













3-mashq. Quyida berilgan gaplar tarkibida qanday so‘z yasalish turlari ishtirok etganini belgilang.


1. Mirkomil aylana stol atrofida uzoq o‘tirib qoldi. 2. Sunnatjon ikkita kitob sotib oldi. 3. O‘qituvchimiz fursatdan foydalanib kitobini sotib oldi. 4. Ichi qora odamdan yaxshilik kutma. 5. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, barcha nomzodlar to‘satdan tanlovga ishtirok etishdan bosh tortishdi. 6. Tob tashlab qolgan darvozaning bir tavaqasini ochguncha harsillab ketdim. 7. Mung‘ayib o‘tirgan Fotima kelin ham handon otib kulib yubordi. 8. Yosh quyilib kelayotgan ko‘zlarimni artib-artib bosma harfda yozilgan xatni o‘qidim. 9. Muzlagan qorni g‘arch-g‘urch bosgancha qadamimizni tezlashtirdik. 10. Ular orasida jiyagi sitilib ketgan do‘ppi kiygan Olimjonni ko‘rib qoldim. 11. Omborning qamishlari osilib yotgan shiftini ko‘tarib yuborguday kulgi yangradi. 12. Ammam hokandozda tutab turgan isiriq ko‘tarib kirdi.
4-mashq. Mashqlar tarkibidagi yasalishlarni umumiy sonini hisoblab, eng faol yasalish turini aniqlang.
5-mashq. Quyidagi so‘zlarni ko‘chiring. Yasalish qolipini aniqlang. Qoliplarning shakliy va mazmuniy tomonini tavsiflang. So‘z yasash asosi va yasalma o‘rtasidagi mazmuniy muvofiqlikka diqqat qiling.
Suhbatlashmoq, asabiylashmoq, sensiramoq, kechikmoq, chiniqmoq, boyimoq, kamimoq, ozimoq, ranjimoq, boshqarmoq, suvsamoq, gapirmoq, ko‘zikmoq, to‘lin, to‘kin, sog‘in, ichikmoq, sevinmoq, chaqmoq, uyushiq, bog‘lama, sifatdosh,
Uyga vazifa: Talabalar okkazional usulda hosil bo‘lgan so‘zlarni asardan topib, tahlil qiladi.

Tezkor savollar va topshiriqlar:
1. Morfemalar qaysi jihatlariga ko‘ra tasnif qilinadi?
2. Morfemalarni shakliga ko‘ra tasniflang?
3. Morfemalar mazmun jihatdan qanday turlarga bo‘linadi?
4. Mоrfеmik pоlisеmiya va antоnimiya
5. Mоrfеmik оmоnimiya va sinоnimiya.
6.Dеrivatsiоn sinоnimiya va grammatik sinоnimiya.
7. Mоrfеma variantlari.



1-mashq. So‘zlarni o‘zak va affiks morfemalarga ajrating. Affiks morfemalarni turini aniqlang.


1. O‘tirganlarning ayrimlari domlaning yuzi uchun piq-piq kulib qo‘yishdi. (O‘.U.) 2. Devorlari nurab qolgan hovlining kungay tomonidagi ayvonda keksagina bir xotin kamzuliga tugma qadab o‘tiribdi. (S.A.) 3.Amirzodamning so‘zlari qulingizga sari toj bo‘lsin! Ertagayoq novvoylarga un berib, ochlarga non yoptirib tarqatishni men o‘z zimmamga olurman! (P.Q.) 4. Mehmonxona eshigini ochib gugurtni chaqqan vaqtida mehmonxonaning o‘rtasida ikki qulochini keng yozib Poshshoxon turardi. (Ch.) 5. Bilib qo‘ying, o‘rtoq Komilov! Haqiqat egiladi, lekin sinmaydi! Kelajak va tarix sizning bu hatti-harakatlaringizni kechirmaydi! (O.Y.) 6. Yigit yalt etib qo‘shni dalaga qaradi. U yerda xotin-xalajlar, bola-chaqalar chuvillashib paxta terishayotgan edi. (M.I.)
2-mashq. So‘zlarni morfemalarga ajratib affiks morfemalarni turini aniqlang.
1. Murotali uning so‘zlarini chidam bilan tinglab, uncha ham ishonmaganday boshlarini chayqardi. (Sh.R.) 2. Ayvonda bosma gulli bo‘z ko‘rpa yopilgan pastakkina tanchada qizlar o‘tirardi. (O.) 3. To‘g‘ri, o‘tgan kuni saharda rasadxonaga kirib kelgan ustod bu to‘g‘rida so‘z ochmadi. (O.Y.) 4. Salohdor fonusni baland ko‘targancha ro‘paradagi eshikni ochib unga yo‘l berdi. (O.Y.) 5. Ummatali boshqa gap so‘ramadi.Ishini bitkazib egarga mindi-yu, xayr ham demay jo‘nab ketdi. (S.A.) 6. – Ishing bo‘lmasa kitob o‘qi, husnixat ol: sen kulolning qizi emassanki... (A.Qod.)
3-mashq. Mustaqil so‘zlarni lug‘aviy va grammatik ma’noli qismlarga ajrating.
1. Bahor odamlarni uydan etaklab chiqqan, oftob zax uylarning derazasidan mo‘ralab qishdan qolgan rutubatni haydamoqda. (S.A.) 2. Qiz xayrlashib avtobusga chiqqanida xuddi bir zarur gapi bo‘lib, unutganday orqasiga – Saidiyga qaradi. (A.Q.) 3. E’tiroz bildirgan kishining tovushi supurgi bilan urilgan arining tovushiday birdan o‘chdi. (A.Q.) 4. Hovlining to‘rt tarafi turlik ehtiyoj binolari bilan va to‘rdagi binoning ikki biqini katta uylar bilan o‘ralgan bo‘lib bu ikki uyning orasig‘a o‘lturgan koshinkor va naqshin chorxari ayvon bu hovlining birinchi martaba ko‘zga chalinadirg‘an ortiqliklaridandir. (A.Qod.) 5. Daryoning quyi tomonida ko‘ringan sel oqimi o‘rkach-o‘rkach to‘lqinlari bilan yuqoriga qarab bostirib kelardi. (T.Mal.) 6. – Aqllik kishilarning o‘g‘ullari ustidan qilg‘an ushlari albatta noma’qul bo‘lmas, – dedi. (A.Qod.) 7. Birdan boshi aylanib, go‘yo ro‘parasidagi paxtazor ham bir sidra chayqalib ketganday bo‘ldi. (O‘.U.)
4-mashq. Berilgan so‘zlarning unumli yoki unumsiz SYQ hosilasi ekanligini aniqlang. Unumsiz qolip hosilalarining qaysi yo‘l bilan lisoniylashganligini bayon eting.
Bo‘g‘iz, botqoq, urushqoq, kamsitmoq, izg‘imoq, izchil, qisqa, sog‘lom, qishloq, kelin, kelishmoq, qopchiq, sevinmoq, ko‘rishmoq, so‘rashmoq, boqmoq, qarashmoq, o‘qituvchi, urishmoq, sotuvchi, o‘tirish, kirish, qizilcha, ko‘kcha, belanchak, kuyunchak, kelinchak, chaqmoq, kechirmoq, sog‘inmoq, surishtirmoq, uyg‘otmoq, solishtirmoq, to‘ldirmoq, kelishmovchilik, seskanmoq, cho‘mich, ichak, qattiq, suyinmoq, ko‘chat, erkak, zumda, birga, birda, birdan.

5-mashq. Ot, fe‘l, sifat va ravish yasalishining unumli sodda va qo‘shma SYQlarini aniqlang. Qoliplarning shakliy va mazmuniy tomoni hosilalarda qanday xususiylashganini aniqlang. Qo‘shma so‘zlarning imlosi haqida fikringizni bayon qiling.


Kishanla, dodla, sizla, hozirla, salomlash, afsuslan, yaltira, o‘yna, qiyna, qoray, oqar, gumonsira, yo‘liq, kechik, tinchi, abgor qilmoq, ado bo‘lmoq, mantipaz, arizaboz, otalik, kekirik, yonilg‘i, qo‘nim, kechirim, dimlama, bo‘g‘in, savag‘ich, sevinch, g‘urrak, g‘arg‘ara, chuvvos, sharros, kechuv, toshko‘mir, karnaygul, qoraqurt, mingoyoq, qo‘ziqorin, sochpopuk, piyozdog‘, O‘rta Chirchiq, kaltakesak, Markaziy Osiyo, Sho‘rko‘l, ko‘ksulton, qoradori, Oltiariq, uchburchak, mingoyoq, iskabtopar, ishlab chiqarish, savacho‘p, gavdali, yeyishli, aloqador, nasldor, sergo‘sht, beg‘ubor, yashovchan, urinchoq, qizg‘anchiq, yeyarmon, yig‘loqi, so‘lg‘in, ko‘chma, arzirli, jirkanch, imloviy, ichki, dahanaki, badhazm, izchil, terskay, gapdon, qaram, sog‘lom, qisqa, devqomat, kafangado, sho‘rpeshona, sho‘rtumshuq, xudobezor, kamgap, kamqon, cho‘rtkesar, yebto‘ymas, o‘zboshimcha, tilyog‘lama, o‘zbilarmon, qirqyamoq.
6-mashq. Berilgan matndan sinonim va omonim morfemalarni ajratib jadvalga joylashtiring.

Sinonim

Omonim

1.
2.



1.
2.




Yüklə 66,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə