So‘zning morfemik tahlili. So‘z yasalish tahlili. Grammatik ma’no, shakl va kategoriya turlari bo‘yicha tahlili



Yüklə 66,82 Kb.
səhifə3/3
tarix30.12.2023
ölçüsü66,82 Kb.
#164597
1   2   3
1-amaliy mashg\'uloti (2)

O‘zbekiston muzeylari
Toshkent shahrining markazida Amir Temur xiyobonida sharqona uslubda qurilgan go‘zal bino qad rostlab turibdi. Bu muhtasham binoda Temuriylar tarixi Amir Temur va temuriylar davri tarixiy hujjatlari va ashyoviy dalillar asosida yoritilgan. Yurtimizga kelgan mehmonlar va sayyohlar o‘zbek xalqining tarixi va boy o‘tmishi, madaniyati, ma’naviyati haqida ana shunday muzeylarda bo‘lib, to‘liq ma’lumot olishi, boy tasavvur hosil qilishi mumkin. Muzey ilmiy-ma’rifiy muassasa bo‘lib, tabiiy, moddiy ma’naviy madaniyat yodgorliklarini yig‘ish, saqlash, o‘rganish, targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi. "Muzey" yunoncha so‘z bo‘lib, muzalarga (muza-san’at, adabiyot, fan ma’budasi) bag‘ishlangan joy ma’nosini bildiradi.
O‘zbekistonda muzeylar tashkil etish 19-asrning 70-yillaridan boshlandi. O‘rta Osiyoda birinchi muzeylardan hisoblangan O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi 1876-yilda tashkil topgan.
Shuningdek, Respublikada Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi, O‘zbekiston Davlat San’ati muzeyi, O‘zbekiston xalqlari madaniyati va san’ati muzeyi, O‘zbekiston Tabiat muzeyi. "O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari" tarixi muzeyi va boshqa muzeylar bor.
Ko‘pgina shaharlarda bir o‘lka, viloyat, shahar tarixiga bag‘ishlangan o‘lkashunoslik muzeylari, muzey-qo‘riqxonalar bor. Jumladan, Buxoro Davlat me’moriy badiiy muzey-qo‘riqxonasi, Andijon viloyat o‘lkashunoslik muzeyi kabilar.Atoqli davlat arboblari, yozuvchilar, rassomlar, bastakorlarlar, qo‘shiqchilarga bag‘ishlangan muzeylar ham oz emas. Toshkentda Muxtor Ashrafiy, Oybek, O‘ral Tansiqboev, G‘afur G‘ulom, Yunus Rajabiy, Mukarrama Turg‘unboeva va boshqalarning uy-muzeylari mavjud. Hozirgi kunda yaratilayotgan san’at asarlari, xalqimiz tarixi, buguni va ertasi bilan bog‘liq hujjatlar ertaga nodir ashyolarga aylanadi. Shuning uchun ularni avaylab saqlash lozim.
Topshiriq. Quyidagi jadvalga morfemika bo‘limiga oid atamalarni izohi bilan joylashtiring

Ilmiy atama

Ilmiy atama izohi

1.




1.




2.




2.




3.




3.







Yüklə 66,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə