Toshkent davlat pedagogika universiteti tarixfakultet I



Yüklə 52,75 Kb.
səhifə1/8
tarix08.06.2023
ölçüsü52,75 Kb.
#116180
  1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi O\'zb


NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


T A R I X F A K U L T E T I
«O’ZBEKISTON TARIXI»
KAFEDRASI
5110600 - «Tarix » ta’lim yo‘nalishi
3-kurs talabasi
Meliqo’ziyev Abdulvositning
XX asr O’zbekistonda ma’daniyat tarixi(Yunus Rajabiy hayoti va ijodi) mavzusida yozgan


KURS ISHI


Ilmiy rahbar: «O’zbekiston tarixi» kafedrasi
PhD.v.b dots F.B. Hayitova
«Himoyaga tavsiya etilsin»
«O’zbekiston tarixi» kafedrasi mudiri
t.f.n.professor Z.A.Ilhomov
2023 y. «_____» ________________
TOSHKENT – 2023
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………….……………..3
I bob Sovet mustabid tuzumining Turkiston xalqlari milliy
ma’daniyatiga ta’siri.

    1. O’zbek xalqi ma’daniyatining og’ir sharoitdagi

taraqqiyoti………………………………………………………….6-7
1.2. XX asr 20 yillarning ikkinchi yarmi va 50 yillar
boshlarida O’zbekistonda ma’daniyat hamda fan sohasidagi
siyosat…………………………………………………….............8-15


II bob Milliy uyg‘onish davridagi o‘zbek san’ati.
2.1 O’zbek xalqining musiqiy merosi va uning XX asrdagi rivojining asosiy
bosqichlari ..........................................................................16-20
2.2 XX asr o’zbеk zamonaviy musiqa ma’daniyatiga tamal toshini qo’ygan
ijodkor Yunus Rajabiy hayot yo’li va faoliyati........................................21-27
Xulosa……………………………………………………………..28-29
Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar……………………………..30
Kirish


Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, biz yaqin – yaqingacha hukmron bo’lgan noinsoniy kommunistik g’oya asoratidan qutilib, o’tmishimizni xolisona baholash, xalqimiz tomonidan asrlar davomida yaratilgan milliy – madaniy qadriyatlarni, yurtimiz ravnaqi, istiqloli va istiqboli uchun kurashganlarni muborak nomlarini qayta tiklash imkoniga ega bo’ldik. “Hayotimizda qanday o’zgarishlar ro’y berganini baholash uchun bizga sodiq ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qanday tarixiy meros qolganini yana bir karra eslashimiz zarur… Noinsoniy g’oya hukmron bo’lgan mustabid tuzum o’zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini butun maorif tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaxarlar edi. Ularning milliy va diniy tuyg’ularini qo’pol ravishda kamsitar, tarixiy haqiqatni buzub ko’rsatar edi. O’z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o’z tarixini bilmaslik ko’plab odamlarning shaxsiy fojeasiga aylanib qolgan edi.”1 Totalitar tuzum tazyiqidan qutulish uchun milliy o’zlikni anglash kishilarni eski tafakkur qoliplaridan xalos qilish lozim bo’ldi. Bu u’lkan ijtimoiy – tarixiy axamiyatga ega vazifa eng avvalo tarixchi olimlar zimmasiga tushadi, chunki: “Ma’naviyatini tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak… Jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi”.



______________________
1. Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” – Toshkent,. “Sharq”, 1998 yil, 24 bet.



Yüklə 52,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə