Toshkent davlat pedagogika universiteti tarixfakultet I



Yüklə 52,75 Kb.
səhifə3/8
tarix08.06.2023
ölçüsü52,75 Kb.
#116180
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi O\'zb

Kurs ishining ob`ekti: sifatida mustaqillikgacha bo’lgan davrda fan va ma’daniyat musiqa ta`limi sohasidagi o’zgarishlar va amalga oshirilgan amaliy ishlar belgilab olindi.
Kurs ishining amaliyotga tadbiqi: ushbu kurs ishidan o’rta maktablar, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida o’qitiladigan O’zbekiston tarixi, madaniyatshunoslik, ma’naviy asoslari kabi fanlarda foydalanish mumkin. Xuddi shuningdek ulardan darsliklar, o’quv rejalari va uslubiy qo’llanmalar tayyorlashda foydalansa ham bo’ladi.
Kurs ishining tuzulishi: XX asr O’zbekistonda ma’daniyat tarixi ( Yunus Rajabiy hayoti va ijodi ) mavzusidagi ushbu kurs ishi , kirish qismi, asosiy qismdagi 2 bob va 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat.


I BOB Sovet mustabid tuzumi – chorizim mustamlakachilik siyosatining vorisi va davomchisi.
1.1 O’zbekiston xalqi madaniyatining og’ir sharoitdagi taraqqiyoti
Madaniyatimiz tarixi mamlakatimizda, xonadonimizda asrlar davomida yashab kelayotgan qadimiy qadriyatlarda o’z aksini topgan. Ular go’zallikni his qilish muhitini yaratgan, xalqimizning buyuk tarixini o’zida aks ettirgan bo’lib, o’sib kelayotgan avlod ongiga tarixiy idrok urug’larini qadab, qalbiga esa Vatanga muhabbat g’oyalarini singdirib, ularni yuksak ma’naviy ruhda tarbiyalab kelgan. Shuning uchun ham keyingi 130 yildan ortiq davr mobaynida madaniyatimiz boshdan kechirgan fojialarni butun teranligi bilan tasavvur qilish qiyin. Lekin bu fojealar o’z tarixchilarini davom etmoqda, o’z tarixini yozilishini talab etmoqda.
Tarixdan shu narsa ma’lumki, mustamlakachilik eng avvalo bosib olingan xalq millatni ma’naviy qashshoqlikka duchor etish yo’lidan borganlar. Bunday yo’l istilochilarning tarix sinovidan o’tgan, sinalgan, ayni paytda ularning ma’lum siyosatlarini yashirib turuvchi yo’ldir.
Bu jihatdan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi mulohazalari diqqatga sazovordir. “Xoh o’tmishda, xoh bugun bo’lsin, boshqa millat, davlatni o’ziga qaram qilish niyatida harakat qilgan, qilayotgan kuchlar doimo bir siyosatni yuritganlar, yuritadilar: ya’ni qaram xalqning ma’naviy, madaniy, tarixiy merosini yo’q qilish undan judo etish misol kerakmi?Sovet davrida o’zbek millati tarixini buzib ko’rsatishdan, uni chalkashtirib yoritishdan, ba’zi sahifalarni umuman ko’rsatmaslikdan maqsad nima edi? Сhor Rщssiyaning Sxobelev degan generali shunday deb yozgan edi: “Millatni yo’q qilish uchun uni qurish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi.” Xo’sh, shu gaplarni tarixchilarimiz biladimi? Afsuski, ko’p olimlarimiz ongida eski tuzum asoratlari mahkam qolgan. Ular hozir mustaqillik sharoitida ham kimdandir qo’rqib, cho`chib gapiradilar.1 Nazarimizda, niqoblangan mustamlakachilik siyosatining tub mohiyatini bundan aniq va lo’nda qilib tushuntirib berishning imkoni bo’lmasa kerak.
O`rta Osiyoning Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi ma’naviy-madaniy sohada ham murakkab jarayonlarni keltirib chiqardi. Chorizm madaniyat siyosatining markaziy yo`nalishi O`rta Osiyo xalqlarini ma’naviy jihatdan asoratga solishga islom dinining ta’sirini susaytirib, milliy o`zlikni anglashni bartaraf etishga qaratilgan edi.1
Shu bilan birga Chor ma’muriyatining intilishlariga zid ravishda o`lkaning ma’naviy hayotiga madaniy taraqqiyotiga ob’ektiv ravishda yordam beruvchi yangi ijtimoiy-madaniy hodisalar kirib keldi. Turkiston, Buxoro va Xivaga rus teatr gruppalarining ular qatorida V.M.Samarin kabi buyuk rus sahna ustalarining kelishi mashhur rus yozuvchilari asarlarining o`zbek tiliga tarjima qilinishi, ommaviy kutubxonalarning ochilishi, gazeta, telegraf, grammafon, fotografiya, kinomotografiya, bosmaxonalarning paydo bo`lishi mahalliy xalqlar hayotiga yangiliklar kirita boshladi.2
Umuman olganda ikki mustabid tuzum davrida siyosiy va mafkuraviy jihatdan nihoyatda og`ir sharoitda o`zbek milliy madaniyati ma’lum darajada rivojlandi, ayrim sohalarda esa yuqori natijalarga ega bo`ldi, lekin unga bu siyosiy tuzumlarning yetkazgan talofatlari cheksiz bo`ldi va fojealarga olib keldi.


_________________________
1. Alimova D.A. “Tarix shahidligi va saboqlari: Chorizm va sovet mustamlakachiligi davrida O`zbekiston milliy boyliklarinining o`zlashtirilishi” Toshkent, “Sharq”, 2001 yil 333-335 betlar.
2. Alimova D.A. “Tarix shahidligi va saboqlari” Toshkent, “Sharq”, 2001 yil 334-353 betlar.

Yüklə 52,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə