Toshkent davlat pedagogika universiteti tarixfakultet I



Yüklə 52,75 Kb.
səhifə2/8
tarix08.06.2023
ölçüsü52,75 Kb.
#116180
1   2   3   4   5   6   7   8
kurs ishi O\'zb

Kurs ishining predmetini: mustaqillikgacha bo’lgan davrda fan ma’daniyat musiqa ta`limi sohasidagi olib borilgan islohotlar va faoliyatlar tashkil etadi.
­­­­­­­Kurs ishining maqsad va vazifalari: XX asr totalitar boshqarishning ma’muriy – buyruqbozlik usuli o’rnatilgan va avjiga chiqqan davrida O’zbekistonda madaniyatning rivojlanish jarayonlarini o’rganish hamda, fan, musiqa ta’limi sohasidagiyetishib chiqqan shaxslarni ijod yo’lini o’rganish ilmiy ishimning maqsadidir.
Ushbu maqsadga quyidagi vazifalarni:
- O’zbekistonda umumiy ta’lim tizimarining shakllanishini va ma’muriy-buyruqbozlik boshqarishi sharoitidagi ahvolini;
- oliy, o’rta maxsus va kasb ta’limining madaniyatning rivojlanishiga ta’sir etish jarayonlarini;
- maktabdan tashqari ta’limning aholi savodsizligini va chalasavodlikni tugatishdagi o’rnini;
- ilm, fanning mustabid tuzum tazyiqiga qaramay kishilarning dunyoqarashini rivojlantirishdagi va xalq xo’jaligi muammolarini hal etishdagi vazifalarini;
- adabiyot va san’atning madaniyatning rivojlanishiga ta’sirini va ushbu jarayonlarda erkin ijod bilan ma’muriy–buyruqbozlik boshqarishi o’rtasidagi ziddiyatlarni;
- madaniy–ma’rifiy ishlarning xalq madaniyati va ijodining rivojlanishi jarayonlariga ta’sirini tadqiq etish orqali erishiladi.
Kurs ishining o`rganilish darajasi: Mavzu ko’plab tadqiqotlarning diqqatini o’zida jalb etib keladi. Bu borada T.N.Qori Niyozi ,,O’zbekiston ma’daniyati tarixi’’, A.K.Valiyev ,,Sho’rolar davri’’, R.K.Qurbonov, U.X.Qoraboyev,,O’zbekiston ma’daniyati’’ kabi tadqiqotchilarning ismlarini keltirish mumkin
Kurs ishining metodologik asosini: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tarixiy xotirani shakllantirish, o’zbek xalqining tarixiy – madaniy merosini o’rganish, milliy ma’naviy qadriyatlarni tiklash haqidagi fundamental ahamiyatga ega asarlari, fikr – mulohazalari, ko’rsatmalari va farmonlari tashkil etadi.
O’zbek tarixchi – olimlarining mustabid tuzum hukmronlik qilgan va ommaviy qatag’onlar uyushtirgan davr tarixini o’rganish jarayonida chiqargan ilmiy – nazariy xulosalari, milliy madaniy rivojlanishining ijtimoiy tarixiy xususiyatlari haqidagi fikrlari ilmiy ish uchun konsepsual ahamiyatga ega. Ilmiy ishda falsafaning milliy va umuminsoniy madaniyatlarning uzviy bog’liqligi, xalq madaniyati, san’ati, ijodining tadrijiy rivojlanishi qonunlariga buysunishi haqidagi hulosalarga ham tayanildi.

Yüklə 52,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə