Miloddan avval taxminan 250-yilda Kaspiy dengizining janubiy va janubiy



Yüklə 167,55 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.12.2023
ölçüsü167,55 Kb.
#156278
Parfiya - Vikipediya



Parfiya
Parfiya
yoki 
Parfiya podsholigi

miloddan avval taxminan 250-yilda
Kaspiy dengizining janubiy va janubiy-
sharqiy tomonida vujudga kelgan
qadimiy davlat. Miloddan avval 1-asr
oʻrtalarida Mesopotamiyadan
Hindistongacha boʻlgan hududni oʻziga
boʻysundirgan. Parfiya milodiy 3-asr 20-
yillarigacha mavjud boʻlgan. Miloddan
avval taxminan 250-yil saklarning
koʻchmanchi parnlar (daxlar) qabilasi


Arshak (arshakiylar sulolasi asoschisi)
boshchiligida Salavkiylar davlatidan ajrab
chiqqan Parfiyona yoki Parfiya
satrapiyasiga bostirib kirganlar va
Parfiyani, soʻngra qoʻshni Girkaniya
viloyatini ishgʻol etganlar. Salavk II oʻz
hokimiyatini qayta tiklash maqsadida olib
borgan 1 necha muvaffaqiyatsiz
urinishlar (miloddan avvalgi 230—
227)dan soʻng Parfiya da arshakiylar
hukmronligini tan olishga majbur boʻlgan.
209-yil Parfiyani salavkiylar podshohi An-
tiox III bosib olgan. Biroq Salavkiylar
davlatining zaiflashganidan foydalanib
Parfiya tezda oʻz mustaqilligini tiklagan.
Parnlar mahalliy parfyanlar (parfiyaliklar)
bilan aralashib ularning madaniyati, tili va


mahalliy diniy eʼtiqodlarini qabul
qilishgan. Miloddan avvalgi taxminan 170
—138/137 yillarda Parfiya podshohi
Mitridat I salavkiylarning sharqiy
satrapiyalari va Yunon-Baqtriya
podsholigining bir qismini (miloddan
avvalgi taxminan 136 y,) bosib olgan.
Miloddan avvalgi 1-asr boshida Parfiya
qudrati yanada ortib, Rim imperiyasining
xavfli raqibiga aylangan. Miloddan
avvalgi 53-yil Parfiya Rim bilan
toʻqnashib, Karri jangida Krase
qoʻmondonligi ostidagi Rim qoʻshinini
tamoman tor-mor etgan. Miloddan avval
40-yilda Parfiya Kichik Osiyoning deyarli
butun hududini, Suriya va Falastinni zabt
etgan. Bu Rimning Sharqdagi


hukmronligiga tahdid solmoqda edi.
Miloddan avval 39— 37-yillarda rimliklar
bu viloyatlar us-tidan oʻz hukmronliklarini
tiklashgan. Tez orada Parfiya ichki nizolar
va koʻchmanchi alanlarning hujumlari
natijasida tanazzulga uchray boshlagan.
Bundan foydalangan rimliklar Parfiya
gʻarbiy viloyatlarini qattiq talon-toroj
qilgan. Parfiyaliklar vaqtvaqti bilan
rimliklar ustidan gʻalaba qozonib turgan
boʻlsalarda, davlatni siyosiy
tushkunlikdan qutqarib qololmaganlar.
Margʻiyona, Sakaston, Girkaniya,
Elimaida, Fors, Xarakena, Xatra shahri
amalda mustaqil edilar. Tashqi va ichki
nizolar mamlakatni holdan toydirgan.
224-yil vassal Fors (Persida) viloyati


hokimi Ardashir (qarang 
Ardashir I
) hal
qiluvchi jangda Arta-bon V ni Ormizdagon
tekisligida magʻ-lub etib Parfiya davlatini
tugatgan; Parfiya asoschisi 
Ardashir I
boʻlgan. Sosoniylar davlatiga qoʻshib
yuborilgan.
Madaniyati
Meʼmorlik, amaliy va bezak
sanʼati dastlab sharqiy ellin
madaniyatining shaxobchalaridan biri
sifatida rivojlangan. Keyinchalik Parfiya
tarkibiga kirgan mahalliy xalqlarning
badiiy anʼanalari bilan boyib taraqqiy
etgan. Parfiya sharqiy qismida asosi
kvadrat shaklidagi ibodatxonalar (Niso,
miloddan avvalgi 2- va milodiy 1-asrlar),
ayvonli saroylar (Koʻhi Xoʻja, Eron, 1-asr)


qurilgan, binolar gʻarbdan keltirilgan
marmar haykallar va mahalliy ustalar
yasalgan terrakota haykallar bilan
bezatilgan. Kryalarda ishlangan
relyeflarda aʼyonlarning podshoga taʼzimi,
qurbonlik marosimlari va boshqa aks
ettirilgan. Nisodan topilgan kumush, fil
suyagi, sopol buyum, idish, turli
bezaklardagi tasvirlarning syujeti yunon
afsonalari asosida, lekin kishilarning
qiyofalari mahalliy xalklarni eslatadi.
Parfiya gʻarbiy qismida ibodatxonalarning
turli-tuman tiplari mavjud boʻlib, yunon-
rim meʼmorligining kuchli taʼsiri koʻzga
tashlanadi, shu bilan bir qatorda ayvonli
binolar qurilgan. Devoriy rasmlar, xudo va


podsholarning haykallari bino bezagining
1 qismiga aylantirilgan. Suyakdan
ishlangan ayol haykalchalari saqlangan.
Parfiya podsholigining kuchayishi, Antiox
III vafotidan soʻng Salavkalar davlati
kuchsizlanib qoladi. Bu vaziyatdan
foydalangan Parfiya shohi Mitridat I
miloddan avvalgi (171-138) Midiya bilan
Bobilni bosib olib miloddan avvalgi 141-
yilda oʻzini „Bobil podshosi“ deb eʼlon
qiladi. Miloddan avval 140-120-yillarda
shimoldan saklarning hujumi boshlanib,
Yunon-Baqtriya davlati agʻdarib
tashlanadi. Saklarning jangovar qismlari
Parfiya qoʻshinlari bilan ham
toʻqnashadilar. Bu janglarda ikki Parfiya


shohi halok boʻladi. Saklar Erimander,
Xerirud daryolari oraligʻidagi viloyatga
borib joylashadilar. Shundan boshlab bu
viloyatni Sakiston deb ataydigan boʻldilar.
Mitridat II (miloddan avvalgi 123-87)
davrida Parfiya qoʻshinlari salavkiy
qoʻshinlarini yengib, Eron va
Mesopotamiyani ishgʻol qiladilar. Mitridat
II „ulugʻ shahanshoh“ degan unvonga ega
boʻladi. Parfiya qoʻshinlari Kichik Osiyo va
Oʻrtayer dengizining sharqiy sohili
chegaralarida rimliklar bilan
toʻqnashadilar. Miloddan avvalgi 53-yilda
mashhur sarkarda Krass boshliq Rim
qoʻshinlari bilan Parfiya podshosi Orod
(miloddan avvalgi 55-37) qoʻshinlari
oʻrtasida janglar boshlanib ketadi. Shu yili


Karri shahri yaqinidagi dahshatli jangda
rimliklar yengilib, sarkarda Krass halok
boʻladi. Bu gʻalabadan soʻng parfiyonlar
katta oʻljaga ega boʻlib, juda koʻp rim
askarlari asirga tushadi. Asirlar
Margʻiyonaga haydab ketilib oʻsha yerga
joylashtiriladi. Bu gʻalabadan keyin
Parfiya poytaxti Gekatompildan
Mesopotamiyadagi Ktesifonga
koʻchiriladi. Bu davrda Parfiya oʻz kuch-
qudratining eng baland choʻqqisiga
koʻtariladi. Parfiya qoʻshinlari Sharqda
Hind daryosigacha, gʻarbda esa Oʻrtayer
dengizi va Kichik Osiyo chegarasigacha
boʻlgan yerlarni egallaydilar.


Parfiya podsholigining tushkunlikka
uchrashi
, Miloddan avvalgi 40-yillardan
boshlab rimliklar Oʻrtayer dengizining
sharqiy sohilidagi mamlakatlarda va
Kichik Osiyoda oʻz mavqeini qayta tiklab
oladilar. Rim qoʻshinlari Parfiya
qoʻshinlarini Frot daryosi chap sohiliga
surib chiqarishga muvaffaq boʻladilar.
Ammo rimliklarning miloddan avvalgi 38-
yilda Midiyaga qilgan yurishlari
magʻlubiyat bilan tugaydi. Miloddan
avvalgi I va milodning I-II asriaridagi ichki
nizolar va toʻxtovsiz urushlar Parfiyani
kuchsizlantirib qoʻyadi. Bu davrlarda
Parfiyaga shimoldan alanlar bostirib
kiradilar. Milodning 2-asrining birinchi
yarmida rimliklar Mesopotamiyaga ikki


bor bostirib kirib poytaxt Ktesifonni talab
vayron qiladilar. Shundan keyin Rim bilan
Parfiya oʻrtasidagi kurash 200 yilcha
davom etadi. Bu davr ichida Rim va
Parfiya davlatlari kuchsizlanib
parchalanishga yuz tutadi. Parfiya esa
mayda davlatga boʻlinib ketadi. Milodiy 3-
asrdan boshlab podsholikning janubi-
gʻarbidagi Parsua viloyati yuksalib
Sosoniy sulolasi asos solgan davlat
tashkil topadi. Milodiy 224-yilda sosoniy
hukmdorlari Parfiya poytaxti Ktesifonni
egallab, kuchsizlanib qolgan Parfiya
podsholaridan taxtni tortib oladilar.
Shunday qilib, 500 yilcha umr koʻrgan
Parfiya podsholigi agʻdarilib, uning
oʻrnida Sosoniylar davlati tashkil topadi


Parfiyaning ijtimoiy 
tuzumi
, xo
ʻ
jaligi va 
madaniyati. Parfiya 
janubi-g
ʻ
arbiy Osiyodagi 
yirik quldorlik 
davlatiaridan biri bo
ʻ
lgan. 
Davlat tepasida 
arshakiylar sulolasidan 
bo
ʻ
lgar shoh o
ʻ
tirgan. Shoh 
huzurida qabila 
aslzodalari va 
ruhoniylardan Iborat ikki 
alohida kengash bo
ʻ
lgan. 
o
ʻ
lgan shohning o
ʻ
rniga aka-
uka va o
ʻ
g
ʻ
illaridan biri 
taxtga o
ʻ
tqizilgan. Shoh 


davlat ahamiyatiga ega 
bo
ʻ
lgan masalalarni aslzoda 
va ruhoniylar kengashi 
bilan maslahatlashib hal 
etgan. Mamlakat 
aholisining asosiy qismini 
ozod dehqonlar, 
hunarmandlar, savdogarlar 
va ziyolilar tashkil 
etgan, Parfiyada qulchilik 
ancha sust rivoj topgan 
edi. Solnomalarda qulning 
bolasi ham qul bo
ʻ
lib 
qolishi ta
ʼ
kidlangan. 
Qullar mehnatidan 
xo
ʻ
jalikning hamma 
tarmoqlarida 


foydalanilgan. Parfiya 
aholisi to
ʻ
rt tabaqadan 
iborat bo
ʻ
lgan. Ular: 1. 
Zodagon jangchilar. 2. 
Yengil qurollangan 
suvoriylar. 3. Erkin 
jamoachi dehqonlar. 4. 
Qullar. Parfiya 
shohlarining asosiy kuchi 
qo
ʻ
shin bo
ʻ
lgan. Parfiya 
qo
ʻ
shinining asosiy qismini 
qullar tashkil etgan. 
Rim tarixchisi Pompey Trog: „Ularning
qoʻshinlari qullardan tashkil topgan,
qullar olomoni koʻpayib bormoqda,
chunki hech kim ularni ozod etolmaydi,


hammasi qullar boʻlib tugʻiladi. Ular shu
qullarni oʻz farzandlaridek koʻrib
tarbiyalaydilar, ot minishga va oʻq-yoy
otishga oʻrgatadilar“,- deb yozgan ekan.
Parfiyonlar Rim sarkardasi Antoniyga
qarshi 50 000 suvoriy tayyorlaganlar,
shulardan 400 suvoriy erkin kishilardan,
qolgani esa qullardan boʻlgan. 
Parfiya
xoʻjaligi
ning asosini dehqonchilik,
chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-
sotiq tashkil etgan. Parfiya aholisi
Murgʻob, Tajan, Atrok, Karun, Kerxa kabi
daryo va soy boʻylaridagi unumdor
yerlarga sholi, sabzi, turp, sholgʻom,
qovun, tarvuz, qovoq ekib parvarish
qilganlar. Ular olma, anor, anjir, oʻrik,


uzum va boshqa mevali daraxtlar ekib.
bogʻdorchilik bilan shugʻullanganlar.
Sugʻorilmaydigan lalmikor kam suvli
yerlarga bugʻdoy, arpa, tariq, noʻxat, mosh
kabi dukkakli ekinlar ekkanlar. 
Qishloq
xoʻjalik
ishlarida qullar mehnatidan
foydalanganlar. Ozod dehqonlar olingan
hosildan davlatga soliq toʻlaganlar.
Dehqonlar yerni haydash va unga ishlov
berishda omoch, belkurak, ketmon, tesha,
o ʻroq, so ʻqa, mola kabi mehnat
qurollaridan foydalanganlar. Qishloq
xoʻjalik ishlarida ot, eshak, xachir, hoʻkiz
va tuyalardan foydalanilgan. Dehqonlar
ham kam miqdorda qoramol, qoʻy, echki,
eshak, ot va tuya asraganlar. Parfiyaning
togʻ, togʻ oldi, yassitogʻlik va dashtlarida


seroʻt yaylovlar koʻp boʻlgan. Bu
yaylovlarda qoʻy, echki, qoramol, eshak,
tuya va xachirlar boqilgan. Parfiyaliklar
yilqichilikka katta eʼtibor berganlar.
Parfiyaning quruq iqlimli yaylovlari va togʻ
yonbagʻirlarida asl zotli otlar parvarish
qilingan. Hikoya qilishlaricha Iskandar
Zulqarnayn Parfiya boʻylab oʻtayotganda,
mamlakatning dasht va togʻ yaylovlarida
yuz minglab aygʻir, biya va qulunlarni
oʻtlab yurganini koʻrgan ekan. Qadimiy
solnomachilarning hikoya qilishlaricha,
parfiyonlar otga qattiq mehr qoʻyganlar.
Ular bir umr ot ustidan tushmay
urushganlar, bazm qurganlar, barcha
jamoat va siyosiy ishlarni ot ustidan
tushmay bajarganlar, savdo qilganlar va


dam olganlar. Qadimiy tarixchi Tasit
„Parfiyaliklarning birdan-bir kuchi
ularning suvoriylaridir“ deb, yozgan edi.
Parflyaliklar tuyachilikka ham katta
eʼtibor berganlar. Mamlakatning
qurgʻoqchil, quruq iqlimli dashtlarida
koʻplab tuyalar boqilgan. Ular ot bilan bir
qatorda tuyalarni minib yurganlar, ularda
yuk tashiganlar. Ular ichki va tashqi
savdoda juda katta ahamiyatga ega
boʻlgan. Tuyalardan harbiy maqsadlarda
foydalanilgan. Parfiya jangchilari tuya
minib urushga kirganlar. Xitoyliklar
Parfiyani Anʼsi deb ataganlar. Xitoy
sayyohlarining yozishlaricha „Anʼsida
yuzga yaqin katta-kichik shaharlar bor“.
Ularning eng mashhurlari Zadrakarta,


Gekatompil, Ekbatan, Niso va
boshqalardir. Bu shaharlarda
toʻqimachilik, qurolsozlik, kulolchilik,
zargarlik, koʻnchilik, me ʻmorchilik
birmuncha rivoj topgan edi. 
Parfiyada
savdo-sotiq
ancha rivoj topgan boʻlib.
savdogarlar Turon, Xitoy, Hindiston,
Kavkaz, Misr Kichik Csiyodagi
mamlakatlar bilan qizgʻin savdo-sotiq
ishlanm olib borganlar. Parfiya
savdogarlari gʻarb mamlakatlari bilan
Xitoy oʻrtasidagi savdo ishlarida
vositachilik qilishgan. Parfiya ham
oʻzining qadimiy madaniyatiga ega
boʻlgan. Ular aramey yozuvidan
foydalanib, xalq ogʻzaki ijodiyoti asosida
koʻplab asarlar yaratganlar. Adabiyotda


Qadimgi Eron anʼanalarining taʼsiri kuchli
boʻlgan. U yerda meʼmorchilik,
haykaltaroshlik, rassomchilik, boʻrtma
rasmlar ishlash ancha rivoj topgan
boʻlgan. Parfiya meʼmorchiligi va
haykaltaroshligida yunonlarning taʼsiri
kuchli boʻlgan. Shoh saroylarining
devorlari xilma-xil mazmundagi rasmlar
bilan bezatilgan. Suyakdan yasalgan
haykallar, shoxdan yasalgan qadahlar,
ritonlar va boshqa idishlar kishini
hayratga soladi. Oʻsha davrda chiqqan
oltin pullarning sathi podsho, malika va
jangchilarning tasvirlari bilan bezatilgan.
Parfiyada ibtidoiy din shakllari,
hayvonlarga togʻ-toshlar, daraxtlar va
suvga sigʻinish bilan bogʻliq eʼtiqodlar


saqlangan. Lekin ular zardushtiylikka
koʻproq eʼtiqod qilib, suv, havo, yer va
olovni ulugʻlaganlar. Axuramazdani
ulugʻlab, Axrimonga nafrat bilan
qaraganlar. Chunki Axrimon yomonlik
timsoli edi. Parfiyaliklar qoʻshni xalqlar
madaniyatidan bahra olib oʻzlariga xos
madaniyat yaratganlar.
Bokshanin A. G., Parfiya i Rim (ch. 1-2),
M., 1960-66; Koshelenko G.A., Kultura
Parfii, M., 1966.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyot
Manbalar


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Parfiya&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentyabr 2022, 16:29 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Parfiya&oldid=2852729
" dan 
olindi 

Yüklə 167,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə