Guruh: 21. 23-s bajardi: sodiqjonov asadilllo



Yüklə 376,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix20.10.2023
ölçüsü376,06 Kb.
#128448
  1   2   3   4   5   6
GANDBOL O’YININING KELIB CHIQISH TARIXI



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
FAN VA INNOVATSIYA TA’LIM 
VAZIRLIGI 
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO’LIM 
 
MUSTAQIL ISH 
Mavzu:

GANDBOL O’YININING KELIB 
CHIQISH TARIXI
 
 
Guruh: 21.23-S 
 
Bajardi:

SODIQJONOV ASADILLLO 
 
 
 
 


GANDBOL O’YININING KELIB CHIQISH 
TARIXI 
Reja: 
Kirish 
1.Gandbol o’yini haqida 
2.Gandbol o’yining kelib chiqish tarixi 
3.O’zbekistonda 
gandbolni 
rivojlantirishning 
asosiy 
bosqichlari. 
4.Xulosa 
5.Foydalanilgan adabiyotlar 


KIRISH 
Gandbol keng tarqalgan sport turlaridan biri bo’lib, u o’quvchi yoshlarni 
jismoniy rivojlantirish, ularning salomatligini mustahkamlashning eng ommabop, 
binobarin, eng qulay vositalaridan biridir. Bu kattalar uchun ham, o’smir-yoshlar 
uchun ham birdek ma‘qul bo’lgan chinakam xalqchil o’yin hisoblanadi. 
Musobaqada o’n ikki o’yinchidan tashkil topgan ikki jamoa qatnashadi. O’yin 
maydoni 40x20 

kattalikdagi to’rtburchakdan iborat.
O’yinda qatnashuvchi jamoa o’yinchilarining maqsadi - to’pni egallab olib, 
dastlabki himoya qilinib turgan darvozaga kiritish. To’p bilan barcha harakatlar 
faqat qo’lda bajariladi. To’p uchun kurashda, qarshilik ko’rsatishda qo’pollik va 
sportchiga xos bo’lmagan harakatsiz qoidaga rioya qilinib bajarilishi lozim. O’yin 
ishtirokchilarning yoshi va jinsiga bog’liq bo’lib, 30 daqiqadan 60 daqiqagacha 
davom etadi. O’yin vaqtida har bir o’yinchi o’zining shaxsiy fazilatlarini ko’rsatish 
imkoniyatlariga ega. Ammo, shu bilan birga, o’yin har bir gandbolchidan o’z 
shaxsiy intilishlarini umumiy maqsadga bo’ysindirishini talab qiladi.
Gandbol o’yinining asosini yugurish, sakrash, to’pni uzatish, uloqtirish kabi 
shug’ullanuvchilarning har jihatdan uyg’un rivojlanishiga yordam beradigan tabiiy 
harakatlar tashkil etadi. YUklamalar organizmdagi barcha funksional tizimlarning 
rivojlanishiga ijobiy tasir etadi. Mashg’ulotlar tasirida, shuningdek, musobaqalarda 
shug’ullanuvchilarning ruhiy faoliyati takomillashadi, tezlik reaksiyasi, chamalash, 
ijodiy fikr yuritish, tezlik va tashabbuskorlik kabi sifatlari rivojlanadi. Gandbol 
o’yini umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun yaxshi vosita bo’lib xizmat qila oladi. 
Yo’nalishni o’zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, maksimal 
tezlikda harakat qilish yo’llari bilan jismoniy sifatlarni, ayni paytda irodaviy 
hislatlarni, taktik tafakkurini kamol topishi tufayli qo’l to’pi har qanday ixtisosdagi 
talaba uchun zarur bo’lgan sport o’yinlari qatoridan joy olgan.


Gandbol o’yini bugun maktab, litsey, kollej va oliy o’quv yurtlarida 
keng qo’llanilmoqda. Qo’l to’pi musobaqalari mehnatkashlarni 
muntazam tarzda jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga jalb qilishning 
muhim vositasi, sport mahoratini oshirishning hamda «Alpomish va 
Barchinoy» me‘yoriy talablarini bajarishning asosiy omillardan 
hisoblanadi.
1898 yilda - qo’l to’piga asos solingan. Daniyaning Ordrupe 
shahridagi gimnaziyalardan birining o’qituvchisi Xolger Nilson 
futboldan farq qiladigan, qizlar uchun ham mos keladigan, yog’inli 
havoda zalda o’ynasa bo’ladigan yangi sport o’yinini yaratishga qaror 
qiladi. U darvozabonlarni qoldirib, jamoa sonini qisqartirib, to’pni 
uzatish va otish faqat qo’l bilan bajarilishini taklif qiladi. SHu tariqa 
olamda «Xandbol» inglizchadan tarjima qilinganda hand-qo’l, ball-to’p 
ya‘ni ―qo’l to’pi‖ yuzaga keladi va keyinchalik tezda butun jahonga 
tarqab ketadi.
1904 yili birinchi bo’lib Daniya qo’l to’pi federatsiyasi tashkil 
topdi.
1906 yili Kopengagen shahrida qo’l to’pi o’yinining dastlabki 
qoidalari nashr etildi. Ushbu qoidalarning muallifi ham X. Nilson 
hisoblanadi.
Sobiq Ittifoqda qo’l to’pi bo’yicha birinchi yirik musobaqa 1928 yili 
I Butunittifoq spartakiadasi doirasida o’tkazilgan. 1955 yilda 
Butunittifoq qo’l to’pi federatsiyasi tashkil topgan. 1962 yildan boshlab 
erkaklar va ayollar o’rtasida muntazam Ittifoq chempionatlari o’tkazilib 
turgan.


Hozirgi kunda Xalqaro gandbol federatsiyasiga dunyoning 123 
davlati a‘zo bo’lib, jami 7 milliondan ortiq kishi gandbol bilan 
shug’ullanadi. SHu jumladan, 1,4 million shug’ullanuvchi sobiq Ittifoq 
mamlakatlari gandbolchilaridir.

Yüklə 376,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə