Guruh: 21. 23-s bajardi: sodiqjonov asadilllo



Yüklə 376,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix20.10.2023
ölçüsü376,06 Kb.
#128448
1   2   3   4   5   6
GANDBOL O’YININING KELIB CHIQISH TARIXI

«Universiada-2002»
dasturiga kiritildi. 2004 yil Samarqandda va 2007 
yil Toshkentda bo’lib o’tgan Universiada musobaqasida Toshkent shaxri 
jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritishdi.
Bu uch bo’g’inli tizim yo’lga qo’yilgandan boshlab yana qo’l to’pi 
sportiga, uning yashashiga, rivojiga e‘tibor berila boshlandi.
2003 yilda 
«Talaba» sport jamiyati
ning tuzilganligi ayni muddao 
bo’ldi, chunki endilikda barcha sport turlari qatorida qo’l to’pi bo’yicha 
ham oliy o’quv yurtlari o’rtasida musobaqalar o’tkazilib, bu 
sportchilarimizning tajriba orttirishiga xizmat qilmoqda.
O’zbekiston gandbolida hal etilmagan muammolar hali anchagina.
Bugungi kunda avvalo qo’l to’pi jamoalaridagi o’quv 
mashg’ulotlari jarayoni va tarbiyaviy ishlar sifatini keskin yaxshilash 
kerak bo’ladi. Sport ilmiy vakillari - pedagogika fanlari doktori 
E.Seytxalilov, pedagogika fanlari nomzodlari V.Izaak, M.Jukov, 
J.Akramov, L.Xasanova, I.SHelyagina, S.Azizov, Abdalimov O.X, 
Nabiev 
T.E, 
dotsentlar 
F.A.Abduraxmanov, 
V.Lemeshkov, 


SH.Pavlovlar o’z tajribalari asosida gandbolga doir qanday yangilik va 
ilg’or usullarni va taklif yoki tavsiya etadigan bo’lsalar, hammasi bilan 
qurollanish lozim. SHularga amal qilgandagina eng yaxshi jamoalarimiz 
jahon gandbolida etakchi mavqega ega bo’lishlari mumkin.
2005 yildan boshlab O’zbekiston gandboli yangi bosqichni 
boshladi. O’zbekiston gandbol federatsiyasining bosh kotibi etib 
Mathalikov I.I. saylangandan so’ng o’zbek gandbolchilari xalqaro 
musobaqalarda faol ishtirok etib kelmoqda
-
2011 yilning 3-11 yanvar kunlari Hindiston Davlati CHennay 
shahrida
1992-1993 yilda tug’ilgan yoshlar o’rtasida Gandbol sport turi 
bo’yicha Halqaro trofeya kubogida ishtirok etib 3-faxrli o’rinni;
-
2011 yilning 3-9 iyun kunlari sportning gandbol
 
turi bo’yicha 
199597 yilda tug’ilgan yoshlar va qizlar o’rtasida Rossiyaning Tolyati 
shahrida o’tkazilgan Xalqaro turnirda ishtirok etib 3-faxrli o’rinni;
-
2011 yilning 10-19 iyul kunlari Gongkong (Gongkong) shahrida
(Germaniya, Fransiya) Evropa va (Koreya, Xitoy, Singapur
Gongkong) Osiyo davlatlari ishtirokida 20 yildan buyon o’tkazilib 
kelinayotgan gandbol bo’yicha Xalqaro CHempionatida ishtirok etib 3-
faxrli o’rinni;
-
2011 yilning 23 oktyabr – 3 noyabr kunlari erkaklar o’rtasida
Koreaning Seul shahrida gandbol bo’yicha jamoalari o’rtasida 2012 
yil
Londonda o’tkaziladigan Olimpiyada o’yinlariga yo’llanma 
beruvchi saralash musoboqasida vatanimiz sharafini yanada yuqori 


pog’onalarga ko’tarib hamda sportchilarni xalqaro maydonlarda malaka 
va ko’nikmalarini oshirib;
-
2013 yil 13 - 19 may kunlari Samarqand shahrida gandbol 
bo’yicha
20 yoshgacha bo’lgan yoshlar va qizlar o’rtasida "Xalqaro Trofi 
Kubogi" musobaqasi Xalqaro va Osiyo gandbol federatsiyasi tashabbusi 
bilan o’tkazildi. Unda, Taybey(Xitoy), Hindiston, Tailand davlatlari 
ichidan O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi 1-o’rinni va qizlar milliy 
terma jamoasi
2-o’rinni egallab, final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.
-
2013 yil 31 may -7 iyun kunlari Tolyatti (Rossiya) shahrida 
gandbol bo’yicha yoshlar va qizlar o’rtasida XII - Xalqaro bolalar 
festivalida vatanimiz sharafini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarib, 55 
tadan ortiq davlat va shaharlar ichidan O’zbekiston yoshlar va qizlar 
milliy terma jamoalari faxrli 3-o’rin qo’lga kiritdilar.
-
2013 yil 21 - 30 iyun kunlari Olma-ata (Qozog’iston) shahrida 
Gandbol bo’yicha qizlar o’rtasida Ociyo chempionatida vatanimiz 
sharafini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarib, 8ta davlat ichidan 
O’zbekiston qizlar milliy terma jamoalari faxrli 6-o’rin qo’lga kiritdilar.
-
2013 yil 19 - 29 iyun kunlari Olma-ata (Qozog’iston) shahrida 
Gandbol bo’yicha 1996-97 yillarad tug’ilgan o’g’il bolalar o’rtasida 
Xalqaro turnirda ishtirok etishdi. Unda, Qozog’iston, Rossii, Ukraina, 
Belorussiya, Eron, Xitoy, Turkmanistan davlatlari ichidan O’zbekiston 
terma jamoasi 4o’rinni qo’lga kiritdi.
-
2013 yil 1- 15 iyul kunlari Teramo va Florentina (Italiya) shahrida 
Gandbol bo’yicha erkaklar terma jamolari o’rtasida Xalqaro turnirda 


vatanimiz sharafini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarib, 27 ta davlat 
ichidan O’zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi 1-o’rinni qo’lga 
kiritdilar.
-
2013 yil 22 iyul – 5 avgust kunlari Alushta (Ukraina) shahrida 
Gandbol bo’yicha yoshlar terma jamolari o’rtasida Xalqaro turnirda 
vatanimiz sharafini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarib, 8ta davlat 
ichidan O’zbekiston yoshlar milliy terma jamoasi 3-o’rinni qo’lga 
kiritdilar.
-
2013 yil 4 - 16 sentyabr kunlari Bangkok (Tailand) shahrida 
Gandbol bo’yicha qizlar o’rtasida Ociyo CHempionatida vatanimiz 
sharafini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarishdi. Ushbu nufuzli 
musobaqada 
Osiyoning 
Koreya, 
YAponiya, 
Tailand, 
Xitoy, 
Qozog’iston, Eron kabi bir qator kuchli davlatlaridan terma jamoalari 
ishtirok etdilar. O’zbekiston qizlar milliy terma jamoasi xam o’ziga xos 
o’yin ko’rsatib, Osiyo chempionati musobaqasida faxrli o’rinni egallab, 
2014 yil Makedoniyada bo’lib o’tadigan Jaxon chempionatiga 
yo’llanmani qo’lga kiritdilar.
-
2013 yil 7 – 24 noyabr kunlari Qatar (Doxa) shahrida gandbol 
bo’yicha erkaklar o’rtasida Osiyo chempionlar ligasida O’zbekiston 
erkaklar milliy terma jamoasi ishtirok etishdi. Ushbu musobaqada faxrli 
8-o’rin qo’lga kiritdilar.
-
2013 yil 24 – 30 noyabr kunlari Meksikaning Montere shaxrida 
o’tkazilgan "Xalqaro Trofi Kubogi" ning Qit‘alar aro final bosqichida 
O’zbekiston yoshlar milliy terma jamoasi vatanimiz sharafini yanada 
yuqori pog’onalarga ko’tarib, faxrli 4-o’rin qo’lga kiritdilar.


-
2013 yil 1 – 9 dekabr kunlari Rajatxon (Tailand) shahrida gandbol 
bo’yicha erkaklar va ayollar o’rtasida Janubiy – SHarqiy - Osiyo 
chempionatida vatanimiz sharafini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarib,
O’zbekiston erkaklr va ayollar milliy terma jamoalari faxrli 1-o’rin 
qo’lga kiritdilar.
-
2013 yil 5 – 15 dekabr kunlari Florensiya (Italiya) shahrida 
gandbol bo’yicha yoshlar va qizlar o’rtasida Xalqaro turnirda vatanimiz 
sharafini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarib, 8 tadan ortiq jamoalar 
ichidan O’zbekiston yoshlar milliy terma jamoalari faxrli 3-o’rin qo’lga 
va qizlar milliy terma jamoalari faxrli 1-o’rin qo’lga kiritdilar.
-
2014 yil 10 – 17 mart kunlari Astana (Qozog’iston) shahrida 
Gandbol bo’yicha qizlar o’rtasida Xalqaro turnirda vatanimiz sharafini 
yanada yuqori pog’onalarga ko’tarib, 8ta davlat ichidan O’zbekiston
qizlar milliy terma jamoalari faxrli 2-o’rin qo’lga kiritdilar.
-
2014 yil 13 – 19 may kunlari Respublikamizning Qarshi shaxrida 
o’tkazilgan xalqaro Trofi Markaziy Osiyo mintaqaviy turnirida 
O’zbekiston yoshlar va qizlar milliy terma jamoalari vatanimiz sharafini 
yanada yuqori pog’onalarga ko’tarib, faxrli 1-o’rin qo’lga kiritdilar. 
Ushbu musobaqada Qozog’iston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron 
dvlatlari ishtirok etdi.
-
2014 yil 6 - 12 iyun kunlari Tolyatti (Rossiya) shahrida gandbol 
bo’yicha yoshlar va qizlar o’rtasida XIII - Xalqaro bolalar festivalida 
vatanimiz sharafini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarib, 178 tadan ortiq 
jamoalar tashrif buyurgan bo’lib, ulardan O’zbekiston yoshlar va qizlar 
milliy terma jamoalari faxrli 3-o’rin qo’lga kiritdilar.


Respublikamizda gandbolni ommaviylashtirish va uni yanada 
rivojlantirish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, 
shuningdek gandbol sport turini targ’ibot qilish maqsadida O’zbekiston 
Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va gandbol 
federatsiyasining 2014 yil taqvim rejasiga asosan xar xil yoshdagi 
yoshlar va qizlar, erkaklar va ayollar o’rtasida O’zbekiston chempionati 
musobaqalari, hamda Mustaqillik kubok o’yinlari yuqori saviyada 
tashkillashtirilib o’tkaziladi.
1.O’zbekiston milliy chempionat 4-tur o’yinlaridan iborat.
Ushbu musobaqalarning 

Yüklə 376,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə