Guruh: 21. 23-s bajardi: sodiqjonov asadilllo


O’zbekistonda gandbolni rivojlantirishning asosiy



Yüklə 376,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix20.10.2023
ölçüsü376,06 Kb.
#128448
1   2   3   4   5   6
GANDBOL O’YININING KELIB CHIQISH TARIXI

O’zbekistonda gandbolni rivojlantirishning asosiy 
bosqichlari. 
1938 yilda Respublikamizda gandbol bo’yicha birinchi chempionat 
o’tkazildi. 1960 yilgacha O’zbekistonda Toshkent Oliy Harbiy bilim 
yurtida talim oluvchi kursantlar orasida 11x11 qo’l to’pi musobaqalari 
o’tkazilgan. 1960 yili Xarkov shahrida yoshlar orasida qo’l to’pi 
bo’yicha Butunittifoq musobaqalari o’tkazildi va shundan so’ng 
sportning bu turi mamlakatda tez rivojlana boshladi. 1960 yilda 
O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutida ilk bor qo’l to’pi 
mutaxassisligi bo’limi ochildi. 1960 yildan boshlab Toshkent shahar 
birinchiliklarida 16-20 jamoa qatnasha boshladi va O’zbekiston 
gandbolchilarining sobiq Ittifoq musobaqalarida qatnasha boshlagan yili 
deb qayd etildi. 1962 yili Tbilisi va Sverdlov shaharlarida o’tkazilgan 
ikkinchi sobiq Ittifoq chempionatida erkaklar orasida O’zbekiston terma 
jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, oliy ligaga yo’llanma oldi.
O’zbekiston terma jamoasini tashkil etgan F.Abdurahmonov, 
M.Jukov,
B.Pikin, V.Ogirenko, M.Sirotenko, M.Magdullin, A.Oleynikov, 
N.Rahmatov, A.Pantasenko va A.Sodiqov O’zDJTI va Toshkent 
Irrigatsiya 
instituti 
jamoalari 
vakillari 
edi. 
Sobiq 
Ittifoq 
chempionatlarida 
jamoaga 
V.Sevastyanov 
va 
V.Lemeshkovlar 
murabbiylik qilgan.


O’zbekiston gandbolchilari 1972-1973 yillarda yuqori natijalarga 
erishdilar. Ular sobiq Ittifoqda oliy liga jamoalari orasida o’tkazilgan 
chempionatda oltinchi o’rinni egalladilar. O’zDJTI jamoasi Butun-
ittifoq talabalar o’rtasidagi musobaqalarda uch karra g’oliblikni qo’lga 
kiritdi.
O’zbekiston qizlar terma jamoasi 1975 va 1983 yillarda sobiq Ittifoq 
xalqlari Spartakiadasida faxrli oltinchi o’rinni egalladi. 20 dan ortiq 
qizlarimiz sport ustasi talablarini bajardilar. SHular jumlasidan o’zbek 
qizi
Marg’uba Artiqboeva O’zbekistonda birinchi bo’lib shu unvonga 
ega bo’ldi.
Toshkentda dastlabki yoshlar va o’smirlar sport maktablari 60-
yillarda ochildi va sobiq Ittifoq maktab o’quvchilari spartakiadalarida 
muntazam ishtirok etib, 1975 yili qizlar 3- o’ringa, o’smirlar esa 1979 
yili oltinchi o’ringa sazovor bo’lishdi. Keyinchalik ushbu sport 
maktablarida shug’ullangan jahon va Olimpiya chempionlari Viktor 
Maxorin, Mixail Vasilev, yoshlar o’rtasida jahon chempionlari 
S.Zemlyanova va O.Zubareva, sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibiga 
qabul 
qilingan 
S.Orlov, 
V.Antonov, 
S.Kalmikov, 
G.Travkin, 
I.Axmadiev, B.Proxorovlar «Halqaro sport ustasi» unvoniga sazovor 
bo’lganlar.
O’zbek gandbolchilarini tayyorlashdagi faol mehnatlari uchun
F.Abdurahmonov, V.Kaplinskiy, V.Ogirenko, E.Golovchenko, 
V.Konaplev,
V.Izaaklar «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy» unvoni 
bilan taqdirlandilar.


Mustaqil O’zbekistonda 1992 yili qo’l to’pi federatsiyasi tashkil 
etilib, 1993 yili Halqaro va Osiyo federatsiyalariga qabul qilindi.
1992 yildan O’zbekistonda erkaklar va ayollar o’rtasida 
chempionatlar o’tkazilib kelinmoqda.
1994-1996 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari klublari o’rtasida 
o’tkazilgan chempionatda «D-klub» (O’zDJTI) gandbolchi qizlari 
g’alabaga 
erishdilar. 
SH.K.Pavlov 
va 
F.A.Abdurahmonovlar 
rahbarligida O’zDJTI talaba qizlari asosida tarkib topgan Respublika 
terma jamoasi 1997 yili Iordaniyada o’tkazilgan Osiyo chempionatida 
qatnashib, O’zbekiston jamoalari orasida sport o’yinlari bo’yicha 
birinchi marta jahon chempionatida qatnashish huquqiga ega bo’ldi. 
1997 yilning dekabr oyida Germaniyada o’tkazilgan jahon 
chempionatida Xitoy, Braziliya va Urugvay jamoalarini ortda qoldirib, 
O’zbekiston gandbolini dunyoga tanitdi.
O’quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga 
ommaviy jalb qilishni ta‘minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan 1999 yil 21 mayda qabul 
qilingan Vazirlar
Mahkamasining «O’zbekistonda jismoniy tarbiya
va 
sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 271-
sonli qaroriga binoan mamlakatda kadrlar tayyorlash milliy modeliga 
asoslangan va uning talablariga uyg’unlashgan uzluksiz ta‘limning 
ommaviy sport tizimi yaratilib, amalga oshirila boshlandi.

Yüklə 376,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə