Keyingi yillarda Sharq adabiyotlarini chuqur o‘rganish ularning ko‘p tarmoqlari favqulodda murakkab tarzda o‘zaro chatishib ketgani va o‘ziga xos yaxlit bir butunlik kasb etganini ko‘rsatmoqda



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə8/24
tarix11.10.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#127268
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI 16 TA

Obrazlilik-60-yillarning o‘rtalarigacha adabiyotshunoslik va tanqidchilikda prozada (nasrda) obrazlilik deganda, asosan, asar tili nazarda tutilardi. Asar qahramonlari o‘z nutqlarida epitet, sifatlash, o‘xshatishlarni qanchalik ko‘p qo‘llasa, adib tasvirida jimjimadolik ko‘p bo‘lsa, asarda obrazlilik kuchli, demak, asar badiiy mukammal deb talqin qilinardi. 60-yillarning o‘rtalariga kelib obrazlilikni bu tarzda tushunish to‘g‘ri emasligi aytil ib, obrazlilik darajasi badiiy tafakkurni kishi shuuriga singdirishda uning asosi badiiy nutq imkoniyatlaridan asarda qay darajada foydalanilganligi bilan belgilana boshlandi. Ma’lumki, badiiy nutq insonsiz yuzaga kelmaydi. “Tabiat san’atning doimiy timsolidir, lekin undagi eng oliy predmet esa, albatta, inson hisoblanmog‘i kerak”. Umumlantirib aytadigan bo‘lsak, prozadagi obrazlilikni asar garmoniyasidan qidirish lozim, ya’ni asardagi har bir holat, har bir voqea-hodisaning silsilasidan, xarakgerlarning xatgi-harakati, gapirish manerasi, ularning asarda bajargan ishi, qilgan harakati mantikiy asosining uyg‘unligndan, shuningdek, xarakter faoliyati, uning tutgan ishi saviyasi, bilimi, psixologiyasiga mos yoki mos emasligidan qidirish darnor. xarakterning mohiyatini aniqlaydigan ikki asosiy xususiyat ko‘rsatiladi: a) “shaxs iroda yo‘nalishini ko‘rsatuvchi narsa xarakterni belgilaydi”.
1. N.Pogodinning o‘qtiritirishicha, “agar odam burnini qashisa yo qashimasa, sekin yoki tez yursa shu bilan xarakter bula bermaydi, xarakter — shaxs irodasining yuzaga chikishi, xarakatda ifodalanishi”.
2. Demak, xarakter, eng avvalo, shaxs irodasi, o‘sha irodaning yo‘nalishi, uning yuzaga chiqishi va ifodalanishi bilan belgilanadi (M.Qo‘shjonov).
Shaxsning iroda yo‘nalishi muhitning shaxsga faol munosabati va, aksincha, shaxsning muhitga munosabatidan paydo bo‘ladi; b) xulq-atvorni belgilaydigan individual ruhiy belgilar: mardlik, qo‘rqoqlik insoflilik, insofsizlik, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, ishyoqmaslik, dangasalik kabilar. Bunday individual ruhiy xususiyatlarsiz xarakterni tasavvur qilib bo‘lmaydi.
3. Darhaqiqat xarakterni belgilovchi bu ikkala xususiyat baayni bir medalning ikki tomoniga o‘xshab ketadi. Adabiyotshunos M.Qo‘shjonov o‘z tadqiqotlarida xarakterni belgilovchi bu ikki xususiyatni “Qutlug‘ qon” romanidagi Yo‘lchi obrazi tahlili misolida ibratli qilib isbotlab bergan: haqiqatan ham, Yo‘lchidan mexnatkash xalk; vakillariga xos bo‘lgan umumiy xislatlar ham, uning shaxsiy xislatlarini aniqlaydigan konkret belgilar ham mavjud. Xarakter — bu aniq iroda yo‘nalishi va o‘zining individual xususiyatlari bilan boshqalardan keskin ajralib turadigan obraz.
4. Shuningdek, har qanday xarakter ham adabiy tip bo‘la olmasligi mumkin. Xarakterning eng mukammal shakligina adabiy tip darajasiga ko‘tarilgan bo‘ladi. Tip (yun. typos — iz, nusha, tamg‘a; namuna, obraz) —aniq iroda yo‘nalishi, individual ruhiy xususiyatlari bilan ma’lum bir sinf yohud guruhning muhim xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan shaxslar obrazi (M.Qo‘shjonov).
Adabiy tip — muayyan tarixiy sharoitdagi jamiyatning butun bir sinfi yohud butun bir toifasiga mansub bo‘lgan kishilarning tipik xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan mukammal badiiy obrazdir. San’at asaridagi mukammal obrazlargina xarakter bo‘lsa, chuqur va har taraflama puxta ishlangan xarakterlargina adabiy tip bo‘la oladi. Otabek va Kumush (“O‘tgan kunlar”), Anvar va Ra’no (“Mexrobdan chayon”), Abulfayzxon (“Abulfayzxon”), Zebi, Akbarali (http://fayllar.org/davlatov-akbarali-xaydarali-ogli.html), Miryokub (“Kecha va kunduz”), Alisher Navoiy (“Navoiy”), Muqanna (“Muqaanna”), Mirzo O‘luhbek va Feruza (“Mirzo Ulug‘bek”), Jaloliddin (“Jaloliddin Manguberdi” ), Otaqu zi ( “D i yon at” ).



Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə