"O’tkan kunlar" romaninig ma’no-mundarija doirasi nihoyatda keng. Uning tahlilida estetik asos ustvordir, asarda yashiringan go’zallikni topish oson emas. Yashirinmagan narsa hodisada esa go’zallik bo’lmaydi



Yüklə 32,06 Kb.
səhifə1/2
tarix13.06.2023
ölçüsü32,06 Kb.
#116879
  1   2
o\'tgan kunlar


“O’tkan kunlar” romaninig ma’no-mundarija doirasi nihoyatda keng. Uning tahlilida estetik asos ustvordir, asarda yashiringan go’zallikni topish oson emas. Yashirinmagan narsa hodisada esa go’zallik bo’lmaydi. Unda xilma-xil taqdirlar, ijtimoy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, oilaviy- ishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin, el-yurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning asosiy pafosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, faqarovonligi, osoyishtaligi yo’lida hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilar qiyofasida tasvirlanadi. “O’tkan kunlar” bamisoli va tiniq ko’zgu, unda o’zbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-ma’naviy dunyosi, bo’y-basti, qiyofasi keng ko’lamda aniq-ravshan gavdalantiriladi. Romandagi uchlik-oshiq, ma'shuqa va ag’yor romanda Yusufbek hoji va Otabek obarazlarida vatanparvarlik hissi mujjasamlashgan bo’lib, ayniqsa, Yusufbek hojining xalqiga bo’lgan sadoqati, ularning ahvolini o’ylashi, ularning dardini tinglashi Yusufbek hoji obrazida juda ta’sirli qilib ochib berilgan. Asardagi tarixiy shaxslar: Xudoyorxon, Musulmonqul, O’tabboy qushbegi, Normuhammad qushbegi haqiqatda bo’lgan. Muallif asarda otamning aytishlaricha, Normuhammad qushbegi Toshkent beklaridan eng tuzgi bo’lgan ekan, kabi mulohazalarni izoh qilib ham keltiradi. Otabek va Kumushbibi degan asarda berilgan taqdirdagi aniq shaxslar borligi haqida ma‟lumotim yo’q. Balki nomlarni almashtirilgan bo’lishi ham mumkin


Asarning tarbiyaviy ahamiyati juda ham beqiyosdir. Bunga asardan xohlagancha misol keltirishimiz mumkin. Hozirgi kunda ham oilalardagi ota – ona, farzandlar o’rtasidagi munosabatlarda ham bemalol qo’llasa bo’ladigan jihatlari ko’p. “O’tkan kunlar”dagi tarixiy joylar shaxslar va voqealar haqida gapiradigan bo’lsak, “O’tkan kunlar”ning yana bir harakterli jihati unda yozuvchi ijodiy fantaziyasining mahsuli bo’lgan voqealar, to’qima obrazlar aniq tarixiy hodisalar, tarixiy shaxslar bilan mohirona uyg’unlashib yuborilganligida asar voqealari asosan ikki shaharda: Toshkent va Marg’ilonda bo’lib o’tadi. Asar Marg’ilondagi markaziy bozor yaqinidagi musofirlar saroyi tasviri bilan boshlanadi. Bu joy hozirda ham mavjud bo’lib, Marg’ilon shahrining markazidan Go’ravval tarafga ketishdadir. Garchi Marg’ilonning tarixiy darvozalari aslicha saqlanmagan bo’lsada, nomlari o’shaligicha qolgan: Toshloq, Qo’qon, Yormozor... “O’tkan kunlar”da Usta Olimning mahallasi “B...‟ mahalla deyiladi. Poyabzal rastasidan yuqori tomondagi bu mahalla balki Bahrin mahallasidir. Bu mahalla asarda aytilganidek, Marg’ilon shimoliy darvozasiga yaqindir.. “O’tkan kunlar” da Usta Alimning yori Saodatning uyi “Ch...” mahallasida, otasi miltiqsoz bo’lgan deyiladi. Asarda birnecha marta ta’kidlangan “Ho’ja Ma’oz” mozori hozirda ham mavjud. Hali ham ko’hna chinorlar, qabrlar o’sha-o’sha. Aytishlaricha, bu yerga sahobalardan Mu’oz r.a. dafn etilgan ekanlar. Bu mozor ziyoratgoh joy bo’lib, Qodiriyning o’zlari ham bu mozorda tunab qolgan ekanlar. “O’tkan kunlar” romanida tarixiy shaxslar sifatida Xudoyorxon Musulmonqul kabi obrazlarni keltiradigan bo’lsak, Xudoyorxon –Qo'qon xoni Ming sulolasiga mansub. Sheralixonning o’g’li. Qaynotasi Musulmonqul tomonidan taxtga o'tkazilgan. Ammo u yosh bo’lganligi sababli amalda davlat ishlarini Musulmonqul boshqargan.1 XIX asr tadqiqotchisi V.Grigoryevning ma’lumotiga ko’ra, Xudoyorxonning birinchi hukmdorligida kengash to’rtta qipchoqdan iborat bo’lgan. 34 Musulmonqul yosh Xudoyorxonni taxtga o’tqazgandan so’ng otaliq unvoniga ega bo’lib, davlat boshqaruvini to’laligicha qo’lga kiritadi.

Yüklə 32,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə