7Kirish (Introduction)



Yüklə 27,83 Kb.
səhifə1/3
tarix17.12.2023
ölçüsü27,83 Kb.
#149657
  1   2   3
Kirish


7Kirish (Introduction)
Buxoro amirligi hayotining barcha sohalarini qamrab olgan hujjatlar qushbegi
mahkamasida saqlangani va shu yerdan turib ijroga yo‘naltirilgani tufayli bu hujjatlar to‘plami
fanda qushbegi arxivi nomi bilan ma’lum. Qushbegi arxivi hozirda O‘zbekiston Milliy arxivida
saqlanmoqda.
Qushbegi arxiv hujjatlari qo‘lyozma usulda, arab yozuvida yozilgan. XIX asrning 60-
yillaridan XX asr 20-yillarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ma’lumotlarga qaraganda, arxiv
hujjatlarining umumiy soni 100 mingdan oshadi.
Mavzuga Oid Adabiyotlarning Tahlili (Literature Review)
Qushbegi arxiv hujjatlari Buxoroda sovet hokimiyati o‘rnatilgan keyin Arkdagi
yerto‘lalardan birida topiladi. Hujjatlar maxsus sandiqlarda saqlangan. Lekin bu hali arxiv
hujjatlarining hammasi emas edi. O‘sha yillari Buxoroga tashrif buyurgan V.V.Bartold,
A.A.Semenov oldida turgan muhim vazifa me’moriy obidalar, qo‘lyozma kitoblar va tarixiy
hujjatlarni o‘rganish, ular muhofazasi bo‘yicha maslahatlar berish edi. Qushbegi arxivi hujjatlarini
ilmiy ro‘yxatga olishga birinchilardan bo‘lib qo‘l urgan, ularning katta ilmiy, tarixiy ahamiyatga
ega ekanligiga e’tibor qaratgan hamda e’tirof etgan shaxs mahalliy manbashunos Muso Saidjonov
(1893-1938) hisoblanadi. 1920-yildan 1924-yilgacha Buxoro Xalq Respublikasi Nozirlar Sho‘rosi
omborxonasida ro‘yxatsiz yotgan ushbu hujjatlar Muso Saidjonov tashabbusi va bevosita ishtiroki
bilan Buxoro shahar kutubxonasiga topshiriladi. Muso Saidjonov shaxsan o‘zi kutubxonaga 50
nusxa qo‘lyozma kitob, 69 ta vaqf hujjatini topshirgan.
Tadqiqot Metodologiyasi (Research Methodology)
Mazkur masalani bayon qilishda tarixiylik, ilmiy-ijodiy qiyoslash, tarixiy tanqidiylik
metodlaridan o'rinli foydalanildi. Shuningdek, mantiqiylik va tarixiy uzviylik usullariga ham
rioiya qilingan.
Tahlil va Natijalar(Analysis and Results)
Arxivning ikkinchi katta qismi 1931-yil yana Ark binosidan topildi. 1933-yil barcha
hujjatlar Buxoro muzeyi ixtiyoriga o‘tkaziladi. Bu yerda ular muzey xodimlari tomonidan tartibga
solinib, dastlabki ilmiy ishlovga tortildi. Xodimlar tuzgan ro‘yxatga asosan mavjud hujjatlarning
soni 77 ming 761 nusxani tashkil qilgan. Buxoro muzeyida saqlanayotgan qushbegi arxivi
hujjatlari 1937-yil O‘zbekiston SSR Markaziy tarixiy arxivi (hozirgi O‘zbekiston Milliy arxivi)
ixtiyoriga berildi. Lekin uning unchalik katta miqdorni tashkil etmagan qismi muzey ixtiyorida
qoldirildi.
Qushbegi arxivi mavzu jihatdan keng qamrovli, unda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy,
xo‘jalik, harbiy masalalarga oid hujjatlar mavjud. Jumladan, yer-suv, soliq, vaqf mulklari,
tumanlar ro‘yxati va hokazolar. Shu o‘rinda amir Muzaffarning o‘z amaldori Sayyid Mirak
yasovul bilan qilgan yozishmalar to‘plami diqqatga sazovor. To‘plam aslida qushbegi arxivida
saqlangan. Buxoroda sovet hokimiyati o‘rnatilgandan so‘ng, yangi kutubxona tashkil etiladi va
amir saroyidagi kitoblar, foliant (juda va qalin kitob) ichidagi hujjatlar to‘plami ham shu
kutubxona ixtiyoriga o‘tkaziladi. Buxoro viloyat kutubxonasi sharq qo‘lyozmalari 1938-yil
Toshkentdagi Xalq kutubxonasiga (hozirgi Milliy kutubxona) beriladi. 1943-yil O‘zbekiston
Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti tashkil topgandan so‘ng, bu kutubxonadagi sharq
qo‘lyozmalari shu institut tasarrufiga o‘tadi. Bular ichida yuqorida tilga olingan hujjatlar to‘plami
ham bor edi.
To‘plamdagi 2 mingdan ortiq hujjatning 898 tasi amir Muzaffar bilan Sayyid Mirak
yasovul o‘rtasidagi yozishmalardir. Xronologik jihatdan ular 1860-1885-yillarni qamrab oladi.
Amir Muzaffar tomonidan berilgan topshiriqlarning Sayyid Mirak yasovul tarafidan ijrosi yozma
hisobot tarzida taqdim etilgan. Hujjatlar amirlik ijtimoiy-iqtisodiy, xo‘jalik, madaniy hayotining
turli qirralarini o‘z ichiga oladi. Masalan, Qur’on, Haftiyak, Hidoya, Sharhi Hidoya kitoblarini
sotib olish uchun ayrim davlat mulozimlariga xazinadan mablag‘ ajratish, ba’zi shaxslarga o‘z
buyumlarini Samarqand, Qo‘qon, Kitob shaharlariga olib borish uchun arava ajratish, madrasa
daromadlarini taqsimlash, madrasa mudarrislari va masjid muazzinlarining daromad miqdori, vaqf
ob’yektlari ro‘yxati, ayrim masjidlarning vaqf daromadi miqdori, (masalan, Mehtar Anbar masjidi
yillik vaqf daromadi 700 tangani tashkil etgan), doimiy va vaqtinchalik yashash uchun hujra
ajratish, harbiy qurollar – qilich, qalqon, pichoq berish, vayron bo‘lgan ko‘priklarni ta’mirlash va
hokazolar.
Amir Muzaffarning yozma topshiriqlari ichida quyidagilar amirlik ijtimoiy hayotini
o‘rganish uchun ahamiyatli. Ba’zi joylarning Buxorodan necha chaqirim masofada joylashganini
otda yurib soat millari asosida vaqt bilan o‘lchash, amir tabiatga sayohatga chiqqanda tunash
uchun asqotadigan mulkdor shaxslarning katta va keng hovlilari joylashgan qishloqlarni aniqlash
kabilar. Sayyid Mirak yasovul amirga bergan yozma hisobotlarida joylarning tarixiy geografiyasi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tadi. Nurota atrofidagi aholi punktlari va quduqlar, ya’ni korizlar ro‘yxatini
keltiradi. Ularning aholi punktidan va bir-biridan necha chaqirim masofada joylashgani qayd
etiladi. Shuningdek, ba’zi tarixiy obidalarga olib boradigan yo‘llar va ularning holati haqida ham
ma’lumot bor. Yozishmalarda ko‘rsatilishicha, Buxorodan shimoli-sharqda, cho‘l etagida
joylashgan Hazrati Xo‘ja Qo‘shka’b mozoriga uchta yo‘l olib borgan. Ulardan biri Hazrati Amir
Kulol, ikkinchisi Qishloq Husayn Xo‘ja, uchinchisi Kalobod degan joydan o‘tgan. Bulardan eng
yaxshisi alohida ko‘rsatilgan.
Bizgacha yetib kelmagan me’moriy majmua to‘g‘risida ma’lumot beruvchi bir hujjat
diqqatni tortadi. Bu me’moriy majmua Hazrat Xo‘ja Muhammad Vose’ qabri atrofida joylashgan
masjid, xonaqoh va madrasadan iborat bo‘lgan. Uning joylashgan joyi hozirgi Qiziltepa tumani
Zarmetan aholi punkti yaqinidagi hududga to‘g‘ri keladi. Hujjatga ko‘ra, me’moriy majmua atrofi
obod bo‘lib, bog‘ bilan o‘ralgan. Masjid, xonaqoh, madrasa foydasiga 253 tanob yer vaqf qilingan
va yillik daromad 800 tangani tashkil etgan. Bog‘ ichida joylashgan xonaqoh pishiq g‘ishtdan
qurilgan bo‘lib, to‘rt ustunga tayanib turgan. Ustunlar orasida Hazrat Xo‘ja Muhammad Vose’ning
qabri joylashgan. Xonaqohning uzunligi 14 gaz, eni 12 gaz bo‘lgan. Xonaqohdan 50 metr g‘arbda
45 bolordan iborat jome’ masjidi joy olgan. Masjid olti eshikli va bir necha naqshinkor ustunga
ega. Masjidning g‘arb tomonida esa o‘n hujradan iborat madrasa qad rostlab turgan. Madrasa
hujralaridan biri yetti bolorli bo‘lib, ichkarisi ganj bilan ishlangan. Yoz oylari madrasada talabalar
yig‘ilib, mutolaa bilan mashg‘ul bo‘lishgan.
Qo‘lyozma hujjat – yozishmada Buxoro shahridagi Mavlono Miskin, Xiyobon, Poyanda,
Jo‘ybor, Muhammad Nazar parvonachi, Ja’farxo‘ja, Xo‘ja Nihol, Xo‘ja Davlat, Oypochchabibi
madrasalari ham tilga olinadi.
Qushbegi arxivi katta qismini vaqf hujjatlari tashkil qiladi. Vaqf hujjatlarining muayyan
qismi tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa-da, hali ilmiy muomalaga kiritilmagan ko‘plab
hujjatlar borligini ta’kidlash o‘rinli. Shundaylardan ayrimlari to‘g‘risida ma’lumot bermoqchimiz.
1679-yilda Xo‘ja Abduvali degan shaxs tarafidan Somjin tumanidagi 80 tanob yer Buxoro
shahridagi Zargaron guzarida joylashgan Xo‘ja Azizon masjidi foydasiga vaqf qilinadi. Vaqf
shartlariga binoan, mutavalli ta’sischining o‘zi. Uning vafotidan so‘ng bu vakolat uning qizi
Xonimjon begimga o‘tishi kerak. Xonimjon begim vafotidan so‘ng mutavallilik uning avlodiga
tegadi. Ta’sischining avlodidan hech kim qolmagan taqdirda, Buxoro qozisi o‘zi munosib ko‘rgan
biror kishini mutavalli etib tayinlashi mumkin. Hujjatda Xo‘ja Azizon masjidi Zargaron guzarida
joylashgani, g‘arb tomondan Niyoz bin Abdullo degan shaxsning hovlisi va qisman yo‘l bilan,
shimol tarafdan Mullo Shoh Husayn bin Mullo Nazar hovlisi, sharq va janub tomondan asosiy yo‘l
bilan tutashligi aytiladi. Vaqf daromadidan imom va muazzinga beriladigan ulush vaqf shartlarida
ko‘rsatilgan.
Qushbegi arxivi hujjatlari asosida Buxoro amirligi tarixining kam o‘rganilgan tomonlarini
tadqiq qilish, ayrim jihatlariga aniqlik kiritish imkoniga ega bo‘lamiz.

Yüklə 27,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə