Sharqiy buxoroda yerga egalik munosabatlari sharqiy Buxoroda yer egaligi turlari



Yüklə 25,44 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü25,44 Kb.
#144846
  1   2
SHARQIY BUXORODA YERGA EGALIK MUNOSABATLARI



SHARQIY BUXORODA YERGA EGALIK MUNOSABATLARI

1. Sharqiy Buxoroda yer egaligi turlari.


O‘lkada yer egaligininguch turi bo‘lgan. Davlat yerlari – “amlok”, xususiy yerlar – “mulk”, masjid va madrasalar yerlari – “vaqf” deyilgan. Mulk yerlari o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘lingan:
1.Mulki xurrixolis – barcha soliqlardan ozod qilingan yerlar. Bunda yer egasi faqat ariq tozalash uchun ishchi yuborishi kerak bo‘lgan.
2. Mulki ushr – hosilning o‘ndan biri hisobida soliq to‘laydigan yerlar. Bu soliq naqd pul bilan undirilgan.
3. Mulki xiroj – hosilning beshdan bir qismida soliq to‘laydigan yerlar.
Vaqf yerlari barcha soliq va majburiyatlardan ozod qilingan. Bu yerlarning bir qismi “dahyak” deb atalib, hosilning o‘ndan bir qismi xayr-ehson uchun ishlatilgan1.
Buxoroda amlok yerlarining barchasi davlatga tegishli bo‘lgani uchun, uni ishlatadigan kishilar amir foydasiga ijara haqini to‘lashi lozim edi. Amir bu yerlarni istalgan kishisiga berishi yoki olib qo‘yishi mumkin bo‘lgan. Bundan chet el kapitali unumli foydalandi. Negaki, zamonaviy qishloq xo‘jalik boshqaruvini tushunmaydigan amir amaldorlari juda ko‘p bo‘lib, ular orqali dehqonlarni har tomonlama ezib ishlatish va o‘lka boyliklarini talash oson edi. Shuni inobatga olgan rus mustamlakachilari o‘z diqqatlarini amirlik yerlarini qo‘lga kiritishga qaratishdi.
2. Ijtimoiy munosabatlar. Huquqiy jihatdan bu yerlarda amlok, ya’ni davlat yerlarini chorikorlarga ijaraga berish tartibi hukm surgan. Amalda bu xususiy mulk huquqiga yaqin turgan. Aholining yeri “hovli”, “hayat” va “dash”ga bo‘lingan.Qishloqlarning ichidagi sabzavot va poliz ekinlari ekiladigan yerlar hamda bedazorlar «hayat» deb atalgan2. “Hovli” deganda atrofi devor bilan o‘rab olingan uy-joy, mulk tushunilgan3. “Hovli” va “hayat” muayyan shaxsning mulki hisoblangan. Uni sotish yoki sotib olish mumkin bo‘lgan. “Dash” esa butun qishloqning mulki sanalgan. Voyaga yetgan va uylangan qishloq yigiti dashda o‘z hissasiga ega edi. Har bir “dash” 1 yoki 2 “salkash” (paykal) dan tashkil topgan. Biriga ekin ekilgan, qolgani haydab qo‘yilgan4.
Daladagi ekinlar quyidagi tartibda taqsimlangan.
I. “Dash”da faqat arpa bilan bug‘doy ekilgan. “Ko‘k” ekinlar – paxta, kunjut, mosh, qovun va boshqalar hayatda yetishtirilgan. Bunda dash yerlari uch salkashga bo‘lingan. Birida bug‘doy ekilgan, ikkinchisi haydab qo‘yilgan, uchinchisi dam olgan.
II. Ko‘k ekinlar dashda ekilgan. Uning ikki turi bo‘lgan. Birinchisida dash yerlari uch salkashga bo‘linib, bir qismida bug‘doy, ikkinchi qismida ko‘k ekinlar ekilgan, uchinchisi dam olgan. Ikkinchisida dash yerlari bir-biridan bir necha chaqirim uzoqlikdagi ikki dalaga bo‘lingan. Har bir dala ikki salkashga ajratilgan. Bir dalada arpa yoki bug‘doy ekilib, “dash” deyilsa, ikkinchi dalada ko‘k ekinlar ekilgani uchun “ko‘k” deb atalgan. Quyidagi jadvalda Sherobod bekligi amlokdorliklaridagi ekinzorlar to‘g‘risida ma’lumot desyatina hisobida keltiriladi5.
1-jadval


Yüklə 25,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə