|
Mulkchilik munosabatlari mazmuni, tarkibiy tuzilishi
|
səhifə | 1/5 | tarix | 19.12.2023 | ölçüsü | 103,96 Kb. | | #150469 |
| Mulkchilik munosabatlari mazmuni (2)
Mulkchilik munosabatlari mazmuni, tarkibiy tuzilishi.
Mulkchilik munosabatlari – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlari.
|
Mulkka egalik qilish –mulk egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin.
|
Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol-mulkni o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi.
|
Mulkni tasarruf etish – bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi holatlarni erkin tanlash imkoniyati orqali namoyon bo’ladi.
|
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o’zida ifodalaydi
Mulkchilikning iqtisodiy kategoriyasi – mol-mulk ishlab chiqarish jarayonida foydalanilsa va o’z egasiga daromad keltirsa yoki uning iste’molini qondirishga xizmat qilsa, u iqtisodiy munosabatni ifodalaydi.
|
|
|
Dostları ilə paylaş: |
|
|