Sharqiy buxoroda yerga egalik munosabatlari sharqiy Buxoroda yer egaligi turlari



Yüklə 25,44 Kb.
səhifə2/2
tarix11.12.2023
ölçüsü25,44 Kb.
#144846
1   2
SHARQIY BUXORODA YERGA EGALIK MUNOSABATLARI

Amlokdorliklar

Barcha yerlar

Hayat

Dash

Shudgor

Ekinzor

Gilambob

15153

693

4460

6339

8121

Tallashqon

9466

667

8799

6504

2295

Maydaariq

4450

372

4078

1747

2331

Jami

29069

1732

27337

12590

14747

Ushbu jadvaldan ma’lum bo‘ladiki, dash yerlarining 45% shudgorda bo‘lgan. Zang arig‘i bo‘yidagi yangi o‘zlashtirilgan hududlarda shudgor jami yerlarning teng yarmini tashkil qilgan. Buning sababi, ko‘pchilikning yerida ishchi kuchi yetishmagan. Hatto uch desyatina yeri borlar ham uni ishlatolmay, dam berib qo‘ygan.


Ekin turlari quyidagi taqsimotga ega bo‘lgan6:


2-jadval

Amlokdorlik

Bug‘doy

Arpa

Paxta

Boshqa ekinlar

Izoh

Gilambob

42%

26%

13%

19%

Kunjut ekilgan

Tallashqon

47,5%

23%

20%

9,5%

Javdar, kunjut ekilgan

Maydaariq




66%

25%

9%

Javdar, kunjut ekilgan

Jarqo‘rg‘on

25%

40%

32%

3%

Javdar, kunjut ekilgan

3. Dehqonlarning ahvoli. Dashdagi ekinzorlar bo‘yicha suv, soliq va majburiyatlar taqsimlangan. Har bir qishloqda paykallar bek tomonidan yozib qo‘yilgan va ularning soniga qarab aholiga mehnat majburiyatlari (mardikorlik, ya’ni, bek qo‘rg‘onida ishlash) yuklangan. Ammo paykallarning aniq soni “daftar”dagidan farq qilgan. Chunki qishloqlarda oilalar soni yil sayin o‘zgarib turgan. Har bir paykalda 4,6,8,10 kishi ishlagan. Ayrim hollarda ularning soni 14 va 16 kishigacha yetgan. Ba’zi kishilar bir vaqtning o‘zida bir qancha paykalga ham egalik qilgan. Masalan, Bobomurod aminning Kayronda 3 paykal yeri, Saidobod amlokdorligining boshqa qishloqlarida 1 paykaldan yeri bo‘lgan7.
Dash yerlari paykallarga bo‘linganda, ular qishloq aholisi o‘rtasida qur’a tashlash yo‘li bilan bo‘lib berilgan. Odatda bir paykalga tushgan kishilar yerga sheriklik asosida ishlov berishgan. Ba’zan sheriklik “ikki” (“qo‘sh paykal”) va “to‘rt paykal”dan iborat bo‘lgan. Bunday turdagi sheriklikning saqlanishi xo‘jalikning sodda bo‘lishiga, ariqlarni qazish va tozalashda, soliq va majburiyatlarda muhim ahamiyat kasb etgan. Agar paykalchilardan bir kishi majburiyat o‘tash uchun yuborilsa, uning o‘rniga boshqa sheriklari ishlab berishgan. Ekishdan oldin sheriklar qaysi ekin turini etishtirishni kelishib olishgan va o‘zlariga tegishli miqdordagi urug‘likni berishgan. Sheriklar yerni birga haydashgan, urug‘likni ekishgan, hosilni yig‘ishgan va bug‘doyni tozalab, bir joyga xirmon qilib uyishgan. Uni mahalliy amaldor – darg‘a* muhrlagan. Muhr to amlokdor va amin kelguniga qadar saqlangan. Agar muhr buzilsa, 75 tiyin jarima solingan.Xirmondan soliq undirilgandan so‘ng qolgan arpa va bug‘doy sheriklar o‘rtasida teng taqsimlangan. Shu bilan sheriklik tugagan8.
Agar yerda xo‘jayin o‘rnida “deyxon” ishlasa, u holda unga tegishli ulush berilgan. “Deyxon” deganda yersiz, ijarada ishlaydigan kishilar tushunilgan. Sherobod bekligining beshta amlokdorligida 1370 ta deyxon bo‘lgan. Deyxonlar eng ko‘p ishlaydigan joy Zang arig‘i havzasi bo‘lgan. Saidobod amlokdorligida deyxonlar bo‘lmagan. Negaki, Zang yerlari yaqin bo‘lgani uchun o‘zlari borib, unga ishlov berishgan. Gilambob, Tallashqon va Maydaariq amlokdorliklaridagi 500 ga yaqin oila Zangga borib ishlashgan. Ulardan 25% deyxon bo‘lgan9. Zangdagi ijara shartlari xuddi Sheroboddagi chorikorlarning ijarasiga o‘xshagan va quyidagi turlarga bo‘lingan:
1.Xo‘jayin yer bilan urug‘lik beradi va buning haqini yig‘ilgan hosildan oladi. Deyxonga hosilning ½ qismi tegadi, undan ½ qismi soliqqa ketadi.

1 Логофет Д.Н. Бухарское ханство под русским протекторатом. Том 2, СПб, 1911. –С.47.

2 Tursunov S., Pardayev T., Mahmadiyorova N. Surxondaryo – etnografik makon. –Toshkent: Akademnashr, 2012. –B. 95.

3 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5-jild. –Toshkent, 2007. –B. 540-541.

4 Surxondaryo viloyat davlat arxivi, 377-fond, 1-ro‘yxat, 8-ish, 17-varaqning orqasi.

5 Surxondaryo viloyat davlat arxivi, 377-fond, 1-ro‘yxat, 8-ish, 18-varaq.

6 Surxondaryo viloyat davlat arxivi, 377-fond, 1-ro‘yxat, 8-ish, 18-varaqning orqasi.

7 Surxondaryo viloyat davlat arxivi, 377-fond, 1-ro‘yxat, 8-ish, 19-varaq.

8* Darg‘a – mahalliy ma'muriyat foydasiga soliqlarni to‘g‘ri ushlab turish uchun yig‘ib olingan hosil ustidan tartibni saqlovchi amaldor. Қаранг: Саидкулов Т.С. Самарканд во второй половине XIX начале XX веков. Из социально-экономической и политической истории средней части Зеравшанской долины. –Самарканд, 1970. –С. 39.
 Surxondaryo viloyat davlat arxivi, 377-fond, 1-ro‘yxat, 8-ish, 25-varaq.

9 Surxondaryo viloyat davlat arxivi, 377-fond, 1-ro‘yxat, 8-ish, 29-varaq.


Yüklə 25,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə