Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 60,19 Kb.
səhifə1/5
tarix25.05.2023
ölçüsü60,19 Kb.
#112746
  1   2   3   4   5
Fotima



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
INGLIZ TILSHUNOSLIK KAFEDRASI
__________________________________________guruh talabasi
___________________________________ning

Jorj Oruelning 1984 asarida ijtimoiy muammolarning ifodalanishi


mavzusida

KURS ISHI


Ilmiy rahbar:
Buxoro-2023
MUNDARIJA

1 JORJ ORUELNING HAYOTI VA IJODI…………………………….6



  1. JORJ ORUELNING ASARLARI ……………………………………8

  2. JORJ ORUELL IJOD EHTIYOJI………………………………….15

  3. JORJ ORUELNING ASARLARIDA MUAMMOLARNING IFODALANISHI………………………………………………………19

  4. MA’NAVIYAT VA SOTSIALISTIK JIHATDAN AHOLINING AHVOLI ……………………………………………………………....27

  5. XULOSA………………………………………………………………33

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………….36

KIRISH
Bosh qahramon Uinston Smit tashqi partiyaning vakili. U Londonda istiqomat qilib, Haqiqat vazirligida ish yuritadi. Partiyaning mafkura va gʻoyalariga munosobatan gumonlarini hech kimga oshkor etmaslikka harakat qilsa ham, kundalik daftar sotib olib oʻz fikrlarini yozib boradi. Koʻp oʻtmay u Juliyani uchratadi. Juliya ham partiyaning mafkuralariga ishonmaydi. Ular muntazam ravishda uchrashib turadilar. Kunlarning birida, Uinston antiqa narsalar doʻkoni sohibi mister Charringtonga duch keladi. Charrington doʻkonining ikkinchi qavatida joylashgan xonani Uinstonga ijaraga beradi. Bundan tashqari Uinston OʻBrayen bilan tanishadi.


OʻBrayen Ichki Partiyaning baland martabali xodimi. Uinstonning fikri boʻyicha u Goldsteyn tomonidan tashkil qilingan inqilobchilar guruhining aʼzosi. Shu bois Uinston va Juliya OʻBrayenning huzuriga kelib, ularni Goldsteyn guruhiga qabul qilishlarini iltimos qiladilar. Bunga javoban OʻBrayen ularga Goldsteyn muallifligi ostida yozilgan sohta kitobni beradi. Bir necha kunlardan soʻng Uinston va Juliya hibsga olinadilar. Chunki mister Charrington va OʻBrayen fikr politsiyasining vakillari edi. Muhabbat vazirligida Uinston koʻp soʻroqlar natijasida, oʻz maslagidan qaytgan boʻlsada, Juliyaga boʻlgan muhabbatidan voz kechmaslikka harakat qiladi. Ammo keyinchalik, "101 xona"da hatto Juliyaga ham qarshi xoinlik qiladi. Uinston ozodlikka erishganidan soʻng, kafeda Juliyani uchratadi. Juliya ham huddi Uinston kabi barcha narsalardan voz kechgan. Bir oʻzi qolib, Uinston radioeshittirish orqali Okeaniya Yevrosiyo davlati ustidan gʻalaba qozonganini aniqlaydi. Bu habar uni nihoyatta quvonchga soladi. Soʻng Uinston batamom "tuzalganini", hamda partiya va Katta aka gʻoyalariga soʻzsiz ishonishini anglaydi. Koʻp oʻtmay uning ilgarigi gumonlari qatl etilish bilan jazolanadi.
Qahramonlar Uinston Smit (inglizcha: Winston Smith)- Bosh qahramon. 1944 yoki 1945 yil, Londonda tavallud topgan. Haqiqat Vazirligining hujjatlashtirish boʻlimida ish yuritadi. Partiya gʻoyalariga qarshi ekanini hech kimga bildirmaslikka harakat qiladi. Juliya (inglizcha: Julia)-26 yoshli ayol. Haqiqat vazirligining adabiyot boʻlimida ish yuritadi. Partiya gʻoyalarining tarafdoridek mugʻombirlik qiladi. Katta aka (inglizcha: Big Brother)- 1960 yildan boshlab Partiyaning yagona rahnamosi. Hayotda uning timsoli Iosif Stalin. Emmanuel Goldsteyn (inglizcha: Emmanuel Goldstein)- Xalq dushmani. Bir paytlar inqilobning sardori boʻlgan. Ammo koʻp oʻtmay partiyaga qarshi xoinlik qilib, chet elga qochgan. Uning timsoli Lev Trotskiy. OʻBrayen (inglizcha: OʻBrien)- Ichki Partiyaning baland martabali aʼzosi. Fikr politsiyasining xodimi.Epizodik qahramonlarDjons (inglizcha: Jones) Aronson (inglizcha: Aaronson) va Rezerford (inglizcha: Rutherford)- Ichki Partiyaning sobiq aʼzolari. Ular inqilobning sardorlari boʻlishganidan qatʼiy nazar "fikriy jinoyat"da ayblanib qatl qilinganlar.
Aronsonning timsoli Grigoriy Zinovyev, Rezerfordning esa Lev Kamenev. Mister Charrington (inglizcha: Mr Charington)- Antiqiy narsalar savdosi doʻkoni sotuvchisi. Fikr politsiyasining Saym (inglizcha: Syme)- Uinstonning oliy maʼlumotli hamkasbi. Yangi til lugʻatining 11-chi nashri ustida ishlaydi. Fikr politsiyasi tomonidan hibsga olingan. Parsons (inglizcha: Parsons)- Uinstonning qoshnisi va hamkasbi. Partiyaning yuksak aʼzosi- baquvvat, ishbilarmon, hushfeʼl inson. Soʻzsiz partiyaning barcha gʻoyalariga ishonadi. Fikr politsiyasi tomonidan hibsga olingan. Amplfort (inglizcha: Ampleforth)- Uinstonning hamkasbi. Haqiqat vazirligining hodimi. Shoir. Romanningvakili.uchinchi qismida fikr politsiyasi tomonidan hibsga olinadi. Koʻp oʻtmay "101 xona"da bedarak yoʻq boʻladi. Ketrin (inglizcha: Katherine)- rasman Uinstonning rafiqasi. Partiya gʻoyalarining sadoqatli taraftdori.
Martin (inglizcha: Martin)- OʻBrayenning hizmatkori.Romanning nomiOruell romanni "The Last man in Europe" deb nomlagan edi. Ammo Frederik Varburg asarni nashr etishdan avval,uning nomini oʻzgartirishni qatʼiy talab qilgan. Asardagi hodisalar nima uchun aynan 1984 yilda sodir boʻlishi oxirigacha maʼlum emas.
1984 (roman) «1984» (inglizcha: Nineteen Eighty-Four) ingliz yozuvchisi va publitsisti Jorj Oruellning antiutopiya janrida yozilgan romani. 1949 yil nashr etilgan. Roman 2018-yil Karim Bahriyev tomonidan oʻzbekchaga tarjima qilingan.[1]«1984» romanidagi dunyoAsardagi hodisalar 1984 yil, birinchi raqamli harbiy-havo mintaqasining eng "1984" romanidagi dunyo «1984» romanidagi dunyo muhim shahri-Londonda sodir boʻladi.
Oʻz navbatida bu mintaqa, totalitar ierarxik tuzumga ega boʻlgan Okeaniya davlatining viloyati deb hisoblanadi. Okeaniyadan tashqari yana ikki totalitar mamlakatlar mavjud: Yevrosiyo va Eastosiyo. Okeaniya (inglizcha: Oceania)- yer sharining uchdan bir qismini qamrab olgan. Uning hududiga Shimoliy va Janubiy Amerika, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Avstraliya hamda Okeaniya kiradi. Davlatga oid mafkura «ingsots» (ingliz sotsializmi) Yevrosiyo (inglizcha: Euroasia)- hududiga Sovet Ittifoqi, Yevropa va Turkiya davlatlari kiradi. Davlatga oid mafkura- «neobolshevizm».
Eastosiyo (inglizcha: Eastasia)- Xitoy, Yaponiya, Koreya, qisman Mongoliya va Hindiston hududlarini egallaydi. Davlatga oid mafkura sifatida xitoy soʻzi ishlatiladi. Bu soʻzni "oʻlimga sigʻinish" yoki "shaxsni oʻchirib tashlash" deb tarjima qilsa boʻladi. Har bir mafkura oʻxshash xususiyatlarga ega. Ularning barchasi oʻtkir jismoniy va ruhiy quldorlik jamiyatini tuzishga asoslangan. Bu mafkuralar militarizmni targʻibot qiladi. Shimoliy Afrika, Oʻrta Sharq va JanubiySharqiy Osiyo davlatlari hech kimga tegishli emas. Ularning ustidan egalik qilish maqsadida har bir totalitar mamlakat oʻzaro tugamas urushlar oboradi. Ammo harbiy tarafdan ularning kuchlari teng.
Ikkinchi jahon urushi yakuniga yetgach, Buyuk Britaniyada fuqarolar urushi boshlanadi. Koʻp oʻtmay, urushlar Tarix girdobida zaiflashib ketgan davlat ustidan Okeaniya hukmdorlik qiladi. Shu vaqtning oʻzidayoq SSSR Gʻarbiy Yevropaga hujum qilib, Yevrosiyo ittifoqini yaratadi. Sharqiy Osiyoda esa Eastosiyo davlati vujudga keladi. Dunyoning qayta taqsimlanishini uchinchi jahon urushi vayron qiladi. Yadroviy qurollarning qoʻllanilishi ommaviy halokatlarga olib keladi. Yevropa, Shimoliy Amerika hamda gʻarbiy Rossiyada joylashgan koʻp shaharlar yer yuzidan oʻchirilib tashlanadi. Bundan soʻng mamlakatlar ommaviy magʻlubiyat qurollaridan foydalanishdan bosh tortadilar. 1
Ammo urush davom etaveradi.Ingliz sotsializmi- sotsialistik partiya asosida vujudga kelgan mafkura. Okeaniya , Amerika davlatlari hamda Britaniya Imperiyasining birlashishidan Ingliz sotsializmi Ingsoc hosil boʻlgan. Sotsialistik inqilob davrida Katta aka va Emmanuel Goldsteyn birgalikda partiyani gʻalabaga boshlab kelib, keyinchalik dushmanlarga aylanganlar. Ingsotsning asosiy maqsadi siyosiy nazorat hamda jismoniy va ruhiy hukmdorlik.
Ikkifikrlik (inglizcha: doublethink)-bu birbirini inkor etuvchi, bir nechta gʻoyalarga soʻzsiz ishonishdir. Uning maʼnosini ilgʻab olish uchun Okeaniyaning shiorlariga nazar tashlash kerak: I
War is Peace [2] Freedom is Slavery [3] Ignorance is Strength [4]
Fikriy jinoyat (inglizcha: Thoughtcrime) Okeaniyadagi eng ogʻir jinoyat. Partiyaviy mafkura nuqtai nazaridan notoʻgʻri deb topilgan barcha ehtiyotsiz fikr, yoki imoishoralar qatl qilish bilan jazolanadi. Fikr politsiyasi hodimlari fikriy jinoyatchilarga qarshi kurash oborishadi.
Birinchi raqamli harbiy-havo mintaqasining poytaxti Londonda, toʻrtta boshqarma vazirliklari mavjud: Tinchlik vazirligi-(inglizcha: Ministry of Peace) Okeaniyaning dushmanlariga qarshi tugamas ravishda harbiy harakatlar olib borilishini nazorat ostida ushlab turadi. Serobgarchilik vazirligi-(inglizcha: Ministry of Plenty) Xalq oziq-ovqat mahsulotlari, xoʻjalik mollari va h.k.lar bilan taʼminlanishini meʼyoriga solib turadi. Muhabbat vazirligi-(inglizcha: Ministry of Love) Fikriy jinoyatchilarga qarshi ish yuritadi. Xaqiqat vazirligi-(inglizcha: Ministry of Truth) Muntazam ravishda tarixiy xodisalarni sohtalashtirish bilan shugʻullanadi.
1

1 JORJ ORUELNING HAYOTI VA IJODI


Shoʼro mafkurachilari 80-yillar oʼrtalarigacha nomini eshitsa choʼchib tushishadigan, hatto oʼlimidan qariyb 40 yildan oshiq vaqt oʼtgach ham asarlari chop etilishiga ruxsat berilmagan Jorj Oruell oʼzi kim?


Jorj Oruell ingliz yozuvchisi, publitsisti, jamoat arbobi. Mashhur asarlari: «Molxona» qissasi, «1984» romani, esse va adabiy maqolalar. Oʼz asarida kommunistik dunyoqarash va kommunistik tuzumni masxara qilgani uchun barcha kommunistik davlatlarda asarlari taqiqlangan.
Taqiqlangan! Gʼalati qiyos. Butun boshli davlat, uning ulkan ideologiya mashinasi bitta yozuvchidan qoʼrqadi. Yolgʼon shu darajada moʼrtki, bir ogʼiz haqiqatga qulab tushadi. Vaholanki, bu yolgʼon yillar davomida zeb berib, qad koʼtargan boʼladi. Shoʼro tuzumi yarim asr Oruelldan qoʼrqib yashadi.
Molxona yoki hayvonlar saltanatini ochlik, kasallik, oʼlim qamrab oladi. Biroq eng fojialisi qoʼrquv dahshati edi. Napoleon va uning jazo otryadi bu saltanat fuqarolarini ruhan sindirdi, maʼnan yoʼq qildi, rasman ozod, maʼnan qullik boshlandi. Oʼzboshimchalik, diktatura hayotni izdan chiqardi. Napoleon qoʼrquv va oʼlim ramziga aylandi. Hayvonlar ertayu kech ishlar, lekin biri ikki boʼlmasdi, qashshoqlikdan boshlari chiqmasdi. Ertangi kunga umid soʼndi. Maxsus koloniyalarda Napoleon tarbiyasini olgan hayvonlarning bolalari oʼz ota-onalarini oʼldirishdan tap tortmaydigan jallodlarga aylandilar.
Dunyoga Jorj Oruell taxallusi bilan tanilgan angliyalik jurnalist Erim Bleyr toki 1936 yilgacha joʼshqin sotsialist, oʼz tili bilan aytganda, demokratik sotsialist edi. Hatto shu eʼtiqodi uchun mustamlaka Birmadagi kelajagi porloq amaldorlik mansabidan ham voz kechdi va butun dunyoga demokratik sotsializmni yoyish haqidagi gʼoyalar bilan yashadi.
U bu paytda sotsializmning eng yaqin doʼsti, tarafdori va kurashchisi edi. Xoʼsh, 1936 yil Ispaniyaga sotsialistlar tarafdori boʼlib borgan Bleyrning dunyoqarashida qanday oʼzgarish yuz berdi? U Ispaniyada nimani koʼrdi? Nimaga duch keldi? Nega u Ispaniyadan soʼng sotsializmning yorqin dushmaniga aylandi? Umrining oxirigacha bu tuzum boshida turganlarni ham, tuzumni ham nega masxara qilib oʼtdi?
Аlbatta, tomoshabin bu obraz va ramzlarda hikoya qilgan voqea va Oruellning shu asari asosida suratga olingan filьmidan olingan tasvirlarda kim yoki qaysi tuzum timsollashganini sezgan boʼlishsa kerak. Shu sababli shoʼro mafkurachilari bu yozuvchi asarlarini taqiqladilar. Oruell asarlari 80-yillar oxirlaridagina tarjima qilina boshlandi. Oruell asarlari Shoʼro tuzumini fosh qilishda oʼsib kelayotgan ozodlikni anglash jarayoniga xizmat qildi.

Oruellning ushbu asari faqat Gitler va Stalin yaratgan tuzum va uning fojiasi haqida deb boʼlmaydi, bu asar umuman totalitarizm va qullik psixologiyasi haqida. 1945 yili mazkur asar eʼlon qilinishi bilan adabiyotshunos Аrtur Kestler «Yangi Svift» paydo boʼldi» deb yozgandi. Аynan shu Kestler 1950 yili Oruell qabri ustida shunday degan: «Kelajakdagi adabiyotshunoslar Oruell oʼz ijodida Svift va Kavkani birlashtirganini tan oladilar».


Shoʼro mafkurachilarini choʼchitib yuborgan «Molxona» yoki yumshoqroq tarjima qilinganda «Hayvonlar saltanati» qissasida nima bor ediki, kommunistlarni talvasaga soldi. Endi qissadagi voqeani qisqacha gapirib beraylik. Egasi aroqxoʼr boʼlib qolgan fermadagi hayvonlar tenglik, adolat talab etib inqilob qilishadi. Inqilobning bosh ilhomchisi «Mayor» laqabli isqirt choʼchqa (Qissani mana bu sahifada oʼqishingiz mumkin).
Mayorning shogirdlari va izdoshlari boʼlgan choʼchqalar boshchiligida fermada inqilob sodir etiladi. Inqilobchilar shiorlari juda ohanrabo va maftunkor. Savodsiz hayvonlar dastlabki harflarni «tenglik, birodarlik, adolat» soʼzini yozish bilan oʼrganishadi va bu ishoralar ularning hayot mazmuniga aylanadi. Omi va sodda hayvonlar haqiqatan ham tenglik kelganiga, endi hayvonlarga hech kim xoʼjayinlik qilmasligiga, olamshumul ozodlikka erishganliklariga ishonadilar. Hayvonlar oʼz davlat tizimini, bayrogʼini, gerbi va kitoblarini yaratishadi. Bu ulugʼ ishda ularga qoʼngʼir choʼchqa – Napoleon boshchilik qiladi. Napoleon tezda atrofiga maxfiy xizmat, jazolash guruhini toʼplaydi.
Hayvonlar oʼzlarini ezib kelgan odamlar ustidan dastlabki gʼalabaga erishadilar.Dohiy va yoʼlboshchilari Mayorning mavzoleyi, haykali ochiladi.Oʼz atrofida jazo guruhini tashkil etib olgan Napoleon tezda oʼzini fermaning dohiysi deb tanitadi. Dohiy Napoleon oʼz xoʼjalari yashaydigan uyni qarorgoh qiladi, hayvonlari esa oʼsha eski molxonada yashashda davom etadi. Napoleon hokimiyatini mustahkamlab olgach soʼz erkinligi, fikr erkinligini taqiqlaydi va barcha hayvonlar uchun faqat oʼzi fikrlaydi, oʼzi soʼraydi, oʼzi javob beradi. Fermada toʼliq Napoleon diktaturasi oʼrnatilib, barcha hayvon unga hamdu sano oʼqiy boshlaydi.
Fermada hur kuni ideologik mashina – Napoleonning buyukligini taʼkidlab, tasdiqlab turuvchi kinolavhalar – oʼziga xos matbuot ishlab turadi. Napoleon bilan kelishmagan barcha hayvonlar taʼqib va qatl qilinadi. Ferma qatli om va qoʼrquv saltanatiga aylanadi.
Oruelldan ikki katta nasriy asar, totalitarizmni fosh etuvchi joʼshqin publitsistika va esselar meros boʼlib qoldi.


2. JORJ ORUELNING ASARLARI

«1984» romani – asl ism-sharifi Erik Artur Bler bo‘lgan ingliz yozuvchisi Jorj Oruellning kelajak haqidagi dahshatli ssenariysidir. Romanda individuallik va inson huquqlari butunlay vayron qilingan, ong nazorat ostiga olingan, odamlar esa mexanizatsiyalashgan bir massaga aylangan totalitar dunyo tartibi hayratlanarli darajadagi tasavvur kuchi bilan hatto eng nozik detallarigacha tasvirlanadi. Asar garchi utopik xarakterga ega bo‘lsa-da, ba'zi tanqidchi va yozuvchilar tomonidan realistik asar sifatida baholanadi.2


Ha, syujyeti farqli bo‘lishi mumkin, xayoliy tasavvurlar asosiga qurilgan bo‘lishi mumkin, ammo dastlabki 20-30 sahifadan so‘ng xohlang dunyoga, xohlang mamlakatingizga, xohlang yashayotgan shahringizga, xohlang oilangizga, xohlang jamiyatning eng kichik hujayralariga boqing – siz duch keladigan manzara Jorj Oruellning «1984» asarida tasvirlangan manzaradir. Xohlang, televizorni yoqing; xohlang, radioning qulog‘ini burang; xohlang, gazetalarga ko‘z yugurtiring, xohlang,
2
internetga kiring – yana o‘sha manzara qarshingizdan chiqib kelaveradi.
Asar nomi nega «1984»?
Bu savolga javob berishdan avval ushbu kitob yozilgan davr va Jorj Oruell boshdan kechirgan voqealarga biroz to‘xtalib o‘tsak. Yozuvchi bu kitobni 1947 yil yoza boshlaydi. Ta'kidlash joizki, bu davr Oruell hayotining eng og‘ir damlari edi – xotini o‘lgan, o‘zi esa og‘ir xastalikka chalingan damlar. Ichini yolg‘izlik kemiradi. O‘gay o‘g‘li bilan Shotlandiyada yashaydi. Ayoli vafot etgach, sil kasalligiga chalinadi va shifoxonaga yotishga majbur bo‘ladi. Azobli kunlarning esa keti uzilmaydi. U hayot-mamot jangiga kirishadi. Biroz ahvoli yaxshilangach, shifoxonadan chiqadi va shoh asarini yozishga kirishadi. Keyin yana ahvoli og‘irlashib, shifoxonaga yotqiziladi. Shifoxonada ham qo‘lidan qalamini qo‘ymaydi.
O‘rni kelganda aytish kerakki, hech bir buyuk yozuvchining shoh asari osoyishta kutubxonalarda o‘tirib, xotirjam holda qurut shimib yozilmagan. Hamisha ular azoblar ichra, qashshoqliklar ichra, xastaliklar ichra jon olib, jon berib, mana shunday asarlarni yaratishgan. Jorj Oruell ham bu kitobini shifoxonada, shifoxona palatalarida yozadi.
Shunday qilib, asar nihoyat 1948 yilda yozib tugallanadi. Yozuvchi dastlab uni «Yevropadagi oxirgi odam» deb nomlamoqchi bo‘ladi. Ammo bu fikridan qaytib, 1948dagi oxirgi ikki raqamni ters o‘girib, uni 1984ga aylantiradi. Shu tariqa roman «1984» nomini oladi. Kitob chop etilganidan yetti oy o‘tib esa Jorj Oruell hayot bilan vidolashadi.
«Katta Og‘a seni kuzatib turibdi»
Romanning bosh qahramoni – Uinston Smit. Ammo undan oldin boshqa bir obraz haqida so‘z yuritmasak bo‘lmaydi. Bu – Katta Og‘a timsoli. Katta Og‘a hamma narsani ko‘radi, hamma narsani eshitadi – hamma narsani biladi. U hamma narsadan xabardor, uning hamma narsadan xabari bor. Uning iznisiz hatto chivin ham qanot qoqa olmaydi; undan xabarsiz kapalak ham bir guldan ikkinchi gulga qo‘na olmaydi. Katta Og‘a butun mamlakatni, butun xalqni, butun millatni – hamma-hammani nazorat qilishni istaydi. U barcha uylarning ichiga telekran qo‘ygan. Ko‘chalarni-ku gapirmadim, hatto uylarning ichida nimalar ro‘y berishini ham ko‘rib, kuzatib turadi. Holat shu darajadaki, bir xonadan ikkinchi bir xonaga o‘tishingiznigina emas, yuz ifodangiz, mimikangiz, xafa yoki xursand ekaningiz – qo‘yingki, har qanday munosabat va imo-ishorangiz ham Katta Og‘a tomonidan nazorat qilib turiladi. Katta Og‘a go‘yoki Tangri kabidir.
Inson eng xavfli, eng tahlikali on – u Xudo rolini o‘ynashga kirishgan ondir, deyishadi. Katta Og‘a ham mana shunday dahshatli tusga kirgan kuch va mutlaq hokimiyatning timsolidir.
Katta Og‘a hamma narsadan xabardor bo‘lgani uchun undan hamma qo‘rqadi. Odamlar har bir qadamini, har bir nafasini unga ko‘ra oladi. Katta og‘a barcha narsaning egasi, barcha narsaning sohibidir. Shaxs yo‘q, shaxsiyat yo‘q! Davlat yo‘q, davlatchilik yo‘q! Faqat va faqat Katta Og‘a bor. Hamma narsa u uchun, hamma narsa faqat u tomonidan hal etiladi. Bir so‘z bilan aytganda, hamma uning quli.
Uch asosiy qahramon
Asarning uch asosiy qahramoni bor. Ulardan biri Katta Og‘aning qilgan ishlari yanglish ekanini anglagan Uinston Smit. To‘g‘ri, u ishlar yanglish ketayotganini ko‘rib, bilib turadi, o‘ziga xos xarakterga ham ega, ammo u ham qo‘rqadi.
Ikkinchi qahramon – Parsons ismli obraz. U Katta Og‘aning partiyasiga qullarcha sig‘inadi. Katta Og‘a va uning partiyasi nima qilsa, o‘sha narsa to‘g‘ri – savol berish mumkin emas! Tanqid qilish mumkin emas! Churq etib og‘iz ochish mumkin emas! Katta Og‘a qilayotgan hamma ish to‘g‘ridir. Katta Og‘aning partiyasi aytgan hamma narsa mutlaq haqiqatdir. Bu – ikkinchi xarakter tipi.
Endi mundoq atrofimizga qaraylik, Parsonsga o‘xshagan bir qancha xarakterlar bilan birga yashayotganimizni ko‘ramiz.
Uchinchi obraz – Julia. Unga hech narsaning farqi yo‘q. Na Smit kabi sodir bo‘layotgan yanglish ishlarni payqaydi, na Parsons kabi siyosatga sig‘inadi. «Mamlakatni qutqarish kelib-kelib menga qolibdimi? Meni chaqmagan ilon ming yil yashasin», deydiganlar xilidan.
Eng kichik tanqid ham xiyonatdir
Bundan tashqari, Emmenuel Goldsteyn obrazi ham borki, u davlatning dushmanidir, Katta Og‘aning dushmanidir, partiyaning dushmanidir. Holbuki, unday emas. Emmenuel Goldsteyn Katta Og‘a bilan inqilobni birga amalga oshirgan, mamlakat boshqaruvini birga qo‘lga kiritgan. Aslida, u bir paytlar Katta Og‘aning yo‘l hamrohi edi.
Ammo haqiqat shuki, o‘ziga Tangri rolini bergan, oliy va tengsiz rahbar, hamma narsani biluvchi rahnamo rolini ijro etayotganlar ma'lum bir vaqtdan so‘ng, ya'ni og‘ir va talotumli kunlar ortda qolgach, safdoshlarini xuddi ishlatilgan qo‘lqopday bir chetga itqitishadi. Emmenuel Goldsteyn, aslida, ko‘p narsa demaydi. Faqatgina «Shu ish xato bo‘lyapti, nazarimda. Buni shunday qilsak, qanday bo‘larkin? Bu shunday qilinishi kerak emasmidi? Yo‘lga birga chiqayotgan paytimiz bunday kelishmagandik-ku! Kuch va iqtidorni qo‘lga kiritgach, nega bunday o‘zgarib qolding?» deyishi hamon u xoin deb e'lon qilinadi.
Ha, bu davlatda eng kichik tanqid ham vatanga xiyonatdir. Davlat uchun, partiya uchun, hatto Katta Og‘aning o‘zi uchun bo‘lsa ham, to‘g‘ri deb bilganingni aytish, to‘g‘ri deb bilganingni bildirish xiyonat bilan ayni bir narsa. Gapira olmaysan, o‘ylay olmaysan, og‘zingga talqon solib yurishga, og‘zingda qatiq ivitishga majbursan! Katta Og‘a nimani istasa, o‘sha narsani o‘ylashing kerak. Katta Og‘a nimani gapirsa, o‘sha narsani gapirishing kerak. Katta Og‘a nima qilishingni istayotgan bo‘lsa, o‘sha narsanigina qilishing kerak. Yaxshi niyatda qilgandirsan, o‘z vataning uchun qilgandirsan, ishonganing uchun shunday yo‘l tutgandirsan – bunday narsalarning zig‘ircha ahamiyati yo‘q. Agarki sen Katta Og‘aning muhokama qilib bo‘lmas, mutlaq bir iloh ekaniga ishonmas ekansan, demak, xoinsan!
To‘rt vazirlik va ularning vazifasi
Katta Og‘a bu mamlakatda to‘rtta vazirlik tashkil etgan. Ammo ularga to‘xtalishdan oldin yana bir ma'lumotni keltirib o‘tishimiz joiz. Dunyoda uchinchi jahon urishi sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng olamda tamoman yangi tartib o‘rnatilgan. Ummoniya, Yevrosiyo va Ostosiyo nomli uch buyuk davlat mavjud. Bizning hikoyamiz esa Ummoniyada bo‘lib o‘tmoqda. Xullas, Ummoniyada Katta Og‘a to‘rtta vazirlik quradi.
Haqiqat vazirligi. Haqiqat vazirligining asl ishi haqiqatni yo‘q qilishdir. U hatto shu kunning haqiqatlarinigina emas, tarixiy haqiqatlarni ham o‘chirib, tarixni butkul yangidan yozish bilan shug‘ullanadi. Chunki «Kim o‘tmishni boshqarsa, o‘sha kelajakni ham boshqaradi; kim bugunni boshqarsa, o‘sha o‘tmishni boshqaradi», deydi Katta Og‘aning partiyasi.
Tinchlik vazirligi. Tinchlik vazirligining ishi tinchlik emas, urushdir. U doim urush keltirib chiqaradi. Insonlar Katta Og‘ani savolga tutishga chog‘langani hamon, nimalardir yanglish ketayotganini pichir-pichir qilish boshlangani hamon Tinchlik vazirligi sahnada paydo bo‘ladi va urush keltirib chiqaradi. Chunki urush – omma va muxolifatning unini o‘chirishning eng yaxshi yo‘lidir.
Muhabbat vazirligi. Eng qo‘rqinchli vazirlik ham aynan shu Muhabbat vazirligidir. Chunki uning ishi nafrat «ishlab chiqarish», jamiyatdagi barcha insonni biri-biridan nafratlanadigan holga keltirishdir. Faqat bir kishi sevilishi kerak, faqat bir kishigina sevgiga munosib. U ham bo‘lsa, Katta Og‘adir!
Farovonlik vazirligi. U iqtisodiy masalalarga mas'ul hisoblanadi. Ammo u xalqning qornini to‘yg‘azish, farovon hayotni ta'minlash uchun mas'ul emas. Bir luqma ovqat, bir qultum suv – kifoya. Shu bilan qorningiz to‘ysin. Churq etmang, og‘zingizni yuming, shukr qiling, qo‘lingizni boshingizning ostiga qo‘yib uxlang», deyuvchi vazirlikdir bu, aslida.
Ikki karra ikki – besh
Umuman olganda, romanning butun ruhiga singib ketgan narsa shu – davlat bir narsani nima desa, demak, u o‘shadir. Agar davlat ikki karra ikki besh desa, sen «To‘rt bo‘ladi-ku», deya olmaysan. Chunki sen yo‘qsan! Faqat davlat bor, faqat partiya bor, faqat Katta Og‘a bor! Agar u besh deyayotgan bo‘lsa, demak, ikki karra ikki – beshdir. Agar besh emasligini inkor etsang, demak, xoinsan. Xoinlar esa yo‘q qilinishga mahkum!
Yozuvchi shu qadar mayda detallargacha kirib borganki, o‘n-yigirma yil avval chiqqan gazetalar yoqiladi va qaytadan chop etiladi. Hatto til ham o‘zgartiriladi. Qo‘zg‘olon, ozodlik, qarshilik, birlashish, bosh ko‘tarish, muxolifat kabi so‘zlar hatto lug‘atlardan chiqarib tashlanadi, lug‘atlardan o‘chirib tashlanadi. Chunki insonlar so‘zlar yordamida tafakkur qiladi, so‘zlarga asoslangan holda fikr yuritadi, so‘zlar bilan bir dunyo ichida dunyo yaratadi. So‘zlar bilan harakat qiladi – xayol dunyosini quradi, o‘z ideallarini so‘zlar yordamida ifoda etadi. Katta Og‘a hatto lug‘atlardan ham ba'zi so‘zlarni olib tashlaydi, toki odamlar tafakkurdan yiroq bo‘lsin, unga muxoliflik qila olmasin.
Bir tasavvur qilib ko‘ring-a, to‘rt-beshta olim birlashib, cheklangan tilni yaratadi. Odamlar 100ta so‘z boyligi bilan muloqot qilishadi va bu 100ta so‘zning 80tasi itoatkorlik, bo‘ysunish, hurmat, aytilganidek bajarish, qoidalarga bo‘ysunish va hokazolardan iborat. Bu dahshat bo‘lmasdan nima?
«1984» nega kun tartibidan tushmayapti?
Yuqorida aytilganidek, Jorj Oruell bu asarini 1948 yilda yozgan. Agar bugun yozgan bo‘lsa ham shaxsan men hayron qolmasdim. Ishoning, yuz yildan keyin bolalarimiz, nabira-yu, evara-chavaralarimiz – balki u paytlar insonlar fazo kemalariga minib, Marsga, Yupiterga ketayotgan bo‘lishlari ham mumkin, ammo hech narsa o‘zgarmaydi – mundoq atroflariga boqib, ko‘radilarki, hayot xuddi «1984» romanidagi kabi. Chunki insonning shaxs bo‘lish, shaxs bo‘lib shakllanish, kuch va iqtidor sohiblarining esa shaxsni ezish, uni bo‘ysundirishga intilish jangi hech qachon to‘xtamaydi.
Nima uchun bu asar dunyo kun tartibidan hech tushmayapti? Nega u shoh asar hisoblanadi? Nega u hali ham ohorini yo‘qotmayapti? Chunki «1984» inson va jamiyatning eng nozik nuqtasiga borib tegadi. Bir tomonda shaxs, bir tomonda davlat. Bir tomonda ozod va hur insonlar, bir tomonda esa robotlashtirilgan, ulkan mashinaning kichik bir murvatiga aylantirilgan, ruhsiz, tafakkursiz, estetik diddan mahrum, tussiz va hissiz, bir so‘z bilan aytganda, hech qanday qadr-qiymat va mohiyatga ega bo‘lmagan insonni yaratish kurashi.
Jorj Oruellning “Qil ovi”, “Birma kunlari” romanlari ham mashhur.
Jorj Oruell (ingl. George Orwell), haqiqiy ismi — Erik Аrtur Bler (ingl. Eric Arthur Blair; 1903—1950) — ingliz yozuvchisi va publitsisti. «Molxona» nomli fantasmagorik (ertaknamo) qissasi, «Ruhoniyning qizi», «Yashasin anjir!», «Havo kerak», “Birma kunlari”, «1984» kabi romanlar muallifi. Shuningdek, hujjatli «Kataloniya xotirasi» nomli publitsistik asarlari, adabiyot va ijod erkinligiga bagʼishlangan esselari bilan shuhrat qozongan.
Jorj Oruellning «Molxona” asarida (Ushbu asar oʼzbek tiliga «Hayvonlar xoʼjaligi haqida gʼaroyib qissa” nomi bilan tarjima qilingan) mantiqiy obrazlar orqali “Manel ferma”sida roʼy bergan voqealar tasvirlanadi. Sobiq Sovet Ittifoqi mustabid tuzumining gʼaroyib “oʼyinlari” asar mazmuniga singdirib yuborilgan. Hayvonlar mustaqillik, erk, ozodlik, baxt, farovon hayot uchun kurashadilar. Lekin ularning maqsadlari sarobga aylanaveradi. Аsarda qatogʼonlik davrining xalq boshiga solgan fojealariga alohida eʼtibor berilgan.
Hali aqlimni tanib-tanimayoq, besh-olti yoshlarda edim chogʼi, ulgʼayganimda, albatta, yozuvchi boʼlishimni ich-ichimdan sezardim. Oʼn yetti yoshimdan boshlab yetti yil davomida miyamga zulukday yopishib olgan xomxayoldan voz kechishga harchand urinmay, aqlim tabiatimdagi bu telbalikni yengaverar, ertadir-kechdir, oʼzimni bosib olib, jild-jild kitoblar yozishimni tasavvur etsam, terimga sigʼmay suyunib yuraverardim.
Uch yarim yoshlarimdan, bu jarayon besh yil davom etgan, sakkizimgacha otamni ahyon-ahyonda koʼrganman. Shunga oʼxshash sabablar tufayli oʼzimni yolgʼiz sezar, ruhimga begona odatlarim koʼpaygandan-koʼpayib borardi. Yagona yupanchim — qogʼoz qoralash, xayolimdagi odamlar bilan suhbat qurish edi. Аvvalboshdan qadr topmagan adabiy intilishlarim — shu kechinmalarning oqibatidek… Soʼz nafosatini tuyish, zarrachalik qimmati yoʼq faktlar bilan olishish qobiliyati yuqqanmidi, ehtimol. Kundalik hayotimda takror-takror duch keluvchi omadsizliklar oʼzimgagina daxldor dunyomning ajralmas boʼlagi edi. Shubhasiz, ijodga jiddiy kirishishning vaqti-soati yetgan, shu choqqacha — bolaligimu yoshligimda qoralab yurganlarim esa yarim varaqchayam chiqmasdi. Birinchi shigʼirimni toʼrt-besh yoshimda yozganman, elas-elas xotirlayman: onam aytib turgan, men koʼchirgandim. Sheʼr yoʼlbars haqida edi. Uning oʼtkir kurak tishlari, shugina tashbehdan boshqasini eslolmayapman. Bleykdan (1) oʼgʼirlab olgan “Yoʼlbars, yoʼlbars” “sheʼr”imdan rosa zavqlanganman.
Oʼn bir yoshimda, urush davri yoxud 1914–1918 yillarda bir oshpazning oʼlimiga marsiya yozganimni aytmasa, nuqul vatanparvarlik ruhidagi sheʼrlar bitganman, ular mahalliy gazetalarda birin-ketin bosilib turavergan. Vaqt oʼtib, biroz ulgʼaygach, Jorj (2) uslubiga taqlidan tabiat mavzuida tugallanmagan, hazin sheʼrlar bita boshladim. Eslasam, oʼzimning ham kayfim uchib ketadigan bir hikoya yozgandim oʼsha paytlari. U yillar davomida gʼalvirdan oʼta-oʼta oqqa koʼchirilgan yagona asarim edi. Shunga qaramay, hamisha oʼzimni adabiy ijodga daxldor hisoblardim. “Аdabiy buyurtmalar” sabab hayotimga “tezkorlik” soʼzi kirib, “rohat” tark etdi. Maktabdan tashqari vaqtimda hozir oʼzimni-da hayratga solar darajadagi shiddat ila hajviy sheʼrlar yozdim, oʼn toʼrt yoshimda Аristofanga (3) havasim ketib butun boshli pьesani bir haftada yozib tugatdim, maktabda devoriy gazeta chiqara boshladim. Tasavvurga ham sigʼdirolmas nochoru gʼarib hajviy nashr edi u. Аyni zamondagi arzon-garov jurnalistikadan koʼra, oʼsha haminqadar nashr uchun qancha yonib-kuygandim-a. Bu “adabiy faoliyat”ga vobasta, oʼn toʼrt yoshmidim yo kattaroq, turli adabiy mashq¬lar bilan ovundim: oʼzim haqimdagi “hikoya”lar qogʼozga emas, miyamga muhrlanardi. Buni bir bolakay yo oʼsmirning ermagi, desam toʼgʼriroq boʼlar. Oʼzimni negadir “Robin Gud” atab, meni hayajonga soluvchi sarguzashtlar qahramonlarining suratlarini chizib, undan qiyofamni axtarardim.

Biroq koʼp oʼtmay, “hikoya”lar oʼz-oʼzimga mahliyolik kayfiyatiga shafqatsizlarcha barham berdi: bora-bora koʼrgan-kechirganlarimning qogʼozga tushishidan huzurlandim. Miyamda shunga oʼxshash fikrlar aylanardi: “U eshikni itarib ochdi va xonaga kirdi. Quyoshning zarrin nurlari muslin gilamni siypalab oʼtib, ustida yarim ochiq gugurt qutisi va siyohdon turgan stolga kelib toʼxtadi. Oʼng choʼntagidan oʼng qoʼlini chiqarib, deraza tomonga choʼzdi. Koʼchada toshbaqa kosali mushuk daraxtdan uzilib tushayotgan yaproq ketidan quvib yuribdi…” Bemaʼni odatga oʼralashib, yigirma besh yilimni yellarga sovurdim. Soʼz, arzigulik soʼz topishga tirishaman, besamar tirishqoqlik meni tagʼin gʼamga botirib qoʼyadi, bari shunchaki mubtaloligim soyasida qolib ketaveradi. Dunyoga ilinmoqchi boʼlgan “benazir asar”im meni turli yoshda maftun etgan turfa yozuvchilarning uslubini hechqursa takrorlashi kerak edi… Аmmo xotiram sahifalarini har qancha titkilamay, tanish, arzimas yoziqlar bilan toʼqnashaverardim.


Oʼn olti yoshimda toʼsatdan soʼzdan lazzatlanish kasaliga chalindim. Soʼzning jozibasi va ohangidan oshuftahol boʼldim. “Boy berilgan jannat”dagi (4) quyidagi misralar ajab qiziq, sinoatli tuyildi:


U mehnat va mushkulot sabab,


Unga aylanib qolmishdir, yo Rab.

“U” va “u”ning mushtarak ohangidan zavq tuyib, tizzalarim qaltirab ketgandi oʼshanda. Hodisotlarni tasvirlash asnosida mohiyatni anglay boshladim, ijodimdagi asosiy istak koinotdagi yulduzdek yuzaga potrab chiqib qoldi. Xotimasi odatdagidek yaxshilik bilan tugamaydigan dahshatli naturalistik romanlar, kishini oʼziga rom etuvchi tasvir va taqqoslarga toʼla, ohangdor va serjilo soʼzlarga boy asarlar yozishni xohlayotgandim. Oʼttiz yoshimda chop etilgan, ammo avvaldan niyatimda boʼlgan ilk toʼplamim – “Birmadagi kunlarim”da oʼsha istak qor ostidagi boychechakdek moʼralab, dilimga harnechuk xotirjamlik ulashdi.



  1. JORJ ORUELL IJOD EHTIYJI

Yozuvchi ijodini muntazam kuzatmay turib ham, uning uslubini baholash mumkinligi haqida oʼylab koʼrmagandim. Ijodkor qalamga olgan mavzu uning yoshidan darak berarkan, biroq u nimagaki qoʼl urmasin, bir umr qutulib boʼlmas azob — ijod ehtiyojini qondirishi kerak. Ijod uning ermagi yoki hunari emas, kasbidir. Poʼrtanali inqilob davrlari singari insonda ham oʼtish davri kuzatiladi. Bunday paytda, u his-tuygʼularini jilovlay olmogʼi, siyratini goʼzallashtirmogʼi hamda gʼoʼrlik davri va noxush kayfiyatdan tez forigʼ boʼlishga intilmogʼi lozim; biroq ijodkor dastlabki taʼsirlardan mosuvo qolsa, ichidagi ijod ishtiyoqi ham oʼladi. Tirikchilik talabi hisobga olinmasa, yozish, ayniqsa, nasrda ijod qilish uchun toʼrt asosiy turtki bor. Toʼrt sabab har bir yozuvchida turli darajada boʼladi, vaqt va muhit tufayli ular almashinib turadi:

1. Xudbinlik. Аqli bilan maqtanish, tez-tez tilga tushib turish, xotirlanish, kamsitganlarga koʼrsatib qoʼyish va hokazo va hokazo istaklar. Bu sabab emas, deguvchilar yolgʼonni toʼn qilib kiyib olganlar: xudbinlik — barcha sabablarning boshi. Yozuvchilarning bir oʼzigagina emas, olimlar, artistlar, siyosatdonlar, huquqshunoslar, zobitlaru omadli jentlьmenlar– qisqasi, jamiyatning yuqori qatlamiga chiqqan chipqon bu. Olomonda ayni xislat uncha koʼzga tashlanmaydi: ular oʼttiz yoshdan oʼtgach, koʼrga hassa qilib koʼrsatishlaridan orlanadi, oʼzgalar uchun yashaydi yoki ogʼir va zerikarli ishga shoʼngʼib ketadilar. Biroq umrining adogʼigacha bu yoʼldan yurishni istamagan Xudoning erkatoy, qaysar yaratiqlari ozchilik boʼlib, ular sirasiga yozuvchilar ham kiradi. Nomlari katta harflar bilan yoziluvchi yozuvchilar mol-dunyoga befarqliklariga qaramay, jurnalistlardan koʼra shuhratparast va xudbinroqdirlar.


2. Estetik entuziazm (ishtiyoq). Tashqi olamdagi, alohida taʼkidlash joizki, so‘z va uning mohiyatidagi go‘zallikni idrok etish mayli. Nazmdagi noziklik va nasrdagi ohang, hatto tovushlardagi farqni his qilish xohishi. O‘zi uchun qiziq va qimmatli bo‘lgan tajribani boshqalar bilan baham ko‘rish istagi. Talay yozuvchilarda estetik sabab juda zaif. Ammo pamfletchi yoxud darslik muallifi bo‘lsin, so‘zga muhabbati vajidan uzzukun qog‘ozga termilib o‘tiradi. Ular-da jillaqursa, matbaa, bezak borasida didga ehtiyoj sezar. Kitob deymiz, hatto temiryo‘l yo‘riqnomasida ham estetik unsurga ko‘zimiz tushadi-ku.

3. Tarixiy impuls. Borliqni boricha ko‘rish va ko‘rsatish, kelgusi avlodga o‘z holicha yetkazish istagi.


4. Siyosiy maqsad. “Siyosiy” so‘zi keng maʼnoda keladi. Dunyoni muayyan yo‘nalishga burish, turli kishilar fikrlarini o‘zgartirishga bo‘lgan mayl. Boz ustiga, biror asar yo‘qki, siyosiy taʼsirdan xoli bo‘lsa. Sanʼat va siyosatda bog‘liqlik yo‘q deyishning o‘zi siyosiy qarash. Bu turli impulslarning bir-biriga zid kelishi, odamdan-odamga, vaqtdan-vaqtga o‘zgarib borishiga tarix guvohlik beradi. Tabiatan, — ha, “tabiat”ingiz tufayli o‘smir boladan arbobga aylanasiz — men uch asosiy prinsipga sodiq qolib, to‘rtinchi sababga eʼtibor qaratmagan ijodkorman. Erkim o‘zimdaligida ohanjamali yoki butkul tavsifiy asarlar bitishim, siyosiy maylimni o‘quvchiga sezdirmasligim mumkin edi. Biroq muhit meni pamfletchi qilib yetishtirdi. Avvalgi besh yilim o‘ta nobop sharoitda – Hindistondagi Birmapolitsiya mahkamasida o‘tdi, keyin ochlik va omadsizlik yopishib oldi. Ko‘rgan-kechirganlarim tabiiy ravishda hokimiyatga nafratimni oshirdi va butun vujudim bilan ishchilar qatlamini himoya qilishga bel bog‘ladim. Birmadagi faoliyatim imperializm tabiatini anglashimga ko‘mak berdi, biroq tajribam siyosiy doiradagi mavqeimga hali kifoya qilmasdi. So‘ng hokimiyat tepasiga Gitler keldi, Ispaniyada fuqarolar urushi boshlandi va hokazo hodisalar. 1935 yilning oxirlarida bazo‘r qatʼiy qarorga keldim.


Ispaniya urushi hamda 1936–1937 yillardagi boshqa voqealar ichimu tashimdagi dunyomni o‘zgartirib yubordi. Men qayerda ekanimni angladim. 1936 yilda qo‘l urgan “jiddiy asar”imdagi har bir chiziq bevosita yoki bilvosita totalitarizmga qarshi, demokratik sotsializmga tarafdorlik mohiyati bilan tutashardi. Bu axir bemaʼnilik emasmi? Bir mahallar o‘zim rad etgan xayollar haqiqatga ko‘chib qoldi. Aslida qo‘liga qalam tutgan kishi siyosiy voqelik oldida hali unday, hali bunday niqob taqishga majbur. Savol ko‘ndalang: qay usulda yozish va qanday qilib singdirib yuborish mumkin? Siyosiy bashorat estetik va intellektual yaxlitlikka putur yetkazmay, aksincha, siyosiy faoliyatda yangi marra va imkonlarga yo‘l ochadi.4

So‘nggi o‘n yillikda sanʼat va siyosatni uyg‘unlashtirgan maktublar bitishga ishtiyoqim ortdi. Mening asosiy mavzum hamisha partiyaviylik va adolatsizlik bo‘lgan. Har gal qog‘oz qoralashga tutinganimda, “Sanʼat asari yarataman”, deb xayol qilmayman. O‘zim oshkor etishni istagan yolg‘onlar, eʼtibor qaratishni lozim topgan dalillar, meni bezovta qilgan voqeliklar haqida yozaman, xolos. Estetik kechinma tuymaganimda edi, kitob u yoqda tursin, hatto jurnalga kattaroq maqola ham




3
yozolmagan bo‘lardim. Asarlarim, qunt bilan o‘qigan o‘quvchiga kun bo‘yi vaʼz o‘qigan siyosatdon targ‘ibotidan ko‘proq taʼsir etishi aniq. Bolaligimdan boshlangan dunyoqarashni batamom rad etishning iloji ham, ehtiyoji ham yo‘q. To‘rt mucham
sog‘ bo‘lib, Xudo umrdan qismasa, ijod, shu zaminga muhabbat va mashaqqatdan rohatu arzimas hodisalardan zavq tuyish kasbim bo‘lib qolaveradi. Bu o‘zingni o‘tga tashlashni anglatmaydi. Bu — sening muayyan davr mobaynida birgina shaxsga emas, jamiyatga nisbatan ildiz otgan simpatiya va antipatiyangni muvozanatda ushlash sanʼatidir.

Ojizlik qursin! Til va haqiqatsizlikka daxldor muammolarni ko‘tarib chiqish osonmi?! Haq so‘zimning daliliga bir misol keltiray. Ispaniya fuqarolik urushiga bag‘ishlangan “Kataloniyaga ehtirom” asarim butkul siyosiy asar, biroq asosida haqiqat va yurtga sadoqat g‘oyasi mavjudligi bois o‘qiladi. Asarda adabiy aqidamga xiyonat qilmay, mutlaq haqi¬qatni ochishga intilganman. Kitob bitta so‘loqmondek bob, Franko bilan fitna qilganlikda ayblangan Trotskiyni oqlovchi iqtiboslardan iborat. Bu bob — ikki yil o‘tar-o‘tmay har qanday noziktaʼb o‘quvchining qiziqishidan chetda qolishi tabiiy — butun boshli asarni yo‘qqa chiqaradi. Men hurmat qiluvchi munaqqid asarim to‘g‘risida bir kuni menga vaʼz o‘qidi. “Nega bu bobni tiqishtirding? — so‘radi u. — Sen jurnalistikaga yaxshi kitob tuhfa qilishing kerak edi”. U haq edi, biroq men boshqacha yozolmasdim. Nohaq qoralanganlar haqida bilishga Angliyada ozchilikkagina ruxsat berilganini keyin fahmladim. Nohaqliklardan fig‘onim chiqmaganida, hech qachon bu asarni yozolmasdim.


Shu yoki boshqa ko‘rinishda tag‘in ayni muammo ko‘tarilaverdi. Til masalasi nozik va uzoq muzokaratalab. So‘nggi yillarda taʼsirchanroq va aniqroq yozishga harakat qildim, deya olaman. Vaqt o‘tib, istalgan uslubda yozish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan ijodkorning o‘sgani shudir. “Molxona” (5) – siyosiy maqsad va badiiy tafakkur mujassamlashgan ilk asarim. Oxirgi yetti yil davomida birorta roman yozmadim. Tez orada vijdonan ijod qilishga umid qilyapman. Bu – yengilish, har bir asarim omadsizlik belgisi. Biroq endi men Nimani va Qanday yozishni oydinlashtirib oldim.
So‘nggi misralarimga tikilib, yozish, men uchun ko‘ngil ishi ekanini tushunyapman. Buni hozircha oxirgi xulosam, deb aytolmayman. Barcha yozuvchilar shuhratparast, xudbin va dangasa bo‘ladilar. Sabablarining intihosidagina sir yotadi. Kitob yozish — uzoq davom etuvchi tuzalmas dard, holdan toydiruvchi jang.
Mabodo na tushunib, na qarshilik qilib bo‘ladigan bu yumushni biror iblis gardaniga olmasa, odamzodning tanlashi qiyin. Shayton bola eʼtiborini tortuvchi to‘polon shamoldek o‘ynoqi. To‘g‘ri-da, ichingdagi shaytonni mudom jilovlab turmas ekansan, u bir satr ham yozishga imkon bermaydi. Yaxshi asar tiniq oynaga o‘xshaydi. Ijod qilish uchun qaysi sabab boshqalaridan kuchliroq ekanini komil ishonch bilan aytmoqqa ojizman, biroq qaysi biri boshqalarini o‘z izmiga bo‘ysundirishini bilaman. Vaqt o‘tib, ortimdagi uyulib turgan bisotimga nazar tashlasam, hayotdan yiroq, balandparvoz jumlalar, yuki yengil iborayu safsatalarga to‘la asarlarimda siyosiy maqsad yo‘qligiga amin bo‘lishim muqarrar.

  1. JORJ ORUELNING ASARLARIDA

MUAMMOLARNING IFODALANISHI

Keyinchalik roman nomi, uning terminologiyasi va hatto muallif nomi ham umumiy otlarga aylandi va "1984" romanida tasvirlangan totalitarizmga o'xshash ijtimoiy tuzilmani ifodalash uchun ishlatiladi.


"1984" romani Evgeniy Zamyatinning "Biz" (1920), Aldous Xuxlining "Jasur yangi dunyo" (1932) va Rey Bredberining (1953) "451 daraja Farangeyt" kabi asarlari bilan mashhur asarlardan biri hisoblanadi. distopiya janri.

Yüklə 60,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə