Xalq xunarmandchiligi texnologiyasini o‘qitish bo‘yicha uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan dars ishlanmasi



Yüklə 17,93 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü17,93 Kb.
#158951
  1   2
Xalq xunarmandchiligi texnologiyasini o‘qitish bo‘yicha uzviylik


MAVZU:Xalq xunarmandchiligi texnologiyasini o‘qitish bo‘yicha uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan dars ishlanmasi
Bugungi kunda yoshlarni kasb-hunarga to‘g‘ri yo‘naltirish, ularda turli kasbhunarlarga qiziqishni oshirish, kasblarni e’zozlash va faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki kelajagi buyuk davlatimizning kelgusi taqdiri shu masala bilan chambarchas bog‘liqdir. Buni o‘z o‘rnida to‘g‘ri hisobga olgan hukumatimiz doimo hunarmandchilikni rivojlantirish va yoshlarni hunar o‘rganishga yo‘naltirish ishiga alohida ahamiyat qaratib kelmoqda. Xususan, yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008 yil 1 apreldagi PF-3983 sonli, 2010 yilning 30 martidagi “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmonlarida xalq ijodiyoti sohasiga aholining keng qatlamini, ayniqsa, yoshlarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni ta’minlash yo‘llari belgilab berilgan. Bu tadbirlarning barchasi, ayniqsa, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilari uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligidan darak beradi. Bunday yuksak natijalarga erishmoq uchun bizningcha barcha o‘quv yurtlarida “Kasbim mening – faxrim mening”, Таълимваинновационтадқиқотлар (2021 йилМахсуссон) ISSN 2181-1709 (P) 98 Education and innovative research 2021 y. Sp.I. “Hunar, hunardan unar”, “Hunarli odam xor bo‘lmas”, “Ishlaganning umri beozor, ishlamagandan el bezor”, “Hunarni bilgan, ko‘p narsani biladi” mavzularida davra suhbatlari, turli tadbirlar o‘tkazib borish o‘quvchilarni kasbga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi. Shu maqsadda so‘nggi yillarda respublika hududidagi ko‘plab kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quvchilar faolligini oshirish, kasbni ulug‘lashga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Bu ishlar yoshlarning farovon kelajagi uchun muhimdir. Zero, mashhur pedagog A.S.Makarenkoning fikrlari bilan aytganda, “Qo‘lidan ko‘p ish keladigan, nimagaki urinsa, uddasidan chiqadigan, ishi tez o‘ngidan keladigan, har qanday sharoitda ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan, buyumlarga egalik va xo‘jayinlik qila oladigan odamlarning naqadar quvnoq va baxtli yashashlarini yaxshi bilamiz”. Shu maqsadda quyida “Yog‘ochga ishlov berish sohasidagi xalq hunarmandchiligi kasblari. Yog‘och o‘ymakorligida qo‘llaniladigan asboblar” mavzusidagi dars ishlanmasini beramiz Darsning maqsadi: a) ta’limiy – o‘quvchilarda yog‘ochlarga ishlov berish asosida rivojlangan milliy hunarmandchilik kasblari haqida, bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
b) tarbiyaviy – o‘quvchilarda milliy hunarmandchilik kasblariga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish, ularda hunarmandchilik ishlarida rioya qilinadigan xavfsizlik qoidalari hamda sanitariya-gigiyena talablari to‘g‘risida ma’lumot berish;
s) rivojlantiruvchi – o‘quvchilarning milliy xalq hunarmandchiligi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. Darsning jihozi: kasb turkumlariga oid ko‘rgazma va mavzuga oid testlar, ish qurollari, yog‘och o‘ymakorligi ishlaridan namunalar, slaydlar, kodoskop.

Yüklə 17,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə