Keyingi yillarda Sharq adabiyotlarini chuqur o‘rganish ularning ko‘p tarmoqlari favqulodda murakkab tarzda o‘zaro chatishib ketgani va o‘ziga xos yaxlit bir butunlik kasb etganini ko‘rsatmoqda


-MAVZU: Obraz, xarakter, tip: umumiylik va o’ziga xosliklar



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə7/24
tarix11.10.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#127268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI 16 TA

5-MAVZU: Obraz, xarakter, tip: umumiylik va o’ziga xosliklar.
Obraz-personaj — xarakter-tip. Ma’lumki, adabiyotshunosligimizda qo‘llanilayotgan “ obraz” , “personaj”, “xarakter” va “tip” atamalari anglatadigan tushunchalar bir-biri bilan uzviy bog‘liq — ular adabiy asarda ishtirok etuvchi odamlar tasvirini anglatadi, lekin, ayni chog‘da, ularni aynan bir narsa deb tushunmaslik kerak. Chunki ularni bir-biridan ajratib turadigan ba’zi farqlar ham bor. “Obraz” deganda asarda qattnashuvchi barcha odamlar hayoti tasviri (asar syujetida har xil “yuk” tashuvchi shaxslar — bosh qahramon, asosiy obraz, epizodik obraz anglashiladi). Asarda iroda yunalishi va individual ruhiy xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi, asar syujetida “katta yuk” tashuvchi shaxslargina xarakter bo‘lsa, ijtimoiy guruh yohud sinfning muxim xususiyatlarini ifodalovchi — davrning katta umumlashmasi bo‘la oladigan xarakter adabiy tip deb yuritiladi. Og‘zaki va yozma nutkda “personaj” va “obraz” atamalari bir-birning sinonimi sifatida ham qo‘llanilaveradi. Masalaga shu jihatdan qaraganda, “Zaynab va Omon” poemasidagi Zaynabning dugonalari — Adol, Asal, Sora, Surma, Ruxsora, Gulnor, Kunduz, Suqsur, Nuri — epizodik obraz (personaj)lar; Zaynab, Omon, Anor xola, Sobir, Xuri — xarakterlar; Zaynab va Anor xola — adabiy tipdir. Ayni chog‘da, poemada berilgan kishilar tasviri (Adol, Asal, Sora, Surma, Ruxsora, Sarvi, Gulnor, Kunduz, Suhsur, Nuri, Zaynab, Omon, Xuri, Sobir, Anor xola) obrazlar yoxud personajlar deb yuritilaveradi. Badiiy adabiyotda obrazga nisbatan xarakter muhim adamiyat kasb etadi. Yozuvchi xarakterlar tasviri orkali voqealikni aks etgiradi. Bu — hayotni estetik o‘zlashtirishning asosiy usulidir.
Xarakter (yun. Charakter — xususiyat ( belgi) — ma’lum ijtimoiy faoliyat tipi. Xarakter, L.I.Timofeev aytganidek, obrazning yadrosi. Xarakter, birinchi navbatda , konkret hayotiy sharoitda o‘z individual xatti-xarakatlari va ruhiy kechinmalari bilan namoyon bo‘ladigan insonning aniq, tasviri. Umuman aytganda, kahramonning muhim xususiyatlarini aniqlaydigan asosiy belgilar majmui xarakter deb yuritiladi.

Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə