Birinchi navbatda siz 3 Ds Max dasturini ishga tushirganda uning asosiy ekraniga



Yüklə 181,32 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü181,32 Kb.
#162026
13-mavzu



 
Birinchi navbatda siz 3 Ds Max dasturini ishga tushirganda uning asosiy ekraniga 
ko’zingiz tushishi mumkin. Agar siz yangi foydalanuvchi interfeysini bilmaydigan bo’lsangiz, 
unda dastlab qurilmalarini ko’rib chiqishingiz hamda ular bilan atroflicha tanishishingiz lozim.
Siz interfeysning dastur elementlardan tashkil topganligini, ya’ni, bir xil turdagi buyruqlarni
guruhlanganligini ko’ring va ishonch hosil qiling. Masalan, o’z vaqtida ob’yektlar holatini
sozlash va boshqarishni amalga oshirish tugmachasi jamlanmasi yordamida animasiyani 
amalga oshirish jarayonini boshqarish vositasi. Dastur ekranini shartli tarzdi beshta asosiy 
elementlarga ajratish mumkin:
Main menu (Bosh menyu). 
Dastur ekranining yuqori qismda joylashgan va bu menyu 3 Ds 
Max dasturiga asosiy buyruqlar bilan murojaat qilishni ta’minlaydi. Barcha buyruqlar menyusi 
toifalar bo’yicha birlashtirilgan

Dastur ishga tushirilganidan so’ng 3Ds Max grafik redaktorning 
ishchi oynasi ochiladi. Bosh menu quyidagi meny bandlaridan iboratdir
 
File (Файл), Edit 
(Правка)-tahrirlash, Tools (Сервиc), Group,Views, Great (Создать)-yaratish, Modifiers, 
Animation, GrafEditor, Rendering (Визуализация)-vizuallash, Customize, MAXScript
Help(Помощь)-yordam.
• 
Main Toolbar (Qurilmalar bosh paneli).
Odatda u bosh menyu ostida joylashadi, ammo
“suzuvchi” panel ko’rinishida aks ettirilishi yoki ekranning boshqa joyida joylashishi ham
mumkin. Toifalar bo’yicha ajratilgan, to’plam bilan birga qurilmalar tarkibida joylashgan yoki 
yakka bo’lishi mumkin. Dastur amallari va qo’llanuvchi buyruqlar tezkor murojaatlar 
tugmachasidan tashkil topadi.
• 
Viewports (proyeksiya ekrani)
ekranning markazida joylashgan va uning katta 
qismini egallaydi. To’rtta ajratilgan ko’rinishda devor proyeksiyasi - yuqori Tor (yuqori), yonbosh 
Left (chap), to’g’risidan yo’naltirilgan Front ( ro’parasidan) va kelajakda rivojlanishni ko’zda 
tutadigan Perspective (istiqbolli).
• 
Command Panel (buyruqlar paneli). 
Odatda ekran proyeksiyasining o’ng tomonida 
joylashgan. Bu panel oltita to’plamdan tashkil topgan va devor ob’yektlarini modefikasiyalash va 
tashkil etish bo’yicha amallarning bajarilishini ta’minlaydi. Har bir to’plam ob’yektlarni 
sozlovchi sivatkadan tashkil topgan.
• 
Lover Interface Bar (Interfeysning quyi qatori)
Dastur oynasining quyi qismida 
joylashgan. Turli maydon va tugmachalardan tashkil topgan, uning tarkibiga maydonning aks


etish holati va ma’lumotnoma (spravochnik) kiradi, shu bilan birga animasiyalarni qayta tiklash 
va boshqaruv oynasi proyeksiyasi uchun tugmalar to’plami ham mavjud.
1-rasm.3Ds Max dasturi oynasi.
Dastlab, ishni 3Ds Max dasturini atroflicha o’rganib chiqishdan boshlasak, avval dastur 
yordamida ob’yekt ko’rinishda asosiy maqbul ishlarni amalga oshirish: sodda primitivlarini 
tuzish, ob’yektlarni belgilash, ularning bir-biriga o’zaro tekislash, proyeksiya oynasidagi aks
etish holati va joylashishi, ularni o’zgarti-rish, ma’lum masshtabga keltirish, o’zgartirish va 
aylantirish mumkin. Bu oddiy amallar 3Ds Max dasturining keyingi asosiy faoliyatiga xizmat 
qiladi.
Haqiqiy hayotda juda ko’p ob’yektlar o’zida oddiy uch o’lchovli qo’llanmalar amallarini 
o’zida aks ettirgan. Masalan, stol parallelpipeddan tashkil topgan, stol lampasi esa – silindr va 
yarim shakldan, avtomobil balloni esa – boshqa yuqoridagilarga o’xshamagan shakllardan tashkil 
topgan. Katta va kichik darajadagi barcha ko’rgazmalarda amalda uch o’lchovli virtual 
joylashuv shartlari qo’llanilib kelinmoqda. 3 Ds Max dasturi standart ob’yektlari o’zida “qurilish 
materiallar”ini tashkil etgani uchun ular yordamida turli ko’rinishlar tashkil etishga 
ko’maklashadi.

Yüklə 181,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə