Keyingi yillarda Sharq adabiyotlarini chuqur o‘rganish ularning ko‘p tarmoqlari favqulodda murakkab tarzda o‘zaro chatishib ketgani va o‘ziga xos yaxlit bir butunlik kasb etganini ko‘rsatmoqda



Yüklə 60,2 Kb.
səhifə3/24
tarix11.10.2023
ölçüsü60,2 Kb.
#127268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
ADABIYOTSHUNOSLIK NAZARIYASI 16 TA

3-MAVZU: Badiiylik mezonlari.
BADIIYLIK MEZONLARI (YOZUVCHI SHODMON OTABEK VA ADABIYOTSHUNOS MAHKAM MAHMUDOV SUHBATI) (2011)
Shodmon Otabek: Mahkam aka,adabiyotning ma’no-mohiyati haqida donolar, buyuk siymolar, so‘z san’atkorlari ko‘p va xo‘p aytgan. L.Tolstoy “San’at butun insoniyatning yagona his-tuyg‘uga birlashishi uchun vositadir” deganda avvalo adabiyotni nazarda tutgan, albatta. Arastuning siz tarjima qilgan o‘sha “Poetika”sida ham katarsis — badiiy adabiyot inson ruhini tozalashi, poklashi nazarda tutilgan. Nazarimda, adabiyot haqidagi bahs-munozaralarda, badiiy asarlarga baho berishda, qanday mezonlarni asos qilib olish borasida yakdil fikr yo‘q. Bitta asarni to‘rt kishi o‘qisa, to‘rt xil fikr aytadi. Adabiyotga har kimning o‘z qarashi bor. Kim uchundir adabiyot ko‘ngil izhori, kim uchundir qismat... Ayni chog‘da adabiyotning azaliy, o‘zgarmas tamoyillari, mezonlari ham bor-ku! Nazarimda, biz goho ularni unutib qo‘yayotganga o‘xshaymiz.
Mahkam Mahmudov: San’atda badiiylik mezonlari hikoya, qissa, roman, ballada, poema, lirik she’riyat, rassomlik, me’morchilik, musiqa, haykaltaroshlik asarlari uchun turlicha ekanligi tabiiy hol. Ammo, bu san’atlarning barchasi uchun umumiy, zaruriy, yurak va qon tomiriga o‘xshash muhim qonuniyatlar borki, bular avvalo adabiyot nazariyasi, keng ma’noda estetika fanida maxsus o‘rganiladi. Shu mezonlarning asosiylari: she’r uchun his-tuyg‘ular go‘zalligi, nafisligi, nozik kechinmalar, hikoya uchun – yaxlit bir voqeada inson xarakteri va muhim bir g‘oyani tasvirlash, qissada shu narsalarning kengroq ifodalanishi, romanda davr va jamiyat hayotida yuz berayotgan global jarayonlarni bir yoki bir necha odamlarning taqdiri, xarakterlari orqali ochish, tragediyada zamon oqimiga qarshi yakka o‘zi qarshi tura olgan shaxsning va atrofdagilarining kuchli xarakterlarini ko‘rsatish, komediyada jamiyatdagi illatlarni kulgi, hajv vositasida fosh qilish, rassomlik va haykaltaroshlikda – muhim ijtimoiy va estetik ahamiyatli manzara, holatlarni birgina nozik lahzada aks ettirish muhim hisoblanadi. Bu san’atlardan eng ta’sirchani, eng ko‘p (hatto cheksiz) imkoniyatlarga ega bo‘lgani she’riyat, musiqa va badiiy prozadir. Servantes “Don – Kixot” romanida bahodirlik, ritsarlik davrlari o‘tib ketganligini, endi miskin, bechoralarni zolimlardan himoya qiluvchi bahodir ritsar kulgili holatga tushib qolganini tasvirlar ekan, uning asosiy poetik g‘oyasi – Don Kixot kabi sofdil va sodda odamlar ustidan kulish emas, aksincha, yangi davrda ko‘pchilik ayyor, munofiq, ta’magir, ochko‘z, yulg‘ich bo‘lib, aslzoda xonimlar idealligini yo‘qotib, oddiy masxarabozlarga aylanib qolganidan qayg‘urish edi, deb o‘ylayman. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, Abdulla Qahhorning “Sarob” romanlariga yuksak baho bergan Oybek, Vadud Mahmud, Izzat Sulton, Ahmad Aliyev, Umarali Normatov, Abdug‘afur Rasulov, Dilmurod Quronov, Bahodir Karimov, Ulug‘bek Hamdam va boshqalar o‘z talqinlarida badiiylikning o‘lmas mezonlaridan kelib chiqqanlar. Sho‘rolar siyosatiga qul bo‘lgan Sotti Husayn esa bu romanlarni proletar diktaturasining poetikaga zid mezonlari bilan tanqid qilgan edi. Badiiy asarni baholashda bunday qarash asoratlari hozir ham uchrab turadi. Bu haqda Dilmurod Quronov “Adabiy jarayonda Mom sindromi” asarida yaxshi yozgan. Ba’zi tanqidchilar esa tahlil o‘rniga ijodkorga aql o‘rgatadilar.

Yüklə 60,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə