Turk xoqonligining tashkil topishi



Yüklə 46,46 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü46,46 Kb.
#159765
Turk xoqonligi ( By MR Jastin)


Turk xoqonligining tashkil topishi

Reja:



  1. VI asrning I yarmida siyosiy vaziyat.

  2. Markaziy Osiyo hududida Turk xoqonligining tashkil topishi.

  3. Mustaqil mahalliy davlatlar: Sug’d, Tohariston, Choch, Iloq, Farg’ona.

  4. Turk xoqonligi va mahalliy davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalar.

Turk xoqonligi — Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha o’lkalarni o’z ichiga olgan yirik saltanat (6-8-a.lar). Turk xoqonligiga doir ma’lumotlar Urxun-Yenisey bitiktoshlari, Xitoy yilnomalari, yunon (Vizantiya), arman, suryoniy, sug’d, arab, fors, tibet, baqtriy, manbalarida saqlanib qolgan.


6-a.ning 2-yarmida Turk xoqonligi vujudga kelgunga qadar mintaqada 2 yirik davlat: Eftaliylar va Jo’janlar davlati hukm surardi. Turk xoqonligining asoschilari bo’lmish turkiy ashina kabilasi esa bu paytda Oltoy tog’larining jan. yon bag’irlarida istiqomat qilar va Jo’janlar davlatiga tobe edi. Jo’janlar qo’l ostidagi ashina turklari kuchayib 545 y. tele qabilalarini, 551 y. esa jo’janlarni yengadilar. Shu tariqa og’a ini Bumin Va Istami 552 y. Turk xoqonligiga asos soladilar. Bumin o’zini xoqon deb e’lon qiladi (q. Bumin xoqon, Istami xoqon 555 y.ga kelib, Markaziy Osiyoning shim.-sharqidagi qabilalar, uzov Sharvdagi kidan (qoraxitoy), tatabi, shivey kabi manchjur va Mug’ul qabilalari, Yenisey buyidagi turkiy qabilalar ham Turk xoqonligi qo’shinlari tomonidan tobe etilib, 555 y.dayoq Sharqiy Turkistonning katta qismi Turk xoqonligi qo’l ostiga o’tadi. Turk xoqoni Mug’on (553—572) Xitoyga 556—557 y.larda yurishlar qilib, bu yerdagi G’arbiy Vey (Toba) sulolasi o’rnini egallagan Shim. Shim. Si (550—577) va Chjou (577—581) sulolalarini o’z ta’sir doirasiga oladi. Turk xoqonligi 565 y. eftaliylarga Naxshab sh. (hoz. Qarshi sh. yaqinidagi Yerqo’rg’on harobasi) atrofida og’ir zarba beradi. Turk xoqonligi eftaliylarga qarashli Choch, Farg’ona, Ustrushona, Samarqand, Xorazm. Buxoro, Kesh va Nasafni qo’lga kiritgan bir paytda xoqonlikning eftaliylarga qarshi ittifoqchisi Sosoniylar Eroni hukmdori Xusrav I Anushirvon esa Eftaliylar tarkibida bo’lgan Tohariston, Qobuliston, Zobuliston (Shim. Afg’oniston) viloyatlarini egallaydi. Sosoniylar bilan bevosita qo’shni bo’lib qolgan xoqonlikning Eronga yuborilgan elchilarining o’ldiriligai va sug’diy Maniax boshchiligida ipak tijoratini yo’lga qo’yish maqsadida yo’llangan elchilarga Eron shohining qo’pol munosabatda bo’lishi hatto ular keltirgan ipak matolarni yokishga buyurishi Turk xoqonligi va Sosoniylar o’rtasidagi ittifoqqa raxna soladi. Turk xoqonligi Eron bilan orani uzib, Vizantiya imperiyasiga yaqinlashish u bilan savdo sotik, asosan, ipak tijoratini rivojlantirio’ uchun unga 567 y. mazkur Maniax boshchiligida elchilik hay’atini yuboradi. Shu paytdan boshlab ikki davdat o’rtasida ittifoq vujudga keladi. Eron — Vizantiya o’rtasida 571 y. jang boshlangach g’arbga yurishni davom ettirayotgan Istami shu yyli Shim. Kavkazdagi Kuban daryosi havzasi na Ozarbayjonni qo’lga kiritadi. Boshqa tarafdan esa 567 y.danoq Sosoniylarga qarshi Amudaryo yo’nalishi buylab yurish uyushtira boshlagan. Istami bu jabhada katta muvaffaqiyatlar qozonib, Toxaristonni olgach, Turk xoqonligining jan.-g’arbiy chegarasi Amudaryo bo’lib qoladi. 6-a.ning so’ngi choragida Qobuliston (Qobul), Zobuliston va Xurosonniig katta qismi xoqonlik tarkibiga o’tadi. 576 y.da Turk xoqonligi bilan Vizantiya orasida ixtilof paydo bo’ladi va xoqonlik shu yili Qrimdagi Bospor (Kerchь)ni bosib oladi va 581 y.da Xersonesni qamal qiladi. Sharqiy Yevropada xoqonlik hududi bu paytga kelib qora dengiz sohillari, sharqda Koreya bo’g’ozi shim.da O’ral tog’lari, Yenisey va Baykalbuyi, jan.da Afg’oniston va Shim. Hindiston hududlarini o’z ichiga olar edi.
580-y.larga kelib xoqonlikda ichki nizolar, taxt talashuvlar avj oladi. Bu ishga Xitoyning Suy sulolasi ham aralashadi. Shundan so’ng xoqonlik bir muddat Oltoy tog’larining sharqidan to uzoq Sharqqacha bo’lgan hududni, ya’ni Jan. Sibirь, Urxun havzalari (Mug’uliston), Shim. Xitoy hududlarini o’z ichiga oluvchi Sharqiy Turk xoqonligi va Oltoy tog’larining g’arbidagi xoqonlikka qaram O’lkalarni o’z ichiga oluvchi markazi Yetti suv bo’lgan G’arbiy Turk xoqonligi ga bo’linib ketadi.
Markazi Utukan vodiysi (Mug’uliston) bo’lgan Sharqiy Turk xoqonligi Shibixoqon (609—619) lavrida Xitoy (Suy) imperiyasiga qarshi jang olib boradi. U 615 y.da Xitoyga yurish qilib Yaymin (Ordos) viloyatida imperator Yandini qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qal’adan 39 tasi Turk xoqonligi qo’liga o’tadi. 618 y.da Suy sulolasini ag’darib, uning o’rnini egallagan Tan sulolasining ishlariga ham Shibi xoqon aralashadii. U bu paytgacha sharqda kidan va
shivey qabilalarini, Jan.-G’arbda Tuguxun (Togon) davlati hamda Turfon o’lkasini bo’ysundirgach Xuanxe daryosini kechib o’tib, Xitoy hududiga kirgan vaqtda vafot etadi. Taxtga El-xoqon (xitoy manbalarida Xyyelixan; 620—630) o’tirali va 10 yil davomida, asosan, Xitoy bilan kurash olib boradi. 2 marta, 624—626 y.larda poytaxt Chan’anni qurshab oladi. Uniig o’limidan so’ng Sharqiy Turk xoqonligi 50 yilga yaqin Xitoyga qaram bo’lib qolali.
O’z davrida “O’n O’k xoqonligi” deb yuritilgan G’arbiy Turk xoqonligi Istamining o’g’li Tardu xoqon (576—603) Soso niylar Eroniga qarshi janglar olib borib, g’arbda o’z hokimiyatini kuchaytirdi. Uniig o’g’li Sheguy xoqon (610— 618) davrida xoqonlik qo’shinlari jan.-garbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shim. sharqiy viloyatlariga xujum uyushtirib, sosoniylar ustidan yirik g’alabaga erishadi va Isfahon, Ray kabi shaharlarni qo’lga kiritadi. Uning inisi Tun yabg’u (Tun-shexu; 618—630) xoqonlikning g’arbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda Turk xoqonligi ning chegarasi g’arb va jan.-g’arbda, Jan.- Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgabbo’yi, Gurgop, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim. Hindiston va Afg’onistonning aksariyat viloyatlarini o’z ichiga olardi. Uning shad unvonli o’g’li boshchiligidagi xoqonlik ko’shinlari Vizantiya imperatori Irakliy bilan birgalikda 627—628 y.larda Jan. Kavkazga safar uyushtiradi va bu yerdagi sosoniylar qo’shinini yengib, Tbilisi sh.ni qo’lga kiritadi. Tun yabg’u g’arbiy hududlarda hokimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shimdagi Mingbuloq (x toycha Syanь-syuanь) mavzesiga ko’chi radi va boshqaruvda islohotlar o’tkazib qaram o’lkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar jo’natadi.
630-y.larga kelib G’arbiy Turk xoqonligi ham bir muddat Xitoyga qaram bo’lib qoladi. Biroq tez orada o’z qudratini tiklab oladi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, El-bilga Ishbara yabg’u (630—641) ning qo’l ostida Sharqiy Turkistondagi Kucha, Shanshan, Cherchen, Xarashar (Qorashahar) hokimliklari va Shi (Shosh), Shi’ (Kesh), Xe (Kushoniya-Kattaqo’rg’on) Mu (Marv), Kan (Sug’d) va Toxariston o’lkalari bo’lgan. Xoqonlik Istamining beshinchi bo’g’in avlodi bo’lmish Ulug’ Ishbara (Xelu Shabolo; 651—657) xokon hukmronligi davrida Xitoyga qarshi bir necha yil kura olib boradi.
Kapag’an xoqon (691—716) davrida xoqonlik mintaqadagi eng yirik davlatga aylanadi. U jiyanlari Kutlug’ Eltarish xoqonning o’g’illari Bilga va Kultegin hamda To’yuquq bilan birgalikda Xitoydagi Xuanxe daryosi havzalari hamda Shanьdun o’lkasiga yurish qilib, 23 ta shaharni qo’lga kiritadi, 699 y.da jan.-g’arbga, sobiq G’arbiy Turk xoqonligi hokimiyatini qo’lga kiritgan turgashlarga va Toxariston ulkasiga yurish qiladi. Qapag’an hoqon 700 y. Tangut o’lkasiga, 701 y. Xitoyning shim.-g’arbidagi “Oltu Chub Sug’daq o’lkasiga, 703 y.da basmillarga, 705—706 y.larda bayirqularga, 709 y.da chik va azlarga, 710 y.da qirg’izlar va turgashlarga qarshi qo’shin tortib ularni kaytadan o’z tarkibiga ko’shib oladi. Turk xoqonligi Movarounnahrga bostirib kirgan arab istilochilariga qarshi 710 y.da qo’shin yuboradi va Sug’d, Shosh, Farg’ona hokimlarining arablarga qarshi kurashida qatnashadi. Bilga xoqon (716— 734) xukmronligi davrida Turk xoqonligi mintaqaning eng qudratli davlatlaridan biriga aylanadi. 716 y.da Selenga daryosi havzasida istiqomat qiluvchi uyg’urlarga, 717 y.da o’g’uzlarga, 718 y.da qarluqlarga qarshi jang qilib, ularni xoqonlikka bo’ysundiradi. Bu davrda xoqonlik hududlari sharqda Sirdaryoning sharqidan to g’arbda Xingan tog’lari yonbag’irlari (Manjuriya), Shanьdun o’lkasi (Xitoyning shim. sharqi Sariq dengizdagi Boxay ko’rfazigacha bo’lgan yerlar)ni, janubda Tibetning shimoli, Sharqiy Turkiston, Xitoyniig shim. viloyatlaridan to shim.da Yenisey daryosi va Baykalbuyini o’uz ichiga olganligi ma’lum bo’ladi. 740.y.larga kelib Turk xoqonligi ham ichki, ham tashqi ziddiyatlarga duch keladi. Bilga xoqonning o’g’illari hukmronligi davrida xoqonlik zaiflashadi. 742—744 y.larda uyg’ur, qarluq va basmil qabilalari birlashib, xoqonlikka xujum uyushtirishadi. 745 y.da ittifoqchilar Turk xoqonligining so’nggi hukmdori Baymey xoqonni uldirishadi va xoqonlik taxti uyg’urlar quliga o’tadi.
Turk xoqonligini dunyoning eng yirik davlatlari qatoriga qo’shishda xoqonlar Bumin (551—552), Muqan (553—572), Taspar (572—581), Tunga Turov (588— 600), Shibi (609—619), El-xoqon (620—630), Qutlug’ Eltarish (680— 691), Bekchur Qapag’an (691—716), Bil- ga (716—734) va bosh vazir Tunyuquq (680—726), shahzoda Kultegin (Qo’l Tegin) (684—73 1) hamda O’n O’k boshqaruvi hukmdorlari Istami yabg’u (552—576), Tardu (576—603), Tun yabg’u (618—630) kabilar mu rolь o’ynadilar. Ular davrida Turk xoqonligi tomonidan Xitoy, Sosoniylar Eroni, Vizantiya kabi dunyoning kuchli davlatlariga qarshi yurish uyushtiriladi.
Turk xoqonligining boshqaruvida 2 xil tizim mavjud edi: bo’ysundirilgan ba’zi o’lka va viloyatlarda mavjud mahalliy sulolalar saqlanib qolgan va ular xoqonlikka o’lpon to’lab turganlar; tobe o’lka va viloyatlarning ayrimlari boshqaruviga tayinlangan hukmdor xonadonga mansub vakillar hokimiyati.
Bu paytda Sirdaryo va Amudaryo oralig’i hamda tutash hududlar Turk xoqonligi tarkibida bo’lib, bu yerdagi Shoshda tudunlar, Farg’onada ixshidlar, Ustrushonada afshinlar, Sug’dda ixshidlar, Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmla afrig’iylar, Toxaristonda yabg’ular hokimiyati mavjud edi. Ularning ba’zilarinig kelib chiqishi Turk xoqonligi hukmdor sulolasiga mansub bo’lishgan. Jumladan, Shosh tudunlari, Toxariston yabg’ulari va h.k.
Eramizning 551 yilida Oltoyda yangi davlat - Turk xoqonligi yuzaga keldi. Turk xoqonligi hukmdori Muqanxoqon (554-576 yy.) va uning amakisi Istami Yabg’ularning O’rta Osiyoga yurishlari VI asrning 50-yillari oxiri va 60-yillarida ayniqsa kuchaydi. 568 yili O’rta Osiyo batamom ular qo’liga o’tdi. Ular avval ko’proq o’zlashtirilmagan yerlarga, asta-sekin mahalliy aholi yashaydigan qishloqlarga, yerli xalq madaniy-xo’jalik yutuqlari ta’sirida yarim o’troq va ko’p hollarda o’troq turmush kechirishga, ular bilan iqtisodiy va madaniy alokani kuchaytirishga muyassar bo’ldilar. Natijada Xorazm, Farg’ona, So’g’dning katta qismi yashovchi turkiy qabilalar ular bilan aralashib ketdi.
VI asrning 60-70 yillarida xoqonlik qabilalari Buxoro vohasi va hatto Shimoliy Afg’oniston hududlariga ham borib o’rnasha boshladilar. Buning natijasida mahalliy aholi bilan o’zaro yaqinlashuv va qon-qarindoshchilik alokalarining rivojlanish jarayoni sodir bo’la boshladi. 603 yilga kelib Turk xoqonligi uzil-kesil 2 qismga: Sharqiy va g’arbiy qismlarga bo’linib ketadi. O’rta Osiyodagi bir nechta kichik yarim mustaqil davlatlar g’arbiy Turk xoqonligi tarkibida edi.
Yangi yer egaligi munosabatlari rivojlanayotgan G’arb xoqonligining ijtimoiy tarkibi ham, siyosiy boshqaruvi ham ancha-muncha murakkab edi. Yarim asrlik hukmronlik jarayoni turklarning bir qismi o’troqlashadi, qolganlari yerli chorvadorlar bilan aralashib ketadi. O’troq hayotning an’anaviy-ma’muriy udumlari ta’sirida boshqaruv tarkiblari asta-sekin o’zgarib xoqonlik qabilalarining ijtimoiy-siyosiy mavqei mustahkamlanib boradi. Turklar etnik-siyosiy hayotda faollar O’rta Osiyo jamiyatining barcha jabhalarida teng qatnasha boshlaydilar. Xoqon Sheguy vafotidan keyin (618 y.) hokimiyatta kelgan Tun Yabgu (Tun baxodir) davrida g’arbiy xoqonlik yanada kuchaydi.
Bu jarayonni to’xtatish uchun xech bir siyosiy kuch maydonga chiqmadi. Aksincha, maxalliy aslzodalar, ayniqsa, so’g’d zodagonlari turk xoqonlari ximoyasida o’z savdo-sotiq ishlarini rivojlantirib, bu ishlardan juda katta daromad olar edilar. Turkiy aholi son jixatdan ko’payib, ularning maxalliy aholi o’rtasida etnik qatlami tobora qalinlashib bordi. Ayniqsa, turkiy qatlam VII-VIII-asrlarda Shosh va Farg’onada ustun darajaga ega edi. Garchi g’arbiy Turk xoqonligi 659 yilga kelib parchalanib ketsa-da uning etnik ta’siri o’lkada saqlanib qoldi.
VIII asr boshida arablarning O’rta Osiyoga bostirib kirishi maxalliy aholi etnogeneziga deyarli ta’sir ko’rsatmadi. Arablar ulardan siyosiy xukmronlikni tortib olib, turkiy xalklarning O’rta Osiyoga kirib kelish jarayoniga chek qo’ya boshladilar. Xoqonlik qabilalarining maxalliy aholi bilan aralashib ketishi, ularning tobora o’troq hayot tarziga o’tishi xolati yuz berdi. Turkiy til tobora keng tarqala boshladi. Arablar turkiy ta’sirini sindirish maqsadida Movarounnahrni eronliklarga yaqinlashtirish siyosatini tutdilar. Shu maqsadda O’rta Osiyoga VIII-IX asrlarda arabiy va eroniy oilalarni ko’chirib keltirib joylashtirish siyosatini yurg’izdilar. Bu davrga kelib turklar ta’sirlarida Yettisuvni saqlab qoldilar xolos.
VI—VSh asrlarda Movarounahrning ilk mahalliy davlatlari. Feodal munosabatlar rivoj topib mamlakatning siyosiy jihatdan zaiflashuvi oqibatida u bir qancha mayda ilk feodal malakatlarga bo’linib ketadi. V-VI asrlardayoq O’rta Osiyoning ayrim viloyat va vohalarida yirik shaharlarga tayangan 15 dan ortiq mustaqil davlatlar tashkil topgan edi. Bunday davlatlarning eng yiriklaridan Sug’dda ixshitlar, Toharistonda malikshohlar, Xorazmda xorazmshohlar, Choch va Eloqda budun va dehqonlar, Farg’onada ixshitlar hukmronlik qiladi.
V-VII asrlarda bum ayda ilk feodal davlatlar, avval eftaliylar, so’ngra Turk xoqonligi bo’ysundirilgan bo’lsada, ammo eftaliylar ham, turklar ham ularning ichki hayotiga aralashmaydilar. Markaziy hokimiyatga boj to’lab turish bilan ular o’z mustaqilliklarini ma’lum darajada saqdab qoladilar. Bu davlatlarning hukmdorlari o’z atrofidagi mulkdor zodagon dehqonlar va ularning harbiy chokarlariga tayanardilar. Chunki ular o’zaro bir-birlari bilan dushmanlik kayfiyatida bo’lib, shu boisdan biri ikkinchisidan cho’chigan holda yashar edilar.
Ular orasida eng yirigi Sug’dning ilk feodal davlatlar konfederatsiyasi edi. Bu ittifoqqa Zarafshon va Qashaqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Maymurg’, Ishtixon, Kushoniya, Vardona, Buxoro, Kesh va Naxshob mulklari birlashgan edi. Bu mulklarning har biri o’z xokimligi va harbiy chokarlariga ega edi. Ularning ko’pchiligi Samarqand ixshidiga tobe bo’lsada ammo Buxoro, Kesh va Naxshoblar deyarli mustaqil edi. Xatto ular o’z tanga pullarini zarb qilardilar. Samarqand ixshidi saroyida ajdodlar ro’xiga atab qurbonlik qilish uchun maxsus ibodatxona bino qilingan. Unda o’tkaziladigan har yilgi diniy marosimlarda viloyat hukmdorlarining barchasi qatnashardi. Yozma va arxeologik manbalardan ma’lum bo’lishicha, Sug’d hukmdorlari O’rta Osiyo va chet el davlatlari bilan elchilik aloqalari olib borardilar. Masalan afrosiyobda ochilgan devoriy rasmlarda Sug’d hokimi Varxumaning Chog’aniyon, Choch va Xitoydan kelgan elchilarni qabul qilish marosimi tasvirlanadi.
Sug’da aholi juda gavjum yashardi. Sug’diylar hunarmandchilik, savdo-sotiq, dehqonchilik va bog’dorchilik, ayniqsa uzumchilikda nihoyatda omilkor edilar. Darg’om, Nahripoy, Harkon kabi yirik anhorlardan sug’orilgan Sug’d yerlari juda hosildor edi. Sug’orma dehqonchilik rivoj topgan bu diyorda g’alladan tashqari, paxta va sholi ekilardi. Uning paxtasidan to’qilgan surp va bo’z matolaridan faqat so’g’diylar emas balki dasht aholisi kiyinardi. Sug’dning sharbatli uzumlaridan musallas tayyorlangan. Samarqandning zarg’aldoq shaftolisi Xitoy poytaxtida “Samarqandnning oltin shaftolisi” nomi bilan dong’i ketgan edi. Chorvachilikda mayda va yerik shohli hayvonlar bilan bir qatorda ot, xachir, eshak va tuyalar boqilar edi. Ayniqsa Sug’dning xisori qo’ylari va tulporlari juda mashhur edi. Buxoro, Kesh va Maymurg’ yaylovlaridan uyur-uyur yilqilar muttasi Xitoyga xaydab borilardi.
Sug’d shaharlari bu davrda hunarmandchilikning markaziga aylandi. Ularda to’qimachilik, kulolchilik, ko’nchilik, chilangarlik, temirchilik va zargarlik rivoj topadi. Temirdan xo’jalik asboblari va uy-ro’zg’or buyumlaridan tashqari qurol yarog’lar: shamshir, xanjar, tabar, guzi, sovut, qalqon va dubulg’alar yasalar edi. Hatto 718 y. da Sug’diylar hadiya tarifasida yuborgan dubulg’adan nus’ha olib Xitoy qurolsozlari o’z qo’shinlarini dubulg’alar bilan taьminlaydilar. Sug’d tog’laridan oltin, jez, novshadil va yalama tuzlar kovlab olinardi. Shaharlarda hunarmandchilikning taraqqiyoti o’z navbatida ichki va tashqi savdo aloqlarining kengayishiga imkon beradi. Sug’ddan Markaziy Osiyo va Xitoyga qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan zeb-ziynatlardan tortib turli tuman matolar va dorivorlargacha olib chiqilardi. O’sha zamondda Sug’dda bola besh yoshga to’lgach uni o’qish yozishga hisobga o’rgatar, balog’atga yetgach, uni savdo karvonlariga qo’shib tijorat safarlariga yuborardilar.
Ilk feodal davlatlaridan ya’ni biri Toxariston edi. U hozirgi Surxondaryo viloyati, janubiy Tojikston va shimoliy Afg’oniston hududlarida joylashgan. Bu mustaqil davlat Xuttalon, Chag’oniyon, Termiz, Badaxshon, Qabodiyon, Vaxsh, Shuman, Shug’non, Vaxon kabi 27 ta tog’li va tog’ oldi viloyatlarining birlashtirgan. Ular har birining o’z hokimi va chokarlari bo’lga Masalan, Chag’aniyon viloyatining hokimi “chag’onxudot”, Termizning hukmdori “termizshoh”, Xuttalonniki - ,,malik” yoki “sheri xuttalon” deb yuritiladi. Mahalliy hukmdorlarning eng kuchla va nufuzlisi Xuttalon, Shuman, Qabodiyon, Shug’non va Vaxon viloyatlarining hokimlari bo’lib, ular harbiy kuchlar zarur paytlarda 50 minggacha chokar to’play olardilar.
Toxariston avval eftaliylar, so’ngra Turk xoqonligi tomonidan bo’ysundiriladi. Manbalarda ta’rif etilishicha, VII—VIII asrlarda Toxaraston aholisining yarmi mahalliy yarmi esa turklar bo’lgan. Uning bir qismi toxar, ikkinchisi turk, uchinchisi esa mahalliy tilda so’zlashgan. Podshoh, zodagonlar va fuqarolar budda diniga sig’inganlar, qator ibodatxonalar va kohinlar bo’lgan. 25 harfli yozuvi ko’ndalangiga chapdan o’ngga qarab bitilgan. Aholisi ip va ipak matolardan kiyingan. Tog’liklari po’stin va jun chakmon kiyishgan. Erkaklar soch va soqollarini qirtishlab, ayollari esa uzun soch qo’yib yurishgan.
Toxariston aholisining asosiy qismi o’troq dehqonchilik bilan shug’ullangan. Asosan g’alla va dukkakla ekinlar, qisman sholi va paxta ekilgan. Tog’oldi va tog’li joylarda asa bahorikorlik va uzumchilik rivoj topgan. Arxeologik topilmalar orasida pista, bodom, yong’oq hamda o’rik, shaftoli va olcha danaklari, shuningdek qovun va tarvuz urug’lari qayd etilgan Shunga qaraganda Toxariston aholisi bog’dorchilik va polizchilik bilan ham shug’ullangan. Chorvachkilikda mayda va yirik shohla hayvonlardan tashqari ot, xachir, tuya va eshak boqilgan. Ilk o’rta asrlarda Toxaristonda bo’lgan sayyohlar uning pastak otlarining masofalarga qatnashda nihoyatda chidamli ekanini maqtab yozishgan.
Toxariston noyob tabiiy boyliklarga serob edi. U yerda qadimdan konchilik taraqqiy topgan. Birgina Badaxshonning o’zidan lal, lojuvar, aqiq, kabi qimmatbaho toshlar va oltin, temir va jez kovlab alingan. Serjilo toshlar va madanlar zargarlik, chilangarlik va temirchilik ishlatilgan. Bu o’lkada ayniqsa qurolsozlik yuksalgan edi. Chokarlar kamon, gurzi, cho’qmor, xanjar va shamshir bilan qurollangan. Ularning qo’lida ajoyib to’qima Balx sovutlari bo’lardi. Toxaristonda shishasozlik ham ancha rivoj topgan edi. Rangdor shishalardan surmadonlar marjon va munchoqlardan tashqari xilma-xil buyumlar yasalgan. VIII asr boshlarida Toxaritondan Xitoyga olib chitqilgan qizil va zumrad rangli shishlalar xitoyliklarni lol qoldirgan. Toxaristonda ayniqcha to’qimachilik yuksak darajada edi. Ip, jun va ipakdan rangli, guldor ta yo’l-yo’l matolar to’qilgan. Qimmatbaho ipak va jun matolardan eso asosa zodagon dehqonlaru hukmdorlar kiyinishgan.
Toxariston juda ko’p mamlakatlarga elchilar yubortb ular bilan savda aloqalari olib barilgan. Chetga ko’plab qimmatbaho toshlar chiqarilgan. Mashhur Badaxshon la’li esa jahon bozorlarid nihoyatda yuqori baholangan. Xuttalondaye uyur-uyur zotlar, yilqilar olib chiqilgan. Toxariston dori-darmonlari esa Xitoyda juda qadrlangan. Bu ilk feodal davlat viloyatilarida Sug’d tangalariga taqlidan so’qilgan o’z pullari ichki savdo muomalasida yurgan. Toxaristonning poytaxti qadimdan Balx bo’lgan.
Xullas, Toxariston mustaqil ilk feodal davlatlar qatorida tursa ham, lekan hali bir oz bo’lsa-da, markazlashmagan edi. Chunkt uniig har bir viloyati o’zining vrisiyo sulolasiga mansub hokimlari tomonidan boshqarilgan. Ular alohida-alohida davlatchadarni eslatardi. Hatto ularning har biri o’zga yurtlarga elchilar yuborardi. Shunday qilib, Toxariston ilk o’rta asrlarda tashkil topgan mayda davlatchalar konfederatsiyasini tashkil etardi.
Bu davrda Farg’ona vodiysida yana b ilk feodal davlat xukm surardi. Qadida bu mamlakat Davan va Fragona deb yuritilgan. Uning podsholari “ixshid” deb atalgan poytaxti Koson va Axsikat shaharlarida joylashgan. Davan shimol tomondan Yettisuv, g’arbdan Choch va Eloq, janubi-g’arbdan Sug’d, janubdan Toxaristo va sharqdan Sharqiy
Turkiston viloyatlari bilai chegaradosh bo’lgan. Xitoy manbalarida tariflanishicha Farg’ona yerlarib juda hosildor bo’lib aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta
va shali ekkan. Unda bog’u bo’stonlar va gulzorlar mo’l bo’lga. Koson, Axsikat va Kubo kabi yirik markaziy shaharlarida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib uning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda haridorgir bo’lgan. Qo’shni mamlakatlarga arg’umoqlar, bo’yoqlar, rang-barang shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan.
Farg’ona vodiysida o’troq aholi bilan bir qatorda tog’ va tog’oldi yaylovlarida ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi chorvadorlar yashagan. Qurama va Qarmazor tog’lari yon bag’irlarida qaidan yilqichilik bilan shug’ullanilgan. Bu diyorda ko’paytirilgan tulpor otlarning dong’i jahonga taralgan. Farg’onada qo’y, xachir va tuyalar boqilgan.
Shunday qilib VI-VIII asrlarda Farg’onada dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, xo’jalilklari va ichki hamda tashqi savdo rivoj topgan. U mustahkam iqtisodiy poydevorli o’lka edi. Strategik jihatdan qulay geografik o’rni, mustahkam mudofaa inshootlari bilan ta’milangan Koson, Axsikat, Kubo kabi yirik shaharlari, tog’ qal’alari, vodiy bo’ylab joylashgan qator-qator istehkomli qo’rg’onlari tufayli bu diyor kuchli harbiy imkoniyatga ham ega edi. Ilk o’rta asrlarda Farg’ona O’rta Osiyoni siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan qudratli davlat bo’lgan.
V-VII asrlarda Chirchiq va Ohangaron vodiylarida ikkita mustaqil ilk feodal davlatlari hukmronlik qilgan. Manbalarda ulardan biri Choch davlati, ikkinchis Eloq mulki nomlari bilan tilga olinadi. Chochning poytaxti Chochkat shahri bo’lib, podshohi “tudun” deb yuritilgan. Xitoy manbalarida Choch viloyati Shi va Chje-Shi nomlari bilan tariflanadi. Eloqning poytaxti Tunkat bo’lgan, hokimlari “dehqon” deb atalgan. V asrda Choch viloyati Eftaliylar davlatiga, VI asrda esa g’arbiy turk hoqanligiga bo’ysundiriladi. VIII asrda Choch va Eloq birlashib yagona davlatga aylanadi va o’z mustaqilligini tiklab oladi. Choch va Eloq shimol va g’arb tomondan G’arbiy Turk xoqonligi, sharqdan Farg’ona va janubdan Ustrushona bilan chenaradosh edi.
Choch va Eloq sertarmoq xo’jalikka ega mamlakat edi. Unda sug’orma dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik ayniqsa konchilik, ichki va tashqi savdo yuksak darajada rivojlangan. Ilk o’rta asrlarda Chirchiq daryosidan Zog’ariq, Bo’zsuv, Anhor va Kalkovuz kabi yirik sug’orish tarmoqlari qazib chiqarilib, Chochning ekin maydonlari nihoyatda kengaygan. Bu davrda Choch vohasi uzul-kesil shakllanib u 50 ga yaqin sug’orish shahobchalari vositasida sug’orilgan. Dehqonchilikda ko’proq arpa, bug’doy va tariq ekilgan. Ayniqsa Chochning poytaxt shahri atroflari obod edi. Unda 50 dan ortiq katta-kichik istehkomlar, feodalar qo’rg’onlari va ko’shklari, obod qishloqlar qad ko’targan.
Choch va Eloq tog’lari oltin, kumush rangli maьdanlar temir va jilvador Choqmoq toshlarga boy edi. Bu tabiiy boyliklar tufayli qadimda bu o’lkada konchilik va unga asoslangan hunarmandchilik rivoj topadi. Oltin va kumushlar qazib olishda ayniqsa Eloq O’rta Sharq mamlakatlarida shuhrat topadi. Chotqol va qurama tog’larida joylashgan Ko’hisim, Lashkarak va Koni Mansurdan kumush Qo’shbuloq va Qizil olmasoy konlaridan oltin, Ungurlikon va Oqturpoq konlaridan esa feruza kovlab olingan.
Rangli va nodir maьdan konlarining o’zaro yaqinligi ayirbosh savdo bozori bo’lgan ko’chmachi chorvadorlar dashtining Choch va Eloqqa tutashib ketgani mamlakatlararo tashqi savdo aloqalarnini bog’lovchi karvon yo’lining o’lka orqali o’tish bu viloyatlarda ichki va tashqi savdo satiqning kengayib, shaharlarning govjumlashuviga imkon beradi.
Chochning mohir ustlari metallarda qurol-yaroq, uy-ro’zg’or buyumlari oltin va kumushlardan turli xildagi zeb-ziynatlar yasaganlar, teri oshlab, charm pishirib, paxta va jundan mato to’qiganlar, sopol va shisha idishlar yasab, ichka va tashqi bozorni hunarmandchilik mahsulotlari bilan ta’minlaganlar. Chochdan oltin, kumush, qimmatbaho toshlar, g’alla, quruq meva va yilqilar chetga chiqarilgan.
Shahar aholisining bir qismi savdo bilan mashg’ul bo’lgan, VI-VIII asrlarda Sharqiy Turkiston bilan savdo-sotiq qilishda chochliklar Samarqand va Buxoro savdogarlaridan keyin uchinchi o’rinda turgan. Choch poytaxti toshqi savdo munosabatlarining markazi edi.
VII-VIII asrlarda Chochda kumush va mis tangalar yasaydigan zarbxona bo’lgan. VIII asrda kumush dirhamlar hatto Eloqning kumush konlarida ham so’qilgan. Choch tudunlari old tomoniga mulkdorning rasmi, orqasiga gajak dumli sher yoki qoplon tasviri, ba’zan sulolaviy ayri tamg’a tushirilgan chaqa tangalar zarb etganlar. Shu davrda so’qilgan Chochning ayrim tanga pullari orasida podshoh bilan yonma-yon malika rasmi tushirilgan pullar ham uchraydi. Bu, shubxasiz, ilk o’rta asrlarda Chochning ijtimoiy va iqtisodiy, ayniqsa siyosiy hayotida hukmdor tabaqa ayollarining birmuncha nufuzga ega bo’lganligidan guvohlik beradi.
Bu davrda turkiy qabilalar o’troqlashuvining kuchayishi, chochliklar bilan olib borilgan doimiy iqtisodiy aloqalar tufayli Choch vohasi o’zaro madaniy muloqotlarning markaziga aylanida. Chochda turkcha va sug’d tillarida so’zlashuvchi aholining safi kengayib boradi. Bioq choch o’lkasi bu davrda Turk xoqonligiga tobe bo’lishiga qaramay, hali o’zining tili, yozuvi va qadimiy madaniyati an’analarini saqdab qolgan edi. Bu yerda hali so’g’d tili rasmiy til sifatida yuritilib, davlat ishlariga oid xujjatlar, chaqa va tangalar zarb etish ishlari, hukmdorlar nomidan bitiladigan yozuvlar mazkur xatda ifodalanardi.
Chochning ijtimoiy tarkibi ham ilk feodal jamiyatigaxos edi. U mulkdor tabaqa-zodogon dehqonlar, mexnatkash tabaqa-erkin jamoa a’zolari – ozolar; mulkdor tabaqaga mute-kadivarlar hamda erksiz qul va cho’rilardan iborat edi.

Adabiyotlar:


1. Asqarov A. O’zbekiston tarixi (eng qadimgi davrlardan eramizning V asrigacha) T, 1994.
2. Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari, Toshkent, 1991.
3. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. T, 1994.
4. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000.
5. Muhammadjonov. A. O’zbekiston tarixi, Toshkent, 1994.
6. Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi, Toshkent, 1997.
7. Hidoyatov G. A. Mening jonajon tarixim. T, 1992.
8. Sentralьnaya Aziya v Kushanskuyu epoxu, T. 2, Moskva, 1974
Yüklə 46,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə