3-mavzu: ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar



Yüklə 55,42 Kb.
səhifə1/2
tarix30.03.2023
ölçüsü55,42 Kb.
#103686
  1   2
3-seminar YP


3-MAVZU: ONTOGENEZNING ILK BOSQICHLARIDA INSONNING PSIXIK RIVOJLANISHIGA XOS XUSUSIYATLAR.
(2soat)
Reja:
1.Perinatal davrining o’ziga xos xususiyatlari. Chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar haqida umumiy tushuncha.
2. Tug`ilish davri inqirozi.
3. Go’daklik davrining o’ziga xos psixologik xususiyatlari.
4. Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari, ilk bolalik davrida o’z-o’zini anglashning rivojlanishi va 3 yoshlilar inqirozi.
Amaliy tavsiyalar. qo’llaniladigan texnologiyalar: “Aqliy hujum”, “Savol-javob”, “FSMU”, "Klaster"
Seminar mashg’ulotining maqsadi: Talabalarning diqqatini mavzuning asosiy tomonlariga qaratish. Mavzuni umumlashtirish, umumiy xulosalar qilish, amalga oshirilgan faoliyatning kelajakda kasbiy faoliyatlari uchun zarurligini qayd qilishga o’rganadi.
Seminar mashg’ulotining natijalari:
1. Chaqaloqlik davrining asosiy belgilari nimalardan iborat?
2. Go’daklik davrida bolalar qanday psixik xususiyatlarni egallaydi?
3. Go’daklik davrida bolalar nutqida qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi?
4. Ilk bolalik davrida bolaning psixik o’sishi nimalardan iborat?
5. Ilk bolalik davrida psixik taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuchlar nimalardan iborat?
6. Ilk bolalik davrida sodir bo’ladigan o’zgarishlar?
7. Ilk bolalik davrida shaxslararo munosabat xususiyatlari?
8. Ilk bolalik davrida bilish jarayonlarida qanday o’zgarishlar ro’y beradi?
Amaliy tavsiyalar bo’yicha to’plangan bilimlarning amaliyotda qo’llanishining amaliy asoslarini tahlil qiladi.


FSMU texnologiyasi



TOPSHIRIQ


Ontogenezning ilk bosqichlarida psixik taraqqiyot xususiyatlari

Vazifa: Psixik rivojlanishning ilk bosqichlariga xos xususiyatlarni aniqlang. Bunda quyidagi jadvalda tegishli xususiyat va Yosh bosqichining nomi kiritilgan satr bilan ustun kesishgan joyga belgi qo’yish talab qilinadi.







Psixik rivojlanishning muayyan davriga xos xususiyatlar

Psixik rivojlanish davrlari

CHaqaloqlik

Go‘daklik

Ilk bolalik

1

Bolada ko‘rgazmali-obrazli tafakkur shakllana boshlashi










2

Bolaning ko‘zguda o‘z aksini kattalar yordamisiz tanishni boshlashi










3

Bola tug’ulganidayoq mavjud bo’lgan shartsiz reflekslarning ko’pchiligi yo’qolib ketishi










4

Bolada turli jinsdagi kishilarga nisbatan har xil reaksiya kuzatila boshlanishi










5

Bolaning tovushlarni balandlik va tembr xususiyatlariga ko’ra farqlay boshlashi










6

Bolaning atrofdagi odamlar nutqida diqqatni jamlay boshlashi










7

Bola nutqi rivojlanishida “so’z-gap” bosqichining boshlanishi










8

Bolada hamdardlik qilishga xos ilk xatti-harakatlarning kuzatilishi










9

Bola yuzida shaklan tabassumga o’xshash harakatlarning ilk bora kuzatilishi










10

Bolada muayyan narsa-buyumlar o’ziga tegishli ekanini qayd etish xususiyati shakllanishi










Bolaning ona qornidagi o’sish davri onaning organizmiga uzviy bog’liq holda kechadi. Chaqaloqning tug’ilishi sifat o’zgarishi ijtimoiy rivojlanishning yangi ko’rinishi boshlanadigan nuqta ekanligi bilan muhim ahamiyatga ega. Shu tufayli tug’ilish tabiatning chaqaloq organizmini kuchli larzaga keltiruvchi mo’jizasidir. Bunda ona qornidagi barqaror muhitda yashagan jonzot favqulotda yangi sharoitga, son-sanoqsiz xossa va xususiyatlarga ega bo’lgan qo’zg’ovchilar doirasiga tushadi.


Chaqaloqlik davrida ana shunday yangi muhitga moslashish jarayoni amalga oshadi.
Go’dakning hayotiy faoliyati va tarixi uni qurshagan, parvarishlaydigan katta yoshdagilarga bevosita bog’liq bo’lib, uning barcha ehtiyoji va talablari faqatkattalartomonidan qondiriladi. Kattalar go’dak uchun yaratgan Obektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar uning o’sishini belgilovchi muhim turtki vazifasini o’taydi. Atrof-muhitning xususiyat va xossalarini kattalar go’dakning psixik dunyosiga singdiradilar. Shiqildoqlarning shakli, rangi, har xil o’yinchoqlar va hokazolarni bolaning diqqatiga havola qilish, unda jismlar to’g’risida tasavvur obrazlarni yaratadi, go’dakning hissiy bilish organlari esa ularni aks ettiradi. O’zaro muloqot jarayonida jismlarni ushlashga o’rgatish mashqlari natijasida go’dak “Tanish” jismlarga talpinadigan ularga qo’l uzatadigan bo’la boshlaydi, unda rang va shaklni farqlash imkoniyati tug’ila boshlaydi.
Tasavvur o’tkazishning murakkab bosqichida bola kattalar yordamida o’tirish, tik turish, ovqatlanish, qurollardan to’g’ri foydalanish, uzluksiz va mazmunli harakatlarni amalga oshirishni o’rganadi. Shuning uchun aks ettirish qaysi bosqichda bo’lishidan qat’iy nazar, bevosita yo’l bilan amalga oshadi. Umuman go’daklik davrining dastlabki bosqichida olamdagi barcha ashyolar, jismlar to’g’risidagi tasavvurlarga ega bo’ladi. Mazkur davrning aksariyat bosqichlarida go’dakda bilim va tajribalarni, ko’nikma va malakalarni mustaqil egallash imkoni bo’lmaydi.
Go’daklik davrining xususiyatlarini o’rgangan L. S. Vigotskiy “ go’daklik davri” asarida bolaning voqelikka munosabati dastlab ijtimoiy munosabatdek tuyilishi, ana shu jihatdan jonzot deyish mumkinligini uqtiradi. go’dak tabiiy, biologik jihatdan onadan ajraganbo’lsaham, aslida u bilan ijtimoiy bog’liqligicha qoladi.
2. Go’dakning bir yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarini o’rganish bo’yicha qator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida N. L. Figurin, M. P. Denisova, M. Y. Kistyakovskaya, A. Vallon, D. B. Elkonin, E. A. Arkin, S. Fayans, Sh. Byuler, F. I. Fradkinalarning asarlari alohida ahamiyatga molikdir.
S. Fayans tajribasida go’dakka chiroyli va jozibador uyinchoqlar 9 sm masofadan ko’rsatilganda u butun vujudi bilan ularga intilgan keyinchalik oraliq 60 sm bo’lganda bolaning intilishi, qo’l cho’zishi sustlashgan, va nihoyat ular 100 smdan ko’rsatilganda bolada intilish, cho’zilishi, ixtiyorsiz harakati mutlaqo so’ngan. U o’yinchoq bilan bir qatorda turgan katta kishiga ham ana shunday befarq qaragan. Masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi shunchalik kuchayib borishini kuzatish mumkin.
Yuqoridagi tajriba materillari asosida shunday xulosa chiqarish mumkin: go’dak qatnashayotgan faoliyatni jonlantiradilar. Go’dakni qurshab turgan jismlar borgan sari uning nigohini o’ziga tortib, maftun qilib, qo’zg’atuvchi vazifasini bajarib, bolaning qidirish, mo’ljalga olish, chamalash faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Go’dak jonsiz narsalarga qaraganda odamga diqqatini barqaror qaratishi uning kattalarga munosabati o’zgarganidan emas balki ular bilan aloqaga kirishganda sust retseptor o’rnini faolrog’i egallaganidandir. Go’dakda fazoviy tassavvurning boyishida jumlalarning idrok qilishidagi farqlashning takomillashuvi muhim vosita hisoblanadi. Hayot tajribasi ortib borishi mashqlar natijasida jismlarning alomatlari va belgilarni o’quvi paydo bo’ladi.
Olimaning fikricha 3 oydan 6 oylikkacha bolada katta yoshdagi odamlar bilan tanlab munosabatda bo’lishi vujudga keladi. Uch oylik go’dak begonalar orasidagi tuqqan onasini ajrata olsa, yarim yoshdan boshlab esa begonalar ichidagi qarindoshlarini ham farqlay boshlaydi. M. Y. Kistayakovskaya ma’lumotiga ko’ra, 5-6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga biroz tikiladi, keyin yo kulimsiraydi yoki undan yuzini o’giradi, hatto, qo’rqib yig’lab yuboradi. Bolada o’zini parvarish qilayotgan yaqin kishilariga bog’lanib qolishi sodir bo’ladi. Ana shu sababli onasini yoki enagasini ko’rsa qiyqirib qarshilaydi, unga talpinadi, qo’l-oyog’ini ixtiyorsiz tipirchilatadi. U yarim yoshga to’lganda atrofdagi yaqin kishilari, qarindosh-urug’lariga, hatto qo’ni -qo’shnilarga ham bog’lanib (o’rganib ko’nikib qoladi. Ta’minan 8-9 oyligidan kattalar bilan dastlabki o’yin faoliyatini boshlaydi.
O’yin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, shodlik, tuyg’ulari avval faqat kattalar ishtirokida namoyon bo’ladi, vaq to’tishi bilan uyinning o’zi bolaga quvonch bag’ishlaydi. go’dak bir yoshga yaqinlashgan sari kattalarning xatti-harakatlarini izchil kuzatishdan tashqari unda asta-sekin ularning ko’mak berish ishtiyoqi tug’iladi. Natijada bola individual faoliyat turidan hamkorlikdagi faoliyatga ham o’ta boshlaydi. Ma’lum, hamkorlikdagi faoliyat muloqot ko’lamini kengaytirishga yordam beradi.
Shunday qilib, go’daklik davrida kattalar bilan faol aloqaga kirishish ehtiyoji tug’iladi va bu aloqa nutq davrigacha muloqotning o’ziga xos yangi shakli sifatida bolaning o’sishida muhim rol o’ynaydi. Bir yoshgacha davrda paydo bo’lgan ehtiyojning tobora chuqurlashuvi bilan nutq davrigacha ma’lumot cheklanganligining nomutanosibligi bir yoshdagi inqirozni keltirib chiqaradi. Vujudga kelgan qarama-qarshilik o’z echimini nutq orqali muloqot davrida topadi. Va bola o’tishning birinchi bosqichida o’tayotganini ifodalaydi. Go’dakning nutq faoliyati takomillashgan sayin muloqotning mazmuni boyib, ko’lami kengayib boradi. Natijada haqiqiy ma’nodagi shaxslararo munosabat vujudga keladi. Go’dakning shaxsga aylanishi va ijtimoiylashuviga keng imkoniyatlar yaratadi. Mazkur davrda go’dakning o’sishini ta’minlovchi Obektiv va sub’ektiv sharoitlar yaratilishi bolaning faolligi ortishi uchun psixologik negiz bo’ladi.
Harakatning psixologik xususiyatlari va mexanizmlarini qator tajribalar asosida o’rgangan olimlardan D. B. Elkoninning ishonch bilan ta’kidlashicha 2-3 haftalik go’dakda ko’z konvergensiyasi vujudga kelsa ham, o’z nigohini turli jismlarga qaratib turish jarayoni juda qiyin kechadi, hayotining keyingi 3-5 haftalarida esa uning nigohi oz fursat bo’lsada, muayyan Obektga to’plana boshlaydi. 4-5 haftalik go’dakda 1-1,5 metrnaridagi jismlarni kuzatish ko’nikmasi hosil bo’ladi. Ikki oylik bola 2-4 metr uzoqlikdagi narsani kuzatishni o’rganadi, u 3 oyligida 4-7 metr oralig’idagi jismlarni ham payqay oladi, nihoyat 6-10 haftalik go’dak hatto aylanayotgan predmetlarning harakatini idrok qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Keyinchalik hissiy organlarning ko’z bilan turli funksional aloqalar o’rnatishi qaror topadi. Go’dak 4 oyligida uning jismga tikiladi va uni tomosha qilishi nisbatan barqaror bo’ladi.
Yuqoridagi fikrlarga qaramay mazkur yoshdagi bolalarda qo’l harakati beixtiyor xususiyatga ega bo’lib, jismlarni maqsadga muvofiq harakatlantirishdanancha uzoqdir. go’dak 4 oyligidan boshlab narsaga qo’lini yo’naltiradi, asta-sekin unda paypaslash uquvi namoyon bo’la boshlaydi. 5-6 oyligida predmetni va uni o’ziga tortib olish ko’nikmalari shakllanadi. Harakat va teri tuyush organlari sifatidagi qo’l va zifasini o’tovchi ko’rish qobiliyati bir maromda rivojlanishdan bir muncha kechikadi. Bola 6 oyligida unda turish, o’tirish, emaklash, yurish, gapirish ko’nikmalari shakllanadi.
Yuqoridagi hollarning moddiy asosini o’rgangan N. M. Shechelovanov 2 oylik bolada bosh miya yarimsharlari po’stlog’i o’z funksiyasini boshlashini, bu hol barcha idrok qilish organlarida, jumladan, eshituv, ko’ruv, apparatlarida reflekslar paydo bo’lganidandalolat berishini uqtiradi. Olimning fikricha eshitish, ko’rishning yuksak analizatorlari hattoki, ularning kortikal bo’limlari rivojlanganidan keyin bolada harakat va harakatni idrok qilish hodisasi rivojlanadi.
Asosiy adabiyotlar:
1. Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O’z.FMJ., 2008.
2. Davletshin M.G., Mavlonov M.M, To`ychieva S.M. “Yosh va pedagogik psixologiya” T. TDPU, 2009 .
3. Safayev N.S., Mirashirova N.A., Odilova N.G. “Umumiy psixologiya nazariyasi va amaliyoti”:– T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013.
4. Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009.
5.G‘oziev E.G‘. “Ontogenez psixologiyasi”.-T.: Noshir. 2010.
6. Югай А.X., Mираширова . Н.А. «Oбщая психология» T. ТГПУ, 2014.
7. Ғозиев.Э.Ғ. Психология (Ёш даврлари психологияси) T:Ўқитувчи. 1994 y.


Yüklə 55,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə