Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam


Odam va biosfera (odam va atrof-muhit, jamiyat va tabiat) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar evolyusiyasi



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə10/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110
Монография-2 кисм lotin

4.3. Odam va biosfera (odam va atrof-muhit, jamiyat va tabiat) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar evolyusiyasi


Odam va biosfera (odam va atrof-muhit, jamiyat va tabiat) o‘rtasi-dagi o‘zaro munosabatlar moddalar va energiya almashinuvining o‘ta murakkab, turli-tuman shakllari bilan tavsiflanadi. Odam va bio-sfera (tabiat va jamiyat) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar evolyusiyasi kishilik jamiyati moddiy madaniyatining jadal shakllanish davri taxminan 80-20 ming yil oldingi davrlarga borib ta­qaladi. Bu aqlli odam – Homo sapiens faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan.
Biosfera va odam (atrof-muhit va odam yoki tabiat va ja-miyat) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar biosfera (tabiat), ya’ni at-rof-muhit omillarining odam sog‘ligi va xo‘jalik faoliyatiga hamda odam (jamiyat), ya’ni antropogen omilning biosferaga (atrof-muhit-ga, tabiatga) ta’sir ko‘rsatishidir. Mazkur munosabatlarning hozirgi muammolarini to‘liq tushunish uchun o‘tmishga nazar tashlab, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o‘zaro ta’sirlar qanday kechganli-gini ob’ektiv bilish va baholash talab etiladi [83; 187].
Biosfera va odam (tabiat va jamiyat) o‘rtasidagi o‘zaro munosabat-lar evolyusiyasida, ya’ni tadrijiy rivojlanishida quyidagi bosqich-lar shartli ravishda ajratib ko‘rsatiladi:
1) odam bilan tabiatning bevosita birligi;
2) ovchilar va teruvchi-yig‘uvchilar jamiyati;
3) dehqonlar va chorvadorlar jamiyati;
4) industrial (sanoatlashgan) jamiyat;

  1. postindustrial (sanoatlashgan jamiyatdan keyingi) jamiyat.

Birinchi bosqich haqida – paleontologik ma’lumotlarning etarli emasligi (yoki umuman yo‘qligi) 2,5-1 mln yil oldin ilk shakllanish jarayonini boshdan kechirgan Homo habilis – eng qadimgi odamlarning tabiatga bo‘lgan munosabati qanday bo‘lganligini to‘liq aniqlashga imkon bermaydi [83; 187].
Aftidan, dastlabki arxantroplar tabiatdagi barcha tirik jonzod-lar kabi yashash uchun qulay ekologik tizimlarda o‘z maskaniga ega bo‘l-gan, ya’ni tabiat qo‘ynida yashagan va unga moslashgan, tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini bevosita iste’mol qilgan.
Bu bosqichdagi arxantroplar hayvonot dunyosi bilan eng mukammal bog‘liqlik holatida yashagan: to‘qmoq yasab, hayvon yoki qushlarni o‘ldir-magan; hayvonot dunyosi uchun mutlaqo xavfsiz (Maugliga o‘xshash) ib-tidoiy odamlar bo‘lgan. Dastlabki arxantroplarni eng zo‘r yirtqich-lar bo‘lgan, deb hisoblashga hech qanday asos yo‘q. Ular tabiat kuchlari-ga tobelik asosida hayvonot dunyosi bilan tabiiy (beixtiyor) hatti-harakatlar orqali o‘zaro munosabatlarga kirishgan: ilk arxantroplar tabiatdan ajralib turmagan.
Bu davrdagi arxantroplar atrof-muhitga sezilarli ta’sir ko‘rsata olmagan, biroq uni maqsadli o‘zlashtirishning eng dastlabki usuli – tabiiy narsalardan (tosh, yog‘och, suyak va sh.k.) eng oddiy yig‘ish-terish, ovlash asboblari (qurollari) sifatida foydalanish ko‘nikmasini se-kin-asta o‘zlashtira boshlagan.

Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə