Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam


Odam populyasiyasi hayoti davomiyligi



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə7/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   110
Монография-2 кисм lotin

Odam populyasiyasi hayoti davomiyligi mavjud hayotiy shart-sha­roitlar va omillarga bevosita hamda bilvosita bog‘liq bo‘ladi. Bunda fiziologik va eng uzoq (ko‘p) hayot davomiyligi farqlanadi.
Fiziologik hayot davomiyligi odam organizmining faqat fiziolo-gik imkoniyatlari asosida aniqlanadi. Agar odam orga­nizmiga hayoti davomida cheklovchi omillar ta’sir ko‘rsatmaydi, deb faraz (qabul) qi-linsa, fiziologik hayot davomiyligini nazariy jihatdan hisoblab chiqish mumkin.
Eng uzoq (ko‘p) hayot davomiyligi atrof-muhitdagi aniq shart-sha-roitda odamlarning faqat kichik bir qismi yashashi mumkin bo‘lgan hayot davomiyligidir. Boshqacha aytganda, eng uzoq hayot davomiyligi ma’lum bir individning muayyan muhitdagi aniq shart-sharoitda kam bo‘lsa-da, ma’lum vaqtgacha yashashi mumkinligini ifodalaydi. Demak, uzoq umr ko‘rish kutilayotgan hayot davomiyligi orqali o‘lchanadi. Bu kattalik har xil vaqt o‘lchamlarini: bir necha o‘n, ellik yoki yuz va undan ortiq yilni o‘z ichiga olishi mumkin.
Odam populyasiyalarida hayot davomiyligi hamisha murakkab bo‘la-di, buni populyasiyaning har xil yoshdagi avlodlari (guruhlari) kelti-rib chiqaradi. Individlarning tug‘ilish va o‘lish ko‘rsatkichi yosh bilan bog‘liq holda jid­diy o‘zgarib turadi. Agar tug‘ilish va o‘lish miqdori odam populyasiyasining yosh tuzilmasi bilan bog‘lab tahlil etilsa, umu-miy o‘lim miqdori va hayot davomiyligi tuzilmasini aniqlash mumkin bo‘ladi. SHu asosda «omon qolish jadvali» yoki «demografik jadval» tuziladi.
Demografiya aholining joylashishi, soni, tarkibi va o‘sish sur’a-tini o‘rganadi va bu jadvaldan odam hayotining kutilayotgan davomiy-ligini aniqlash maqsadida foydalanadi. Bu jadvalda yosh bo‘yicha o‘lim taqsimoti haqidagi ma’lumotlar aks etadi. Demografik jadvallar dinamik (o‘zgaruvchan) yoki statik (turg‘un) bo‘lishi mumkin.
Dinamik jadvallar odam populyasiyasi, ya’ni aholining turli ko‘-lamli katta guruhlari hayotini bevosita kuzatish ma’lumotlari aso-sida shakllantiriladi. Bunday jadvallar oylar yoki yillar davomida o‘lchab boriladigan uzoq muddatli kuzatishlarni talab qiladi. Odam-lar uchun bunday jadvallarni tuzishga 50 yoki 100 yildan ortiq vaqt talab etiladi-ki, buning amalda hech bir iloji yo‘q. SHu sababli bosh-qa – statik jadvallardan foydalaniladi.
Statik jadvallar ayrim yosh guruhlari bo‘yicha o‘lim sonini nis-batan qisqa vaqt oralig‘ida kuzatish ma’lumotlari asosida shakllan-tiriladi. Bunda yosh guruhlari sonini bilgan holda har bir yoshga xos bo‘lgan o‘lim miqdorini hisoblab chiqish mumkin [79] (4.1-jadval).
Bunday jadvallar odam populyasiya rivojlanishining vaqtinchalik qirqimi, ya’ni ma’lum bir paytini aks ettiradi. Agar muayyan populya-siyaning o‘lish va tug‘ilish miqdorida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘lma-sa, statik va dinamik jadvallar bir-biriga to‘g‘ri keladi.
Demografik jadval ma’lumotlari muayyan yoshgacha umr ko‘rgan in-dividlar sonining organizmlar tug‘ilganidan boshlab bu oraliq davo-miyligiga bog‘liqligini aks ettiruvchi omon qolish egri chizig‘i yoki qolgan umr egri chizig‘ini tuzishga imkon beradi.
Omon qolish egri chizig‘ining uch turi farqlanadi (4.5-rasm):

  • birinchi (I) turdagi egri chiziq – butun hayoti davomida o‘lim miqdori taxminan doimiy (o‘zgarmas) bo‘lib qoladigan turlarga xos bo‘lib, bunga sudralib yuruvchilar, qushlar va ko‘p yillik o‘t o‘simlik- lari hayoti misol bo‘ladi. Birinchi turdagi egri chiziq gidralarga eng xos bo‘lganligi uchun ko‘pincha «gidra egri chizig‘i» deb ham ataladi;

4.1-jadval





Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə